Научная статья на тему 'MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

1181
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kurash / qoida / yonbosh / dzyudo / sport / wrestling / rule / sideways / judo / sports

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ismat Musurmonovich Qirg’izov

Milliy kurash, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkamayakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Ushbu maqolada milliy kurashning rivojlanish bosqichlari, kurash haqida buyuk allomalar, shoh va shoirlarning qarashlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

National wrestling is a one-on-one fight between two athletes according to a set rule. The art of wrestling has been known in many nations since ancient times. Wrestling is especially popular in Greece and has been a regular feature of the ancient Olympics. This article analyzes the stages of development of the national struggle, the views of great scholars, kings and poets on the struggle.

Текст научной работы на тему «MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Ismat Musurmonovich Qirg'izov

Jizzax Politexnika instituti dotsenti

ANNOTATSIYA

Milliy kurash, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkamayakka olishuvi. Kurashish san'ati ko'p xalqlarda qadim zamonlardan buyon ma'lum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy o'rin olib kelgan. Ushbu maqolada milliy kurashning rivojlanish bosqichlari, kurash haqida buyuk allomalar, shoh va shoirlarning qarashlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kurash, qoida, yonbosh, dzyudo, sport.

ABSTRACT

National wrestling is a one-on-one fight between two athletes according to a set rule. The art of wrestling has been known in many nations since ancient times. Wrestling is especially popular in Greece and has been a regular feature of the ancient Olympics. This article analyzes the stages of development of the national struggle, the views of great scholars, kings and poets on the struggle.

Keywords: wrestling, rule, sideways, judo, sports.

KIRISH

Butun jahon nigohiga tushib, dovrug' va shuhrat qozonayotgan. millionlarni o'ziga mahliyo etgan kurash ham jahonning yuksak ma'naviy qadriyatlaridan biri sifatida o'zining chuqur tarixiy ildizlariga egadir.

Tarixshunos, qadimshunos, elslumos va faylasuf olimlarning olib borgaii tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlar, kuzatishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillar Kurashning yoshi kamida 2,5 - 3 ming yildan ziyodligini isbotlaydi.

Surxon, Zarafshon vohalari hamda Farg'ona vodiysining bir qator qadimgi aholi manzilgohlarida aniqlangan noyob topilmalar, asori-atiqalari, qoyalarga bitilgan tasviriy san'at namunalari ham bunga to'liq shohidlik beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kurashimiz tarixini ilmiy isbotlab beradigan 6 ta topilma-ashyoviy dalil mavjud.

Chunonchi, Panjikentdan topilgan kurashayotgan ikki

March, 2022

795

pahlavonning devoriy rasmi Sug'diyona davlatchiligiga, ya'niy o'rta asrlar davriga oid noyob yodgorlik sanaladi. Shunday ashyolardan biri silindr shaklidagi sopol idish bo'lib, u qadimgi Baqtriya (Janubiy "o'zbeksiton") hududidan topilgan. Uning bir parchasida ikki kurashchi va ulardan birining o'z raqibini oyog'idan chalayotgani tasvirlangan. Yana bir idish gardishidagi haykalchalarda ham pahlavonlarning qo'llarini ko'tarib kurashga shaylanayotgani holda o'z ifodasini topgan. Bu idishlar bronza davriga oid bo'lib, u kurashning tarixi yanayam ko'proq, ya'ni 3,5 ming yil ekanligidan guvohlik beradi.

Navbatdagi topilma bronza davriga oid ikkita ot ta'qasidir. Kurash usullari tasvirlangan har ikala taqa, professor M.P.Gryaznovning yozishicha, sak-skif qabilalarining ma'naviy qarashlari ruhida ishlangan bo'lib, ko'chmanchilik davrining dastlabki bosqichlariga oiddir.

Milodiy birinchi ming yillikning o'rtalariga oid kumush cho'mich gardishi sirtida ham ikki pahlavonning kurashichimizga xos olishayotgan holati tasvirlangan.

Samarqand yaqinidagi Chelak qishlog'idan topilgan ashyolar ham o'tmishdan sado beradi. Geometrik naqshlar solingan Ushbu idishlar orasida kumush bastali qadoqcha, ayniqsa, e'tiborni tortadi. Uning dastasi sirtida ikki polvon huddi O'zbek Kurashi usulida olishayotgani ifodalangan. Mazkur topilma ilk o'rta asrlar davriga oiddir.

Benazir alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham "Tib qonunlari" kitobida kurash insonning ruhiy va jismoniy holatida alohida ahamiyat kasb etishiga urg'u bergani bejis emas. Buyuk tabibning yozishicha, badan tarbiya bilan muntazam shug'ullanuvchi kishi kasallikning davosiga muhtoj bo'lmaydi.

Sharq adabiyoti durdonalari hisoblamnish "Shohnoma" "Boburnama" singari asarlarda ham polvonlari siyrati-yu qiyofasiga oid yorqin chizg'ilar, ularni noa'naviy olamini serjilo rangli tasvirlar aks etgan.

"Qobusnoma",

March, 2022

796

Alisher Navoiy hazratlari ham kurashdan, uning dovrig'ini yetti iqlimga taratgan polvonlar baxsidan huzurlangan. Shu bois kuplab asarlarda pahlavonlar hayoti va faoliyatiga oid ajoyib-g'aroyib voqealar, lavhalarini yozib qoldirgan. Polvonzodalarga bag'ishlangan maxsus «Xoloti Palilavon Muhammad» manoqi (tarjimai hol asari) da ijodkor, o'z davrining tengsiz polvonzodasi Pahlavon Muhammad kurash san'atidan tashqari diniy va dunyoviy ilmlarni, jumladan, astranomiya va matematika, kimyo va falsafa, adabiyotshunoslik va san'atshunoslik, huquqshunoslik va boshqa bilimlarni mukammal egallagan.

O'z zamonasining qudratli saltanat qurgan Amir Temur buyuk davlat arbobi, ma'rifatparvar hukumdor, salohiyatli sarkarda bo'lib qolmasdan, ayni vaqtda kurash ilmi hadisini mukammal egallangan kuchli polvonsifat siymo ham edi. Shuning uchun u mamlakatda yoshlarni chiniqtirish, vatanni sevguvchi, yurt xizmatiga kamarbasta, yetuk shaxslar qilib voyaga yetkazishda kurashning tutgan o'rni esa katta ahamiyat bergan. Sharofiddin Al-Yazdiy «Zafarnoma»sida Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muxabbat» asarida esa sohibqiron Amur Temur davridagi pahlavon Bobohoki (asli Afg'oniston shimolidagi Shibig'on viloyatidan) Uchqora Bahodir (asli Buxoro viloyatining Qorako'l tumanidan) singari yuzlab benazr O'zbek polvonlari haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan.

Eramizning IX asrida kurash rivoji yangi bosqichga ko'tarildi. O'sha kezlarda zamonaviy O'zbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholi an'anaviy bayramlar, to'yhashamlar va yirik jamoatchilik tadbirlari davomida kurashdan ko'ngil ochish va dam olish vositasi sifatida foydalanganlar. Keyinroq kurash ko'ngil ochish vositasidan mustaqil sport turi va jismoniy chiniqish usuliga aylandi. Eng kuchli kurashchilar xalq orasida ma'lumu-mashhur bo'lib, ular haqida afsonalar to'qila boshlandi. XII asrda yashab o'tgan Pahlavon Mahmud buning yaqqol namunasidir. Hali-hanuz uning qabri ziyoratchilarning sevimli maskani va muqaddas qadamjolardan biri hisoblanadi.

1980-yillarning boshida mashhur o'zbek kurashi ustasi, dyuzdochi va sambochi Komil Yusupov o'zbek kurashining boy merosini tadqiq etish ishlarini boshlab yubordi. Ushbu sport turining qayta tiklanishining faollaridan biri bo'lgan mazkur zotning asosiy maqsadi kurashning xalqaro me'yorlarga mos bo'lgan yangicha qoidalarini ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.

90-yillarning boshlariga kelib u ushbu sharafli vazifani muvaffaqiyatli ado etib o'zbek kurashini xalqaro arenaga olib chiqishni o'z oldiga maqsad qildi. Avvaliga u o'zi ishlab chiqqan kurash qoidalarini

jamoatchilik, mutaxassislar va ishqibozlar e'tiboriga havola etdi.

March, 2022

Yangi qoidalar o'zbek kurashining eng ardoqli an'analari va maxsus kiyim bosh, musobaqalarni o'tkazish joyi va bellashuvning davom etish muddati kabi xalqaro sport me'yorlarini o'zida mujassam etdi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Sport mutaxassislari Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan kurash qoidalari to'laligicha xalqaro sport talablariga javob berishini e'tirof etdilar. Kurash qoidalarining asosiy afzalliklaridan biri shundaki, ular yotgan holda bellashuvni davom ettirilishiga yo'l qo'ymaydi. Sportchilardan birining tizzasi gilamga tegishi bilanoq hakam bellashuvni to'xtatadi va kurashchilar turgan holda musobaqani davom ettirishadi. Bu hol kurashni tez sur'atlarda olib borilishi va muxlislar uchun qiziqarli va maroqli bo'lishini ta'minlaydi.

Bundan tashqari kurash qoidalari belbog'dan pastki qismni ushlovchi yoki og'riq qo'zg'atuvchi va bo'g'uvchi uslublarni ishlatishni ta'qiqlaydi. Shu tariqa kurash sportchilarga tan jarohati yetkazilishining oldi olingan eng xavfsiz sport turlaridan biriga aylandi. 1991 yilda O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilishi kurashga yangicha hayot baxsh etdi.

Mamlakatning turli chekkalaridan kelgan minglab kurashchilar musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirgan bo'lsa, millionlab kurash ishqibozlari ushbu jozibali musobaqalardan bahra olish ishtiyoqida respublika bo'ylab stadionlarni to'ldirdilar. Kurash faollarining sa'y-harakatlari O'zbekiston bilan chegaralanib qolmadi. Ular 1992 yildan boshlab Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako va Rossiyada o'tkazilgan qator nufuzli sport anjumanlarida o'zbek kurashini tanitishga qaratilgan tadbirlarga bosh qosh bo'ldilar.

XULOSA

Bundan ko'rinadiki, Kurash o'ziga xos nozik hunar, ilmu- odob qorishmasi, uyg'unlashuvi bo'lib, bunda ustoz va shogirdalar o'rtasidagi o'zaro samimiylik, hamkorlik, hamrozilik, beg'arazlik, do'stona munosabat ko'p narsani belgilaydi.

Ustoz o'z bilimini, malakasi,shu kurash ilmini o'z shogirdiga qanchalik puxta o'rgata olsa, uning sa'y-harakatini aniq maqsad-muddoolar sari yo'naltira olsa, bu albatta o'z samarasini berishi shubhasiz. Buning uchun shogird ham o'z betinim mashqi, iqtidori, iste'dodini muntazam mukammallashtirib, ustoz o'gitlarini jon qulog'i bilan tinglab, qabul qilib, ularga izchil amal qilishi, o'z jismu joniga eng yaxshi xislatu fazilatlarani jo etib borishi ayni muddaodir, Shundagina unda ulug' ajdodlarimizga munosib

March, 2022

798

vorislik, komil shaxs bo'lib voyaga yetishdek sifatlar tarkib topib boradi.

Kurashni to'liq o'rganishni istagan har bir yigit yoki qiz uning qonun-qoidalariga, etikasi va ahloq-odob tamoyillariga rioya qilmoqlari zarur. U o'z xatti-harakatlari va ahloqi bilan hech qachon o'z vatanining va albatta kurashning obro'sini to'kmasligi kerak hamda hayotining oxirgi daqiqasigacha xalqiga, yurtiga, kurashiga har qanday holatda ham sodiq qolishi kerak.

Shu bilan bir qatorda kurashchilar mashg'ulot vaqtida yoki olishuv paytlarida ortiqcha gapirmasliklari (agar bunga zarurat bo'lmasa), diqqatlarini bir joyga to'plab, boshqa narsalarga qaralmasliklari, bir-birlariga shikast yetkazmasliklari, biror usulni o'rganish uchun kurashayotgan vaqtlarida ham bir-birovlarini kurash yaktaklarida biror kamchilik bo'lsa darrov sheriklariga bildirishlari zarurdir.

REFERENCES

1. Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. K.Yusupov G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot T. 2005 y.

2. Kurash A.Atayev T. «0'qituvchi» 1987 y.

3. Jismoniy tarbiya. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. T.S.Usmonxo'jayev, S.G.Arziqulov, V.A.Qodirov. T. «O'qituvchi» 2003 y.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.