Научная статья на тему 'MEXATRONIKA VA ROBOTOTEXNIKADA VIRTUAL LABARATORIYALARDAN FOYDALANISH'

MEXATRONIKA VA ROBOTOTEXNIKADA VIRTUAL LABARATORIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
590
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
VVB / Arduino / plata / mexatronika / robototexnika / ta’lim / jarayon. / VVB / Arduino / board / mechatronics / robotics / education / process.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Yunusali Yuldashaliyevich Husanov, Shuhrat Maxmudjonovich Abdullayev, Abdusalom Mutalibovich Sattorov

Ushbu maqolada mexatronika va robototexnikada ishlatib kelinadiga mexatron qurilmalarni ulash va boshqarish, Arduino platasini o’quv jarayoniga qo‘llah kabi ma’lumotlar berilgan. Hozirgi kunda juda keng miqyosda rivojlanib borayotgan robototexnika qurilmalarini virtual sharoitda samarali foydalanish bo’yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF VIRTUAL LABORATORIES IN MECHATRONICS AND ROBOTOTECHNICS

This article provides information on how to connect and control mechatron devices used in mechatronics and robotics, and how to use the Arduino board in the learning process. Recommendations for the effective use of robotic devices in virtual environments, which are currently developing on a very large scale.

Текст научной работы на тему «MEXATRONIKA VA ROBOTOTEXNIKADA VIRTUAL LABARATORIYALARDAN FOYDALANISH»

MEXATRONIKA VA ROBOTOTEXNIKADA VIRTUAL LABARATORIYALARDAN FOYDALANISH

Yunusali Yuldashaliyevich Shuhrat Maxmudjonovich Abdusalom

Husanov Abdullayev Mutalibovich Sattorov

Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mexatronika va robototexnikada ishlatib kelinadiga mexatron qurilmalarni ulash va boshqarish, Arduino platasini o'quv jarayoniga qo'llah kabi ma'lumotlar berilgan. Hozirgi kunda juda keng miqyosda rivojlanib borayotgan robototexnika qurilmalarini virtual sharoitda samarali foydalanish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: VVB, Arduino, plata, mexatronika, robototexnika, ta'lim, jarayon.

USE OF VIRTUAL LABORATORIES IN MECHATRONICS AND

ROBOTOTECHNICS

ABSTRACT

This article provides information on how to connect and control mechatron devices used in mechatronics and robotics, and how to use the Arduino board in the learning process. Recommendations for the effective use of robotic devices in virtual environments, which are currently developing on a very large scale.

Keywords: VVB, Arduino, board, mechatronics, robotics, education, process.

KIRISH

Fan - texnikaning rivojlanishi va axborot texnologiyalari sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi muammolarni yechishga imkon beradi. Ta'lim tizimida o'quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko'rsatkichlari bo'yicha jahon andozalari darajasiga ko'tarish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yurtimizda keng joriy etish metodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi.

Hozirgi kunda barcha texnika oliy o'quv yurtlarida va maktablarda "Mexatronika va robototexnika" fanidan mashg'ulotlar olib borilmoqda. Dars berish jarayonida talabalarning diqqatini o'rganilayotgan mavzuga qaratish oson ish emas, ayniqsa Mexatronika fanidan. Shu ma'noda talabalarning bilimlarini oshirish uchun kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanishni maqsadga muvofiq bo'ladi. Chet ellarda fanlarni o'qitishda foydalanilayotgan kompyuter resurslarini tahlil qilinganda loyihalash faniga oid bo'lgan (simulyatorlar, animatsiya va video roliklar, virtual laboratoriya ishlarini

modellashtirish imkoniyatini beruvchi) dasturiy ta'minotlar bazasini to'plashga erishildi. Shuningdek, boshqa fanlarga oid bo'lgan dasturiy ta'minotlar bazasi yaratildi. Yuqorida ko'rsatilgan dasturlarni ommalashtirish maqsadida va talabalarga dars jarayonida o'tiladigan multmedia ma'ruzalarini oldindan ularga taqdim etish maqsadida "Ta'limda yangi qarash" shiori ostida tizim yaratilgan. Bu tizimdan talabalar va o'qituvchilar fanlardan ma'ruzalarning elektron ko'rinishini ko'chirib olishlari va virtual laboratoriya ishlarini to'g'ridan-to'g'ri on line rejimda bajarishlari mumkin bo'ladi.

Bu an'anaviy uslubda talaba nazariy materialarni o'rganib chiqib, o'rgangan bilimini mustahkamlash uchun masala yechadi va laboratoriya ishlarini bajaradi. Bunda o'quvchi nazariy va amaliy bilimga ega bo'ladi. Bu an'anaviy uslubda fanni o'rganish albatta o'z samarasini beradi. Lekin loyihalash fani misolida bir jarayonni keltirib o'taman. Ko'pgina loyihaviy masalalarni yechishda talaba masaladan kelib chiqqan holatda ishni nazariy hal qiladi, kerak bo'lsa, tahlil qiladi. Mana shu bilan masala yechish jarayoni tugaydi. Lekin talaba shu ishlagan loyihani tajribada tekshirib ko'rish imkoniyatiga ega bo'lmaydi.

NATIJALAR

Haqiqatdan ham, svetodiodni yoqish programmasini tayorlab yozganda sodir bo'ladigan jarayonlar qanday bo'lishini tasavvur etishimiz qiyin bo'ladi. Taklif etayotgan noan'anaviy o'qitish uslubi yuqorida keltirilgan muammoni hal qilishga yordam beradi (1-rasm).

Nazariy material

Kompyuterda modellashtirish

Masala yechish

Labaratoriya ishlari

Virtual labaratoriya ishlari

1-rasm. Loyihalash fanlarining noan'anaviy o'qitish sxemasi. Biz taklif qilayotgan sxemada «Kompyuterda modellashtirish» va "Virtual laboratoriya" ishlari bilan to'ldirilsa, yuqorida keltirilgan kamchiliklar bartaraf etiladi. Bu talabadan o'rganilayotgan muammoning mohiyatini chuqur his qilishni va tuzgan dasturini mohiyatini chuqur tushunishga yordam beradi. Bunday mashg'ulotlarni tashkillashtirish uchun ta'lim tizimida Arduino platformasi uchun yatatilgan "Virtual breadboard" (VBB) dasturidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Bu dasturdan hozirda uy sharoitida professor o'qituvchi va talabalar foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi.

"Virtual bread board" (VBB) dasturi talabalari uchun "Mexatronika va robototexnika" fannini chuqurroq o'zlashtirishda hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish imkonnini beradi. Bundan tashqari, VBB dasturidan elektrotexnika, elektr zanjirlar nazariyasini o'rganish kurslarida ham foydalanish mumkin.

2-rasm. VBB dasturining ko'rinishi Dastur elektron konstruktor bo'lib, u monitor ekranida arduino platasini va unga ulash kerak bo'ladigan barcha jihozlarni yig'ish jarayonini xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitatsiya qilish imkoniyatini beradi.

Masalan, dasturda Arduino platasida svetadiod, DC motor, regulyatorlar, va boshqa elementlarni ulash hamda boshqarish, kabi simulyatsiyalarni bajarish mumkin. Bu dasturda:

Robototexnikaga oid detallarining tasviri va o'lchov asboblarining sxematik va haqiqiy ko'rinishda berilgan;

Jarayonning to'ri bajarilishini nazorat qilish mumkim;

Ko'pgina jarayonlar va ularning natijalari tovushli effektlar orqali ifodalanadi.

3-rasm. VBB dasturida svetodiodlarni ulash

Bularning barchasi, talaba o'zi yo'l qo'ygan xatolarini ko'rishi, muvaffaqiyatsiz bajarilgan tajribaning sabablarini aniqlashni o'rganishi va ulash sxеmalarini tajribani haqiqiy qurilmalarda bajarishdan oldin tahlil qilish ko'nikmalarini hosil qilishi mumkin.

MUHOKAMA

Bu dastur, kasbi kim bo'lishidan qat'iy nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o'rgatadi.

Dastur imkoniyatlari juda keng bo'lib, undan amaliy mashg'ulotlarda (ya'ni masalalar yechishda) ayniqsa, virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin. Dasturning bunday imkoniyati talabaning darsdan zerikishining, e'tibori pasayishining oldini oladi. Bu esa ma'lum ma'noda ta'lim samaradorligiga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

Bu dasturni internet brauzerdan saytidan olishingiz mumkin. Arduino uno platasi haqida.

Bu dastur talabalari uchun "Mexatronika asoslari" va "Texnik tizimlarni boshqarish" fannini chuqurroq o'zlashtirishda hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish imkonnini beradi. Bu qurilmada professor o'qituvchilar va talabalar auditoriyada va uy sharoitida ham raqamli dastur bilan boshqariladigan jihozlar uchun virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin. Bu plata orqali bajarilgan loyiha ishlari haqida aniq tasavvur ega bo'ladilar.

3-rasm. Arduino platasi dasturi

XULOSA

1. Yuqorida keltirilgan dasturlardan foydalangan holda o'qish jarayonini tashkillashtirilsa, talabalar fanga qiziqish bilan yondashadilar.

2. Yuqorida tavsiya qilayotgan dasturlardan foydalangan holda o' quv j arayoni tashkillashtirilsa, talabalar fanlarni chuqur o'rganishlariga sabab bo'ladi.

REFERENCES

1. V.Hamidov. Ta'lim tizimida keskin burilishga sabab bo'lgan 4 dastur haqida. infoCOM.uz. 2009.

2. Y.Y.Husanov. Mexatronika asoslari o'quv qo'llanma. 2020 yil

3. 7. Fayzimatov S. N., Xusanov Y. Y., Valixonov D. A. Optimization Conditions Of Drilling Polymeric Composite Materials //The American Journal of Engineering and Technology. - 2021. - Т. 3. - С. 22-30.

4. 8. Fayzimatov B. N., Numanovich F. S., Khusanov Y. Y. Perspective drilling methods, non-technological holees in polymeric composite materials //International Journal of Engineering Research and Technology. - 2021. - Т. 13. - №. 12. - С. 48234831.

5. 9. Fayzimatov B. N., Xusanov Y. Y. PROBLEMS OF GLASS SURFACE QUALITY FORMATION FOR MECHANICAL PROCESSING //Scientific-technical journal. - 2018. - Т. 22. - №. 2. - С. 35-39.

6. 10. Xusanov Y. Y., Valixonov D. A. O. G. L. POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARDAN TAYYORLANGAN DETALLARNI PARMALASHNI ASOSIY KO 'RINISHLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 11691174.

7. 11. Хусанов Ю. Ю. Мамасидиков БЭУ ПОЛИМЕР КОМПОЗИТ МАТЕРИАЛЛАРНИ ПРАМАЛАШДА КИРИНДИЛ ОСИЛ БУЛИШ ЖАРАЁНИ ТАДЖИК КИЛИШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 95-104.

8. 12. Хусанов Ю. Ю., Таштанов Х. Н. У., Сатторов А. М. МАШИНА ДЕТАЛЛАРНИ ПАРМАЛАБ ИШЛОВ БЕРИЛАДИГАН НОТЕХНОЛОГИК ЮЗАЛАР ТУРЛАРИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 1322-1332.

9. 13. Хусанов Ю. Ю., Нематжонов Х. А. У. НОТЕХНОЛОГИК ЮЗАЛАРНИ ПАРМАЛАБ ИШЛОВ БЕРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЛИЛИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 1160-1168.

10. 14. Хусанов Ю. Ю., Тухтасинов Р. Д. У. ПОЛИМЕР КОМПОЗИТ МАТЕРИАЛЛАРГА МЕХАНИК ИШЛОВ БЕРИШНИНГ ЗАРУРАТИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 866-869.

11. 15. Файзиматов Ш. Н., Анвархужаев Т. Б. У., Рахмонов С. Ш. У. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИИ БОРИРОВАНИЕ СТАЛЕЙ ИЗ ОБМАЗОК ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЖАРОСТОЙКОСТИ И ИЗНОСОСТОЙКОСТИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 1455-1460.

12. 16. Файзиматов Б. Н., Мирзаев М. А. У. КЕСУВЧИ АСБОБНИНГ КЕСУВЧИ КИСМИНИ ЕЙИЛИШИНИ ВИБРОАКУСТИК УСУЛ БИЛАН АНИКЛАШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 794-801.

13. 17. Васильков Д. В., Кочина Т. Б., Файзиматов Б. Н. ОЦЕНКА ПРЕДЕЛЬНЫХ ВОЗМОЖНОСТЕЙ МЕТАЛЛОРЕЖУЩИХ СТАНКОВ ПРИ ИЗГОТОВЛЕНИИ И РЕМОНТЕ НЕФТЯНОГО ОБОРУДОВАНИЯ //Ответственный редактор: Погонышев ДА, канд. биол. наук, проректор по научной работе, ФГБОУ ВО «Нижневартовский государственный университет» Редакционная коллегия: Малышева НН, канд. техн. наук, Нижневартовский государственный университет Мостовенко ЛВ, канд. техн. наук, Нижневартовский государственный университет. - 2021. - С. 13.

14. 18. Абдурахмонов С. М., Кулдашов О. Х., Файзиматов Б. Н. Система для обеспечения орнитологической безопасности в аэропортах гражданской авиации //Безопасность труда в промышленности. - 2020. - №. 10. - С. 61-64.

15. 19. Файзиматов Б. Н. и др. ПРИМЕНЕНИЕ КЛАССИФИКАТОРОВ ISO ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ УДЕЛЬНОЙ СИЛЫ РЕЗАНИЯ //Культура, наука, образование: проблемы и перспективы. - 2019. - С. 691-696.

16. 20. Файзиматов Ш. Н. и др. КИЧИК ДИАМЕТРГА ЭГА БУЛГАН ЧУ^УР ТЕШИКЛАРНИ ДОРНАЛАР ЁРДАМИДА ИШЛОВ БЕРИШДА ЮЗА АНЩЛИГИНИ ОШИРИШ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 181-187.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.