Научная статья на тему 'MILLIY CHOLG‘ULARIDA NOLA VA QOCHIRIMLARDAN FOYDALANISH'

MILLIY CHOLG‘ULARIDA NOLA VA QOCHIRIMLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
54
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qochirim / nola / musiqiy bezak / milliy / maqom / cholg‘u / melizmlar / kashish / rez

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — I.Abdullayev

O‘zbek mumtoz musiqa ijrochiliga musiqiy asarni o‘z maromiga yetkazib ijro etishda o‘ziga xos musiqiy bezaklar mavjud. Ushbu maqolada musiqa madaniyati va milliy cholg‘u ijrochiligida ijro uslublari, musiqiy asar mazmuni hamda yo‘nalishiga mos musiqiy bezaklar, qochirimlar, ulardan foydalanish yo‘llari, haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY CHOLG‘ULARIDA NOLA VA QOCHIRIMLARDAN FOYDALANISH»

MILLIY CHOLG'ULARIDA NOLA VA QOCHIRIMLARDAN

FOYDALANISH

I.Abdullayev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: O'zbek mumtoz musiqa ijrochiliga musiqiy asarni o'z maromiga yetkazib ijro etishda o'ziga xos musiqiy bezaklar mavjud. Ushbu maqolada musiqa madaniyati va milliy cholg'u ijrochiligida ijro uslublari, musiqiy asar mazmuni hamda yo'nalishiga mos musiqiy bezaklar, qochirimlar, ulardan foydalanish yo'llari, haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: qochirim, nola, musiqiy bezak, milliy, maqom, cholg'u, melizmlar, kashish, rez

THE USE OF NOLA AND RUNNING IN NATIONAL INSTRUMENTS

I.Abdullayev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Uzbek classical music performers have their own unique musical decorations in the performance of a musical piece. This article provides information about music culture and performance styles of national musical instruments, the content and direction of the musical piece, musical decorations, and their use.

Keywords: mochirim, lament, musical ornament, national, status, instrument, melismas, kashish, rez

Musiqa madaniyati inson ma'naviyati, tafakkuri va ruhiyatiga katta ta'sir ko'rsatib, uning ichki kechinmalarini, ruhiy kayfiyatini o'zgartira olish xususiyatiga ega. Musiqa inson madaniyatida va ijtimoiy hayotda o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, u dam olish va ko'ngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, shuningdek, mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun musiqa asarlari o'z mazmuniga muvofiq holda bir necha uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Musiqa asarlari xalq tomonidan asrlar davomida shakllanib, sayqallanib keladi.

Musiqa cholg'ularida ma'lum bir kuyni ijro etish ijrochida, avvalo, iste'dod, qiziqish bo'lishini talab etadi. "Musiqiy cholg'u asboblarida ijro etish ko'nikma va malakalari aslida birdaniga shakllanmaydi, aksincha ushbu me'zonlarni mohirona egallash uchun ko'p yillik tinimsiz izlanishlar, ustoz cholg'uchilar ijro usullarini ko'p

eshitish, o'zining ijrochilik qobiliyatini, iste'dodini oshirish, har bir vaqtdan unumli foydalanish va ijrochilik mahoratini rivojlantirish orqali erishiladi.

O'zbek xalq kuylari, bastakorlar asarlari va kompozitorlarning milliy ruhda yozilgan asarlari talqinida nota matnida nola, qochirim singari bezaklar ham ishlatiladi. Musiqa bezaklari - o'zbek ananaviu musiqa ijrochiligida ohang ifodaviuligini bouitish maqsadida keng qo'llaniladigan vositalar hisoblanadi. O'rta asr Sharq musiqasiga oid risolalarda musiqiu bezaklarga oid ma'lumotlar berilgan. Mahmud ash-Sheroziu2 o'zining "Durratut toj..." qomusiu asarining musiqa ilmiga bag'ishlangan "Dar ilmi musiqiu" ("Musiqa ilmi haqida") qismida tovushlarning paudo bo'lishi, milliy sozlarda ijro yetish uslublari borasida fikr uuritib, sozandalar kuularni bezaklar bilan bouitishi lozimligini ta'kidlab o'tgan.

Musiqa bezaklar har xil melizm va qochirmalardan iborat bo'ladi. "Melizmlar «trel», «forshlag», «mordent» va «gruppetto» deb nomlanadi va deyarli barcha xalqlar kuy va qo'shiqlarida hamda kompozitorlar ijodida juda keng qo'llaniladi. Shashmaqom asarlari va mumtoz o'zbek kuylarida uchraydigan bezaklar melizmlar deb atalishi bilan birga «qochirim», «nola» deb ham yuritiladi."3

Har bir xalq musiqasidagi melizmlar o'ziga xos ko'rinishlarga yegaligi bilan ahamiyatlidir. Ulardan torli (tanbur, dutor, g'ijjak, sato kabi) va puflama (nau, surnau, qo'shnau, bo'lamon) musiqa cholg'ulari ijrochiligida keng foudalaniladi.

Qochirimda bitta nota o'rniga yonma - yon turgan notalardan foydalangan holda ijroni boyitilsa, nolada esa nota matnidagi notani ijro etish davrida undan sirqalib pasroqqa yoki yuqoriroqqa siljish harakati yuz beradi. Ayrim asarlarda milliy nola, qochirimlarni turli qo'shimcha belgilar bilan ifodalash amaliyoti ham uchraydi. Nota matnini milliy qochirimlar bilan boyitilayotganda asar ruhiga, mazmuniga mos nola qochirimlar ishlatilishi kerak. Bunday milliy bezaklarni o'zlashtirishda talabalarning milliy kuylarni ko'p eshitishi hamda o'qituvchining o'z ushbu bezaklarni chalib ko'rsatib berishi yordam beradi. Bu esa talabadan tinmay muntazam ravishda mehnat vilish va o'z ustida ishlashni talab etadi.

Qochirim - ijroda bir qator texnikaviy bezaklar bilan ifodalanib forshlag, mordent, trel kabi sayqallar namunasida xarakterlanadi. Odatda, bu bezaklar oddiy va murakkab turlarga bo'linadi. Forshlag - (oldindan urish) asosiy tovushni oldindan yarim yoki bir ton oralig'idagi tovush yordamida yengil urib chalish

1 A.Yuldashyev V.Boboyev. CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O'RGATISH. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue

1 / March 2022

2 XIII asrda yashab ijod etgan alloma

3 В. Бобоев. Махсус чолгу. Кувдн. АРТ ПРЕСС. 2022. 27-бет

Kashish - yarim ton oralig'idagi yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga qarab chap qo'l barmoqlarining sirg'alish natijasida amalga oshiriladigan bezak. Musiqa san'ati ijrochiligida mavjud bo'lgan glissando uslubining o'ziga xos ko'rinishidir.

Kashish amali-musiqiy amaliyotda o'tgan asrimizning 50-yillarida mohir sozandalar tomonidan "tortish" amali deb ham yuritilgan. G'ijjak ijrochiligida kashish amali kuyning rivoji zaminiga asoslanadi. Odatga ko'ra, ovoz hajmini quyidagicha tasavvur qilish mumkin va kashish uslubida ijro eitiladigan bezak nota ustiga yoziladi. Bezaklarning yozilishi va ijro etilishi quyidagicha:

- yarim ton oralig'ida bajariladi,

- bir ton oralig'idagi kashish,

- pastki tondan yuqoriga kashish.

Nola - yarim ton doirasigacha bo'lgan ohangdor tebranuvchi tovush. Musiqa ijrochiligida keng qo'llaniladigan vibrato kabi g'ijjak sozida pardani barmoq bosib muloyim va tez qimirlatish yo'li bilan amalga oshiriladigan usuldir. Nota yozuvida oddiygina shaklda ifoda etiladi.

Rez esa g'ijjakda kamonning eng uchki qismida o'ng qo'lni tez va ravon harakati orqali amalga oshiriladi. Asosan bunday ijro usulini sozanda o'z ta'biga ko'ra, kuyning turli qismlarida ishlatishi mumkin, ba'zi hollarda esa, kuylarning dinamik, ya'ni eng yuqori nuqtalarida qo'llaniladi.

Yakka zarb - tovush chiqarish vositasining eng oddiy usuli bo'lib, har ikki qo'lning oddiy harakati bilan bajariladi. Yakka zarb shang ijrochiligining asosiy mohiyatini xarakterlovchi usuldir. Ijroda kuyning harakatini ifodalashda tovush kuchi, xarakteri va harakati muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun yakka zarbni ma'noli ifodasiga erishishda cholg'u torlariga cho'pning to'g'ri aniq va ongli tarzda urulishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'sh zarb - shangda cho'p bilan har ikki qo'lning bir vaqtdagi harakati asosida bir notani chalish natijasida erishiladigan zarb. Shang ijrochiligi amaliyotida qo'sh zarb asosan ikki ko'rinishda talqin etiladi.

A) Bir simni ikki cho'p bilan bir paytda urib chalish:

ch,tVng o'ng ch, u'ng o'ng

B) Har xil balandlikdagi ikki tovush simlarini bir paytda urib chalish oktava, kvinta, kvarta deyiladi. Amaliyotda ko'proq oktava oralig'idagi qo'sh zarb ishlatiladi.

o ne о ng o ne

Qo'shimcha bezaklar - g'ijjak ijrochiligida va zamonaviy jarayonda to'lqinlatish, kashish va nola kabi bezaklarning birlashgan holatlarida bir qator o'ziga xos bezaklar qo'llash cholg'u ijrochiligida ko'p uchraydi. O'ziga xos kichik turkumiy bu zamonaviy bezaklarga har bir ijrochi ijodiy yondoshsa, mukammal ijrochilik mahoratiga erishadi.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek mumtoz musiqasida shu kabi an'anaviy ijrochilik bezaklari mavjud bo'lib, bunday bezak va sayqallar o'zbek mumtoz musiqasi ijrochiligini hamisha boyitib, uni boshqa millatlardagi turli sayqal va melizmlarga qaraganda, o'zgacha, o'ziga xos ekanligidan dalolat beradi. Har bir sozanda milliy cholg'ularda ushbu musiqiy bezaklar va usullarni o'z o'rnida mohirona ishlata olsa, musiqa asari talab darajasida, o'z maromida ijro etiladi hamda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. V. Boboev. Maxsus cholg'u. Qo'qon. ART PRESS. 2022.

2. B.Davronov. Cholg'u ijrochiligi. Toshkent. 2019.

3. R. Xaydarova. An'anaviy cholg'u ijrochiligi. «Musiqa» nashriyoti. Toshkent. 2020.

4. A.Yuldashyev V.Boboyev. Cholg'uchi-sozanda talabalarni o'zbek xalq kuylari va bastakor-kompozitorlar ijodidan namunalar Ijro qilishlarida ijodiy yondoshuvchanlikka o'rgatish. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022

5. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

6. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОЕЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.

7. Yuldashev, А., & Azizov, S. (2021). MI Glinka's Place in Music History. International Journal of Culture and Modernity, 11, 228-234.

8. O'G, M. Y. F. N. (2022). MILLIY MUSIQA CHOLG 'ULARI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(Conference DSMI), 207-210.

9. Muydinov, F. (2022). Methodological Recommendations in Mastering the Nay Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 218-220.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.