Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
MIRZO G'OLIB MAKTUBLARI -URDU NASRINING NODIR NAMUNASI
Shokirova Shahnoza Ortiq qizi
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti 1-kurs lingvistika mutaxasisligi magistranti Tel: +998991077920 Ilmiy rahbar: fil.f.n., dots. Abdurahmonova M.
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola Mirzo G'olib maktublarining urdu nasrchiligidagi ahamiyatiga bag'ishlanadi. Mirzo G'olib xatlarining to'plamlari va ularning nashrlari haqida ma 'lumot beriladi. Maktublarning o 'ziga xos xususiyatlari o 'rganiladi va misollar yordamida tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: epistolyar janr, insho san'ati, ^jj1 , adresat, sajli nasr, qofiyali nasr.
ABSTRACT
This article is devoted to the significance of Mirza Ghalib's letters in urdu prose. Collections of Mirza Ghalib's letters and their publications are provided. Specific features of letters are studied and analyzed using examples.
Key words: epistolary genre, essay art, ^jJ, addresse, poetic prose, rhyming prose.
KIRISH
Mirzo Asadulloxon G'olib nomi urdu adabiyotida va xususan, urdu she'ri yatida biror tarifga muhtoj emas. G'olib she'riyatdan tashqari maktubnavislik mahorati bilan ham tanilgan.
Qadimdan yozishmalar insonlar o'rtasidagi munosabatlarda ham davlatlar o'rtasidagi aloqalarda ham muhim ahamiyatga ega. O'rta asrlarga kelib Sharq mamlakatlarida yozishmalar rivojlanib, insho san'ati vujudga keldi. Munshaot sharq she'riyatidagi janr bo'lib, yozuvchining nazmda yoki nasrda yozilgan maktublari to'plami hisoblanadi. Munshaot janri " Epistolyar janr" deb ham ataladi. Epistolyar janr asosan arab va fors adabiyotida takomillashib bordi. Fors tilining tasirida urdu adabiyotiga ham kirib keldi. Mirzo G'olib maktublari orqali ushbu janrda nafaqat katta o'zgarish qildi, balki unda yangi uslub va ifoda shakllariga ham asos soldi.
Dastlab Mirzo G'olib ko'p xat yozmadi, lekin keyinchalik maktubnavislik uning uchun qiziqarli mashg'ulotga va urdu nasrini rivojlantirish vositasiga aylandi. Uning
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
xatlari urdu nasrida yangi yo'nalishni yuzaga keltirdi. G'olib kabi maktub bitish hech kimga muyassar bo'lmadi.1
G'olibdan oldin ham urdu adabiyotida nasriy asarlar mavjud edi, ammo ular teologiyaga oid sun'iy usuldagi qissalar edi. G'olibning urdu nasridagi shuhratining asosi uning maktublari bo'lsa-da, dastlab u o'z maktublarini nashr etishga loyiq ko'rmagan. Biroq uning do'stlari, shogirdlari va muxlislari shoirning maktublarini adabiy nasrning oliy namunasi deb hisoblagani bois, ularni nashr etish, asrash va kitobxonlarga yetkazish zarur deb bilar edi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
G'olib xatlarini jamlashni birinchilardan bo'lib Mavlavi Muhish Parshad taklif qilgan. Bu borada u juda ko'p mahnat qildi va jon jahdi bilan ishladi. U sahih xatlarni to'plab 1941-yilda 1-jildini nashr etdi. Uning vafotidan so'ng esa G'ulom Rasul Mehr 2-jildini tayyorlab Lahorda chop ettirdi.
Shu bilan birga G'olibning asl xatlari nusxasi turli jurnallarda ham chop etib borilgan. Jumladan ^j^jl ( Urdu-ye Mualla) da Sayyid G'ulom Husayn Qadr Bilgiramiy nomiga bitilgan bir necha xatlarini birinchi marotaba 1907-yilda aligarxda nashr ettirgan. Lekin bu xatlarning matnida bir qancha xatolar bo'lgan. "Muraqqaye G'alib" da Prithvi Chandar Rampur navoblari nomiga va boshqa bir qancha odamlarga yozilgan xatlari nusxasi chop ettirilgan2. Bu davrda G'olib xatlarining ko'plab nashrlari va ularning fotoprinti qilingan edi3.
(G'olib muhri)
1861-62 yillarda Mirzo G'olibning Abdug'ofur Sarvarga yozgan bir necha xatlarining to'plami Sarvar va Mumtoz Ali Xon tomonidan tuzilgan. Ular G'olibdan ijozat olishga urinmadi ham va to'plamga ,j^ " (G'olib muhri) deb nom qo'yildi. Biroq ushbu to'plam qaysidir sabablarga ko'ra nashr etilmay qoldi.
(G'olib saylanmasi)
Bu to'plam 1866-yil bir ingliz zobitining iltimosiga ko'ra shaxsan G'olibning o'zi tomonidan tuzilgan. Unda 12 xat va 49 ta she'r jamlangan bo'lib, asosan inglizlarga urduni o'rgatishga mo'ljallangan , (Hind ifori)
1861 yildan taniqli shoir G'ulom G'avs Bexabar G'olibning ruxsati bilan maktublarni to'play boshladi. G'olib bu vaqtda xatlari chop etilishi kerakligini anglab yetgan edi. Ammo bu to'plamning chop etilishi kechikkanligi sababli Mumtoz Ali
Mirzo G'olib xatlarining to'plamlari
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Xondan uni nashr etishni so'radi. Mumtoz Ali Xon "m^ " (G'olib muhri) matnini ham to'plamga qo'shdi va shu tariqa 1868-yil oktabr oyida nashr etildi. Bu G'olibning ilk maktublar to'plami bo'lib, kitobxonlar tomonidan yaxshi qabul qilindi.
(A'lo urdu)
Bu G'olibning ikkinchi to liq foplami bo'lib, 470 ta maktubdan iborat. Ushbu to'plam G'olib vafotidan so'ng nashr etilgan. Uning bir qancha nashrlari chop etildi, xususan, Murtazo Husayn Fozil tomonidan 1969-yilda ham nashr etilgan.
, Vri2^ (G'olib maktublari) Imtiyoz Ali Xon Arshiy Rampurit G'olibning Rampur valiysiga yo'llagan 117 maktubini ilmiy izohlar bilan birga chop etdi. Bu to'plam ilk bor 1937 yilda Mumbayda ommaga taqdim etildi.
Vie- lajki ^jj) (G'olibning adabiy maktublari)
Mirzo Muhammad Askariy G'olibning adabiy masalalar yuzasidan bahs-munozaralarga oid maktublarini jamlagan, Lakhnaodagi Nizomiy matbuotxonasi esa kitobni nashr etgan.
vile lajki(G'olib xatlari) Tadqiqotchi Maolvi Mahesh Parshad G'olibning chop etilgan yoki chop etilmagan barcha maktublarini to'plashni va ularning ishonchli, tanqidiy nashrini chop etishni o'yladi. Uning birinchi qismini 1941-yilda Allohobodda nashr etdi. Biroq Mahesh Parshad vafot etgandan so'ng uning ikkinchi jildi qo'lyozmasi yo'qolgan. Shu tariqa bu to'plamning faqat birgina jildi chop etilgan. vile CiljjU (G'olibning noyob xatlari 1949) Miran Dehlaviy G'olibning nashr qilinmagan 74 ta xatlar to'plamini tuzdi. Ammo keyinchalik bu to'plam Miran sohibning nabirasi Afaq Husayn tomonidan so'zboshi qo'shilgan holda 1949-yil Karachida nashr etildi. Ushbu to'plamda G'olibning 92 shogirdining hayoti haqida ma'lumot mavjud. vile Iajkk(G'olib xatlari 1951)
G'ulom Rasul Mehr G'olibning maktublarini ikki jildda nashr ettirdi. Lekin unda " " va " plj^j "da bosilgan maktublar mavjud emas edi. Uning
bir nashrini Panjob universiteti 1969-yilda nashr etdi. ^jkk vile(G'olibning xatlari 1984-2000)
Xaliq Anjum G'olibning barcha maktublarini besh jildga jamlab, qimmatbaho to'plamni tuzdi. U bu to'plamni matnning tanqidiy tamoyillari asosida 1984-2000 yillar davomida nashr ettirib bordi. Birinchi to'rt jildda xatlar adresatlarga ko'ra tartiblangan. Beshinchi jildda esa barcha xatlar xronologik tarzda taqdim etilgan. Bu nafaqat G'olib maktublarining eng to'liq to'plami, balki eng ishonchlisi hamdir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Bundan tashqari G'olibning bir necha soxta xatlar to'plami ham nashr etilgan4.
Maktublarining xususiyatlari
Mirzo G'olib xatlarining o'ziga xos xususiyati quyidagilarda namoyon bo'ladi:
Salom-alikning qisqa va soddaligi
Mirzo G'olib davridan oldin va uning davrida ham maktubot janriga fors tili kuchli ta'sir ko'rsatgan edi. Xatboshi uchun fors tilidagi qiyin so'z va so'z birikmalari qo'llanar edi. Mirzo G'olib ham dastlab zamondoshlari kabi uzun va murakkab so'zlardan foydalangan. Uning fors tilidagi oldingi maktublari chigal va tushunarsiz sarlavhalarga ega edi. Ammo u urdu tilida xat yozishni boshlaganidan so'ng muxtasarlikni tanladi. Murojaat qilish uchun mulozamat o'rniga hurmat va samimiyatni ixtiyor qildi. Maktublarini maktubi ilayh (adresat) bilan munosabatiga qarab boshladi. Uning maktublarida salomlashish va murojaatning uch jihati ko'rinadi. Birinchisi, xolis suhbat uslubi. Bu borada u xatlarini juda qisqa sarlavhalar bilan boshlagan.
Masalan, j^'j oddiygina birodar, og'ayni, janob so'zlari bilan.
Ikkinchisi, oqsoqollar, amaldorlar va noyiblar nomiga yozilgan xatlarida ularning mavqeini hisobga olgan holda odob bilan murojaat qilgan. Masalan ^ qibla ^^ ^1^>munshi sohib, j'jj^? bandaparvar kabi. Uchinchisi shogirdlari, ixlosmandlari va musofirlar uchun samimiy so'zlardan foydalangan. Masalan, jj ko'zimning nuri, ^'j jonim rohati, jigarim kabi.
Xatning boshlanishi
Oldingi davrlarda va hozir ham salomlashuv va murojaat so zlaridan so ng adresatning hol-ahvoli so'ralishi bilan birga xat yozuvchi (adresant) ham o'zining holati haqida xabar bergan.
Uning xatlaridan ma'lum bo'ladiki, u go'yo adresat bilan o'tirib allaqachon salomlashishga va hol-ahvol so'rashga ulgurgan va asosiy masaladan gap boshlagan bo'ladi. Masalan o'zining jiyani Mirzo Abbosga yozgan maktubi quyidagicha boshlanadi:
(jAxl^ox jjl j ^jjû j^jjjS jS jlSj^ ujf ù'jj^ uj^j^
M-jf ^^jS j^jjjS ^J* ^S jjl jj ^^ jS jj1i
"Birodar Mirzo Abbos Bahodir! Hayronman, siz hukumat ishini qanday bajarasiz va huquqiy masalalarni qanday tushunasiz va ishlarni qanday hal qilasiz".
Tasvirlash usuli
4 2022 ' ^JJJ .3-sJ-3Ni<' ^ ^ ^Jt" ^J^-"J" J^J' ^^ 'M^ —■^■¿.Ai
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Mirzo G'olib xatlarida biror voqea-hodisani tasvirlamoqchi bo'lsa, uni juda chiroyli uslubda bayon qilar edi. Uning xatlarida o'ziga xos tarzdagi lavhalar uchraydi Masalan, u bir xatida yomg'ir mavsumini quyidagicha bayon qiladi:
yl^x ujx j^j ^k yLk ^K ^k ^uiU j^i 1k l^.jjfj JL». 1k jj"
aj|jjj j? 1k yV^ ^k ^j^ ^kwm* '1jk jk JJJ 1k ^j^ ^k ^k yjj 1jjj uj^
^jjx 'Ujj ^jk jj ^'Ijf uj%t Ijj ' ^k 'ujj o^jl^ Ij^jl^^JA^ '1é
"-^j ^ét J ^jj jé
"Barsat haqida so'rama, xudoning qudrati. Qosimjonning ko'chasi, Saodatxonning arig'idir. Men yashayotgan uyda Olim Beg ombori tomonidagi eshik qulab tushdi. Masjid tomondagi ayvonning eshigi ham qulab tushdi. Zinalar yiqilay deb turibdi. Saharda o'tiradigan hujram qiyshayib, tomlari yorildi. Agar yomg'ir soatlab yog'sa, hujraning tomi ham soatlab to'kiladi" Soddalik va ravonlik
Mirzo G'olib maktublarining asosiy xususiyati ularning soddaligida va bu soddalik o'ziga xos jozibaga ega. Mirzo G'olib satrlarida samimiylik ham bor. Uning uslubi sun'iylik va soxtalikdan xoli. U xatlarini adresatning fe'l-atvori, tafakkuri va saviyasini inobatga olgan holda bitgan. Mirzo G'olib odatda oddiy muloqot tilini ma'qul ko'rgan. Biron jiddiy mavzudan gap ochilganda forsiy va arabiy istiloh va birikmalarni qo'llagan. Suhbat uslubi:
Mirzo G'olib maktublarida adresatga xuddi u bilan yuzma-yuz o'tirib gaplashayotgandek murojaat qiladi. Boshqacha aytganda, uning maktublarida suhbat uslubi yuzaga chiqadi. Shu tariqa G'olib o'z maktublarida suhbat bo'layotgan davrani yaratadi. G'olib maktubni muloqotga aylantirganini takidlaydi5. Jumladan Ali Beg nomiga yozgan xatida quyidagi satrlar uchraydi.
^^ jj 1jj jk ^l^ljx ^k 1jk j^j^ ^j uj^ '. ^ Ijj^"
"jjk 1jj ^k Jt'j uj^ j^j 'jjk ^li y1jjj " Mirzo sohib! Men shunday uslub yaratdimki, maktubni muloqotga aylantirdim. Ming chaqirimdan qalam tili ila suhbat qil va hijronda visol ta'mini bil" Hazil-mutoyiba, sho'xlik
G'olib maktublarida zakovat,shoxlik ham uchraydi. U xushchaqchaqlikni hayotda muhim deb hisoblaydi. U g'am-qayg'ulariga ham hazil-mutoyiba bilan qarashga o'rgangan. Nafaqat o'zgalarni, balki o'zini ham kulgi, hazil ostiga oladi. Uning do'stlari bilan erkin suhbati hazil-mutoyibaga boydir. Shu sababdan mavlono
5 ^Ijjl jA^ . j^jl j^j jjl j^ ^^^ j^^jj! ^ijjti
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 4 (3), March., 2024
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz
Xoliy Mirzo G'olibni jlj^ " (Zakovat egasi) deb ataydi. Masalan, G'olib
o'zining bir xatida ro'zasini quyidagich tariflaydi:
^ O o*^ -UJf 12fj 12 J^ ^jjj J^* 'UJf 12«Sjfjjj -^f j2 VJ^"
-y o
Ut* °jjj J ^ Uf jjl Ujf 12 ojjj J Ü* - Uf j ^ ^ Ut
"-^f ^1?JJI JJI ^f jt jjI ^J 0 jjj ^ Ut* ^ -12«^J
"Quyosh nuri kuydiryapti. Roza tutyapman, lekin rozani ovutyapman . Bazan suv ichib , bazan chilim chekib. Bu yerdagi odamlar ajabtovur tasavvurga ega. Men rozani ovutdim, bu sohib esa sen roza tutmading deydi. Tushunmaydiki, rozani tutmaslik boshqa va uni ovutish boshqa.
Batafsil bayon etish
Mirzo G'olib oz xatida biror voqea yoki masalani bayon qilsa, uning mayda tafsilotini ham aytib otadi. Bazan gapdan gap chiqarib davom etadi. Biror mavzudan gap boshlasa, uning tarkibiy qismlarini ham aytib o'tadi. Masalan, bir xatida quyidagi tafsilot uchraydi:
-^jjI UJf 1f j v12 ^ '^f o*Jf ^f ^J o^ J^^'^ 20 ' ^j^J^
UJf 1fj
Dushanba kuni, 20-dekabrning tongi. Ochoq qo'yilgan, olov yoqyapman va xat yozyapman...
Sajli va qofiyali nasr
Oldingi nasrda sajli va qofiyali birikmalar urf bo'lgan. Mirzo Asadullaxon G'olib ham bazan qofiyali birikmalarni qo'llagan, lekin sertakalluf va qiyin so'zlardan ko'p foydalanmagan. Xatlarda qalbaki qofiyalarni qo'llamagan sun'iylik bo'lmagan. Masalan:
" Hazrat Madhga bir joy zarurdir, menga hukmingizni bajo etmoq manzurdir".
" Umid endi mening hikoyamni eshit, mening hikoyamni mendan eshit".
Mirzo G'olibning maktublari o'ziga xos uslubi, sodda-jo'nligi, adabiy fikrlari va zukko uslubi tufayli ommaga shu qadar maqbul bo'ldiki, qariyb ikki asrdan buyon maktublarining to'plamlari qayta-qayta chop etib kelinmoqda.
G'olib xatlarining dastlabki to'plamlarida matnshunoslik qoidalariga rioya qilinmagan va ko'plab xatolarga yo'l qo'yilgan edi. Shu sababdan Doktor Xaliq Anjum G'olib xatlarining tanqidiy matnini tayyorlashga kirishdi. U G'olibning urdu tilida yozgan barcha xatlarini bir to'plamda jamladi. Matnning tanqidiy nashrini tayyorlashda matnshunoslar doim muallifning maqsad va g'oyasini, uning
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
kechinmalarini yodda tutib, unga putur yetkazmagan holda yozadi. Bu esa mehnat va mashaqqat talab etadi. Bunday zalvorli ishni Xaliq Anjum G'olib xatlarining 4 jildli tanqidiy to'plamini tuzish orqali bajardi.
Mirzo G'olib maktublari o'ziga xos uslubi, tasvirning chiroyli, qisqa va lo'ndaligi bilan urdu adabiyotida alohida o'ringa ega. Uning xatlari shunchalik jonli va chiroyli tilda yozilganki, kitobxon xuddi G'olib bilan yonma-yon o'tirib suhbat qurayotganday bo'ladi. Xatning boshlanishi qisqa, uzundan-uzoq salomlashuv, hol-ahvol so'rashlardan holi, sodda va samimiy bayon qilingan. G'olib qisqagina muqaddimadan so'ng darhol muddaoga o'tadi. U adresatning ahvoli bilan yuzaki tanishmaydi. Ba'zan u adresatga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilib, gapni boshlaydi. G'olib maktublarining ushbu strukturasi an'anaviy xat yozish uslubidan farq qiladi. Xatlarida o'ziga xos aniqlik va batafsillik namoyon bo'ladi. Mirzo G'olib xatto kichik narsalarni ham aniq va batafsil izohlaydi. Sodda va tushunarli tilda bayon qiladi. Maktublaridagi maqol, ibora, saj va qofiyaning qo'llanishi ham muallifning mahoratini ko'rsatib turadi. Xatto ayrim xatlarida ilm-fanga, tilshunoslikka oid fikr-mulohazalari ham mavjud. Shu sababdan uning xatlari noyob tarixiy manba va urdu nasrchiligining oliy namunasi hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Ebadet Brelvi. Ghalib and a study of Ghalib. - Lahore. Writer's Academy, 1969. 484s.
2. Bijnori, Mahasin-e Kalam-e Ghalib, Special Centenary Edition. - Karachi: Fakhri Printing Press, 1969. -S 6.
3. Mufti Anvarul Haq. Divan-e Ghalib Jadid al ma 'rufba Nuskhah-e Hamidiyyah. - Agra, 1921.
4. ^^ — .Y*^ tJjj^j ^JJ^X — jlk^b.Jl^. ^lUjl
5. . ^^ Y^V — .YO» c^^jjkl ^j — .^jl^ Ai^Jl JJC
6. ) A» — .Y««« c^ijlè jlk^lj ojtal — .yb Jjuj
7. 16 2022 ' ^jjji ^l QMI^ j jjjj^jx Ci j^ ^ jl^j joj j^jl -lajU^
^jj jukl^
8. ^ljjl - j^jl J^j ^^l jjl j LjU^ y^^jjl ^ajjli
XULOSA