Научная статья на тему 'METALL YUZASINI KOROZIYABARDOSH QOPLAMALAR BILAN QOPLASHDA KIMYOVIY-TERMIK ISHLOV BERISH AHAMIYATI'

METALL YUZASINI KOROZIYABARDOSH QOPLAMALAR BILAN QOPLASHDA KIMYOVIY-TERMIK ISHLOV BERISH AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
668
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dissotsiatsiya / absorbsiya / diffuziya / sementitlash / azotlash / xromlash. / Dissociation / absorption / diffusion / cementing / nitriding / chrome plating

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Akramov, Muxammadali, Rubidinov, Shoxrux, Dumanov, Ravshanbek

Ushbu maqolada metallarga kimyoviy-termik ishlov berishni melallarga tasiri va usullari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF ChEMICAL AND THERMAL TREATMENT IN CORROSIBLE COATING OF METAL SURFACES

This article describes the effects and methods of chemical-thermal treatment of dies on melts.

Текст научной работы на тему «METALL YUZASINI KOROZIYABARDOSH QOPLAMALAR BILAN QOPLASHDA KIMYOVIY-TERMIK ISHLOV BERISH AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

METALL YUZASINI KOROZIYABARDOSH QOPLAMALAR BILAN

QOPLASHDA KIMYOVIY-TERMIK ISHLOV BERISH AHAMIYATI

Muxammadali Akramov

Shoxrux Rubidinov Ravshanbek Dumanov

Farg'ona politexnika instituti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada metallarga kimyoviy-termik ishlov berishni melallarga tasiri va usullari keltirilgan.

Tayanch so'zlar: Dissotsiatsiya, absorbsiya, diffuziya, sementitlash, azotlash, xromlash.

THE IMPORTANCE OF ChEMICAL AND THERMAL TREATMENT IN CORROSIBLE COATING OF METAL SURFACES

ABSTRACT

This article describes the effects and methods of chemical-thermal treatment of dies on melts.

Keywords: Dissociation, absorption, diffusion, cementing, nitriding, chrome plating.

ВАЖНОСТЬ ХИМИЧЕСКОЙ И ТЕПЛОВОЙ ОБРАБОТКИ ПРИ КОРРОЗИОННОМ ПОКРЫТИИ МЕТАЛЛИЧЕСКИХ ПОВЕРХНОСТЕЙ

АННОТАЦИЯ

В статье описаны эффекты и методы химико-термической обработки штампов на расплавах.

Ключевые слова: диссоциация, абсорбция, диффузия, цементирование, азотирование, хромирование.

KIRISH

Mashinasozlik rivojlanib borar ekan xalq xo'jaligi maxsulotlari sifati ortib, og'irligi kamayib bormoqda. Mahsulot sifatining ortishiga ishlab chiqarishda zamonaviy dastgoh va moslamalardan, ilg'or ishlov berish usullaridan foydalanish sabab bo'lmoqda. Mahsulot og'irligi kamayishiga sabab hozirgi, mashinalarni ko'plab qismlari zagotovkasi list materiallaridan tayyorlamoqda. Bu esa mashinalarni ishonchliligni oshirish bilan xizmat vazifasini orttirish imkonini bermoqda. Shuni

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ham ta'kidlash kerakki hozirgi zamonaviy mashinalarning ko'rinishi, bejirim va ko'rkam jihatidan ajralib turadi [7, 9, 12].

Ma'lumki, ko'pgina metall hamda uning qotishmalaridan tayorlanadigan detellaa termik boshqa ishlovlarga berilishiga qaramay, tashqi muhitlar (havo, suv, kislota, ishqor) ta'sirida korroziyaga berilib yemiriladi.

Bularning oldini olish borasida bir necha usullarni o'rganib, metallarni xizmat vazifasini ya'ni korroziyaga bardoshligi orttirishning eng maqbul usuli bu kimyoviy-termik ishlov berishidan foydalanib shtampni ishchi yuzasini sifatini saqlagan holda chidamliligini ortirishdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kimyoviy-termik ishlash metall strukturasi va xossalarini o'zgartirish maqsadida uning sirtqi qatlamiga kimyoviy va termik ta'sir etish jarayonidir. Kimyoviy-termik ishlash natijasida korroziyaga bardoshligi, sirtining qattiqligi, yeyilishga chidamliligi, kislotaga bardoshligi kabi xossalari ortadi. Metalldan yasalgan detalni uzoq muddat ishlashini oshirish uchun mustaxkamlash eng samarali usullardan bo'lganligi sababli kimyoviy-termik ishlash mashinasozlikda keng tarqalgan.

O'lchamlari va shakli turlicha bo'lgan detallarga kimyoviy-termik ishlov berib, bir xil qalinlikda ishlov berilgan qatlam olish mumkin. Kimyoviy-termik ishlashda sirtqi qatlamning kimyoviy tarkibi o'zgarishi tufayli detal sirti bilan o'zak xossalarida farq bo'ladi.

Kimyoviy-termik ishlashda qizdirish turli kimyoviy elementli bo'lganligidan bu protsess ushbu elementlar atomlarining temir kristall panjarasiga diffuziyalanishiga asoslangan. Kimyoviy-termik ishlash uchta jarayondan tashkil topgan: dissotsiatsiya -aktiv atomar holatdagi to'yintiruvchi element olish (2NH 2H+ZN2;SS4 S+2N2 va hokazo); absorbsiya - to'yintiruvchi element aktiv atomlarining metall sirtida yutilishi; diffuziya - tuyintiruvchi element atomlarining metall sirtidan ichki qatlamlari tomon surilishi.

Har uchala jarayonning tezligi o'zaro moslangan bo'lishi zarur, absorbsiya va diffuziya uchun to'yintiruvchi element asosiy metall bilan o'zaro reaksiyaga kirishib yo qattiq eritma, yoki kimyoviy birikma hosil qilishi kerak. Agar asosiy metall va to'yintiruvchi element mexanik aralashma hosil qilsa, kimyoviy - termik ishlash mumkin emas. Diffuziyalanuvchi elementning kirib borish chuqurligi to'yinish temperaturasi va davomiyligiga, shuningdek, po'lat tarkibi, asosan legirlovchi elementlarning borligiga bog'liq bo'ladi.

Kimyoviy-termik ishlov berishni har-xil usullari mavjud ulardan sementitlash

(detal sirtini uglerodga to'yintirish), sianlash (detal sirtini uglerod va azotga

495

Scientific Journal Impact Factor

O

to'yintirish), borlash (bor bilan to'yintirish), xromlash (xrom bilan to'yintirish) va boshqalar kimyoviy-termik ishlashning ko'p tarqalgan xillaridir.

Sementitlash detal sirtini ma'lum muhitda qizdirib, uglerod bilan diffuznoy tuyintirishdan iborat kimyoviy-termik ishlash jarayonidir[3, 5]. Sementitlash natijasida detal sirtki qatlamining qattiqligi, yeyilishga chidamliligi, egilish va buralishdagi chidamlilik chegarasi ortadi. Ishqalanish sharoitida, katta bosim va siklik yuklanish ostida ishlaydigan shesternya, porshen halqalari, taqsimlash vallari kabi detallar sementitlanadi. Sementitlangan qatlam qalinligi (chuqurligi) 0,5 - 2,5 mm ga yetadi. Detal uchun shartli ravishda detal sirtidan strukturasida perlit bilan ferrit miqdori taxminan bir xil bo'ladigan hudud yarmisigacha bo'lgan sementitlangan qatlam qalinligi olinadi. Termik ishlov berilgandan so'ng sirtqi qatlam strukturasi martensit yoki qattiqligi NRS 60 - 64 bo'lgan ozgina miqdordagi karbidli martensitdan iborat bo'ladi.

Azotlash - sirtqi qatlamning qattiqligini, korroziyaga chidamliligini yeyilishga chidamliligini, oshirish maqsadida ushbu qatlamni azotga to'yintirishdan iborat kimyoyaviy-termik ishlov berish jarayonidir.

Azotlangan qatlam qalinligi sementitlangan qatlamnikiga qaraganda ancha yuqori bo'lib, 400 - 600°S da ham saqlanadi, vaholanki sementitlangan martensit strukturali qatlam qattiqligi 200 - 250°S haroratda saqlanadi. Tarkibida alyuminiy, xrom, titan bo'lgan 35XMYUA, 40X, 18XGT, 40XNMA kabi legirlangan po'latlar

Azotlashdan oldin detallar toblanadi, yuqori temperaturada bo'shatilib, ularning mexanik xossalari yaxshilanadi. Azotlangan qatlam qalinligi 0,2 - 0,6 mm ga yetadi. Azotlangan qatlam yaxshi silliqlanadi va jilolanadi. Avtomobil detallari (shesternyalar, tirsakli vallar), shuningdek shtamplar, press qoliplar va hokazolar azotlanadi. Azotlash natijasida detal o'lchamlari bir oz kattalashadi. Shuning uchun azotlangan detallarning 0,02 - 0,03 mm qalinlikdagi qatlami uzil-kesil silliqlanib olib tashlanadi (masalan, tirsakli val bo'yinlari qayta silliqlanadi).

Azotlash jarayoni to'g'ri tasavvur qilish uchun Fe-N sistemasining holat diagrammasi bilan tanishib chiqdik. Bunday diagramma 1-rasmda tasvirlangan bir fazali sohalar shtrixlab qo'yilgan[2, 4, 6].

Fe-N sistemasida quyidagi fazalar hosil bo'lishi mumkin:

azotlanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

A3om MUKdopu %

1-rasm. Fe-N sistemasi holat diagrammasining bir qismi.

a)-faza, bu faza azotning a-temirdagi qattiq eritmasi (azotli ferrit). Azotli ferritda 591°S temperdagi 0,42%, 18°S temperaturada esa 0,10% chamasi azot bo'ladi.

b) y-faza azotning y-temirdagi qattiq eritmasi (azotli austenit). Azotli austenit

evtektoid temperaturasi (591°S)dan yuqori teperaturadagina mavjud bo'la oladi.

f

Po'lat sekin sovitilsa 591°S da azotli austenit parchalanib, evtektoid (a+y ) hosil qiladi, evtektoid tarkibida 2,35% azot bo'ladi. Po'lat tez sovitilsa, y-fazadan azotli

martensit hosil bo'ladi.

f

v) y -faza, bu temir nitrid bo'lib, uning kimyoviy tarkibi Fe4N formula bilan

f

ifodalanadi; Fe4N ning kristall panjarasi yoqlari markazlashgan kubdir; y -fazada 5,9% azot bo'ladi .

g) e-faza, bu faza temirning Fe4N tarkibli nitridi bo'lib, uning kristall panjarasi geksagonal panjaradir.

Azotlash, odatda 500—600°S temperaturada ammiakli muhitda o'tkaziladi. Ammiak atom holatdagi aktiv azot ajralib chiqishi bilan parchalanadi: 2NN32N+6N. Pechga qo'yilgan germetik berk mufelda bu haroratda azot po'latning sirtqi qatlamiga kiradi, legirlovchi elementlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, xrom, molibden, volfram nitridlarini hosil qiladi. Legirlovchi elementlarning nitridlari po'lat-ning qattiqligini NRS 70 gacha oshiradi. Azotlangan oddiy konstruksion po'latlarning qattiqligi pastroq, uglerodli po'latlarniki esa juda ham past bo'ladi, chunki ularda maxsus nitridlar hosil bo'lmaydi. Shuning uchun ham uglerodli po'latlar faqat korroziyaga qarshi azotlanadi.

Scientific Journal Impact Factor

Xromni yeyilgan sirtlarga yetkazish jarayoni ko'pincha 0,25 - 0,3 mm yeyilgan detallarni tiklashda, shuningdek ularni zanglashdan saqlashda qo'llaniladi.

Xromli qoplamalar ko'kimtir oq rangda bo'ladi. Detalga yotqizilgan xrom qattiqligi NV 800 - 1000, yeyilish va zanglashga qarshiligi katta bo'ladi. Xrom bilan tiklangan detallarning xizmat muddati ish sharoitlariga qarab 4 - 10 marta oshadi. Xromli qoplamalarni xom va toblangan po'latlarga yotqizish mumkin.

(jj ii A/dti- fi) tt A/du'

2-rasm Qattiq yuzali (T) va yeyilishga chidamli (I) xrom qoplamasi.

a) CrO3 -150 g/l konsentratsiyasi b) CrO3 - 250 g/l konsentratsiyasi

Xromlash texnologik jarayoni detallarni xromlashga tayyorlash, xususan xromlash, xromlangan detallarni yuvish, zarur bo'lsa mexanik ishlov berishdan iborat. Xromlashga tayyorlash detallarni kir, moy va zangdan tozalash, silliqlash, ishqorli qaynoq eritmada (kalsiy oksidi va magniy oksidi aralashmasida) yuvish, ishqalash, qaynoq va sovuq suvda yuvish. Xromlanmaydigan joylarni berkitish, detallarni osmaga o'rnatish, elektrolitik yog'sizlantirishdan iborat. Detalning tiklanadigan sirti to'g'ri geometrik shaklga keltiriladi. Chizilgan va tirnalgan joylar yo'qotilib, g'adir-budirligi 0,63 - 0,16 mkm ga keltiriladi. Detallar yuvish tog'oralarida va qo'lda yuviladi hamda g'adir-budirlik darajasiga qarab, tanlangan jilvirtosh bilan silliqlanadi.

Hozirgi kunda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 20172021 yillarida O'zbekiston Respublikasini yanadan rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasida, jumladan «....milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash asosida uning raqobatdoshligini oshirishning strategik yo'nalishlarini yanada takomillashtirish» [1] vazifasi belgilab berilgan. Mazkur vazifani amalga oshirishda texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish, ularni unumdorligini, ishonchliligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda olingan natijalar ma'lum darajada xizmat qiladi. Ishlab chiqarishni qo'llab quvvatlash va mahsulotlarni mahalliylashtirishga oid juda xam ko'p farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.

Scientific Journal Impact Factor

О

XULOSA

Kimyoviy - termik ishlov berishni to'g'ri tanlash list materiallariga ishlov berish jarayonini 1-2 marotaba shtamp chidamliligini ortirishga imkon yaratmoqda. Bu hozirgi zamon mashinasozlik sanoatida juda keng qo'llanilmoqda va iqtisodiy jihatdan sifatli, arzon mahsulot olishda samarali natijalar ko'rsatmoqda.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatni birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi-T: "O'zbekiston" NMIU,2016.-56 b.

2. O.X,aMpoKynoB. ABTOMO6HH geTarnapHHH nmnam KoSnnHtfraHH KaftTa THKnam. «YKHTyBHH» 2002 h.

3. Nodir, T. (2021). Development Of Technology To Increase Resistance Of High Chromium Cast Iron. The American Journal of Engineering and Technology, 3(03),

4. Turakhodjaev, Nodir, et al. "EFFECT OF METAL CRYSTALLATION PERIOD ON PRODUCT QUALITY." Theoretical & Applied Science 11 (2020): 23-31.

5. Рубидинов, Ш. F. У. (2021). Бикрлиги паст валларга совук ишлов бериш усули. Scientific progress, 1(6), 413-417.

6. SHIRINKHON, TURAKHUDJAEVA, TURAKHUJAEVA AZIZAKHON, and SAIDMAKHAMADOV NOSIR. "Methods For Reducing Metal Oxidation When Melting Aluminum Alloys." International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology 7.10 (2020): 77-82.

7. Тураходжаев, Нодир Джахонгирович, et al. "ОК ЧУЯННИНГ БАРКАРОР СТРУКТУРАСИНИ ТАЪМИНЛАЙДИГАН ТЕХНОЛОГИЯ ИШЛАБ ЧЩИШ ВА УНИ ИШЛАБ ЧИКАРИШ ШАРОИТИДА ЖОРИЙ КИЛИШ." Journal of Advances in Engineering Technology 1 (2020).

8. Тешабоев, А. Э., Рубидинов, Ш. F. У., Назаров, А. F. У., & Fайратов, Ж. F. У. (2021). Машинасозликда юза тозалигини назоратини автоматлаш. Scientific progress, 1(5).

9. Рубидинов, Шохрух Гайратжон Угли, and Жасурбек Гайратжон Угли Fайратов. "КУП ОПЕРАЦИЯЛИ ФРЕЗАЛАБ ИШЛОВ БЕРИШ МАРКАЗИНИНГ ТАНА ДЕТАЛЛАРИГА ИШЛОВ БЕРИШДАГИ УНУМДОРЛИГИНИ ТАХЛИЛИ." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.9 (2021): 759-765.

85-92.

Scientific Journal Impact Factor

о

10. Nomanjonov, S., Rustamov, M., Rubidinov, S., & Akramov, M. (2019). STAMP DESIGN. Экономика и социум, (12), 101-104.

11. Рубидинов, Ш. F. У., & Акбаров, К. И. У. (2021). МАШИНАСОЗЛИКДА СОЧИЛУВЧАН МАТЕРИАЛЛАРНИ ТАШИШДА ТРАНСПОРТЕР ТИЗИМЛАРИНИНГ АДАМИЯТИ. Scientific progress, 2(2), 182-187.

12. Рубидинов, Шохрух Fайратжон Угли, and Жасурбек Fайратжон Угли Fайратов. "ШТАМПЛАРНИ ТАЪМИРЛАШДА ЗАМОНАВИЙ ТЕХНОЛОГИЯ ХРОМЛАШ УСУЛИДАН ФОЙДАЛАНИШ." Scientific progress 2.5 (2021): 469473.

13. Тешабоев, Анвар Эргашевич, et al. "Машинасозликда юза тозалигини назоратини автоматлаш." Scientific progress 1.5 (2021).

14. Рубидинов, Шохрух Fайратжон Угли. "Бикрлиги паст валларга совук ишлов бериш усули." Scientific progress 1.6 (2021): 413-417.

15. Nomanjonov, S., et al. "STAMP DESIGN." Экономика и социум 12 (2019): 101-104.

16. Рубидинов, Ш. Г. У., & Fайратов, Ж. Г. У. (2021). КУП ОПЕРАЦИЯЛИ ФРЕЗАЛАБ ИШЛОВ БЕРИШ МАРКАЗИНИНГ ТАНА ДЕТАЛЛАРИГА ИШЛОВ БЕРИШДАГИ УНУМДОРЛИГИНИ ТАХЛИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 759-765.

17. Nodir, Turakhodjaev. "Development Of Technology To Increase Resistance Of High Chromium Cast Iron." The American Journal of Engineering and Technology 3.03 (2021): 85-92.

18. Рустамов, Мухаммадазим Акбаралиевич. "МЕТОДЫ ТЕРМИЧЕСКОЙ ОБРАБОТКИ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ПРОЧНОСТИ ЗУБЧАТЫХ КОЛЕС." Scientific progress 2.6 (2021): 721-728.

19. Рубидинов, Ш. F. У., & Fайратов, Ж. F. У. (2021). ШТАМПЛАРНИ ТАЪМИРЛАШДА ЗАМОНАВИЙ ТЕХНОЛОГИЯ ХРОМЛАШ УСУЛИДАН ФОЙДАЛАНИШ. Scientific progress, 2(5), 469-473.

19. Turakhodjaev, N., Saidmakhamadov, N., Turakhujaeva, S., Akramov, M., Turakhujaeva, A., & Turakhodjaeva, F. (2020). EFFECT OF METAL CRYSTALLATION PERIOD ON PRODUCT QUALITY. Theoretical & Applied Science, (11), 23-31.

20. Рубидинов, Шохрух Fайратжон Угли, and Камолиддин Инхомали Угли Акбаров. "МАШИНАСОЗЛИКДА СОЧИЛУВЧАН МАТЕРИАЛЛАРНИ ТАШИШДА ТРАНСПОРТЕР ТИЗИМЛАРИНИНГ АДАМИЯТИ." Scientific progress 2.2 (2021): 182-187.

Scientific Journal Impact Factor

о

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

21. SHIRINKHON, T., AZIZAKHON, T., & NOSIR, S. (2020). Methods For Reducing Metal Oxidation When Melting Aluminum Alloys. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(10), 77-82.

22. Тураходжаев, Н. Д., Одилов, Ф. У., Асатов, С. Н., & Акрамов, М. М. У. (2020). ОК ЧУЯННИНГ БАРКАРОР СТРУКТУРАСИНИ ТАЪМИНЛАЙДИГАН ТЕХНОЛОГИЯ ИШЛАБ ЧИКИШ ВА УНИ ИШЛАБ ЧИКАРИШ ШАРОИТИДА ЖОРИЙ КИЛИШ. Journal of Advances in Engineering Technology, (1).

23. Рустамов, М. А. (2021). МЕТОДЫ ТЕРМИЧЕСКОЙ ОБРАБОТКИ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ПРОЧНОСТИ ЗУБЧАТЫХ КОЛЕС. Scientific progress, 2(6), 721-728.

24. Umurzakova, G. R., Mukhtorov, D. N., & Mukhammadzhonov, M. S. (2019). Preimushchestva al'ternativnykh istochnikov energii. Vestnik nauki i obrazovaniya, (19-3), 73

25. Умурзакова, Г. Р., Мухторов, Д. Н. У., & Мухаммаджонов, М. Ш. У. (2019). Преимущества альтернативных источников энергии. Вестник науки и образования, (19-3 (73)).

26. Мухаммаджонов, М. Ш. У. (2019). Исследование использования асинхронных машин при уменьшении энергетических потерь. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)).

27. Mukhammadyusuf, M., Sherzod, P., & Behzod, A. (2020). Study of compensation of reactive power of short-circuited rotor of asynchronous motor. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5),

28. Таиров, Ш. М., & Абдуллаев, Б. Б. У. (2020). Чрезвычайные и критические изменения климата в странах центральной Азии. Universum: технические науки,

29. Юсуфжонов, О. F., & Еайратов, Ж. F. (2021). ШТАМПЛАШ ЖАРАЁНИДА ИШЧИ ЮЗАЛАРНИ ЕЙИЛИШГА БАРДОШЛИЛИГИНИ ОШИРИШДА МОЙЛАШНИ АДАМИЯТИ. Scientific progress, 7(6), 962-966.

30. Юсупов, С. М., Fайратов, Ж. F. У., Назаров, А. F. У., & Юсуфжонов, О. F. У. (2021). КОМПАЗИЦИОН МАТЕРИАЛЛАРНИ БОРЛАШ. Scientific progress, 1(4).

625-628.

(2-1 (71)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.