Научная статья на тему 'MILLIY TARBIYA SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN TARG’IBOT ISHLAR SAMARADOROLIGINI OSHIRUVCHI TA'SIRCHAN PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALAR'

MILLIY TARBIYA SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN TARG’IBOT ISHLAR SAMARADOROLIGINI OSHIRUVCHI TA'SIRCHAN PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
9
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xulq-atvor / tarbiya / millmy tarbiya / targ‘ibot. Ma'naviyat / ma'rifat / profilkatika / psixologik texnologiya / поведение / образование / милевое образование / пропаганда / духовность / просвещение / профилактика / психологические технологии

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Х Х. Jabborov

Mazkur maqolada milliy tarbiya shakllantirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradoroligini oshiruvchi ta'sirchan psixologik texnologiyalar ya’ni targibotda tadbir ishtirokchilarni yosh, jins, hudud, individual psixologik xususiyatlari, ma’lumot darajalari ham inobatga olinishi kabi ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE PSYCHOLOGICAL TECHNOLOGIES INCREASING THE EFFICIENCY OF PROPAGANDA WORKS FOR THE FORMATION OF NATIONAL EDUCATION

в данной статье рассмотрены эффективные психологические технологии, повышающие эффективность духовно-просветительской работы, направленные на формирование национального воспитания, то есть такие социально-психологические факторы, как учет возраста, пола, региона, индивидуально-психологических особенностей, уровня образования. участников мероприятия в акции представлены на основе.

Текст научной работы на тему «MILLIY TARBIYA SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN TARG’IBOT ISHLAR SAMARADOROLIGINI OSHIRUVCHI TA'SIRCHAN PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALAR»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Х.Х. Jabborov1H_

1Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: Mazkur maqolada milliy tarbiya shakllantirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradoroligini oshiruvchi ta'sirchan psixologik texnologiyalar ya'ni targibotda tadbir ishtirokchilarni yosh, jins, hudud, individual psixologik xususiyatlari, ma'lumot darajalari ham inobatga olinishi kabi ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy asoslangan.

MAQSAD: ma'rifat targ'ibotchilari milliy tarbiya shakllantirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarini samaradorligini oshirishda psixologik texnologiyalarni bilish va ularni qo'llashi mazkur ishlarning samaradorligi oshirishga xizmat qiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: Yoshlar orasida milliy tarbiya shaklllantirishga qaratilgan ma'naviy targ'ibotlarning psixologik omillarini inobatga olish, har bir o'tkazayotgan tadbirlari va uning samaradorligi natijasida aholining keng qatlami dunyoqarashida ijobiy o'zgarishlar yuz berib, davlatimiz kelajagiga bo'lgan ishonchi ortishi lozim. Masala bo'yicha nazariy o'rganishlar targ'ibotchi har bir tadbirida targ'ibot materiallarini ishtirokchilar ongiga singdirishda alabatta psixotexnologiyalardan foydalanishi tadbir samaradorligi va natijadorligini oshirishdagi asosiy mexanizm bo'lib xizmat qiladi. Masala bo'yicha nazariy o'rganishlarimiz targ'ibotchi tadbir ishtirokchilarining dunyoqarashi, e'tiqodi va biror masala yuzasidan ularning ustanovka hamda tasavvurlarini o'zgartirish uchun psixologiya ilmidan xabardor bo'lishi lozimligini ko'rsatmoqda.

XULOSA: Masala bo'yicha tazariy va empirik natijalar asosida targ'ibot ishlarida tadbir ishtirokchilarni psixologik xususiyatlari va ta'sir ko'rsatish texnologiyalarisiz targ'ibotni samaradorigiga erishish mushkul ekanligi aniqlandi, shuning uchun ham bizningcha targ'ibot ishlarida psixologik ta'sir texnologiyalarni zamonoviy metodlarini o'rganish va uni milliy xususiyatlarimizga modifikasiyalashimiz va amaliyotga tatbiq etishimiz maqsadga muvofiq.

Kalit so'zlar: xulq-atvor, tarbiya, millmy tarbiya, targ'ibot. Ma'naviyat, ma'rifat, profilkatika, psixologik texnologiya

Iqtibos uchun: Jabborov Х.Х. Milliy tarbiya shakllantirishga qaratilgan targ'ibot ishlar samaradoroligini oshiruvchi ta'sirchan psixologik texnologiyalar. // Inter education & global study. 2024. №7. B. 491-498.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЭФФЕКТИВНЫЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ, ПОВЫШАЮЩИЕ ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРОПАГАНДОВСКОЙ РАБОТЫ ПО ФОРМИРОВАНИЮ НАЦИОНАЛЬНОГО ВОСПИТАНИЯ_

© Х.Х. Джаббаров1И

Ташкентский государственный университет востоковедения, Ташкент, Узбекистан

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассмотрены эффективные психологические технологии, повышающие эффективность духовно-просветительской работы, направленные на формирование национального воспитания, то есть такие социально-психологические факторы, как учет возраста, пола, региона, индивидуально-психологических особенностей, уровня образования. участников мероприятия в акции представлены на основе.

ЦЕЛЬ: знание пропагандистами-просветителями психологических технологий и их применение в повышении эффективности пропагандистской деятельности, направленной на формирование национального образования, послужит повышению эффективности этих работ.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы, как интервью, социально-психологическое анкетирование, наблюдение, а уровень статистической достоверности полученных результатов подтверждался факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: необходимо учитывать психологические факторы духовных кампаний, направленных на формирование национального воспитания среди молодежи, и в результате каждого из мероприятий и его эффективности должны произойти положительные изменения в мировоззрении широкого слоя населения, и их уверенность в будущем нашей страны должна возрасти. Использование психотехнологий является основным механизмом повышения эффективности и результативности мероприятия. Наши теоретические исследования по данному вопросу показывают, что промоутер должен быть в курсе науки психологии, чтобы изменить мировоззрение, убеждения и предположения участников мероприятия.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: на основе теоретических и эмпирических результатов по данному вопросу определено, что без психологических особенностей участников мероприятия и технологий воздействия в пропагандистской работе трудно добиться эффективности. Желательно изучить и модифицировать их с учетом наших национальных особенностей. и применить это на практике.

Ключевые слова: поведение, образование, милевое образование, пропаганда, духовность, просвещение, профилактика, психологические технологии

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

СС

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Джаббаров Х.Х. Эффективные психологические технологии, повышающие эффективность пропагандовской работы по формированию национального воспитания. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 491-498.

EFFECTIVE PSYCHOLOGICAL TECHNOLOGIES INCREASING THE EFFICIENCY

OF PROPAGANDA WORKS FOR THE FORMATION OF NATIONAL EDUCATION

© Hazrat H. Jabbarov1®

Tashkent State University of Oriental Studies, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: In this article, effective psychological technologies that increase the effectiveness of spiritual and educational work aimed at the formation of national education, that is, socio-psychological factors such as taking into account the age, gender, region, individual psychological characteristics, and education levels of the event participants in the promotion, are presented based on.

TARGET: Enlightenment propagandists' knowledge of psychological technologies and their application in increasing the effectiveness of propaganda activities aimed at the formation of national education will serve to increase the effectiveness of these works.

MATERIALS AND METHODS: During the research, such methods as interviews, socio-psychological questionnaires, observation were used, and the level of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: It is necessary to take into account the psychological factors of spiritual campaigns aimed at forming national education among young people, and as a result of each of the events and its effectiveness, positive changes in the worldview of a wide layer of the population should occur, and their confidence in the future of our country should increase. The use of psychotechnologies is the main mechanism for increasing the effectiveness and efficiency of the event. Our theoretical research on this issue shows that the promoter must be aware of the science of psychology in order to change the worldview, beliefs and assumptions of the participants of the event.

CONCLUSION: Based on theoretical and empirical results on this issue, it has been determined that without psychological characteristics of the participants of the event and technologies of influence in propaganda work, it is difficult to achieve effectiveness. It is desirable to study and modify them taking into account our national characteristics. and apply this in practice.

Key words: behavior, education, mile education, propaganda, spirituality, enlightenment, prevention, psychological technologies

For citation: Hazrat H. Jabbarov. (2024) 'Effective psychological technologies increasing the efficiency of propaganda works for the formation of national education', Inter education & global study, (7), pp. 491-498. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bugungi yangi davr, globallashuv davri, ta'lim samaradorligini oshirishda inson omili, inson kapitali va inson resurslarini tadqiq qilishda, har tomonlama yondashuvlar mavjud. Biz mazkur masalada ta'limni rivojlantirishda ijobiy inson resurslaridan biri hisoblangan tarbiya masalasini ko'rib chiqmoqchimiz. Mazkur resurs barcha millatlarni kelajagi va taraqqiyoti uchun eng dolzarb inson resurslaridan biri hisoblanadi[4].

O'zbekistonda milliy tarbiyaning konseptual asoslarini ishlab chiqishdagi zaruratni bugungi kundagi glabalashuvning tarbiya jarayoniga ta'sir masalasi tezlashtirdi nazarimizda.

Targ'ibotchining har bir o'tkazayotgan tadbirlari va uning samaradorligi natijasida aholining keng qatlami dunyoqarashida ijobiy o'zgarishlar yuz berib, davlatimiz kelajagiga bo'lgan ishonchi ortishi lozim[1].

Targ'ibotchi har bir tadbirida targ'ibot materiallarini ishtirokchilar ongiga singdirishda alabatta psixotexnologiyalardan foydalanishi tadbir samaradorligi va natijadorligini oshirishdagi asosiy mexanizm bo'lib xizmat qiladi[2].

Targ'ibotchi tadbir ishtirokchilarining dunyoqarashi, e'tiqodi va biror masala yuzasidan ularning ustanovka hamda tasavvurlarini o'zgartirish uchun psixologiya ilmidan xabardor bo'lishi lozim[3].

✓ Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko'chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta'minlash, yangi sifat bosqichiga o'tishini qayd qilish imkoniyatiga ega o'ta amaliy, tatbiqiy fandir.

✓ "Psixologiya" (yunoncha psyche) so'zini o'zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta'limot» degan ma'noni anglatadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o'rniga «psixika» degan tushuncha qo'llanilmoqda.

✓ Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo'lish xususiyatiga ega bo'lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko'zga ko'rinmaydi.

✓ Har bir targ'ibotchi o'z tadbiri orqali ishtirokchilarda muayyan maqsadli o'zgarishni sodir qilishi uchun psixologik hodisalarga murojaat qilishi lozim!

✓ Odatda, psixik hodisalar deganda, ichki sub'ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo'lishi tushuniladi, boshqacha so'z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir.

✓ Ichki sub'ektiv tajribaning o'zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg'ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosi tarkibiy qismlaridir, ya'ni bularning hammasi sub'ektiv psixik hodisalar sanaladi.

✓ Sub'ektiv hodisalarning asosiy xususiyati - ularning bevosita sub'ektga taalluqligidir.

✓ Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta, ana shu hodisalarni bir davrning o'zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ular barchasining sodir bo'layotganligini anglab turamiz ham. Shuning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo'lishidan tashqari, ular bevosita ko'z o'ngimizda namoyon bo'lib turadi.

Targ'ibotchi tadbir mavzusi orqali ishtirokchi shaxsidagi qaysidir sifat, xususiyat yoki fazilatni o'zgartirishni maqsad qilgan ekan, u avvalo, shaxsning psixologik strukturasini bilishi lozim bo'ladi!

Shaxning psixologik strukturasi:

Psixologik bilish jarayonlari (diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur va xayol); psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala); psixikaning holatlari (kayfiyat, parishonxayollik kabilar); psixologik hodisalar; psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari; psixikaning qonuniyatlari; psixikaning mexanizmlari; psixik sharoit, muhit, vaziyat; psixologik o'zaro sababiy bog'lanishlar;

Targ'ibotchi o'z tadbirlarida profilaktika mavzulari orqali ishtirokchining ongiga ta'sir o'tkaza olishi lozim!

Ong psixikani yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, insonning yakka va hamkorlik faoliyatining (muloqot nutq, til vositasida, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli sifatida yuzaga kelgandir. U ijtimoiy mahsul bo'lishidan tashqari, unga muayyan munosabat bildirish maqsadni ko'zlash, o'zlikni anglash kabilarni namoyon etish imkoniyatiga egadir.

Odatda, inson ongi uni qurshab turgan tevarak-atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo'lib, uning tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, qaysiki ularning bevosita yordami bilan shaxs o'z axborotlari ko'lamini uzluksiz ravishda boyiti b boradi. Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari asta-sekin ular anglashinish darajasiga ko'tariladi, keyinchalik esa muayyan turkumlarning tarkibiga kiradi.

✓ Ong tarkibiga muayyan darajadagi, ma'lum tizimga xos emosional (hissiy) munosabatlar qamrab olinganligini aks ettiradi. Shaxs ongiga muqarrar ravishda turli-tuman his-tuyg'ular (har xil darajali, ijobiy, salbiy, barqaror, statik, dinamik), kechinmalar, stress, affekt holatlar to'g'risidagi axborotlar oqimi kirib kela boshlaydi.

✓ Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, ashyolarga nisbatan munosabatlari mavjud mezonlarga asoslansa, muayyan qoidalarga bevosita amal qilinsa, har bir narsaga oqilona, odilona va omilkorlik bilan yondashilsa, ongning nazorat funksiyasi hukm surayotganligidan dalolat beradi.

✓ Ong psixologik tavsifining yana bittasi - bu unda sub'ekt bilan ob'ekt o'rtasidagi aniq farqlanishda o'z ifodasini topadi, ya'ni shaxs «Men» degan tushunchasi bilan «Men» emas atamasi tarkibiga nimalar tegishli, aloqador ekanligini aniq biladi.

✓ Ong shaxsning maqsadini ko'zlovchi faoliyatni ta'minlashga oid ta'rifni ifodalagan bo'lib, uning yana bir funksiyasi mazkur maqsadni yaratishga yo'naltirilganligi bilan boshqalardan farq qiladi. Ushbu jarayonda shaxs faoliyatining turli xususiyatli motivlari yuzaga keladi, ular inson tomonidan chamalab chiqiladi, buning natijasida motivlar kurashi namoyon bo'ladi, bu o'rinda ustuvorlikka erishish yetakchilikni ta'minlaydi, irodaviy zo'r berish oqibatida muayyan qonun qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning izchilligi qay

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yo'sinda amalga oshirilishi hisobga olinadi, maqsadni qaror toptirishga to'siq vazifasini o'tovchi fikriy g'ovlar (to'siqlar) bartaraf etiladi va unga mutanosib o'zgarishlar kiritiladi, samaradorlikni oshirish uchun ba'zi bir tuzatishlar amalga oshiriladi.

✓ Shaxsdagi mo''tadillik, ruhiy sog'lomlik ongning boshqaruv imkoniyati mavjudligini bildirib kelib, ayrim hollarda hissiyotga berilishi esa uning o'z funksiyasini bajarishdan chetlashganligini namoyish qiladi. Turli xususiyatli munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jarayonida, hech qanday nuqsonlar, chetga og'ishlar sodir bo'lmaydi. Shu narsani ta'kidlab o'tish o'rinliki, patologik holatlarni tahlil qilish, ong mohiyatining genezisini atroflicha anglab olishga xizmat qilishi mumkin. Shu boisdan ongning zaiflashuvi shaxsning his-tuyg'ulari va munosabatlarini o'zgartiradi: simpatiya antipatiya bilan, quvonch qayg'u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-vaqti bilan o'rin almashib turishi kuzatiladi.

✓ Ongning yuqorida ta'kidlab o'tilgan barcha funksiyalarini namoyon bo'lishining muqarrar sharti til va nutq hisoblanadi.

✓ Kishilik jamiyatida mehnat faoliyatining takomillashuvi, shaxslararo munosabatning yangi shakllari paydo bo'lishi, til va nutqni vujudga keltiradi, ularning barchasini maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlovchi ong jadal sur'atlar bilan rivojlangan.

✓ Ong faqat faoliyat, xulq-atvor, muomala, his-tuyg'ular regulyatori emas, balki yakkahol shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini to'g'ri amalga oshishining asosiy manbai rolini bajaradi.

✓ Shunday qilib, insonning ongi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli bo'lish bilan birga, u mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda, hamkorlikdagi o'zaro ta'sirda, tabiatga, jamiyatga nisbatan munosabatlar mohiyatida vujudga kelgan. Buning mahsulasi, shakli sifatida individual, guruhiy, etnik (milliy), ijtimoiy ong namoyon bo'lgan va ularning barchasi taraqqiyot tufayli o'zining yangi bosqichlariga o'sib o'tgan hamda keyinchalik fan, texnika yaralishiga puxta zamin hozirlagan.

✓ Shunday qilib, ontogenezda ongning paydo bo'lishi («Men» davrining boshlanishi), uning taraqqiyoti, tarkibiy qismlari, unda ijtimoiy muhitning, zarur shart-sharoitlarning roli, biologik va ijtimoiy shartlanganlikning ta'siri, tarbiyaning ustuvorligi to'g'risidagi ilmiy tadqiqot ishlari mazkur muammoning psixologik tavsifini ishlab chiqishga muhim negiz yaratdi.

Ongning tarkibi: obrazni his qilish imkoniyati;borliqdagi narsalarning qadr-qiymati; atrof - muhit ob'ektlarining ma'no kasb etishi.

Ongning funksiyalari: aks ettiruvchanligi; ijodiylikni vujudga keltiruvchanligi; baholovchanligi; boshqaruvchanligi; refleksivligi; ma'naviyligi.

O'zini o'zi anglashning omillari: oilaviy muhit ta'siri; milliy muhit va milliy til vositalari; ma'rifiy, ma'naviy, madaniy qurshov; maxsus hayotiy vaziyatlar va favqulodda hodisalar.

Ongninig turlari: individual; guruhiy; jamoaviy; etnik; milliy; ijtimoiy.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ongning xislatlari: Borliq ob'ektlari va jamiyat sub'ektlari bilan munosabat o'rnatish; biosfera va neosfera hodisalarini anglash (tushunish, bilish); tabiiy va ijtimoiy holatlar hamda hodisalarga hamdardlik (empatiyaning namoyon bo'lishi).

Ongning xususiyatlari: reaktivligi; sezgirligi; refleksivligi; taraqqiyotning ixtiyorsizligi (spontanligi); polifonikligi; dialogizmga moyilligi.

Targ'ibotchi targ'ibot materiallarini ishtirokchilar ongiga singdirishda ularning bilish jarayonlari ko'lamini, irodaviy - emosional holatlari va individual psixologik xususiyatlarini inobatga olishi maqsadga muvofiq!

Targ'ibot tadbirlarida interaktiv metodikalarni ishlatish qonuniyatlari: Targ'ibotchi tadbirlarni tashkil qilishda interaktiv metodikalardan foydalanishi tadbir samaradorligi va natijadorligini oshiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi!

Metod iborasi (yunoncha-methodas-tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya, targ'ibot ma'nosini anglatib) voqelikni bilish, o'zlashtirish, o'zgartirish usullari majmuasidir.

Perseptiya [idrok etish]

Komunikasiya [verbal, noverbal, paralinvistik]

Interaktiv [o'zaro harakat]

Reproduktiv Didaktik Trening Interfaol

TARG'IBOTNING TA' SIRCHAN USULLARINI GURUHLASHTIRISH

Profilaktika Diagnostika Rivojlantiruvchi Korreksion Reabilitasiya

Suhbat Kuzatuv Intervbyu Empirik

Targ'ibot metodlari: Ma'ruza; suhbat; intervbyu; hikoya; tushuntirish; namoyish; kuzatish; trening; illyustrasiya; videousul; munozara; neyrolingvistika.

Targ'ibotning interaktiv metodlari: Kitob bilan ishlash; "insertb"; "zig-zag"; "mashqlar"; "damino"; "charxpalak"; "o'rgimchak to'ri"; "3\3, (4\4, 5\5"; "eksprom"; "monitoring"; "limon"; "beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi) ortiqcha"; "qora quti"; "ven diagrammasi"; qizil va yashil kartochkalar bilan ishlash; tajriba vositasida o'qitish sikli; "veer" (elpig'ich); "keys"; "aqliy hujum"; "baliq skeleti".

Targ'ibotning didaktik metodlari: Suhbat; bahs; "breynstorming"; "pinbord"; kichik guruhlarda ishlash; "klaster"; "sinkveyn" (axborotni yig'ish); videotopishmoq; "zanjir"; "yumaloqlangan qor" o'yini; "ishbilarmon" o'yin; rolli o'yin; "zakovatli zukko"; "anolog".

Targ'ibotning korreksion metodlari: G'oyaviy vaziyat; mafkuraviy vaziyat; muammoli ma'ruza; muammoli vaziyat; aniq vaziyatni tahlil qilish ma'ruzalari; FSMU; 6|6\6; yo'naltiruvchi matn; loyiha; metaplan; individual; qarorlar shajarasi; hukumlar ierarxiyasi; korreksion psixotreninglar.

Tadbir samaradorligini oshirishda didaktikaning o'rni va ahamiyati: Tadbir jarayoni -Targ'ibotchining va u o'tkazayotgan tadbir ishtirokchilarining bilim, ko'nikma hamda malakalar sistemalarini ongli ravishda va puxta o'zlashtirishga qaratilgan izchil har akatlari majmuidan iborat.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tadbir jarayonining asosiy komponentlari:

✓ Tadbir ishtirokchisi - targ'ibot tadbirlarida bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtiruvchi.

✓ Tadbir predmeti - targ'ibot tadbirlari materialining mazmuni yoki ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan faoliyat usullari mazmuni.

✓ Tadbir texnologiyasi - targ'ibot tadbirlarida masala yuzasidan materialni taqdim etish metodi, texnologiyasi.

✓ Targ'ibotchi - targ'ibot tadbirlari materiali va faoliyat usulining o'zlashtirilishini ta'minlovchi.

✓ Targ'ibotchi va tadbir ishtirokchisi orasidagi munosabat.

✓ Targ'ibot prinsiplari: ishontirish; tezkorlik; preventiv targ'ibot; parallel targ'ibot; voqea-hodisadan keyingi targ'ibot; dolzarb yangiliklardan foydalanish; tushunarlilik; aholini to'la qamrab olish.

Targ'ibotchining didaktik ta'sir vositalari: an'anaviy va noan'anaviy ta'sir vositalarining qo'llanilishi; verbal (nutqli), noverbal (nutqsiz) va paralingvistik (nutq etikasi) ta'sir; hissiy (perseptiv, interaktiv, identivli, refleksli) ta'sir vositalari.

Xulosa o'rnida aytish mumukinki, targ'ibot ishlarida tadbir ishtirokchilarni psixologik xususiyatlari va ta'sir ko'rsatish texnologiyalarisiz targ'ibotni samaradorigiga erishish mushkul, shuning uchun targ'ibot ishlarida psixologik ta'sir texnologiyalarni zamonoviy metodlarini o'rganish va uni milliy xususiyatlarimizga modifikasiyalashimiz va amaliyotga tatbiq etishimiz maqsadga muvofiq.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Quronov M. Ma'rifat texnologiyasi. - T.: "Ma'naviyat", 2019.

2. Quronov M., Jabborov X. Yoshlarda barqaror mafkuraviy immunitet shakllantirishning pedagogik-psixologik treninglari. T.:-2019. B.48.

3. X.Jabborov "Targ'ibot tadbirlarining ilmiy-amaliy ta'sirchanligini oshirish mexanizmlari" nomli qo'llanma. Hilol media" nashriyoti, T.: 2019 y. B.59.

4. 4.M. Quronov. Milliy tarbiya. Monografiya. T.: 2004. B.210

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) [Жабборов Хазрат

Хусенович, доктор психологических наук (DSC)], [Xazrat X. Jabborov, Doctor of Psychological Sciences (DSC)]; manzil: O'zbekiston, 0о0бО, Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi 20 [адре^ Узбекистан, 00060, г. Ташкент, ул. Амира Темура 20], [address: Uzbekistan, 20 Amir Temur str., Tashkent, 00060]; E-mail: xxjabborov@mail.ru ORCID 0000-0002-0722-8265

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.