Научная статья на тему 'Mikronutriyentlar yetishmovchiligi profilaktikasida milliy tabiiy mahsulot – uzum g‘o‘robida mikronutriyentlar tarkibini o‘rganish'

Mikronutriyentlar yetishmovchiligi profilaktikasida milliy tabiiy mahsulot – uzum g‘o‘robida mikronutriyentlar tarkibini o‘rganish Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
20
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzum g‘o‘robi / tarkibi / makroelementlar / mikroelementlar / yetishmovchilik / korreksiya / oldini olish. / grapeseed / microelements / macroelements / deficiency / correction / prevention.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Rasulov Saydullo Qurbonovich, Rustamova Habiba Hasanovna¹, Ahmedova Gulchehra Abdullayevna¹, Saidova Firuza Salomovna¹

Maqolada “Ona – bola” tizimida makrova mikroelementlar yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldirish hamda oldini olish maqsadida milliy tabiiy mahsulot – uzum g‘o‘robining mikroelementlar tarkibi va fiziologik roli yoritilgan. Uzum g‘o‘robi tarkibidagi 23 ta makrova mikroelementlar neytron faollashtirish usuli hamda bakteriologik, toksikologik, radionuklid tadqiqotlar orqali aniqlandi. Mahsulotda makroelementlardan – kaliy, kalsiy, magniy, natriy va xlor, essensial mikroelementlardan temir, rux, mis, kobalt, marganes, yod va molibden miqdori yuqori ekanligi qayd etildi. Uzum g‘o‘robi mikronutriyent yetishmovchiligining oldini olish va korreksiyalash, bolalarning o‘sishi va rivojlanishini optimallashtirish, tiklanish jarayonlarini tezlashtirish hamda “Ona – bola” tizimida hayot sifatini yaxshilash maqsadida tavsiya etilishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Investigating micronutrients contained in the domestically grown grape seed for prevention of micronutrient deficiency

We have investigated the macro and microelement composition of the grapeseed, a scarcely studied or used domestically grown fruit, in view of using it for the prevention of micro-nutrient deficiencies in the “Mother and Child” system. The 23 macro and microelements, contained in the grape seed, have been found through the neutron-activation method, bacteriological, toxicological and radionuclide tests. The grape seed was revealed to contain a high concentration of macro and microelements, including potassium, calcium, magnesium, sodium and chlorine, as well as essential microelements – iron, zinc, copper, cobalt, manganese, iodine and molybdenum. The grape seed should be recommended for preventing and correcting micronutrient deficiencies, optimizing the growth and development of children, accelerating recovery processes and improving the quality of life in the “Mother and Child” system.

Текст научной работы на тему «Mikronutriyentlar yetishmovchiligi profilaktikasida milliy tabiiy mahsulot – uzum g‘o‘robida mikronutriyentlar tarkibini o‘rganish»

d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2022-4-9 UDC: 61.612.-3.39.615.03.616.008

MIKRONUTRIYENTLAR YETISHMOVCHILIGI PROFILAKTIKASIDA MILLIY TABIIY MAHSULOT - UZUM G'O'ROBIDA MIKRONUTRIYENTLAR

TARKIBINI O'RGANISH

Rasulov Saydullo Qurbonovich1' 2'

tibbiyot fanlari doktori, "Pediatriya" kafedrasi dotsenti, laboratoriya mudiri, Turon fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, ORCID: 0000-0001-9130-6854, e-mail: rasulovsaydullo@mail.ru;

Rustamova Habiba Hasanovna1,

mustaqil izlanuvchi, "Farmakologiya" kafedrasi assistenti;

Ahmedova Gulchehra Abdullayevna1,

mustaqil izlanuvchi, "Ichki kasalliklar" kafedrasi assistenti;

Saidova Firuza Salomovna1,

"Patologik fiziologiya" kafedrasi assistenti, e-mail: Saidovafiruza3112@gmail.com

1Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

2SamDTU huzuridagi L.M. Isayev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ITI

Kirish

Olib borilgan bir qator ilmiy tadqiqot ishlarida turli o'simlik xomashyolaridan ichimliklar ishlab chiqarishda ilmiy-tex-nikaviy yechimlar yaratish masalalari o'z aksini topgan [1, 5-6, 8-13]. Bunday sha-roitlarda aholining ovqatlanishida ommaviy iste'molga yaroqli, ona-bola organizmining oziq moddalar va energiyaga bo'lgan ehtiyo-jini to'ldiradigan, jumladan, hududiy tabiiy resurslardan foydalanish asosida olingan sharbati bo'lgan ichimliklar va oziq mahsu-lotlar alohida o'rin tutadi. Ayniqsa, tarkibi-da hayot uchun zarur bo'lgan mikroele-mentlarga boy milliy va tabiiy mahsulotlar xavfsizligi hamda biologik faolligini tadqiq etish ilmiy va amaliy jihatdan o'ta golzarb ahamiyatga ega.

Annotatsiya. Maqolada "Ona - bola" tizimida makro- va mikroelementlar yetishmovchiligi o'rnini to'ldirish hamda oldini olish maqsadida milliy tabiiy mahsulot - uzum g'o'robining mikroelementlar tarkibi va fiziologik roli yoritilgan. Uzum g'o'robi tarkibidagi 23 ta makro- va mikroelementlar neytron faollashtirish usuli hamda bakteriologik, toksikologik, radionuklid tadqiqotlar orqali aniqlandi. Mahsulotda makroelementlardan - kaliy, kalsiy, magniy, natriy va xlor, essensial mikroelementlardan temir, rux, mis, kobalt, marganes, yod va molibden miqdori yuqori ekanligi qayd etildi. Uzum g'o'robi mikronutriyent yetishmovchiligining oldini olish va korreksiyalash, bolalarning o'sishi va rivojlanishini optimallashtirish, tiklanish jarayonlarini tezlashtirish hamda "Ona -bola" tizimida hayot sifatini yaxshilash maqsadida tavsiya etilishi mumkin.

Kalit so'zlar: uzum g'o'robi, tarkibi, makro-elementlar, mikroelementlar, yetishmovchilik, korrek-siya, oldini olish.

ИЗУЧЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ МИКРОЭЛЕМЕНТОВ ДЛЯ ПРОФИЛАКТИКИ МИКРОНУТРИЕНТНОГО ДЕФИЦИТА В ВИНОГРАДНОМ ГУРОБЕ - ОТЕЧЕСТВЕННОМ НАТУРАЛЬНОМ ПРОДУКТЕ

Расулов Сайдулла Курбонович1, 2,

доктор медицинских наук, доцент кафедры

«Педиатрия», заведующий лабораторией, действительный член Туранской академии наук;

Рустамова Хабиба Хасановна1,

самостоятельный соискатель, ассистент кафедры «Фармакология»;

Ахмедова Гулчехра Абдуллаевна1,

самостоятельный соискатель, ассистент кафедры «Внутренние болезни»;

Саидова Фируза Саломовна1,

ассистент кафедры «Патологическая физиология»

1Самаркандский государственный медицинский университет;

2 Институт микробиологии, вирусологии, инфекционных и паразитарных болезней имени Л.М. Исаева при СамГМУ

Аннотация. Для профилактики микро-нутриентной недостаточности в системе «Мать - ребенок» изучены макро- и микроэлементный состав малоисследованного и мало-используемого национального пищевого продукта - виноградного гуроба. Определение 23 макро-и микроэлементов в составе виноградного гу-роба проводили нейтронно-активационным методом, проведены бактериологические, токсикологические, радионуклидные исследования. В составе виноградного гуроба выявлена высокая концентрация макро- и микроэлементов: калия, кальция, магния, натрия и хлора, а также эссен-циальных микроэлементов: железа, цинка, меди, кобальта, марганца, йода и молибдена. Виноградный гуроб следует рекомендовать с целью профилактики и коррекции микронутриентной недостаточности, оптимизации роста и развития детей, ускорения процессов восстановления и улучшения качества жизни в системе «Мать - ребенок».

Ключевые слова: виноградный гуроб, макроэлементы, микроэлементы, недостаточность, коррекция, профилактика.

O'zbekiston Respublikasi Zarafshon vodiy-si hududida yetishtiriladigan yirik sabzavot ekinlari qatorida uzumchilik mahsulotlari ish-lab chiqish yetakchi sohalardan biri sanaladi va iste'mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulot-larining asosini tashkil qiladi.

Mikronutriyent tanqisligiga qarshi kura-shish O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining (O'zRSSV) asosiy vazi-falaridan biri bo'lib, 2010-yilda qabul qilingan "Aholida mikronutriyentlar yetishmovchili-gining oldini olish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni shundan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining (O'zRVM) "O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yana-da takomillashtirish to'g'risida"gi 2015-yil 25-apreldagi 102-son qarori hamda 2015-yil 29-avgustdagi 251-sonli "2015-2020-yillar-da O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'-lom ovqatlanishini ta'minlash konsepsiya-si va kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash to'g'risida"gi qarorida "Mikronutriyent ye-tishmovchiligi bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish" belgilangan. Ushbu qarorlarda oziqla-nish bilan bog'liq keng tarqalgan kasalliklar-ning rivojlanish sabablarini o'rganish, kamqonlik, yod tanqisligi va boshqa mikro-nutriyentlar yetishmovchiligi tarqalishini o'rganish bo'yicha fundamental ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga ustuvor ahamiyat qara-tish ko'zda tutilgan.

Nutritsion ovqatlanish bilan bog'liq bo'l-gan "Ona - bola" tizimida homilador va emi-zikli ayollarda mikronutriyentlar yetish-movchiligi yoki ortiqchaligi quyidagi muam-molarni o'z ichiga oladi: onalarda - kamqonlik, semirish, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqalar; bolalarda - energiya tanqisligi, raxit, kamqonlik, oziq-ovqat allergiyalari, im-munitet pastligi, funksional ovqat hazm qilish buzilishlari va boshqalar.

Aholi o'rtasida tabiiy oziq-ovqat mah-sulotlari yordamida mikronutriyentlar ye-tishmovchiligining oldini olish va davlatimiz tomonidan amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlarda unni fortifikatsiya qilish, sapli-

mentatsiya olib borilsa-da, turli kasallik va mikroelementlar tanqisligiga qarshi "Ona -bola" tizimida ozuqaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida milliy tabiiy uzum mahsulotlaridan biri - uzum g'o'robining elementar tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar O'zbekiston va boshqa mam-lakatlar sharoitida olib borilmagan.

Tadqiqotning maqsadi "Ona - bola" tizimida makro- va mikroelementlar yetishmovchili-gi o'rnini to'ldirish va oldini olish maqsadida milliy tabiiy mahsulot - uzum g'o'robining mikroelementlar tarkibi va fiziologik rolini o'rganishdan iborat.

Material va metodlar

Mahalliy aholi tomonidan kam iste'mol qilinadigan tabiiy ozuqaviy mahsulot bo'lgan uzum g'o'robi tarkibidagi makro- va mikroelementlar miqdori O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti-ning faollashuv tahlili laboratoriyasida ney-tronlarni faollashtirish usulidan foydalan-gan holda aniqlandi [4]. A.V. Bgatov tasnifi-ga kiritilgan jami 23 xil kimyoviy elementlar o'rganildi [3]. Mahsulotda makroelementlar-dan - kalsiy, magniy, kaliy, natriy, xlor; biogen essensial mikroelementlardan - temir, mis, rux, marganes, xrom, selen, molibden, yod, kobalt; shartli essensial mikroelementlardan - brom, nikel, kadmiy; kam o'rganilgan breyn elementlardan - oltin, kumush; abiogen ney-tral elementlardan - rubidiy, skandiy, lantazi-um, shuningdek, abiogen toksik yoki agressiv, fiziologik roli yaxshi o'rganilmagan element-lardan simob, surma miqdori aniqlandi.

Aholi tomonidan uzum g'o'robidan San-PIN talablari asosida foydalanish xavfsizligi-ni bilish maqsadida Samarqand viloyatining sanitariya-epidemiologiya xizmati laboratori-yasida bakteriologik, radionuklid moddalar, pestitsidlar va zaharli elementlar bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi. Sanitariya-bakterio-logik tadqiqotlar SanPiN № 0366-19, sinov usuli - MVI MN 1181-2011 (O'zO'U 05472011) talablariga muvofiq olib borildi. SanPiN № 0366-19 talablariga muvofiq, Cs-137, Sr-90 radionuklid moddalarini aniqlash MKS-AT-1315 + 20 °S, 63% namlik gamma-beta

INVESTIGATING MICRONUTRIENTS CONTAINED

IN THE DOMESTICALLY GROWN GRAPE

SEED FOR PREVENTION OF MICRONUTRIENT DEFICIENCY

Rasulov Saydullo Qurbonovich1, 2,

Associate Professor of the Department of Pediatrics, Head of Laboratory, Academic Member of the Turan Academy, Doctor of Medical Sciences;

Rustamova Khabiba Khasanovna1,

Assistant of the Department of Pharmacology, Independent Researcher;

Akhmedova Gulchehra Abdullaevna1,

Assistant of the Department of Internal Medicine, Independent Researcher;

Saidova Firuza Salomovna1,

Assistant of the Department of Pathological Physiology

Samarkand State Medical University;

institute of Microbiology, Virology, Infectious and

Parasitic Diseases named after L.M. Isaev at

Samarkand State Medical University

Abstract. We have investigated macro and microelement composition of the grapeseed, a scarcely studied or used domestically grown fruit, in view of using it for prevention of micro-nutrient deficiencies in the "Mother and Child" system. The 23 macro and microelements, contained the grape seed, have been found through the neutron-activation method, bacteriological, toxicological and radionuclide tests. The grape seed revealed to contain a high concentration of macro and microelements, including potassium, calcium, magnesium, sodium and chlorine, as well as essential microelements - iron, zinc, copper, cobalt, manganese, iodine and molybdenum. The grape seed should be recommended for preventing and correcting micronutrient deficiencies, optimizing the growth and development of children, accelerating recovery processes and improving the quality of life in the "Mother and Child" system.

Keywords: grapeseed, microelements, macroelements, deficiency, correction, prevention.

spektrometrida amalga oshirildi. Shaxsiy yor-liqlarning toksik elementlari va pestitsidlar tarkibi SanPiN № 0366-19 talabiga binoan tekshirildi. Sinov usuli uchun ID GOST 2692994: GOST 26927-26330-23334-86 olindi (Sb. Klisenko, 1992).

Adabiyotlarda uzum g'o'robining tarkibi va tibbiyotda qo'llanilishi to'g'risida ma'lu-motlar deyarli yo'q. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'pchilik uzum g'o'robi nima ekani, uni qa-chon va qanday ishlatish, uning foydali xu-susiyatlari, ozuqaviy va dorivor maqsadlarda qo'llanish usullarini bilmaydi.

"G'o'rob" so'zi fors tilidan olingan bo'lib, "gura" - pishmagan, "ob" - suv degan ma'noni anglatadi. Asosan, Samarqand, Qashqadaryo va respublikaning qisman uzum yetishtirila-digan boshqa viloyatlarining mahalliy aholi-si tomonidan tayyorlanadi. Sof pishmagan yashil va har qanday turdagi uzumlardan sharbatini siqish orqali ichimlik sharbati tayyorlanadi. Sharbat elakdan o'tkaziladi, 3 daqiqagacha qaynatish orqali sterillanadi, so'ngra shisha idishga quyiladi. Havo oladi-gan shimgich bilan yopiladi (mahalliy aholi shishani loy bilan yopadi) va 2-3 oy davomida quyoshda qoldiriladi. Qorong'i joyda saqla-nadi. Uzum g'o'robi ishtaha ochish va ovqat hazm qilishni yaxshilash maqsadida salatlar

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rish mumkin-ki, uzum g'o'robida yuqori konsentratsiyali organik kalsiy tuzlari mavjud bo'lib, uning miqdori 21 120 mkg/g gacha (2,1%), bu standart namunalardan ikki baravar yuqori. Organik (ionlashgan) natriy va xlorning yuqori konsentratsiyali miqdori esa 11 445 dan 12 540 mkg/g gacha.

Shuningdek, mahsulot tarkibida yuqori konsentratsiyali organik tuz ko'rinishidagi kaliy mavjud: 662 770 (6,6%). Faqat uzum g'o'robidagina kaliy miqdori yuqori bo'ladi. Magniy esa 100 dan 152 570 mkg/g gacha.

Tadqiqotda uzum g'o'robi tarkibida essen-sial mikroelementlardan temir, rux, kobalt, marganes, xrom, selen, molibden va yod borli-gi ham aniqlandi (2-jadval).

bilan birga yoki sof ko'rinishda choy qoshiq va osh qoshiqda qabul qilinadi. Sharbati shaf-fof sarg'ish-jigarrangda bo'lib, nordon va te-tiklashtiruvchi ta'mga ega.

Uzum g'o'robi uzoq vaqt saqlanganda (2-3 yilgacha), biologik sifati o'zgarmaydi va ta'mi buzilmaydi. Issiqlik bilan ishlov berish jarayo-nida vitamin tarkibi pasayadi, minerallar kon-sentratsiyasi saqlanib qoladi.

Tadqiqot davomida sog'lom kishilar va bemorlar, ayniqsa, bolalarga profilaktika va davolash maqsadida mahsulot tarkibidagi kimyoviy elementlar tarkibi aniqlandi.

Tadqiqot natijalari

Mahalliy aholi tomonidan kam iste'mol qilinadigan tabiiy oziqaviy mahsulot bo'lgan uzum g'o'robi tarkibidagi makro- va mikro-elementlar tarkibi uch yo'nalishda tekshirildi. Qiymatlar soni O'zbekiston Respublikasi Fan-lar akademiyasi Yadro fizikasi instituti taqdim etgan o'simliklardagi standart tarkib qiymat-lariga muvofiq solishtirib aniqlandi - mkg/g (mg/kg) [10] (1-jadval).

1-jadval

2-jadvaldan ko'rinib turibdiki, uzum g'o'robida yuqori miqdorda temir konsentratsiyasi mavjud: 3566 mkg/g. Bu temir miqdori o'simliklardagi standart taqqoslash namunalaridan bir necha baravar yuqori. Ta'kidlash kerak-ki, boshqa hech qanday o'simlik mahsulotida temir moddasi shuncha miqdorda yuqori emas.

Mahsulot tarkibida sink o'rtacha konsent-ratsiyalarda 25 mkg/g ni tashkil qiladi, bu standart taqqoslash ma'lumotlaridan past.

Yuqori konsentratsiyadagi kobalt 21 mkg/g (mg/l)gacha mavjud.

Marganes eng yuqori konsentratsiyada uchraydi: 1000 mkg/g dan 1210 mkg/g gacha.

Selen muhim mikroelement sifatida past konsentratsiyalarda qayd etilgan: 0,1 mkg/g dan kam.

Uzum mahsuloti tarkibida makroelementlar miqdori (mkg/g)

Mahsulot Ca Na Cl Mg К

Uzum g'o'robi (n = 3) 2 600-21 120 444-11 445 5 500-12 540 100-152 570 31 000-662 770 (0,31-6,6%)

O'simliklardagi standart tarkib (Kist A.A., 1987) 12000 1500 2000 1200 15000

Yod past konsentratsiyada mavjud: 0,1 mkg/g. Uzum g'o'robi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida aniqlangan yodning bunday past konsentratsiyasi Zarafshon vodiysi yod tanqisligi biogeokimyoviy zo-nasi hisoblanishiga asos bo'lib, profilaktika

tadbirlarini o'tkazishda alohida e'tiborga olish zarur.

Xrom uzum g'o'robi tarkibidagi standart namunalardan 2,6 dan 10,4 mkg/g gacha, bu o'simliklardagi standart qiymatlardan 10 ba-ravar yuqori.

2-jadval

Uzum g'o'robi tarkibida mikroelementlar (mkg/g)

Mikroelementlar Uzum g'o'robi O'simlikdagi standart miqdor (Kist A.A., 1987)

Fе 3566 160

Zn 25 40

Co 0,12-21,6 0,1

МП 1000-1210 300

Se 0,01-0,1 0,5

I 0,1 0,1

Cr 2,6-10,4 1,3

Mo 0,54-55,6 0,5

Br 1-21,7 6

Ni 4,0 1

Au 0,048-0,057 0,02

Ag 0,01-0,17 0,15

Hg 0,42-0,07 0,01

Sc 0,004-0,05 0,01

Rb 5,3-46 20

Sb 0,13-1,06 0,02

La 0,1-0,005 0,6

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

U 0,77 -

Lu 0,01 -

Th 0,0034 -

Hf 0,014 0,1

Ba 3,6-364 5

Mahsulotda molibdenning yuqori konsentratsiyasi 56 mkg/g gacha ekanligi qayd etildi. Molibdenoz va molibden yetishmovchiligi-ning biologik roli bolalarda o'rganilmagan.

Uzum g'o'robi tarkibida standart namu-nalar doirasida shartli muhim mikroelement-lardan brom va nikelni o'rgandik. Ushbu ele-mentlar yetishmovchiligi izlanishlarni davom ettirishni talab qiladi.

Biz uzum mahsuloti tarkibida mavjud mikroelementlardan oltin va kumushni o'rga-nib chiqdik. Mahsulotda oltin va kumush juda past konsentratsiyalarda va standart namu-nalardan past, ya'ni 0,002 dan 0,17 mkg/g ekanligi aniqlandi.

Abiogen elementlardan rubidiy, skandiy va bariyni o'rgandik. Mahsulotda rubidiyning

konsentratsiyasi 5 dan 46 mkg/g gacha, bariy 3,6 dan 364 mkg/g gacha. Bolalarda bariy tanqisligi o'rganilmagan. Zaharlanishda o'tkir va surunkali baritozlar eng ko'p o'rganil-gan. Ovqat mahsulotlarida skandiy juda kam miqdorda bo'lib, 0,001 dan 0,01 mkg/g ga-chani tashkil etadi, bu muhim rol o'ynamaydi.

Ovqat mahsulotlari tarkibidagi agressiv toksik elementlardan simob o'rganib chiqil-di. O'rganilayotgan mahsulotlarda simob miqdori 0,07 dan 0,42 mkg/g gacha bo'lib, bu ichimlikning xavfsiz ekanligini ko'satadi.

Tadqiqot natijalari tahlili

Uzum g'o'robida organik kalsiy tuzlari yuqori miqdorda mavjud. Shu bois uzum g'o'robi qo'shimcha ovqatlar shaklida emizik-li ayollar va 1 yoshdan oshgan bolalar uchun

kalsiy yetishmovchiligining oldini olish ham-da davolashda tavsiya etilishi mumkin. Gipo-kalsemiyada oziq-ovqat bilan birga kalsiy preparatlari buyuriladi.

Uzum g'o'robi tarkibida organik natriy va xlor miqdori yuqori bo'lganligi sababli natriy va xlor tanqisligining oldini olishda xavf guruhidagi bolalar, shuningdek, turli hazm qilish bilan bog'liq kasalliklarda, qayt qilish va diareya bilan og'rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Giponatremiya belgilari aniqlanganda, kasallik natriy va xlor preparatlari yoki giper-tonik eritmalar shaklida oddiy osh tuzi bilan davolaniladi.

Mahsulotda kaliy miqdori yuqori bo'lganligi sababli profilaktika va hatto terapevtik maqsadlarda davolash va ozuqaviy qo'llab-quvvatlash uchun gipokaliemiya belgilari ku-zatilgan emizikli ayollar va bolalarga tavsiya etilishi mumkin.

Oziqlantiruvchi vosita sifatida tarkibida magniy miqdori yuqori bo'lgan uzum g'o'robi 1 yoshdan oshgan bolalar va magniy yetish-movchiligi xavfi ostida bo'lgan emizikli ayol-larga belgilangan gipomagnezemiyaning oldi-ni olish va davolashda tavsiya etilishi mumkin.

Uzum g'o'robi tarkibida, shuningdek, mikroelementlardan temir ham ko'p. Temir miqdori o'simliklardagi standart taqqoslash namunalaridan bir necha baravar yuqori. Shuni ta'kidlash kerakki, boshqa hech qan-day mahsulotda bunday yuqori miqdorda temir mavjudligi aniqlanmagan. Bu borada uzum g'o'robini terapevtik va profilaktik biosubstrat sifatida ishonch bilan tavsiya qilish mumkin.

Tarkibida kobaltning yuqori konsentra-tsiyasi ovqatlanishni qo'llab-quvvatlashning asosiy ko'rsatkichidir. Mahsulot kobalt ye-tishmovchiligi xavfi ostida bo'lgan "Ona-bola" tizimida profilaktikaning muhim qismidir. Kobalt yetishmovchiligida kobalt (B12 vitamini) va uning kombinatsiyalangan preparatlarini o'z ichiga olgan preparatlar tavsiya etiladi.

Uzum g'o'robi terapevtik va profilaktik mahsulot sifatida marganes va temir tan-qisligida tavsiya etilishi maqsadga muvofiq, chunki marganes temirning sinergisti va

uning ichakdan so'rilishiga yordam beradi. Bir nechta olimlar (Rubenstein A.H. va boshq., 1962) insulinga sezgir bo'lmagan diabet ka-salligida odamlarda marganes va buzilgan glyukoza almashinuvi o'rtasidagi munosabat-ni aniqladilar. Bemorga marganes xlorid erit-masini tayinlash qondagi glyukoza konsen-tratsiyasining gipoglikemiyagacha sezilarli darajada pasayishiga olib keldi. Amaliyotdan olingan dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, uzum g'o'robi tarkibida yuqori miqdorda marga-nesning bo'lishi qandli diabetda ijobiy ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq. Bu borada ilmiy izla-nishlar olib borilmoqda.

Selen essensial mikroelement sifatida or-ganizmda muhim fiziologik funksiyalarni ba-jaradi. Bu mikroelement profilaktik maqsadlarda, Keshan kasalligini terapevtik davolashda hamda kvashiorkor, fenilketonuriya va "za-rang siropi hidi kasalligi"da selen preparatlari yordamida to'liq parenteral oziqlantirish bilan biokimyoviy ko'rsatkichlarning normal-lashishi va ijobiy terapevtik ta'sirga ega. Olingan ma'lumotlar A.P. Avtsyn va b. [2]ning tad-qiqotlarida keltirilgan bo'lib, ularda selenning inson o'simta hujayralariga bevosita zarar yetkazuvchi ta'siri haqida yozilgan. Ushbu tushunchalarga asoslanib aytish mumkinki, uzum g'o'robini uzoq muddat iste'mol qilish o'sma kasalliklarining oldini olishda foydali bo'lishi mumkin.

Uzum g'o'robidagi xrom standart namu-nalardan o'n barobar ko'p bo'lib, bu mahsu-lotning yuqori biologik ahamiyatini ko'rsata-di. Qon oqimida xrom transferrin bilan birga temir va xrom uchun tashuvchi hisoblanadi. Xrom insulin ta'sirini oshirish orqali metabo-lik jarayonlarga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Kun davomida xromga bo'lgan talab o'zgarib tura-di: 50-200 mkg. Shu bilan birga, an'anaviy par-hezda ham 33-125 mkg xrom bo'lishi zarur. Shakar va yuqori darajada tozalangan bug'doy unidan tayyorlangan nonda ham (2,7 mkmol/ kg) kam miqdorda xrom mavjud. Agar sha-kar tanadan xrom yo'qotilishini kuchaytirsa, unda "Ona-bola" tizimida ushbu elementning sezilarli darajada yetishmovchiligi borligini taxmin qilish mumkin. Olingan ma'lumotlar-

ga asoslanib aytish mumkinki, emizikli ona va bolaning ratsioniga uzum g'o'robini kiritish xrom yetishmovchiligi rivojlanish xavfini ka-maytiradi.

Uzum g'o'robidagi molibdenning yuqori miqdori muhim mikroelement sifatida molibden tanqisligida tavsiya etilishi mum-kin, ammo bolalar uchun molibdenning roli o'rganilmoqda. Ushbu elementlar bilan bog'liq nutritsion yetishmovchilik holati borasida izlanishlar davom etmoqda.

Abiogen elementlar hayvonlar metabo-lizmida o'z o'rnini egalladi, chunki ular-ning reaktivligi past. Litosferada keng tarqa-lishiga qaramay, ular dengiz organizmlari metabolizmida ishtirok etadi. Bu abiogen elementlarning quruqlikdagi turlari meta-bolizmidagi keyingi raqobatini aniqlashga yordam beradi (patologiyaga olib keladi). Abiogen elementlardan rubidiy oziq-ovqat-larda eng yuqori konsentratsiyada topilgan. Uni muhim mikroelementlarga yaqinroq deb hisoblash mumkin. Breyn elementlari sut emizuvchilarda miya impulslarini o'tkazish-da ishtirok etadi. Bu elementlarning bolalar organizmidagi funksional roli o'rganilma-gan. Ular organizmda metabolik jarayonlarda ishtirok etishi mumkin [3]. Bu mahalliy flora oziq-ovqat mahsulotlarining ona va bola orga-nizmi uchun zararsizligini ko'rsatadi.

Metil simob bilan zaharlanishning klinik ko'rinishi eng ko'p o'rganilgan. Zarafshon vo-diysi hududida yetishtiriladigan uzum g'o'ro-bi tarkibidagi abiogen va zaharli elementlar-ni tahlil qilganimizda, simob va skandiy kabi zaharli elementlar juda past darajada ekanligi ayon bo'ldi. Bu esa ushbu mahsulotning xavf-sizligi va zararsizligidan dalolat beradi.

SanPIN talablariga muvofiq foydalanish-ga yaroqliligini aniqlash uchun uzum g'o'robi tarkibidagi radionuklidlar, bakteriyalar, zaharli moddalar va pestitsidlar o'rganildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasi quyidagi xulosani beradi:

1. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, Cs-137, Sr-90 radionuklidlari tavsiya etilgan me'yor doirasida va SanPiN O'zR № 0366-19 No 3, 44-son talablariga to'liq javob beradi.

2. Xulosa SanPiN RUz, No 0366-19: qabul qilingan sana 01.08.2020. Uzum g'o'robida umumiy mikroblar MAFAM CFU 1.0 GOST 10444.15-94 -4,6x10 \ 2 (norma - 5x10 \ 3); BGKP GOST 31747-2012 aniqlanmagan; kasallik qo'zg'atuvchi patogen flora, shu jumladan, salmonellalar 25.0 GOST 316592012 da aniqlanmagan; zamburug' 1.0 GOST 10444.2-2013 da CFU aniqlanmadi.

3. SanPiN RUz talablariga javob beradi-gan uzum g'o'robi zaharli elementlar, shaxsiy yorlig'i, pestitsidlar tarkibi: SanPiN 0366-19 GOST 26929-94 GOST 26927-26130-2633486 xulosa: Uzum g'o'robi - SanPin0366-19 ta-lablariga javob beradi. (Bayonnoma No0211-12 /03 1-2, 2020-yil 15-yanvar).

Xulosalar

1. Uzum g'o'robida kalsiy, natriy, xlor, ka-liy, magniy yuqori konsentratsiyasining or-ganik tuzlari mavjud (21 120 mkg/g, 12 540 mkg/g, 662 770 mkg/g, 15 257 mkg/g gacha). Shu nuqtai nazardan, uzum g'o'robi profilak-tika va qo'shimcha ovqatlar shaklida laktatsi-ya davridagi ayollar va 1 yoshdan oshgan bo-lalar uchun ushbu elementlar yetishmasligini davolashda tavsiya etilishi mumkin.

2. Muhim mikroelementlardan temir va marganes uzum g'o'robining eng yuqori konsentratsiyasini o'z ichiga oladi (mos ra-vishda 3 566 mkg/g, 210 mkg/g gacha). Bun-day miqdor o'simliklardagi standart namu-nadagidan bir necha baravar yuqori. Uzum g'o'robida molibden, rux, kobalt va xrom o'rt-acha konsentratsiyalarda (mos ravishda 56 mkg/g, 25 mkg/g, 21 mkg/g va 10,5 mkg/g gacha), selen va yod past konsentratsiyalar-da topilgan (1 mkg/g gacha). Shu nuqtai nazardan, uzum g'o'robini gipomikroelemen-tozlar uchun terapevtik va profilaktik biosubstrat sifatida ishonch bilan tavsiya qilish mumkin.

3. Zarafshon vodiysi hududida yetishtiri-ladigan uzum g'o'robi tarkibidagi abiogen va zaharli elementlarni tahlil qilishda simob va skandiy kabi zaharli elementlarning juda past darajada ekanligini aniqladik, bu esa mahsulotning xavfsizligi va zararsizligini ko'rsatadi.

4. SanPiN talablariga muvofiq foydalanish-ga yaroqliligini aniqlash uchun uzum g'o'ro-bi tarkibidagi radionuklidlar, bakteriologik tadqiqotlar, zaharli moddalar va pestitsidlar o'rganildi. Bu uzum g'o'robi O'zbekiston Res-publikasi SanPiN talablariga to'liq javob beri-shini ko'rsatdi.

5. Mikroelementlar tanqisligini davolash va oldini olish, bolalarning o'sishi va rivojla-nishini optimallashtirish, shuningdek, kam

o'rganilgan va kam qo'llaniladigan, mikronut-riyentlarning yuqori konsentratsiyasini o'z ichiga olgan milliy tabiiy mahsulot - uzum g'o'robidan ozuqaviy va mikroelementlarni qo'llab-quvvatlashda foydalanish mumkin. Bu, o'z navbatida, organizmning mikronut-riyent holati va uning funksiyalari tiklanish jarayonlarini tezlashtirish hamda "Ona-bola tizimi"dagi hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Abdulkhakov I.U., Karomatov I.D. Vinogradnik, vinograd, izyum - primeneniye v meditsine (obzor literatury) [Vineyard, grapes, raisins - use in medicine (literature review)]. Modern science - to the society of the XXI century. Logos Center of scientific knowledge. Ed. I.N. Titarenko. Uzbekistan, BukhTI, Stavropol, 2016, pp. 35-76.

2. Avtsyn A.P., Zhavoronkov F.F., Rish M.A., Strochkova L.S. Mikroelementozy cheloveka [Human microelementoses]. Moscow, 1991.

3. Bgatov A.V. Biogennaya klassifikatsiya khimicheskikh elementov [Biogenic classification of chemical elements]. Philosophy of science, 1999, no. 2 (6), p. 8.

4. Kormleniye i pitaniye grudnykh detey i detey rannego vozrasta. Metodicheskiye rekomendatsii dlya Yevropeyskogo regiona VOZ s osobym aktsentom na respubliki byvshego Sovetskogo Soyuza [Feeding and nutrition of infants and young children. Guidelines for the WHO European Region with a special focus on the republics of the former Soviet Union]. WHO. European series, Denmark, 2001, 369 p.

5. Rasulov S.K., Bobomuratov T.A., Dzhurayeva Z.A. Mediko-sotsial'naya okhrana materinstva i detstva s uchetom defitsita mikronutriyentov: nutritsionnaya podderzhka i profilaktika [Medical and social protection of motherhood and childhood, taking into account the deficiency of micronutrients: nutritional support and prevention]. Republic of Moldova, Turope, Lamdert acadimic Publishing, 2022, 198 p. Available at: www.morebooks.shop/.

6. Khoroshilov I.Ye. Klinicheskoye pitaniye i nutritsionnaya podderzhka [Clinical nutrition and nutritional support]. St. Petersburg, 2018.

7. Danilova Ye.A., Kist A.A., Osinskaya N.S., Khusniddinova S.KH., Mikhol'skaya I.N. Bioekologicheskiy monitoring Tashkenta i Tashkentskoy oblasti [Bioecological monitoring of Tashkent and Tashkent region]. Chemistry and Ecology - 2015. Proceedings of the International Conference. Ufa, UGNTU Publishing House, 2015, pp. 264-269.

8. Igamberdiyeva P.K., Usmanov R.D., Danilova Ye.A. Issledovaniye makro- i mikroelementnogo sostava lekarstvennykh rasteniy yuzhnoy Fergany i perspektivy primeneniya ikh pri lechenii zabolevaniy [Study of the macro- and microelement composition of medicinal plants of southern Fergana and the prospects for their use in the treatment of diseases]. Pharmaceutical Journal, 2015, no. 3, pp. 7-11.

9. Kodentsova V.M. Vrzhesinskaya O.A. Risnik D.V. Analiz otechestvennogo i mezhdunarodnogo opyta ispol'zovaniya obogashchennykh mikroelementami pishchevykh produktov i yodirovaniya soli [Analysis of domestic and international experience in the use of micronutrient-enriched foods and salt iodization]. Trace elements in medicine, 2015, no. 16 (4), pp. 3-20.

10. Kist A.A. Fenomenologiya biogeokhimii i bioneorganicheskoy khimii [Phenomenology of biogeochemistry and bioinorganic chemistry]. Tashkent, 1987.

11. Ingerleyb M., Samoylenko M. Tselebnyye soki [Healing juices]. 2022. Available at: www.books. google.com/.

12. Lashina Ye.L., Kolyaskina M.M., Lyagutina A.P. Klinicheskiy opyt primeneniya spetsializirovannykh pishchevykh produktov v sostave diyeticheskogo pitaniya pri boleznyakh zheludochno kishechnogo trakta [Clinical experience with the use of specialized food products as part of dietary nutrition in diseases of the gastrointestinal tract]. Proceedings of the 25th United Russian Gastroenterological Week. Moscow, 2019, October 7-9, p. 70.

13. Stepakova N.N. Razrabotka tekhnologii i formirovaniye kachestva sokosoderzhashchikh napitkov na osnove rastitel'nogo syr'ya dal'nego vostoka [Development of technology and formation of the quality of juice-containing drinks based on vegetable raw materials of the Far East]. PhD thesis. Kemerovo, 2021.

Taqrizchi: Shavazi N.M., tibbiyot fanlari doktori, professor. Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-sonli pediatriya kafedrasi mudiri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.