Научная статья на тему 'MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI'

MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7224
235
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kurash / milliy kurash tarixi / pahlavonlar / kurash usullari / xalq og‘zaki ijodida kurash. / wrestling / history of national wrestling / wrestlers / wrestling techniques / wrestling in folklore.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Orziyev, Abdurazzaq Abduvali O‘g‘li

Milliy qadriyatdan umuminsoniy qadriyatga aylanib bugun jahon nigohini o‘ziga mahliyo etgan kurash ma’naviy qadriyat va sport turi sifatida o‘zining chuqur tarixiga ega. Maqolada milliy kurashning rivojlanish tarixi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF DEVELOPMENT OF NATIONAL STRUGGLE

Wrestling, which has turned from a national value into a universal one and today has captured the world, has a deep history as a spiritual value and a sport. The article deals with the history of the development of national wrestling.

Текст научной работы на тему «MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI

Abdurazzaq Orziyev Abduvali o'g'li

"Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Milliy qadriyatdan umuminsoniy qadriyatga aylanib bugun jahon nigohini o 'ziga mahliyo etgan kurash ma 'naviy qadriyat va sport turi sifatida o 'zining chuqur tarixiga ega. Maqolada milliy kurashning rivojlanish tarixi haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: kurash, milliy kurash tarixi, pahlavonlar, kurash usullari, xalq og 'zaki ijodida kurash.

АННОТАЦИЯ

Борьба, которая превратилась из национальной ценности в общечеловеческую и сегодня захватила мир, имеет глубокую историю как духовная ценность и вид спорта. В статье рассматривается история развития национальной борьбы.

Ключевые слова: борьба, история национальной борьбы, борцы, приемы борьбы, борьба в фольклоре.

ABSTRACT

Wrestling, which has turned from a national value into a universal one and today has captured the world, has a deep history as a spiritual value and a sport. The article deals with the history of the development of national wrestling.

Key words: wrestling, history of national wrestling, wrestlers, wrestling techniques, wrestling in folklore.

KIRISH

Tarixshunos, qadimshunos, elshunos va faylasuf olimlarning olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlari, kuzatishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillar kurashning yoshi kamida 2,5-3 ming yildan ziyod ekanligini tasdiqlaydi [1].

IV asrda O'rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil akrobatdorbozlar juda mashhur bo'lgan. Epchil, jismoniy jihatdan juda chiniqqan dorbozlar, chig'iriqchi simbozlar Yunoniston, Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o'zlarining ajoyib va xatarli o'yinlarini qiziqchi va masxarabozlarning o'tkir satira va kulgi bilan sug'orilgan turli sirk sahnalari, o'qdek uchadigan muallaqchilar va kishi aqli bovar qilmaydigan pahlavonlarning o'yinlari, yog'och oyoqlarning jo'shqin raqslar va ot

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'yinlarni chuqur ma'noli so'zlari va baytlarini sozandalarning bu o'yinlarga moslangan mashqlarini ko'z-ko'z qilganlar. Qadim zamonlarda jamoa jismoniy tarbiya sohasida o'z davrlari zimmasiga ma'lum majburiyatlar yuklagan. Yosh qiz va yigitlar hayotda kerak bo'ladigan epchillik, chidamlilik, chaqqonlik, qat'iylik va jasurlik kabi qobiliyatlarga ega bo'lishlari shart bo'lgan.

"Oynoma"da berilgan ma'lumotlarga ko'ra, sosoniylar davrida zodagonlarning bolalari 6 yoshgacha ota-onalarining uyida yashagan, 7 yoshga yetgandan keyin davlat tarbiyasiga o'tkazilib, hukmdorlar ixtiyorida bo'lgan maxsus maktablarga joylashtirilgan va 19 yoshga yetgunga qadar ana shu maktabda tahsil ko'rgan. O'z bilimi va bahodirligi bilan mashhur bo'lgan kishilar shu maktablarda murabbiylik vazifasini o'taganlar. Eng muhimi ushbu maktablarda bolalarni jismoniy tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor berilgan [2].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qadimiy Sug'diyona markazi bo'lgan Samarqandda Navro'z bayrami har doim xalq tomoshalari bilan o'tgan. Bularda xalq, san'at vakillari, baxshilar, xonandalar, hofizlar, dorbozlar, raqqoslar o'z san'atini namoyon qilishgan. Bu bayramlarda xalq, dorbozlarning chiqishi va ayniqsa, poygani zo'r qiziqish bilan tomosha qilishgan. Lekin har bir bayram kurashsiz o'tmagan. Musobaqalar natijasida har yili kurashchilardan biri Sug'diyona polvoni nomini olgan. Bayramlarda ushbu polvon obro'li joyda o'tirgan va kurash tushishni istagan har kishini bellashuvga chaqirgan. Odatda talabgorlar ko'p bo'lgan. Ba'zi vaqtlarda asosiy polvon va kuchiga ko'ra unga munosib raqiblar o'rtasidagi kurash, hatto, bir necha kun davom etgan. Kurashda o'z raqibini yenggan polvon kelgusi yil g'olibi hisoblangan. Bundan tashqari Samarqandda Qurbon hayit bayrami kunlarida doimo kurash bellashuvlari o'tkazilgan va u ko'p tomoshabinlarni o'ziga jalb qilganligi haqida ko'plab ma'lumotlar mavjud.

Xalq og'zaki ijodida ham kurash sporti to'g'risida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Ushbu turdagi manbalardan o'tmishda kurashning mavjudligini emas, balki uning xususiyatlari, kurash sharti va texnikasi to'g'risida ham ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Milliy kurash ertaklarda ham aks ettirilgan. Masalan, Xirs polvon "qoqma" deb nomlangan usulni qo'llagan. Hozirgi vaqtda ham kurashchilar bu usuldan foydalanadilar. Faqatgina bu usul bugungi kunda "supurma" usuli deb nomlanadi. Xalq og'zaki ijodi asarlari orasida "Alpomish" dostoni alohida o'rin egallaydi. Dostonda polvonlarning bellashuvi, ularning kuchlilik, chaqqonlik, chidamlilik, botirlik kurashish usullarini qo'llay bilish sohasida musobaqalashuvi badiiy shaklda tasvirlangan. Alpomishda tasvirlangan kurash manzarasidan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kurashchilar maxsus kiyim va belbog'iga ega bo'lganligini, kurash vaqt jihatidan cheklanmaganini, raqibini belbog'idan ushlab olish asosiy usul hisoblanganligini ko'rish mumkin.

Mo'minjon Muhammadjonovning "Turmush urinishlari" nomli kitobida yerli xalq kurashni qanday sevganligi haqida shunday ma'lumot berilgan: Toshkentning Chaqar mahallasida yashab o'tgan Ahmad pahlavon Tolipboy o'g'lining O'rta Osiyoda kurashib, yiqitmagan pahlavoni qolmagan edi. Shu vaqtlarda 1895-yillarda butun jahonga mashhur bo'lgan nemis pahlavoni Reppel Toshkentga kelib, sirkda o'z pahlavonligini ko'rsatib hamma tomoshabinlarni qoyil qilib yurgan. Uning og'irligi 8.5 funt 133 kg bo'lib, 8 pudlik cho'yanni ikki qo'li bilan, olti pudlik cho'yanni kifti bilan ko'tarar edi. Shu pahlavon Ahmad pahlavonning dovrug'ini eshitib, u bilan kurash tushmoqqa jazm qilgan. Yigirma sakkiz yoshli Ahmad pahlavon kim yiqilib mayib bo'lsa, o'z gardaniga degan shart bilan kurashga rozi bo'lgan. O'sha kuni sirk tomoshabin bilan to'lib ketgan. Ikkala pahlavon bellashib Ahmad pahlavon Reppelni charxpalak qilib yerga yiqitadi. Shundan keyin Ahmad pahlavonning shuhrati yana ortadi. Keltirilgan misollardan shu narsa ayon bo'ldiki, demak, bundan ming yillar avval ham O'zbekiston hududida usullar tasnifi va tizimi yetarlicha rivojlangan va aniqshakllangan kurash mavjud bo'lgan, o'sha vaqtlardayoq kurashning ikki turi tarkib topgan, raqibining belidan oldindan qoida bo'yicha ushlab olish, raqibni ixtiyoriy ushlab olish. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham raqib oyog'ini qo'l bilan ushlash man etilgan. Kurashning bu ikki turi texnik jihatdan hozirgi kurash va belbog'li kurashga o'xshaydi.

O'zbek xalqi qadimdan kurashni insonni jismoniy tarbiyalash vositasi deb qaragan. Xalq o'zida kuchlilikni, chidamlilikni, iroda va botirlikni mehnatkash xalqning axloqiy sofligini mujassamlashtirgan kurashchi-polvonlarga hurmat bilan munosabatda bo'lgan. Diniy va oilaviy bayramlarda, ba'zan esa odatdagi kunlarda ishdan bo'sh vaqtlarda kurash musobaqalari o'tkazilgan. Bu musobaqalar Navro'z bayrami kunlari keng avj olib, ommaviy xalq chempionati sifatida o'tkazilgan. Bellashuvlarda turli shahar va qishloqlardan kelgan kurashchilar ishtirok etgan. Kurashchilar juftini tanlashda ularning vazni ko'z bilan chamalab aniqlangan. Bellashuv oldidan kurashchilar oyoqqo'llar chigilini yozish mashqlari sifatida gavdani uqalash, silash kabi mashqlarni qo'llaganlar. Kurashchilar an'anaviy kiyimda musobaqalashgan.

O'tmishda Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo, Jizzax viloyatlari va Qaraqalpog'iston Respublikasi hududlarida Buxorocha kurash yaniy

1023

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kurash, Farg'ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari hududlarida Farg'onacha kurash, ya'ni belbog'li kurash rasm bo'lgan.

O'zbekiston tarixiy pahlavonlarini uch katta guruhga ajratish mumkin:

1) Sipohi (bahodir) pahlavonlar - kurash tushishgan va jang qilishgan (masalan, pahlavon Bobohoki);

2) Go'shtingir (kurashchi) pahlavonlar - faqat kurash tushishgan, ilm-ma'rifat va badiiy ijod bilan shug'ullanishgan, tasavvuf tariqatiga mansub bo'lishgan (Pahlavon Mahmud va Pahlavon Muhammad kabilar);

3) Ustoz pahlavonlar - kurash tushishmagan, jang qilishmagan, ammo yuzlab polvon shogirdlarni tarbiyalashgan (Usulliqota, Cho'qurdamota kabilar).

REFERENCES

1. Yusupov K. Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. - Toshkent, 2005.

2. Atoyev A. Kurash. - Toshkent: O'qituvchi, 1987.

3. Tastanov N.A. Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. - Toshkent: Sano-standart,

4. Saloydinov, S. Q. O. G. L. (2021). PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY MEXANIZMINI YARATISH. Academic research in educational sciences, 2(9),

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries.". Экономика и социум, 9(88), 147-149.

6. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. Экономика и социум", 12(91), 470-472.

7. Салойдинов, С. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

8. Салойдинов, С. К. У. (2022). С ПАРОВОЙ ТУРБИНОЙ 471 МВт НА ТАЛИМАРДЖАНСКОЙ ТЭЦ РАСЧЕТ ЭЛЕКТРИЧЕСКИХ РЕЖИМОВ ПРИ МАКСИМАЛЬНОЙ ЗИМНЕЙ НАГРУЗКЕ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special issue), 116-121.

9. Салойдинов, С. К. Y. (2022). ИННОВАЦИОННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПOЛYЧЕНИЯ БИОГАЗА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 280-285.

2017.

886-889.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.