Научная статья на тему 'MIS (II) IONLARINIG ORGANIK REAGENT YORDAMIDA KOMPLEKS HOSIL QILISHNING SHAROITLARINI O‘RGANISH'

MIS (II) IONLARINIG ORGANIK REAGENT YORDAMIDA KOMPLEKS HOSIL QILISHNING SHAROITLARINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Биотехнологии в медицине»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alizarin / spektrofotometr / nur filtr / buffer eritma / optik zichlik / organik reagent.

Аннотация научной статьи по биотехнологиям в медицине, автор научной работы — Jumayev Javohir Abdusattorovich, Fayziyeva Shaxnoza Anvar Qizi, Mamatova Sitora Anvar Qizi

Ushbu tadqiqot ishida Organik reagent sifatida 1,2-digidroksiantraxinon (Alizarin) tanlab olindi va ushbu reagent bilan mis (II) ionini turli xil buffer eritmalarda kompleksning nur yutish adsorbsiyasi o’rganildi va olimlarimiz tomonidan bajarilgan ishlar bilan solishtirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIS (II) IONLARINIG ORGANIK REAGENT YORDAMIDA KOMPLEKS HOSIL QILISHNING SHAROITLARINI O‘RGANISH»

MIS (II) IONLARINIG ORGANIK REAGENT YORDAMIDA KOMPLEKS HOSIL QILISHNING SHAROITLARINI

O'RGANISH

1Jumayev Javohir Abdusattorovich, 2Fayziyeva Shaxnoza Anvar qizi, 3Mamatova Sitora Anvar qizi

1DTPI magistranti, 13DTPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11114279

Annotatsiya. Ushbu tadqiqot ishida Organik reagent sifatida 1,2-digidroksiantraxinon (Alizarin) tanlab olindi va ushbu reagent bilan mis (II) ionini turli xil buffer eritmalarda kompleksning nur yutish adsorbsiyasi o'rganildi va olimlarimiz tomonidan bajarilgan ishlar bilan solishtirildi.

Kalit so'zlar: Alizarin, spektrofotometr, nur filtr, buffer eritma, optik zichlik, organik reagent.

Kirish

Ma'lumki ilm-fan, texnika, tibbiyot, oziq-ovqat va ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sanoatning jadal rivojlanishi analitik kimyo fani oldiga muhum vazifalarni qo'ymoqda. Turli biologik va sonoat obektlaridan zaharli birikmalar va ularning parchalanish mahsulotlarini ajratib olish va aniqlash usullari muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat, texnika, atom energiyasining jadal rivojlanishi, po'lat ishlab chiqarishning o'sishi, shuningdek, qishloq xo'jaligi, tibbiyot, farmatsevtikaning rivojlanishi analitik usullar sezgirligini 10-5 - 10-8 % gacha va undan oshirishni talab qilmoqda. Ba'zan nihoyatda toza modda ishlab chiqarish va ishlatishda modda tarkibidagi ayrim elementlarning ul'tra miqdorlarini aniqlashga to'g'ri keladi. Bunday masalalarni hal qilish uchun tez bajariluvchi uslublarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Misni oziq-ovqat mahsulotlarida o'rganish muhim ahamiyatga ega, chunki u hayotiy biologik jarayonni boshqarishda aniq ro'l o'ynaydi [1]. Zaharli metallar uchun deyarli o'z-o'zini tozalash funksiyalari mavjud emas, ular bir joydan ikkinchisiga o'tadi. Ushbu tizim chegaralaridan chiqib ketmasdan, turli tirik organizmlar bilan o'zaro munosabatlarga kirib, bu o'zaro ta'sirning ko'rinuvchi va ko'rinmas oqibatlarini qoldiradi. Ular orasida og'ir metallar, unchalik ahamiyatsiz toksikligiga qaramay, mis tabiiy ravishda keng tarqalgan ifloslantiruvchi moddaga aylandi [2]. Qonida mis tanqisligi bo'lgan insonlar atmosfera haroratining o'zgarishiga ko'proq sezgir bo'lishadi. Ushbu mineral asab tizimining normal ishlashini ta'minlash uchun inson tanasi tomonidan ishlatiladi. Shuningdek ko'rish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi va uning yetishmasligi asab tizimining ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatishi, mumkin[3,4]. Mis tuzlari pigmentlar tayyorlashda, o'simlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda, mikroelementli o'g'itlar, oksidlanish jarayonlarini katalizatorlari sifatida, shuningdek, charm va mo'ynali sanoatda va sun'iy ipak ishlab chiqarishda qo'llaniladi[5].

Ushbu tadqiqotlar davomida hozirgi zamonaviy davr talablariga to'la javob beradigan analitik reagentlar biri Alizarinning turli xossalari va og'ir va zaxarli metal mis bilan kompleks hosil qilish sharoitlarini o'rganish va u asosida oqava suvlar va oziq-ovqat maxsulotlaridan aniqlash uslubini ishlab chiqish.

Ishni bajarish uchun bizga turli buffer eritmalardan foydalanamiz. Bufer eritmalarni tayyorlab olish uchun ''Analitik kimyo ma'lumotnomasi [6] dan foydalanildi.

Aniqlash usuli: 25,0 ml li o'lchov kolbasiga bufer eritmadan 5,0 ml, 0,05%li 1,2-digidroksiantraxinon eritmasidan 1,0 ml va 100 mkg/ml li mis(II) eritmasidan 1,0 ml solib,

kolbaning belgisigacha etil spirti quyildi. Hosil bo'lgan kompleks birikmaning optik zichligi Spektrofotometr asbobida va nur yutish qalinligi l=5,0 mm li kyuvetada har xil nur filtrida o'lchandi.

Solishtirma eritma sifatida etil spirtidan foydalanildi. O'lchash natijalari 1-jadval, 1-rasmda keltirildi.

Mis (II) ionini 1,2-digidroksiantraxinon (Alizarin) reagent bilan kompleks birikma uchun optimal nur filtiri tanlash. Ma'lumki, har bir birikma tabiatiga ko'ra ma'lum to'lqin uzunliklaridagi nurni yutadi, ushbu malumotlarni e'tiborga olgan holda Cu(II) ni 1,2-digidroksiantraxinon bilan kompleksning eng yuqorinur yutish sohasi aniqlandi o'lchash natijalari 1-rasmda keltirildi.

Optik zichlikning to'lqin usunligiga bog'liqligi natijalari. Tadqiqotlar davomida hozil bo'lgan kompleks birikmaning optic zichligi Spektrofotometrda, nur yutish qalinligi 5 mm har xil to'lqin uzunligida tekshirildi. Solishtirma eritma sifatida Cu (II) ionidan boshqa hamma komponentlar mavjud bo'lgan eritmadan foydalanildi. O'lchash natijalari 1-jadvalda keltirildi.

(Cu2+= 100mkg/ml, l=5 mm, pH=8.9) 1-jadval

00 10 20 5 30 40 50 60 70 80 i 90

( .122 .157 .180 ( .191 .184 .165 .148 .134 .111 .074

o.o^

noo 910 3 90 3 30 340 »SO SOO a/O 3JKI 3UO ooo

1-rasm. Cu(II) ionining 1,2-digidroksiantraxinon yordamida hosil qilgan kompleks birikmasi uchun optimal to'lqin uzunligini grafigi.(pH=8.9)

Natijalar shuni ko'rsatib turibdiki, kompleks birikma (Xmax=530 nm ) da yuqori optik zichlikni nomoyon qilishi kuzatildi.

Keying natijalar pH har xil bo'lgan buffer eritmalarda olib borildi.

(Cu2+=100 mkg/ml, l=5 mm, pH=7.67) 2-jadval

I 500 510 520 530 540 550 560 570 580 590 600

A 0.198 0.244 0.278 0.295 0.288 0.276 0.254 0.229 0.196 0.134 0.109

0,16 0,14 0,12 0,1 0,08 0,06 0,04 0,02 0

0 100 200 300 400 500 600 700

2-rasm. Cu(II) ionining 1,2-digidroksiantraxinon yordamida hosil qilgan kompleks birikmasi uchun optimal to'lqin uzunligini grafigi.(pH=7.67)

(Cu2+=100 mkg/ml, l=5 mm, pH=4.21) 3-jadval

490 500 510 520 530 540 550 560 570 580 590

A 0.118 0.136 0.145 0.140 0.137 0.123 0.083 0.063 0.043 0.024 0.014

o,i6 0,14 0,12 0,1 0,08 0,06 0,04 0,02 0

450 470 490 510 530 550 570 590 610

3-rasm. Cu(II) ionining 1,2-digidroksiantraxinon yordamida hosil qilgan kompleks birikmasi uchun optimal to'lqin uzunligini grafigi.(pH=4.21)

Xulosa

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki ushbu maqolada 1,2-digidroksiantraxinon reagent sifatida turli xil buffer eritmalarda kompleks hosil qilish xossalari kuzatildi.

Olimlarimiz tomonidan o'rganilgan natijalar bilan solishtirilganda ushbu qiymatlar keskin farq qilmadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. J R. Jhonston and W.J. Holland. MikrochimActa. 1, p. 126, (2017).

2. Yee HY, Goodwin JF (2016) //Simultaneous determination of copper and iron in a single aliquot of serum.//ClinChem 20(2): p. 188-191

3. Kerim A. Kuliyev*, Nailya A. Verdizadeh, Geysar S. Suleymanova. Spectrophotometric Determination of Copper (II) with 2,6-Dithiolphenol and its Derivatives in the Presence of Hydrophobic Amines // American Journal of Chemistry 2016, 6(4): pp. 95-103.

4. Silva P., Vilela S.M.F., Tome J.P.C., Paz F.A.A.,// Multifunctional Metal-Organic Frameworks: from Academia to Industrial Applications// Chem. Soc. Rev., 44, 6774-6803 (2015).

5. ZhangW., XuY., TahirH.E., ZouX. Rapid and wide-range determination of Cd(II), Pb(II), Cu(II) and Hg(II) in fish tissues using light addressable potentiometric sensor // Food Chemistry. 2017. T. 221. C. 541-547

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.