Научная статья на тему 'MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH JAMIYAT HAYOTIGA QANDAY TA’SIR ETADI?'

MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH JAMIYAT HAYOTIGA QANDAY TA’SIR ETADI? Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
923
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MILLIY O'ZLIK / SIYOSAT / ISLOHOT / KONTSEPTUAL / SIYOSIY ONG / MAFKURAVIY IMMUNITETI

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ro'Ziqulov A.A.

Maqolada milliy o’zlikni anglashning dolzarbligi, uning umum milliy birdamlikni shakllanishiga hamda buning siyosing onga ta’siri atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HOW DOES A SENSE OF NATIONAL IDENTITY AFFECT THE LIFE OF A SOCIETY?

The article discusses in detail the relevance of the understanding of national identity, its formation in general national solidarity and its impact on politics.

Текст научной работы на тему «MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH JAMIYAT HAYOTIGA QANDAY TA’SIR ETADI?»

UDC 364.013

Ro'ziqulov A.A. мустакцл тадкцкртчиси Навоий давлат педагогика институти

MILLIY O'ZLIKNI ANGLASH JAMIYAT HAYOTIGA QANDAY

TA'SIR ETADI?

Annotatsiya: Maqolada milliy o'zlikni anglashning dolzarbligi, uning umum milliy birdamlikni shakllanishiga hamda buning siyosing onga ta'siri atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: Milliy o'zlik, siyosat, islohot, kontseptual, siyosiy ong, mafkuraviy mmuniteti.

Rozikulov A.A. independent researcher Navoi State Pedagogical Institute

HOW DOES A SENSE OF NATIONAL IDENTITY AFFECT THE LIFE

OF A SOCIETY?

Annotation: The article discusses in detail the relevance of the understanding of national identity, its formation in general national solidarity and its impact on politics.

Keywords: National identity, politics, reform, conceptual, political consciousness, ideological immunity.

Insoniyat yillar davomida o'zini-o'zi anglashga harakat qilib kelgan, millat sifatida shakillangan har qanday millat esa bir butunligini ya'ni milliy o'zligini anglash orqali o'zini millat sifatida saqlab qolishga intiladi.

SHu o'rnida tadqiqotchilarda bu masala yuzasidan bir qator tabiiy savol tug'iladi. Jumladan, milliy o'zlikni anglash nima o'zi, o'zlikni anglash siyosiy ongga ta'siri qanday va h.q.

SHu o'rinda davlatning siyosatida milliy va ma'naviy qadriyatlarga e'tibor va bunda millatning o'zligini anglashda muhim jihatlar nima ekanligini, qolaversa islohotlar yangi bosqichi boshlanayotgan bir paytda parokandalik va boshboshdoqlik ta'siriga tushib qolmaslik uchun milliy birdamlik masalasi qanchalik muhimligini anglash maqsadga muvofiq.

Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev yoshlarimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetini shakllantirish bilan bog'liq vazifalarga qisqacha

to'xtalib, «...biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosiga tayanamiz»14 [8, 101] deb ta'kidlagan.

SHunday ekan, bu boradagi murakkab shakllantiruvchi omillar va vositalar tizimining birgalikdagi faoliyatini tadqiq qilish taqozo qiladi.

Davlat siyosatida milliy ma'naviy qadriyatlarni tiklashga alohida e'tibor berilishi chuqur falsafiy ma'noga ega. Millatning o'zligini anglashidagi muhim jihatlar shundan iboratki, ijtimoiy tuyg'u orqali har bir xalq, millat va elat o'zining kimligini, nimaga qodir ekanligini, qadr-qimmatini bilib oladi, or-nomusini o'ylaydi, milliy g'urur va iftixor tuyg'usini his qiladi, qaysi yo'l mamlakatni tsivilizatsiyaga olib borishini teran anglaydi. Milliy o'zlikni anglash xalqni uyg'otuvchi, faol harakatga keltiruvchi, ijtimoiy uyushtiruvchi kuchga ega. Albatta bu tuyg'u muayyan me'yorda bo'lganda, milliy o'ziga xoslikda "haddan oshish"ga yo'l qo'yilmasa ijobiy xususiyat kasb etadi, me'yoridan tushkunlikka, xor-zorlikka olib kelishi mumkin.15

Globallashuv jarayonida milliy o'zlikni anglash orqali millat sifatida o'zini kursatish deb emas, balki jahon xamjamiyatida millat sifatida yo'q bo'lib ketishni oldini olish, milliy davlatchilikni saqlab qolish, rivojlantirish va, eng muhimi, mamlakatda istiqomat qiladigan fuqarolarning milliy birdamligini ta'minlash orqali taraqqiyot erishish, islohotlar sur'atlarini jadallashtirish mumkin.

Bu borada O'zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, «... Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta'siriga tushib qolmaslik uchun o'tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi zarurligini biz o'zimizga aniq belgilab oldik»16.

Endi milliy o'zlikni anglashning insonlarning siyosiy ongiga qanday ta'sir qiladi degan savol o'rtaga tashlagan edik.

Ich-ichidan kimligini va milliy o'zliginin anglagan inson siyosiy qarorlar qabul qilishda o'ziga yot bo'lgan g'oyalar va o'zi yashab turgan milliy jamiyat urf-odatlari va milliy qadriyatilariga zid bo'lgan fikr va g'oyalarni yoqlamaydi. Balki u o'zi yashayotgan jamiyat urf-odatlari va milliy qadriyatilardan kelib chiqib qaror qabul qiladi va o'z fikr hamda takliflarini bildiradi.

Birinchi Prezident Islom Karimov O'zbekiston dunyoning iqtisodiy kelajagi borasida aniq kontseptual va amaliy tasavvurga ega:

Birinchidan, globallashuv jarayonlari davom etib, jahon yagona bozorga aylanmoqda.

Ikkinchidan, bozor, shaxsiy tashabbus va davlat o'rtasida o'zaro to'ldiruvchanlik bo'lishi darkor. SHu bilan birga, hokimiyat bozor faoliyatini bir

14 Mnp3HeeB ffl. EyroK Ke^a®arHMH3HH Mapg Ba o^HH®aHo6 xa^HMH3 6raaH öupra KypaMH3.-TomKeHT, Y36eKHCTOH, 2017 E.24

15 http://tsue.uz/

16 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari / I.A.Karimov. - T: O'zbekiston, 2009. - 56 b.

'^KOHOMHKa h соцнумм №6(85) H.1 2021

www.iupr.ru

245

oz bo'lsada, tartibga solib turishi kerak, negaki, bozorda ham "hayot uchun kurashda eng kuchlilar yutib chiqishi"ni anglatuvchi darvinizm qoidalari, qaysidir ma'noda, amal qiladi - bu bozor qonuni, aks holda foyda olinmaydi. Bugun iqtisodchilar hamkorlik va raqobat o'rtasidagi o'zaro aloqlar haqida ko'p gapirishadi. Bu esa tizimning ikki asosiy qismi - bozor va hukumat birgalikda harakat qilishi kerakligini anglatadi"17 degan fikrni bildirgan edi.

Darhaqiqat aksariyat fikrlarga bugungi kunda iqtisodiy jihatdan ta'sir o'tkazish siyosiy va manipulyativ texnologiyalari qo'llanilayotganligi sir emas ushbu holatda iqtisodiy jihatdan qaramlik ohir oqibat siyosiy qaramlikka olib kelmasligi uchun har bir millat milliy o'zligini anglamog'i kerak.

Milliy o'zligini anglagan har qanday millat o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotda ham ishlab chiqarishda ham o'z yondoshuv va uslublarida sobit qadam bo'la oladi va hech qachon ortga chekinmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oqituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi. "Ma'rifat" gazetasi, 2020 yil 30-sentyabr.

2. Pedagogika: ensiklopediya. 2-jild. -T.: "Ozbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2015.

3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). -T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2008. -180 b.

4. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). -T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2009. -160 b.

5. Mavlonova R.A. Boshlang'ich ta'limda innovatsiya. -T.: TDPU, 2007 yil.

6. Xoliqov I., Sobirova M ., Masharipova G. "Ma'naviyat asoslari" fanini zamonaviy pedagogil texnologiyalar asosida o'qitish. — T.:TDPU, 2013.

7. Choriev R. Yangi pedagogil texnologiyalar-ta'lim-tarbiya sifat va samaradorligi omili "Xalq ta'limi jurnali.2004.№4.

17 Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o'zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-lantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlash-tirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasi // Xalq so'zi, 2008 yil 9 fevral.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.