Научная статья на тему 'METALLARNI KORROZIYALANISHI VA ULARNI OLDINI OLISH SAMARODORLIGI'

METALLARNI KORROZIYALANISHI VA ULARNI OLDINI OLISH SAMARODORLIGI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
1582
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
korroziya / yemirilish / kimyoviy korroziya / gaz korroziyasi / katod qoplama / anod qoplash. / corrosion / decay / chemical corrosion / gas corrosion / cathode coating / anode coating.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Effectiveness Of Corrosion Of Metals And Their Prevention

Ushbu maqolada metallarni korroziyalanish sabablari, muammolari, korroziyaning salbiy oqibatlari va ularni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullar, yechimlar va samarodorlik to‘g‘risida aytib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF CORROSION OF METALS AND THEIR PREVENTION

This article discusses the causes and problems of metal corrosion, the negative consequences of corrosion and the methods, solutions and effectiveness developed to prevent them.

Текст научной работы на тему «METALLARNI KORROZIYALANISHI VA ULARNI OLDINI OLISH SAMARODORLIGI»

METALLARNI KORROZIYALANISHI VA ULARNI OLDINI OLISH

SAMARODORLIGI

Maksadjon Muxtarovich Akramov

Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada metallarni korroziyalanish sabablari, muammolari, korroziyaning salbiy oqibatlari va ularni oldini olish bo'yicha ishlab chiqilgan usullar, yechimlar va samarodorlik to'g'risida aytib o'tilgan.

Kalit so'z: korroziya; yemirilish; kimyoviy korroziya; gaz korroziyasi; katod qoplama; anod qoplash.

EFFECTIVENESS OF CORROSION OF METALS AND THEIR PREVENTION

Maksadjon Mukhtarovich Akramov

Fergana Polytechnic Institute

ABSTRACT

This article discusses the causes and problems of metal corrosion, the negative consequences of corrosion and the methods, solutions and effectiveness developed to prevent them.

Keywords: corrosion; decay; chemical corrosion; gas corrosion; cathode coating; anode coating.

KIRISH

Mashinosozlikda foydalaniladigan ko'pchilik metallar havo, suv, kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari ta'sirida yemiriladi. Bu hodisa korroziya deyiladi. Korroziya so'zi lotincha «corrodore» - yemirilish degan ma'noni anglatadi. Korroziya o'zining fizik-kimyoviy harakteri jihatidan ikki xil bo'ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya [1-6]. Metallarda qanday turdagi korroziya sodir bo'lishi metallni qurshab turgan muhitga bog'liq bo'ladi. Metallarga quruq gazlar (kislorod, sulfid angidrid, vodorod sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va x.k.), elektrolit bo'lmagan suyuqliklar ta'sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo'ladi. Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko'p uchraydi, shuning uchun bunday yemirilish metallarning gaz korroziyasi deb ham ataladi. Gaz korroziyasi ayniqsa, metallurgiyaga katta zarar keltiradi. Temir va po'lat buyumlarini gaz korroziyasidan saqlash uchun ularning sirti alyuminiy bilan qoplanadi.

1-rasm. Metall sirtlarining korroziyalanishi.

Suyuq yoqilg'ilar ta'sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy korroziya jumlasiga kiradi. Suyuq yoqilg'ining asosiy tarkibiy qismlari metallarni korroziyalantirmaydi, lekin, neft va surkov moylari tarkibidagi oltingugurt, vodorod sulfid va oltingugurtli organik moddalaring metallarga ta'siri natijasida korroziya vujudga keladi. Suvsiz sharoitidagina bu ta'sir namoyon bo'ladi. Suvda elektrokimyoviy korroziyaga aylanadi [7-14].

2-rasm. Metall sirtlarining elektrokimyoviy korroziyalanishi.

Elektrolitlar ta'sirida bo'ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Ko'pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichiq galvanik elementlar hosil bo'lishi natijasida sodir bo'ladi [15-19].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Galvanik elementlar hosil bo'lishiga sabab: 1) ko'p metallar tarkibida qo'shimcha sifatida boshqa metallar bo'lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan, nam havoda temirga mis metali tegib to'rgan bo'lsin. Bunda galvanik element hosil bo'ladi (temir - anod, mis - katod vazifasini o'taydi). Temir oksidlanadi:

Fe - 2e-= Fe2+ Bu elektronlar katod sirtida havo kislorodini qaytaradi:

O2 + 2H2O = 4e- + 4OH-

Fe2+ ionlari OH- ionlari bilan birikib, Fe(OH)2 ni hosil qiladi; Fe(OH)2 havo kislorodi va namlik ta'sirida Fe(OH)3 ga aylanadi;

Fe(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Fe(OH)3

Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar vodorod ionlari mo'l bo'lsa, temirdan chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi.

2H++2e- = 2H = H2

Temir qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda sustroq sodir bo'ladi, temir ruxga tegib tursa, zanglamaydi, chunki, temir ruxga qaraganda asl metaldir; elektrolitlar ishtirokida rux bilan temir hosil qilgan galvanik elementda rux - anod, temir - katod vazifasini bajaradi [20-24].

Metallarni korroziyadan saqlash uchun bir necha choralar qo'llaniladi:

a) metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash;

b) metall sirtini metall bo'lmagan moddalar bilan qoplash;

v) metallarga turli qo'shimchalar kiritish;

g) metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash.

MUHOKAMA

Metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash usullaridan biri anod qoplash hisoblanadi. Bu maqsadda ishlatiladigan metallning standart elektrod potensiali metallarning aktivlik qatorida korroziyadan saqlanishi kerak bo'lgan metallnikiga qaraganda manfiy qiymatga ega bo'lishi lozim. Masalan, temirni rux bilan qoplash (anod qoplash) nihoyatda katta foyda keltiradi, chunki temir buyum uning sirtini qoplagan ruxning hammasi tugamaguncha yemirilmaydi.

Temirni qalay bilan qoplanganda katod qoplama olinadi, chunki qoplovchi metall qoplanuvchi metallga nisbatan aslroq. Katod qoplamaning biror joyi ko'chsa, himoya qilinuvchi metall, ya'ni temir juda tez yemiriladi [25-27].

NATIJA

Metallarning sirtini lak, bo'yoq, rezina, surkov moylari (solidol, texnik vazelin) bilan qoplash, emallash va hokazolar metallarni korroziyadan saqlaydi.

3-rasm. Metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash usullari. a) katod va anod bilan qoplangan xolati; b) metal sirtining oldingi xolati.

XULOSA

Hozirgi kunda metallarning korroziyalanishi detallarning yuza tozaligiga kata ta'sir ko'rsatadi [28-30]. Shuning uchun metallal sirtlarini boshqa metallar bilan, metall bo'lmagan moddalar bilan, metallarga turli qo'shimchalar kiritish orqali va metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash orqali korroziyalanishdan saqlanib kelinmoqda. Bunday usullar orqali metallarni korroziyalanish oldi olinmoqda.

REFERENCES

[1] Хусанбоев, Абдулкосим Мамажонович, Зулфия Эралиевна Тошкузиева, and Салима Собировна Нурматова. "ПРИЁМ ДЕЛЕНИЯ ОСТРОГО УГЛА НА ТРИ РАВНЫЕ ЧАСТИ." Проблемы современной науки и образования 1 (146) (2020).

[2] Хусанбоев, Абдулкосим Мамажонович, Алишер Ахмаджон Угли Ботиров, and Доно Тошматовна Абдуллаева. "Развертка призматического колена." Проблемы современной науки и образования 11-2 (144) (2019).

[3] Отакулов О. Х. и др. КОМПРЕССОР ВАЛЛАРИДАГИ САЛБИЙ ТИТРАШЛАРНИ БАРТАРАФ ЭТИШДА КИМЁВИЙ ТЕРМИК ИШЛОВ БЕРИБ ЦЕМЕНТИТЛАШ ЖАРАЁНИНИНГ МЕТОДОЛОГИЯСИ ВА АФЗАЛЛИКЛАРИ //МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ. - 2020. - С. 312-316.

[4] Tojiboyev R. K., Muxtorov A. M. O. G. L. AVTOOYNA ISHLAB CHIQARISHDA OYNAKLARNI VAKUUMLASH TURLARI VA ULARDA ISHLATILUVCHI VAKUUM XALQALAR KONSTRUKSIYASI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 681-686.

[5] Юсуфжонов, О. F., and Ж. F. Fайратов. "ШТАМПЛАШ ЖАРАЁНИДА ИШЧИ ЮЗАЛАРНИ ЕЙИЛИШГА БАРДОШЛИЛИГИНИ ОШИРИШДА МОЙЛАШНИ АДАМИЯТИ." Scientific progress 1.6 (2021): 962-966.

[6] Omonov, Abduqahhor Abdiraxmon O'G'Li. "HAVO YOSTIQLI KONVEYERLARNING FIK NI OSHIRISH." Scientific progress 1.6 (2021): 967-971.

[7] Рубидинов, Шохрух Fайратжон Угли. "Бикрлиги паст валларга совук ишлов бериш усули." Scientific progress 1.6 (2021): 413-417.

[8] Qosimova, Z. M. "Influence of The Design of The Rolling Roller on The Quality of The Surface Layer During Plastic Deformation on the Workpiece." (2021).

[9] Fayzimatov, Sh, and Sh Rubidinov. "DETERMINATION OF THE BENDING STIFFNESS OF THIN-WALLED SHAFTS BY THE EXPERIMENTAL METHODOLOGICAL METHOD DUE TO THE FORMATION OF INTERNAL

STRESSES." International Engineering Journal For Research & Development 6.2 (2021): 5-5.

[10] Юсупов, Сардорбек Маъруфович, et al. "КОМПАЗИЦИОН МАТЕРИАЛЛАРНИ БОРЛАШ." Scientific progress 1.4 (2021).

[11] Nomanjonov, S., et al. "STAMP DESIGN." Экономика и социум 12 (2019): 101104.

[12] Тешабоев, Анвар Эргашевич, et al. "Машинасозликда юза тозалигини назоратини автоматлаш." Scientific progress 1.5 (2021).

[13] Mamirov, Abdurashid, and Abduqahhor Omonov. "APPLICATION OF VACUUM CAPTURING DEVICES IN MECHANICAL ENGINEERING." Интернаука 42-2

(2020): 73-75.

[14] Мамуров, Элдор Турсунович, Замира Медатовна Косимова, and С. С. Собиров. "РАЗРАБОТКА ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ CAD-CAM ПРОГРАММ." Scientific progress 2.1 (2021): 574-578.

[15] Мамуров, Элдор Турсунович, Замира Медатовна Косимова, and Рамиль Русланович Гильванов. "ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРОГРАММ ДЛЯ РАСЧЕТОВ ОСНОВНОГО ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ВРЕМЕНИ." Scientific progress 2.1 (2021): 918-923.

[16] Мамуров, Элдор Турсунович, Замира Медатовна Косимова, and Денис Игоревич Джемилов. "Повышение производительности станков с числовым программным управлением в машиностроении." Science and Education 2.5 (2021): 454-458.

[17] Косимова, Замира Медатовна, Элдор Турсунович Мамуров, and Ахроржон Назиржон угли Толипов. "Повышение эффективности средств измерения при помощи расчетно-аналитического метода измерительной системы." Science and Education 2.5 (2021): 435-440.

[18] Omonov, Abduqahhor, and Baxodir Tilobov. "THE IMPORTANCE OF GLASSING THE INTERIOR WALLS OF PIPES." ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ. 2020.

[19] Abduqodirov, Nurzod Shavkatjon O'G'Li, et al. "XOM PAXTANI QURITISH VA TOZALASH UCHUN REGRESSIYA MODELINI QURISH." Scientific progress 2.1

(2021): 687-693.

[20] SHIRINKHON, TURAKHUDJAEVA, TURAKHUJAEVA AZIZAKHON, and SAIDMAKHAMADOV NOSIR. "Methods For Reducing Metal Oxidation When Melting Aluminum Alloys." International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology 7.10 (2020): 77-82.

[21] Nomanjonov S. N. Increase The Wear Resistance And Service Life Of Dyes Based On Modern Technologies //The American Journal of Engineering and Technology. -2020. - Т. 2. - №. 12. - С. 67-70.

[22] Nomanjonov S. et al. STAMP DESIGN //Экономика и социум. - 2019. - №. 12. - С. 101-104.

[23] Юсуфжонов О. F., Еайрагов Ж. F. ШТАМПЛАШ ЖАРАЁНИДА ИШЧИ ЮЗАЛАРНИ ЕЙИЛИШГА БАРДОШЛИЛИГИНИ ОШИРИШДА МОЙЛАШНИ АХАМИЯТИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 962-966.

[24] Qosimova Z. M. Influence of The Design of The Rolling Roller on The Quality of The Surface Layer During Plastic Deformation on the Workpiece. - 2021.

[25] Рубидинов Ш. F. У. Бикрлиги паст валларга совук ишлов бериш усули //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 413-417.

[26] Рубидинов Ш. F. У., Акбаров К. И. У. МАШИНАСОЗЛИКДА СОЧИЛУВЧАН МАТЕРИАЛЛАРНИ ТАШИШДА ТРАНСПОРТЕР ТИЗИМЛАРИНИНГ АХАМИЯТИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 182-187.

[27] Тешабоев А. Э. и др. Машинасозликда юза тозалигини назоратини автоматлаш //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5.

[28] Fayzimatov S., Rubidinov S. DETERMINATION OF THE BENDING STIFFNESS OF THIN-WALLED SHAFTS BY THE EXPERIMENTAL METHODOLOGICAL METHOD DUE TO THE FORMATION OF INTERNAL STRESSES //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. -Т. 6. - №. 2. - С. 5-5.

[29] Юсупов С. М. и др. КОМПАЗИЦИОН МАТЕРИАЛЛАРНИ БОРЛАШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 4.

[30] O'Lmasov Ahadjon Akramjon O. G. et al. NEW APPROACHES IN THE DIAGNOSIS AND MONITORING OF ROTOR OSCILLATIONS USING SHAFT SENSORS //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.