Научная статья на тему 'MIKROORGANIZMLARGA TASHQI MUHIT OMILLARNING TA`SIRI'

MIKROORGANIZMLARGA TASHQI MUHIT OMILLARNING TA`SIRI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
4958
216
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
ishlov berish / yerni o`g`itlash / sug`orish / mikroorganizmlar / oziq-ovqatlar / shakarlar / vitaminlar / fermentlarni / tuproq unumdorligi. / tillage / fertilization / irrigation / microorganisms / feed / sugars / vitamins / enzymes / soil fertility.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — M. Muxiddinova, O. Panjiyeva, E. Saitmurotov

Ushbu maqolada mikroorganizmlar muhim rol o`ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o`simliklar uchun zarur bo`lgan ozuqa moddalar to`planadi, natijada tuproqning unumdorligi ortadi, ekinlarning hosili ham yuqori bo`ladi deb yoritib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF ENVIRONMENTAL FACTORS ON MICROORGANISMS

This article emphasizes that microorganisms play an important role, because thanks to their activity, nutrients necessary for plants accumulate in the soil, resulting in increased soil fertility and increased crop yields.

Текст научной работы на тему «MIKROORGANIZMLARGA TASHQI MUHIT OMILLARNING TA`SIRI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

MIKROORGANIZMLARGA TASHQI MUHIT OMILLARNING TA SIRI Muxiddinova Muxlisa Muxiddin qizi

TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta'lim yo'nalishi 3- kurs talabasi Panjiyeva Ozoda Xudoymurod qizi

TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta'lim yo'nalishi 3- kurs talabasi Saitmurotov Erali Baxriddinovich

TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta'lim yo'nalishi 3- kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6981631

Annotatsiya. Ushbu maqolada mikroorganizmlar muhim rol o^ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o'simliklar uchun zarur bolgan ozuqa moddalar to'planadi, natijada tuproqning unumdorligi ortadi, ekinlarning hosili ham yuqori bo'ladi deb yoritib o'tilgan.

Kalit so^zlar: ishlov berish, yerni ogitlash, sugorish, mikroorganizmlar, oziq-ovqatlar, shakarlar, vitaminlar, fermentlarni, tuproq unumdorligi.

ВЛИЯНИЕ ФАКТОРОВ ВНЕШНЕЙ СРЕДЫ НА МИКРООРГАНИЗМЫ

Аннотация. В данной статье подчеркивается, что важную роль играют микроорганизмы, поскольку благодаря их деятельности в почве накапливаются необходимые для растений питательные вещества, в результате чего повышается плодородие почвы и повышается урожайность сельскохозяйственных культур.

Ключевые слова: обработка почвы, внесение удобрений, орошение, микроорганизмы, корма, сахара, витамины, ферменты, плодородие почвы.

THE EFFECT OF ENVIRONMENTAL FACTORS ON MICROORGANISMS

Abstract. This article emphasizes that microorganisms play an important role, because thanks to their activity, nutrients necessary for plants accumulate in the soil, resulting in increased soil fertility and increased crop yields.

Keywords: tillage, fertilization, irrigation, microorganisms, feed, sugars, vitamins, enzymes, soil fertility.

KIRISH

Qishloq xo'jaligida, ayniqsa, dehqonchilikda mikroorganizmlar muhim rol o'ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda osimliklar uchun zarur bolgan oziqa moddalar toplanadi, natijada tuproqning unumdorligi ortadi, ekinlarning hosili ham yuqori bo ladi. Tuproqda boradigan jarayonlarning ko'pchiligi undagi mikroorganizmlarning faoliyatiga bog'liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo lishi, yerga ishlov berish, yerni o'g'itlash, sug'orish, tuproqda ro'y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalikni yo'qotish, zax yerlarning suvini qochirish, organik o'g'itlar tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish mikroorganizmlarning faoliyati bilan bogliqdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mikroorganizmlar yuksak o'simliklarga qaraganda temperaturaga ancha chidamli boladi. Masalan, Vas. subtilis temperatura 5°S dan to 57°S gacha bo'lganda ham rivojlanaveradi. Kopchilik saprofit bakteriyalar 20°S dan 35°S gacha temperaturada rivojlana oladi, patogen mikroorganizmlar esa 36-37°S da rivojlanadi. Bundan yuqori temperaturada ular nobud boladi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun temperatura 3 nuqtada bolishi mumkin: minimum, optimum va maksimum nuqtalari. Optimum nuqtasi eng qulay bolib, bunday temperaturada

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

mikroorganizmlar tez ko'payadi va yaxshi rivojlanadi, minimum va maksimum nuqtalari esa ancha chegaralidir.

Termofill bakteriyalar hujayrasidagi fermentlar yuqori temperatura ta'sirida inaktivatsiyaga uchraydi, shuning uchun bu bakteriyalardan korxonalarda keng ravishda foydalanish mumkin. A. A. Imsheneskiy fikricha, termofill bakteriyalar mezofillardan kelib chiqqan. Tabiatdagi o'zgarishlar, jumladan, temperaturaning ko'tarilishi mezofillarning ko'pchiligini nobud qilgan bo'lsa, bir qismi tirik qolgan va yuqori temperaturaga moslashgan. Bora-bora yuqori temperatura ular uchun zaruriy faktor bo'lib qolgan. A. A. Imsheneskiyning bu fikrini Ye. N. Mishustin ma'qullagan.

TADQIQOT NATIJALARI

Mikroorganizmlarga namlikning ta'siri. Bakteriyalarning namlikka chidamliligi turlicha. Ba'zilari juda chidamli bo lsa, boshqalari nihoyatda chidamsiz bo'ladi. Masalan, gonokokklar, meningokokklar, leptospiralar, faglar namlikka chidamsiz bo=lsa, xolera vibrioni 2, dizenteriya tayoqchasi 7, difteriya tayoqchasi 30, korin tifi tayoqchasi 70, stafilokokklar va sil tayoqchasi esa 90 kungacha chidaydi.

Azotobakter, nitrifikatorlar, tugunak bakteriyalari namlikka juda ham sezgir, ularning rivojlanishi uchun namlikning optimum miqdori 40-80% (to'la suv sig'imiga nisbatan) bolishi kerak. Lekin vegegativ hujayralarga nisbatan sporalar ancha chidamli bo'ladi, chunki bularning hujayralaridagi suvning ko'p qismi mustahkam bog'langan suvdir. Masalan, mog'or zamburug'larining sporasi 20 yil kurg'oqchilikka chidaydi. Amerikalik olim Kameron (1962) aniqlashicha, ko'k-yashil suvo'ti - Nostoc commune gerbariy holatida 107 yildan so'ng hayotchanligini namoyon qilgan. Nostok namlik yo'q vaqtlarda anabioz holatga o'tadi, namlik yetarli bo'lishi bilan yana hayotini davom ettiradi. Bakteriyalar xujayrasi quritilganda, protoplazmasi suvsizlanadi va oqsillar denaturatsiyaga uchraydi, shu usuldan foydalanib, oziq-ovqatni quritilgan holda uzoq muddat saqlash mumkin bo'ladi. Masalan, go'sht, baliq yoki uzum, boshqa bir qancha rezavor-mevalar quritilgan holda saqlanadi yoki oziq-ovqatlar, masalan, konservalar past temperaturada va yuqori bosim ostida suvsizlantiriladi (bu usul sublimatsiya deb nomlanadi), keyin esa tez sovitib muzlatiladi. Shakarlar, vitaminlar, fermentlarni sublimatsiya yo'li bilan uzoq muddat saqlash mumkin.

Yorug'likning ta'siri. Ko'pchilik bakteriyalar uchun yorug'lik de-zinfeksiyalovchi faktor hisoblanadi, chunki ultrabinafsha nurlar bakteriyalar hujayrasidagi oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan yutiladi va ularning ximiyaviy tarkibini o=zgartiradi. Shuning uchun yorug'likning bu xususiyatidan operatsiya xonalarini, vaksinalar, antibiotiklar tayyorlaydigan xonalarni, sut va suvni sterillashda foydalaniladi.

Mikroorganizmlar tabiiy sharoitda murakkab biotsenozlar hosil qiladi, ya'ni bir joyning o'zida turli bakteriyalarni uchratish mumkin. Ular orasida simbioz, metobioz, antagonizm kabi munosabatlar kuzatiladi. Simbioz holda hayot kechirishda bir tur mikroorganizmlar ikkinchi tur organizmlari bilan birgalikda yashaydi. Masalan, kefir donachalari tarkibida sut kislota hosil qiluvchi va achitqi zamburug'lari birgalikda yashaydi yoki tuganak bikteriyalar dukkakli o' simliklar bilan birgalikda hayot kechiradi.

Metabioz tarzida hayot kechirishda bir xil bakteriyalar ikkinchi bakteriyalar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Masalan, amminofikatorlar nitrifikatorlar uchun ammiak hosil qiladi. Nitroxzamoraslar ammiakni o'zlashtirib, nitrit hosil qiladi. Hosil bo'lgan nitritlarni, nitrobakter o'zlashtirib nitratlar hosil qiladi.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Antogonizmda bir tur organizmlar ikkinchi tur organizmlarning rivojlanishini cheklab qo'yadi. Masalan, sodda hayvonlar bakteriyalarni yeb qo'yadi, bakteriofaglar bakteriyalarni eritib (lizis) yuboriladi, bijg=ituvchi bakteriyalar chirituvchi bakteriyalarning ko'payishini cheklaydi yoki bir xil bakteriyalarning ajratgan metobolitlari (antibiotiklari) ikkinchi tur bakteriyalarning o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi yoki o'ldiradi. Umuman, mikroorganizmlarga tashqi muhit faktorlarini ta'sirini bilgan holda ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish mumkin bo'ladi.

Yuqori bosimning ta'siri. Ko'pchilik bakteriyalar yuqori bosimga ancha chidamli bo'ladi. Faqat 10000 atm. bosim ularga salbiy ta'sir etishi mumkin. Dengiz va okeanlarda chuqur suv qatlamlari tubida bakteriyalar ko'p uchraydi. Achitqilar 500, mog'or zamburug'lari 30000, fitopatogen viruslar esa 5000 atmosferagacha bosimga chidaydi. Ultratovush bakteritsidlik xususiyatiga ega, 20000 gs oziq-ovqat mahsulotlarini va vaksinalarni deziifeksiyalash uchun etarlidir. Havoni tozalashda aeroionizatsiyaning ahamiyati katta.

Vodorod ionlari konsentratsiyasining ta'siri. Vodorod ion-larining konsentratsiyasi rN deb belgilanadi. rN-7 bo'lsa neytral, rN>7 bo=lsa ishqoriy, rN<7 bo=lsa, muhit kislotali bo'ladi. Ko'pchilik mikroorganizmlar muhit konsentratsiyasi bir oz(kuchsiz) ishqoriy yoki neytral bo'lsa yaxshi rivojlanadi, zamburug'lar bir oz nordon muhitda yaxshi rivzojlanadi. MUHOKAMA

Mikroorganizmlar o'zi yashagan muhitdagi rN ni qisman o'zgartirishi mumkin. Buni I. A. Rabotnova (1958) «Moslanuvchi moddalar almashinuvi» deb nomlaydi. Tashqi muhitdagi eritmalarning konsentratsiyasi oshganda (masalan, tuzlashda, murabbo pishirishda) bakteriyalar hujayrasidagi suv tashqariga chiqadi va unda plazmoliz ro'y beradi, ular ko'paya olmaydi. Shundan foydalanib, go'sht, baliq tuzlanadi, povidlo tayyorlaganda shakar eritmasining konsentratsiyasi 70% ga etkaziladi. XULOSA

Ba'zi kimyoviy moddalar bakteriyalarga kuchli ta'sir etadi. Masalan, ularga kuchli kislotalar, ishqorlar, og'ir metallarning tuzlari bilan ta'sir etilsa, ularda manfiy xemotaksis namoyon bo'ladi. Ba'zi moddalarning oz miqdori ijobiy ta'sir etsa, ko'p miqdori salbiy ta'sir etadi. Masalan, 40% - li formaldegid (formalin) vegetativ hujayralarni va sporalarni nobud qiladi, fenol yoki karbol kislotaning 3-5% li eritmasi, xlorli ohakning 10-20% li eritmasi yoki spirtning 75% -li eritmasi dezinfeksiyalashda ko'p ishlatiladi.

REFERENCES

1. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С. Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014.

2. Расулова Т.Х., Давронов ^.Д., Жураева У.М., Магбулова Н.А. Микробиологик тадкикотлар учун услубий кулланма. Тошкент 2012 й

3. Жураева У.М.,Магбулова Н.А., Микробиологияда лаборатория машгулотларига кулланма. Т. Университет 2017.

4. Turdalievich T. A., Gulyam Y. Morphological features of pedolytical soils in Central Ferghana //European science review. - 2016. - №. 5-6. - С. 14-15.

5. Valijanovich M. O. et al. Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 3227-3235.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

6. Turdaliev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and biogeochemical features of desert soils of the central Fergana. Agriculture, 67(1), 16-28.

7. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А., Мирзаев Ф. А. У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. -№. 3. - С. 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.