Научная статья на тему 'MILLIY QADRIYATLAR – JAMIYAT TARAQQIYOTINING MANBAI'

MILLIY QADRIYATLAR – JAMIYAT TARAQQIYOTINING MANBAI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy qadriyat / madaniyat va san’at / davlat va jamiyat / milliy urf-odat / aksiologiya / festivallar. / National value / culture and art / state and society / national tradition / axiology / festivals.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Raxmatullayev Nodirbek Farxod O‘G‘Li, Umid Todjidinov Todjidinovich

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimizning jamiyatimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirilib o‘tiladi hamda milliyligimizning timsoli bo‘lgan xalqaro festivallarimiz haqida ma’lumot berilib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL VALUES ARE THE SOURCE OF SOCIETY'S DEVELOPMENT

In this article, an opinion is expressed about the role and importance of our national values in the development of our society, and information is given about our international festivals, which are a symbol of our nationality.

Текст научной работы на тему «MILLIY QADRIYATLAR – JAMIYAT TARAQQIYOTINING MANBAI»

MILLIY QADRIYATLAR - JAMIYAT TARAQQIYOTINING MANBAI Raxmatullayev Nodirbek Farxod o'g'li

O'zDSMI "San'at sohasida prodyuserlik" ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi E-mail: nraxmatullayev2@gmail.com Umid Todjidinov Todjidinovich O'zDSMI "Madaniyat va san'at menejmenti" kafedrasi katta o'qituvchisi E-mail: utodjidinov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11392397

Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimizning jamiyatimiz taraqqiyotidagi o'rni va ahamiyati haqida fikr bildirilib o'tiladi hamda milliyligimizning timsoli bo'lgan xalqaro festivallarimiz haqida ma'lumot berilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Milliy qadriyat, madaniyat va san'at, davlat va jamiyat, milliy urf-odat, aksiologiya, festivallar.

NATIONAL VALUES ARE THE SOURCE OF SOCIETY'S DEVELOPMENT

Abstract: In this article, an opinion is expressed about the role and importance of our national values in the development of our society, and information is given about our international festivals, which are a symbol of our nationality.

Key words: National value, culture and art, state and society, national tradition, axiology, festivals.

НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ ЯВЛЯЮТСЯ ИСТОЧНИКОМ РАЗВИТИЯ

ОБЩЕСТВА

Аннотация: В данной статье выражено мнение о роли и значении наших национальных ценностей в развитии нашего общества, а также дана информация о наших международных фестивалях, которые являются символом нашей национальности.

Ключевые слова: Национальные ценности, культура и искусство, государство и общество, национальная традиция, аксиология, фестивали.

KIRISH

Ayni vаqtdа jаmiyаt urbаnizаtsiyа vа trаnsformаtsion jаrаyonlаridа milliy qаdriyаtlаr moskshuvini, muhim ijtimoiy omilkr sifаtidа о'rgаnish, milliy qаdriyаtgа tаyаngаn holdа, yondаshish qаror Шра boshlаgаnligi muhim yutug' sifаtidа qаrаlаdi. АШайа, qаdriyаtlаr ^shi^ming ongigа о'z tа'sirini о'tkаzish bikn birgа, jаmiyаtning ijtimoiy-siyosiy hаyotidа hаm doimo muhim rol о'ушЬ kelgаn. Tа'kidlаsh joizki, mаzkur mаsаlа bugungi kundа hаm kаttа ijtimoiy-siyosiy mаvqegа egadir.

Milliy qаdriyаtlаr hаqidа sо'z borаr ekаn, аvvаlo, "qаdriyаt" tushunсhаsining mаzmunini аnglsh lozim. Qаdriyаtlаr - insoniyаt tomonidаn ijtimoiy-tаrixiy rivojlаnish jаrаyonidа yаrаtilgаn vа yаrаtilаyotgаn jаmiki, mаxsulotlаr (moddiy, mа'nаviy) аn'аnаlаr, rasm-rusumkr yig'indisi sifаtidа tаlqin etilаdi. Mаvjud ilmiy аdаbiyotlаrdа inson mehnаtining sаmаrаsi sifаtidа yаrаtilgаn bаrсhа gо'zаlliklаr (inson tomonidаn yаrаtilgаn bаrсhа nаrsаlаr) qаdriyаt hisoblаnаdi. Shuningdek, qаdriyаtlаr mаzmuni, tаrkibi jihаtdаn hаm fаrqlаnаdi.1

ASOSIY QISM

1 Nazarov K. Akseologiya, - Toshkent: O'zbekiston. 2000. - B.34.

Yangi O'zbekistonda shiddat bilan davom etayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning pirovard maqsadi xalqni rozi qilish, milliy qadriyatlarning yashovchanligini ta'minlash borasida yangi samaralarga erishishdir. Bunda yoshlarni har tomonlama to'g'ri tarbiyalash dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ayniqsa, milliy o'zligimiz yaxshi tushingan va ma'naviyyati yuqori yoshlarni tarbiyalashda muzeylarni o'rni va ahamiyati beqiyos. Chunki, muzeylar yuksak ma'naviyatimizning ildizi desak mubolag'a aytgan bo'lmaymiz. Ma'naviyat esa yoshlarning intelektual salohiyatini ifodalovchi katta kuch. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: "biz uchun ma'naviyat - insonlar o'rtasidagi o'zaro ishonch, hurmat va e'tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo'lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda, barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir2" - deb ta'kidlab o'tgan edi.

Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz", - degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida yetuk, barkamol etib tarbiyalashda barchamizga kuch-g'ayrat bag'ishlamoqda3.

Yurtimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarga juda katta strategik masala sifatida qaralib kelinmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning deyarli barchasi shu yurtda istiqomat qilayotgan insonlarning orzu-istaklarining ro'yobi uchun qilinayotgan ishlardir, deb qarasak, bizningcha to'g'ri bo'ladi. Barkamol avlod, komil inson, yosh avlod tarbiyasi kabi vazifalar aynan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni tashkil etish orqali amalga oshiriladigan jarayonlardir. Bu jarayonlarning barchasining markazida insonlarning farovon hayot kechirishlari, xalqimizni ehtiyojlarini qondirish, ularning yaxshi yashashi, sharoitlarini yaxshilash kabi vazifalar yotadi. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida bu faoliyatning muhimligini unutmasligimiz lozim. Zero, davlatimiz rahbari aytib o'tganlaridek, "barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish"4 kabi masalalar ma'naviy-ma'rifiy soha xodimlari oldidagi katta ma'suliyat yuklaydi.

E'tirof etish kerakki, sohani isloh qilish doirasida muzeylarni innovatsion qayta tashkil etishni ko'zda tutuvchi Muzeylar renovatsiya dasturi tasdiqlandi. O'zbek xalqining qadimiy va betakror san'ati namunasi bo'lmish Xorazm "Lazgi"si esa "Xorazm raqsi - Lazgi" nomi ostida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga kirildi. O'tgan davr mobaynida O'zbekiston ijodkorlarini qo'llab-quvvatlash "Ilhom" jamoat fondi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi, O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali tashkil etildi. O'z navbatida, 2019 yilning 1015 sentyabr kunlari Qo'qon shahrida YUNESKO shafeligida birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining o'tkazilishi, xalqaro hunarmandlar tashkiloti tomonidan Qo'qon shahriga "Dunyo hunarmandlari shahri" maqomining berilishi, o'zbek xalq amaliy san'atining xalqaro miqyosdagi yuksak e'tirofi bo'ldi.

2 Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. 464 bet.

3 Farmonova M. Qadriyatlar-ma'naviy kamolot asosi/ Ilmiy-uslubiy qo'llanma. - Toshkent: "Tasvir nashriyot uyi", 2019, 36 b

4 Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori // Xalq so'zi. -2018. -15 avg.

Termiz shahrida o'tkazilgan Xalqaro baxshichilik san'ati, Shahrisabzda bo'lib o'tgan Xalqaro maqom san'ati xalqaro festivallari, shuningdek, Buxoro shahridagi "Ipak va ziravorlar" hamda Marg'ilon shahridagi "Atlas bayrami" kabi forumlarda dunyoning ko'plab davlatlaridan tashrif buyurgan madaniyat va san'at namoyandalari, xususan, hunarmandchilik sohasida o'z ilmiy ishi hamda amaliy faoliyati bilan dong taratgan mashhur olim va mutaxassislarning ishtirok etgani alohida e'tiborga loyiqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini asrash hamda ulardan foydalanish faoliyati o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat turlari ro'yxatiga kiritildi.5

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hozirgi kundagi milliy madaniyatimizni rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar jamiyatimiz va butun yoshlarimiz ongida boshqacha qarash g'oyasini uyg'otadi va yetuk intelektual salohiyatli kadr bo'lib yetishishiga turtki bo'ladi. Mamlakatimiz istiqloliga asoslanadigan yangi qadriyatlar tizimini takomillashtirish uchun jarayonining ijtimoiy-siyosiy sohadagi asoslari inson huquqlari va erkinliklarini to'la-to'kis barqarorlashtirish nazarda tutilayotgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, qonunlar, Prezident qarorlari va farmonlarini amaliyotga tadbiq etish hamda bajarish samaradorligini oshirish, bu boradagi vazifalarga yanada ma'suliyatli yondashish bilan uzviy bog'liq. Shu maqsadlarni oldiga qo'ya olgan kelajak avlod, hech qachon adashmaydi, balki milliy qadriyatlarimizni asrab avaylashga o'z hissasini qo'shadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Nazarov K. Akseologiya, - Toshkent: O'zbekiston. 2000. - B.34.

2. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. 464 bet.

3. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.-T. "Ma'naviyat" nashriyoti. 2008-yil, 62-bet.

4. Farmonova M. Qadriyatlar-ma'naviy kamolot asosi/ Ilmiy-uslubiy qo'llanma. -Toshkent: "Tasvir nashriyot uyi", 2019, 36 b

5. Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori // Xalq so'zi. -2018. -15 avg.

6. Nishonboyeva.Q.V. Madaniyatning millatlararo va umumbashariy muammolari. "Innovatsiya-Ziyo". T. 2020-yil.

7. S.To'ychiyeva. Qadriyatshunoslik. - T. "Fan ziyosi" nashriyoti. 2021-yil, 125-bet.

5 Nishonboyeva.Q.V. Madaniyatning millatlararo va umumbashariy muammolari. "Innovatsiya-Ziyo". T. 2020-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.