Научная статья на тему 'Mikroorganizmlarning suvlarda tarqalishi va suvlarni turli yo’llar bilan tozalash'

Mikroorganizmlarning suvlarda tarqalishi va suvlarni turli yo’llar bilan tozalash Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
1017
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Ключевые слова
Mikroorganizm / bakteriya / sulfat / artezan / chiqindi / mineral o’g’it / aerofiltr

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Yaxshilik Irsaliyevich Gulbayev, Alisher Abulqosimovich Abdullayev, Dilafruz Sobirovna Qurbonova, Xikmatilla Olim O’G’Li Raxmatillayev

Ushbu maqolada suvda qancha mikroorganizmlar rivojlanayotganini belgilovchi asosiy omil suvda ozuqa moddalarining mavjud ekanligi keltirilgan. Organik qoldiqlar bilan ifloslangan suv qancha ko’p bo’lsa, mikroorganizmlar shuncha ko'payadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Mikroorganizmlarning suvlarda tarqalishi va suvlarni turli yo’llar bilan tozalash»

Mikroorganizmlarning suvlarda tarqalishi va suvlarni turli

yo'llar bilan tozalash

Yaxshilik Irsaliyevich Gulbayev Alisher Abulqosimovich Abdullayev Dilafruz Sobirovna Qurbonova Xikmatilla Olim o'g'li Raxmatillayev Jizzax politexnika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada suvda qancha mikroorganizmlar rivojlanayotganini belgilovchi asosiy omil suvda ozuqa moddalarining mavjud ekanligi keltirilgan. Organik qoldiqlar bilan ifloslangan suv qancha ko'p bo'lsa, mikroorganizmlar shuncha ko'payadi.

Kalit so'zlar: Mikroorganizm, bakteriya, sulfat, artezan, chiqindi, mineral o'g'it, aerofiltr.

Distribution of microorganisms in water and cleaning of water

in different ways

Yakhshilik Irsaliyevich Gulbaev Alisher Abulqosimovich Abdullaev Dilafruz Sobirovna Qurbonova Hikmatilla Olim ugli Rakhmatillaev Jizzax Polytechnic Institute

Abstract: In this article, the main factor determining how many microorganisms grow in water is the presence of nutrients in the water. The more water contaminated with organic waste, the more microorganisms there will be.

Keywords: Microorganism, bacteria, sulfate, artesian, waste, mineral fertilizer, aerofilter.

Har xil suv havzalarining suvi mikroorganizmlarning ko'plab rivojlanadigan tabiiy muhit hisoblanadi. Mikroorganizmlar bu muhitda tik tushadigan quyosh nurining halokatli ta'siriga uchrasada suvda muallaq zarrachalar borligi tufayli yorug'likning bakterisidlik ta'siri juda kamayib ketadi va yorug'lik mikroorganizmlarning zo'r berib rivojlanishiga to'sqinik qilmaydi. Mikroorganizmlarning suvda nechog'lik ko'p rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy faktor suvda oziq moddalar borligidir deb hisoblash kerak. Suv organik qoldiqlar

WWW.OPENSCIENCE.UZ 330 I M^^BI

bilan nechog'lik ifloslangan bo'lsa mikroorganizmlar shuncha ko'p rivojlanadi.Aholi yashaydigan joylarda oqib keladigan tashlandiq suvlar qo'shilishi bilan esa, aksincha, bakteriyalar ko'payib ketadi. Ma'lumotlarga ko'ra O'rta Osiyo daryolarning aholi yashaydigan ba'zi joylarda olingan 1 ml suvda 197 ming bakteriya bo'lsa aholi yashaydigan punktlardan quyiroqda 400 ming bakteriya bor.

Daryo sekin oqadigan joydan olingan va quritilgan 1gr balchiqda 2250 mln bakteriya no'lsa suv tez oqadiganjoydan olingan balchiqda 470 mln bakteriya bo'ladi. Daryo o't bilan qoplangan eski o'zandagi balchiqning 1grda 2830 mln bakteriya bor.

Sohildan 150 m narida 1 ml suvda 1012 ta topilgan bo'lsa 3000 m narida atiga 79 ta bakteriya topilgan.

Yomg'irdan keyin bakteriyalar juda ko'payib ketadi.Yomg'irdan oldin 1 ml suvda 8 ta bakteriya bo'lsa, yomg'irdan keyin ularning soni 1223 taga etadi. Dunyo olimlarning kuzatuvlariga ko'ra bakteriyalar suvning ustida eng kop bo'lmay, 5-10 m chuqurlikda eng ko'p bo'ladi (suv yuzasidan olingan 1 ml suvdan 73 ta 10 m chuqurlikda olingan suvdan esa bakteriyalar soni 217 ga va hatto 1229 taga yetadi).

Balchiqlarning har grammida sulfatni qaytaradigan bakteriyalar 100 mingdan 1 mln gacha tion bakteriyalari 10 mingdan 100 minggacha chirituvchi bakteriyalar 10 mingdan 100 minggacha nitirifatsiyalovchi bakteriyalar esa minggacha denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar 10 mingdan 100 minggacha, sellyulozani anaerob va aerob sharoitda parchalaydigan bakteiyalar taxminan 100 ta bo'ladi.

Bir necha ma'lumotlarga ko'ra, suvda bakteriyalar asosan spora hosil qilmaydigan turlari (97% ga yaqin), balchiqda esa asosan spora hosil qiluvchi bakteriyalar (75% ga yaqin) bo'lishi aniqlangan. Balchiq qanchalik chuqur bo'lsa shuncha ko'p bakteriya bo'ladi.

Yer osti suvlarida, artezan quduqlar va buloqlar suvida ochiq suv havzalari suvidagiga qaraganda bakteriyalar ancha ko'p bo'ladi. O'sha suvlarda bakteriyalarning kam bo'lishini shu narsa bilan tushuntirish mumkinki bu suvlar paydo bo'lishida qalin tuproq qatlami orqali sizib o'tadi , filtrlanadi, shuning natijasida bakteriyalarning deyarli hammasi filtrlovchi qatlamda qolib ketadi. Suvda ayrim hujayralar saqlanib qolsa-da, ular juda kam bo'ladi va organik moddalar yetishmasligi tufayli rivojlana olmaydi.

Suvlarning ifloslanish darajasi kimyoviy tahlil bilan aniqlanadi. Suv ifloslanganda rangi, shaffofligi, hidi, mazasi o'zgaradi. Bunday suvni iste'mol qilish kishi sog'ligiga yomon ta'sir ko'rsatadi. Suv o'z-o'zidan biologik tozalanish xususiyatiga ega. U quyosh nuri va organizmlarning faoliyati ta'sirida tozalanadi. Bakteriyalar o'ladi, zarrachalar cho'kadi. Suv 24 soatda 50% bakteriyalardan tozalanadi, 96 soatda ifloslovchi moddalarning 0.5%i qoladi lekin kimyoviy ifloslanib ketgan suvning tozalanishi qiyin bo'ladi.

Hozirgi vaqtda ko'p mamlakatlarda suv havzalarining ifloslanishi juda kuchayib bormoqda. Ko'p daryolar chiqindilar bilan ifloslangan suvlar oqadigan kanallarga aylangan.

Daryolarga oqova va zovur suvlarining tushishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo quyi oqim etagida suvning sho'rligi ortib, 1 l da 3-4 gr tuz bo'lib, ichishga yaramay qoldi. Buning ustiga suvni iste'mol qiladigan ko'plab korxonalar qurildi, ularning chiqindi suvlari ham daryolarga tushib, suvni ifloslantirmoqda. Bundan tashqari ekin maydonlariga solinadigan mineral o'g'itlarning bir qismi, zaharli ximikatlari ham oqova suvlar bilan daryolarga tushadi. Hozirgi vaqtda Orol dengizini saqlash va Orolbo'yining ekologik holatini yaxshilash yuzasidan amaliy tadbirlarni ko'rish sekin bormoqda.

Ifloslangan suvlar uchun mexanik, kimyoviy va biologik yo'llar bilan tozalanadi.

Iflos suvni mexanik yo'l bilan tozalaganda undagi erimaydigan moddalar ajratib olinadi. Suvni mexanik yo'l bilan tozalash uchun maxsus qurilmalar va inshootlarda foydalaniladi. Kattaligi 5 mmdan ortiq bo'lgan jinslar yirik simli to'rlarda ushlab qolinadi, undan maydalari uchun mayda simli to'rlardan foydalaniladi. Suv yuzida suzib yuruvchi moddalar esa maxsus yog' tutuvchi qurilmalar yordamida tutib olinadi. Maxsus tindirgichlarda tindiriladi, suvdan ajratilgan moddalardan o'g'it, ayrim buyumlar ishlab chiqariladi. Suv mexanik tozalanganda uy ro'zg'ordan chiqqan suvdagi moddalarning 60% gacha, ishlab chiqarishdan chiqqan suvdagi moddalar esa 95% gacha ushlab qolinadi.

Suvni kimyoviy yo'l bilan tozalashda unga kimyoviy moddalar solinadi. Ifloslovchi moddalar bu moddalar bilan birikma hosil qilib, maxsus tindirgichlarda cho'kindiga aylantiriladi. Ayrim moddalar zararsiz holga keltiriladi. Bu usulda suvni xlorlash ko'proq qo'llaniladi. Sanoatning nordon chiqindi suvlarini tozalashda ba'zan ohak suvi ishlatiladi. Oqar suvlarni tozalashda elektroli usulidan ham foydalaniladi.

Suvni biologik yo'l bilan tozalashda suvdagi ifloslovchi moddalar biologic jarayonlar yordamida, ya'ni hovuzlarda to'plangan iflos suvlarda turli suv o'simliklarni o'stirish yo'li bilan (masalan, Chirchiq azot zavodi, Samarqand fosfor zavodlarining hovuzlarida) iflos suvdagi moddalar o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi, organic mineral moddalarning miqdori kamayadi, suv sifati yaxshilanadi, kislorodga boyib, suv tiniq, hidsiz bo'ladi, suvdagi nitrat va fosforlar erigan holda bo'ladi. Biologik tozalangan suvni ekin maydonlarini sug'orishga ishlatish mumkin va ochiq suv havzalariga ham tashlasa bo'ladi. Bu yo'l bilan tozalangan suvdan keng foydalanish imkoniyati tug'iladi. Suvdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tadbirlari dastavval suvlarni kommunal, qishloq xo'jaligi va sanoatda ehtiyotlab sarflash hamda ifloslangan suvlarni tozalashga qaytarishdir. Hozigi vaqtda suv havzalarining ifloslanishdan saqlashning eng samarali tadbiri suvni

chiqindisiz qayta ishlatish texnologiyasini joriy qilishdir. Chiqindisiz texnologiya deganda atrof muhitga zararli moddalarni chiqarmaydigan yoki ular miqdorini juda kamaytiradigan majmua tadbirlar tushuniladi. Buning uchun suvdan foydalanishning yopiq usuliga o'tish juda muhimdir. Juda yuqori sifatli suvni talab qilmaydigan ishlarda suvdan qayta foydalanishni 90-95% ga yetkazish mumkin. Iflos suvni tozalashning eng oddiy usuli filtrlash havzalarida yoki suv tashlash maydonlarida uni biologik yo'l bilan tozalashdir. Birinchi usulda tashlanadigan suv tuproqning fizik kimyoviy xossalariga to'g'ri keladigan va maxsus ajratiladigan yerlarga chiqariladi. Bu yerda suv 2 m gacha qalinlikdagi tuproq qatlami orqali asta sekin sizib o'tadi. Suv shu tariqa filtrlanganda muallaq zarrachalardan , deyarli, tamomila tozalanadi va chirituvchi mikroblar ta'sirida zo'r berib parchalanadigan organik birikmalar ham anchagina kamayadi. Yirik qum donalari qumloq tuproqli yerlar filtrlash havzalari uchun eng mosdir. Torfli tuproqlar ustiga 0,5 m qalinlikda qum solib, ulardan ham foydalanish mumkin.

Ham kub metr tashlandi suvda 0,1 kg ga yaqin azot, 0,06 kg ga yaqin kaliy va 0,02 kg yaqin fosfat kislota bo'ladi.

Hozirgi vaqtda sun'iy inshootlarda aktiv balchiqli aerofiltrlar va aerotenklardan foydalanish ma'qul ko'rilmoqda. Bu inshootlar sug'orish maydonlariga qaraganda yuz barobar unumlidir.

Airofiltrlarda tabiiy tuproq o'rniga sun'iy tayyorlangan material (shlaklar va g'isht siniqlari) ishlatiladi. Bu materiallarga havo yuborilib turadi. Aerotenk tashlandi suv to'ldirilgan va havo berib turiladigan hovuzlardan iborat. Bu inshootlarning qaysi biriga bo'lmasin oldindan tozalangan tashlandi suv tushiriladi. Aerofiltrdan foydalanilganda suvni ishlash ancha murakkab bo'lib u quyidagi bosqichlardan iborat:

1. Maxsus qum tutqichlarda og'ir zarrachalar ushlab qolinadi;

2. Muallaq zarrachalarni koaugilyatsiyaga uchratish uchun suyuqlik aktiv balchig'i bor aeroteklarda ishlatiladi;

3. Koaugulyatsiya qilgan zarrachalar tindirgich quduqlarda ushlab qolinadi;

4. Suv aerofiltrlarda uzulkesil tozalanadi.

Metan tenktlar hajmi 600 m keladigan beton rezervuarlardan iborat. Unga maxsus trubinalar orqali tashlandiq suv va cho'kma keltiriladi (cho'kmada 95 %ga yaqin suv bo'ladi) va yetilgan (bijg'igan) cho'kma bilan 1 ga 1 nisbatda aralashtiriladi.

Tozalanganda suvda doim oz miqdorda organik moddalar va talaygina bakteriyalar bo'ladi. Bakterialar orasida potogen formalari bo'lishi mumkinligidan suv ko'pincha xlor bilan qo'shimcha ravishda dizenfeksiya qilinadi. 1 mln qism suvga 5 qism aktiv xlor ishlatilganda xlorlashdan 10 minut keyin bakteriyalarning 95 %i 15 minutdan keyin esa xatto 99,83 % nobud bo'ladi. Xlor manbai o'rnida

ko'pincha kalsiy gipoxlorid ishlatiladi. Ichiladigan suv ham vodoprovod tarmog'iga tushurilishidan oldin odatda shu tariqa dizenfeksiya qilinadi.

Biror suv havzasidagi suvning sifatiga baho berish uchun undagi umumiy bakteriyalar soni to'g'risidagi ma'lumotlarga emas balki ular orasidagi potogen formula (vabo, qorin tifi, parativ yurak burug'i va boshqa kasalliklarni kuzatuvchilar) bor yo'qligiga tegishli ma'lumotlar bo'lishi ham muhimdir.

Suvni toza saqlashda ikki yo'nalishdagi tadbirlar mavjud.

Birinchisi; juda qat'iy sanitariya injenerlik qoidalarni joriy qilish. Bunday qoidalar suv istemol qilinadigan joylardagina emas balki suvni chiqarib yuboradigan joyda ham uning sifatini qattiq nazorat ostiga olish lozim.

Suvni toza saqlash tadbirlarining ikkinchi yo'nalashi toza suvni tejash bilan bog'langan. Bundan sanoat korxonalari va qishloq xo'jalik yerlarini sug'orishda suv sarflash me'yorini kamaytirish, isrofgarchilikga yo'l qo'ymaslik, sovutish, ishlarida suv o'rnida havodan foydalanish, suvdan foydalanishda suvni qayta ishlash tozalash jarayonini takomillashtirish, tashlama suvlar chiqarmaslik tadbirlarini ko'rish muhimdir.

Shu yerda yana bir karra yer usti suvlarini asosiy ifloslovchi sanoat korxonalariga: metallurgiya, kimyo, qog'oz sellyuloza, neftni qayta ishlash korxonalarini ko'rsatish mumkin. Masalan dunyoning ko'p joylarining yer usti suvlarining 80% ga yaqini neft mahsulatlari, 60 %i fenol, va 40 % og'ir metall qoldiqlari bilan ifloslangan, 20 % kommunal xo'jalik oqovalaridan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Шарипов Х. Т. и др. КРИСТАЛЛИЧЕСКАЯ И МОЛЕКУЛЯРНАЯ СТРУКТУРА ДИОКСОКОМПЛЕКСА U (VI) С БЕНЗООИЛГИДРОЗОНОМ САЛИЦИЛОВОГО АЛЬДЕГИДА //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 330-339.

2. Абдуллаев А. А. Олмали; кон-металлургия комбинатидаги молибден саклаган кекларини ;айта ишлаш жараёни //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 225-228.

3. Xamidov S. X. Gossipolning biologiok faol modda sifatida qo'llanilishi //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 61-65.

4. Abdullayev A. A. et al. Biogaz orqali aholining turmush tarzini yaxshilash //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 173-179.

5. Gulbayev Y. I. et al. Benzoilgidrozon solitsiloviy aldegidni infraqizil spektroskopiya yordamida aniqlash //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. -С. 163-168.

6. Abdullaev A. A. et al. MOLIBDEN SANOATI CHIQINDILARINING INSON VA ATROF-MUHITGA TA'SIRI //Журнал естественных наук. - 2021. -Т. 1. - №. 4.

7. Aбдуллаев A. A. ОЛТИН ^ЗИБ ОЛИШ КOРХOНAЛAРИ ЧЩИНДИЛДРИНИ ФЛОТДЦИЯ УСУЛИДA ТOЗAЛAШ //Журнал естественных наук. - 2022. - Т. 1. - №. 1 (6). - С. 179-183.

8. Гулбаев Я. И., Холмуминова Д. A. ДEРВAТOГРAММA КОМПЛЕКСНЫХ СОЕДИНЕНИЙ ТИOСEМИКAРБAЗOНA МЕТИЛЗТИЛКЕТОНЛ С МОЛИБДЕНОМ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 123-127.

9. Гулбаев Я. И., Каримова Ф. С., Муллажонова З. С. К. Координационное соединение тиосемикарбазона параоксибензоальдегида с молибденом //Universum: химия и биология. - 2021. - №. 4 (82). - С. 64-68.

10. Gulbayev Y. I. et al. Olma kislotasi va uning xususiyatlari //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 44-52.

11. Гулбаев Я. И., Aбдуллаев A. A., Холмуминова Д. A. Полиз экинларида фузариоз (вилт) касалликларини олдини олиш чоралари //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 75-82.

12. Кадирова Д. Н., Садиков Ф. С. Исследования влияния температурно-влажностных режимов на структуру ткани //Молодой ученый. - 2018. - №. 17. -С. 50-56.

13. Валиева З. Ф., Садиков Ф. С. Исследование влияния параметров приемного барабана чесальной машины на качество полуфабрикатов прядения //Молодой ученый. - 2017. - №. 20. - С. 13-16.

14. Файзуллаев Ш. Р., Махкамова Ш. Ф. ИССЛЕДОВДНИЕ ВЛИЯНИЯ ДОЛЕВОГО СОДЕРЖДНИЯ КОМПОНЕНТОВ В СМЕСИ НA ПОРОКИ ВНЕШНЕГО ВИДA ХЛОПКО-ПОЛИЭСТЕРОВОЙ ПРЯЖИ //Universum: технические науки. - 2021. - №. 4-3 (85). - С. 14-16.

15. Мусаев Н. и др. КОМПЛЕКСНДЯ ОЦЕН^ КAЧEСТВA НОВЫХ СТРУКТУР РИСУНЧAТOГO ТРИКOТAЖA //Advances in Science and Technology. - 2019. - С. 57-58.

16. Мусаев Н. М., Каримов С. Влияние вида соединения двухслойного трикотажа на его технологические параметры. - 2019.

17. GULYAYEVA G. K. et al. Investigation of shape stability indicators of knitted fabriсs //ББК 60 С 56. - 2019. - С. 299.

18. Makhkamova S. F. et al. CHANGE OF QUALITY INDICES OF PLAIN STRUCTURE KNITTED FABRICS OBTAINED FROM A MIXTURE OF DIFFERENT FIBERS //Advances in Science and Technology. - 2019. - С. 127-130.

19. Шумкорова Ш. П. и др. Влияние волокнистого состава на физико-механические свойства джинсовых тканей //Молодой ученый. - 2014. - №. 9. -С. 232-235.

20. Shumkarova S. P. TRIKOTAJ MATOLARIDAN ZAMONAVIY QIZ BOLALAR KIYIMINING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARI TAHLILI //Models and methods in modern science. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 33-42.

21. Махкамова Ш. Ф., Юлдашева М. Т., Усанов М. М. Исследование возможности использования регенерированных волокнистых отходов в пневмопрядении. - 2020.

22. Махкамова Ш. Ф., Юлдашева М. Т., Усанов М. М. Влияние волокнистого состава на физико-механические свойства костюмных тканей. -2020.

23. Valieva Z. F. et al. EFFECTS OF FIBER COMPOSITION ON CHANGE OF QUALITY INDEX OF RIBSTITCH BUITTED FABRICS OF DIFFERENT ASSORTMENT //Advances in Science and Technology. - 2019. - С. 94-98.

24. Очилов Т. А., Юлдашева М. Т. Влияние условий выращивания коконов тутового шелкопряда на физико-механические свойства шёлка-сырца //Молодой ученый. - 2017. - №. 20. - С. 61-65.

25. Исматова М. М., Казакова Д. Э., Махкамова Ш. Ф. Влияние технологических процессов на поврежденность и физико-механические свойства хлопкового волокна //SCIENCE AND WORLD. - 2013. - С. 37.

26. Исматова М. М. ИЗМЕНЕНИЕ КОЛИЧЕСТВА СОРНЫХ ПРИМЕСЕЙ И ПОРОКОВ ПО СЛОЯМ БУНТА //Advances in Science and Technology. - 2019. - С. 110-112.

27. Очилов Т. А., Исматова М. М., Казакова Д. Э. Влияние плотности бунта и срока хранения хлопка на физико-механические свойства пряжи //Молодой ученый. - 2014. - №. 1. - С. 110-112.

28. Jumaniyazov Q. et al. Study on the influence of the cotton storage process on the quality indicators of fiber and yarn //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2021. - Т. 939. - №. 1. - С. 012053.

29. Исматова М. М., Матисмаилов С. Л. Исследование влияния усовершенствованного узла питания пневмомеханической прядильной машины на качество выпускаемой пряжи //Молодой ученый. - 2018. - №. 27. - С. 26-29.

30. Очилов Т. А., Исматова М. М. Кинетика изменения прочности волокна при хранении и переработке хлопка-сырца по технологическим переходам //Молодой ученый. - 2017. - №. 20. - С. 56-61.

31. Казакова Д., Жуманиязов К., Валиева З. Влияние смесового состава на механическую повреждённость волокон по переходам прядильного производства //ББК 1 E91. - 2019. - С. 31.

WWW.OPENSCIENCE.UZ 336 |

32. Махкамова Ш. Ф., Казакова Д. 3. Исследование прядильной способности перспективных селекционных сортов хлопчатника //Молодой ученый. - 2018. - №. 27. - С. 31-35.

33. Egamberdiev F. O. dr. IMPROVING THE CLEANING EFFICIENCY OF THE IMPROVED TWO-DRUM DIRECT FLOW FLAX CLEANING EQUIPMENT //Journal of Technical Research. - 2020. - Т. 5. - №. 3.

34. Jumaniyazov K., Egamberdiev F. O., Abbazov I. Z. The Effect of Crop Type on Cotton Quality Indicators //International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. - Т. 7. - С. 13510-13518.

35. Эгамбердиев Ф. О., Валиева З. Ф. Влияние состава типовой сортировки и технологических процессов на механическое повреждение волокон //Молодой ученый. - 2018. - №. 17. - С. 97-100.

36. Muksin K., Abbazov I. Technological breakthrough of cotton cleaning enterprises fiber waste //Education. - 2017. - Т. 2018.

37. Aббазов И. З. и др. ТЕХНОЛОГИК ЖAРAЁНЛAРДAН ЧИКЛЁТГЛН ЧЛНГ ЗAРРAЧAЛAРИНИНГ ФРAКЦИOН ТAРКИБИ //Science and Education. -2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 129-135.

38. Abbazov I. et al. Waste Produced at Cotton Waste Factories American Journal of ASCIT //Communications. - 2018. - Т. 5. - С. 22.

39. Abbazov B. JIZZAX VILOYATIDA REKREATSION HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISH /^рхив научных исследований. - 2021. - Т. 1. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.