Научная статья на тему 'МЕДСЕСТРА ХИРУРГИЧЕСКОГО ОТДЕЛЕНИЯ: ОПЫТ КОРОЛЕВСТВО ИСПАНИИ, ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН'

МЕДСЕСТРА ХИРУРГИЧЕСКОГО ОТДЕЛЕНИЯ: ОПЫТ КОРОЛЕВСТВО ИСПАНИИ, ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Сестринское дело / повышение квалификации / международные отношения.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Долиева Санобар Хусановна

В последнее двадцать лет глобальное развитие информационных технологий содействовал улучшению диагностики и малоинвазивного лечения в медицине. А также, созданные условия для широкого развития частного сектора привело к развитию конкуренции среди частных и государственных клиник Республики Узбекистан. Однако внедрение современных диагностических и лечебных технологии создал необходимость постоянного повышения квалификации как врачей, так и медсестер. Одним из многообещающих направление повышения квалификации медицинских сестер является их стажировки в развитых странах мира.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «МЕДСЕСТРА ХИРУРГИЧЕСКОГО ОТДЕЛЕНИЯ: ОПЫТ КОРОЛЕВСТВО ИСПАНИИ, ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН»

МЕДСЕСТРА ХИРУРГИЧЕСКОГО ОТДЕЛЕНИЯ: ОПЫТ КОРОЛЕВСТВО ИСПАНИИ, ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ В РЕСМПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Долиева Санобар Хусановна

Республиканский научный центр экстренной медицинской помощи Ташкентский областной

филиал

В последнее двадцать лет глобальное развитие информационных технологий содействовал улучшению диагностики и малоинвазивного лечения в медицине. А также, созданные условия для широкого развития частного сектора привело к развитию конкуренции среди частных и государственных клиник Республики Узбекистан. Однако внедрение современных диагностических и лечебных технологии создал необходимость постоянного повышения квалификации как врачей, так и медсестер.

Одним из многообещающих направление повышения квалификации медицинских сестер является их стажировки в развитых странах мира.

Ключевые слова: Сестринское дело, повышение квалификации, международные отношения.

JARROHLIK BO'LIMI HAMSHIRASI: ISPANIYA QIROLLIGI TAJRIBASI, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Tibbiyot va sog'liqni saqlash tizimiga yangi tibbiy tashxisot, davolash va profilaktika texnologiyalarni kirib kelishi tizimda nafaqat tashkiliy o'zgarishlarni, balki tibbiy xodimlarni tayorlash va qayta tayorlashga yangicha yondashuvni talab etib boradi.

Hamshiralarni tayorlash va qayta tayorlashda ularni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishlarini yo'lga qo'yish jarayonni zamon talablariga mos ravishda amalga oshirish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: hamshiralik ishi, malaka oshirish, xalqaro aloqalar.

NURSE OF SURGICAL UNIT: EXPERIENCE OF SPAIN, PROSPECTS OF DEVELOPMENT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

In the last two decades, the global technological development has contributed to improved diagnosis and minimally invasive treatment in medicine. And also, development of private sector enabled for competition among private and public clinics of the Republic of Uzbekistan. However, the introduction of modern diagnostic and treatment technologies has created the need for continuous training of both doctors and nurses.

One of the promising areas for advanced training of nurses is their training in developed countries of the world.

Key words: nursing, advanced training, international relations.

Kirish. Oxirgi ikki o'n yillikda global texnologik taraqqiyot sog'liqni saqlash sohasida, xususan tibbiyotning tashxisot va kam invaziv usulda davolash yo'nalishlarida misli ko'rinmagan rivojlanishlarga turtki bo'ldi.

Sog'liqni saqlash va tibbiy xizmatni yanada jadal rivojiga yana bir turtki bo'lgan omil sifatida sog'liqni saqlash tizimiga xususiy sektorni kirib kelishini ham e tirof etish mumkin. Chunki sog'liqni saqlash tizimiga xususiy sektorni kirib kelishi nafaqat klinikalar o'rtasida, balki davlat hamda xususiy klinikalar orasida ham o'zaro raqobat - rivojlanish muhitini yaratdi.

Biroq yuqorida zikr etilgan ijobiy o'zgarishlar tibbiy xizmatning barcha jabhalarida bir maromda sodir bo'lmadi. Chunki global texnologik taraqqiyot tibbiyotning zamonaviy instrumental tekshiruv, tashxisot va davolash usullari rivojiga ijobiy tasir eta olgan bo'lsada tibbiy xizmatning boshqa yo'nalishlarining to'laqonli rivoji uchun tizimli ravishda yo'lga qo'yilgan mutaxasislarning tajriba almashinuvlari, klinik rotasiyalari hamda malaka oshirishlar orqali erishilishi oydinlashib qoldi.

Mavzuning dolzarbligi. Tajriba almashinuv hamda ular asosida ichki tizimli islohatlar natijasida rivojlanadigan yo'nalishlardan biri sifatida tibbiy xizmatning ajralmas tashkiliy qismi bo'lgan hamshiralik ishi yo'nalishini misol qilish mumkin. Chunki bu yo'nalish harchand urinib o'tkazilgan islohatlarga iqtibos keltirsakda xanuz eski-ittifoq davrlaridan keskin farq qilmaydi.

Tibbiyot va sog'liqni saqlash tizimiga yangi tibbiy tashxisot, davolash va profilaktika texnologiyalarni kirib kelishi tizimda nafaqat tashkiliy o'zgarishlarni, balki tibbiy xodimlarni, xususan hamshiralarni tayorlash va qayta tayorlashga yangicha yondashuvni talab etib boradi.

Oxirgi yillarda davlat raxbari tomonidan har bir sohaning ustuvor yo'nalishlarini rivojlantirish maqsadida turli jabha, soha vakillari va rahbarlariga yangicha dunyoqarash, yangicha fikrlash, izlanish hamda dunyoning nufuzli davlatlari bilan progressiv aloqalarni o'rnatishga bot bot undalmoqda. Bunday tavsiyalar, tibbiyotning ustuvor yo'nalishlari uchun ham muhimdir. Jumladan dunyoning nufuzli tibbiy markazlari, tibbiyot Universitetlari hamda Universitet klinikalari bilan progressive aloqalarni yo'lga qo'yish bilan dolzarb vazifalardandir.

Shu o'rinda shuni takidlash kerakki, oxirgi 10 yillikda O'zbekiston Respublikasi SSV tasarrufidagi davlat muassasalari tomonidan dunyoning nufuzli mamlakatlari klinik, markaz va Universitetlari bilan o'rnatilgan kelishuvlar, anglashuv memorandumlari hamda bitimlarining aksariyati amaliy jihatdan faol emas. Ular go'yoki statistika va reyting uchun shakllantirilgandek. Muommoning ildizi faqat moliya bilan bog'liq bo'lmay, balki soxada har bir mamlakat va yo'nalish uchun aloqani qo'llab quvvatlab turuvchi mutaxasislarni yo'qligi yoki e'tibor hamda qo'llab quvvatlovni yo'qligidadir. Bu kabi muommolar sog'liqni saqlash tizimida hamshiralarni xorijiy malaka oshirishlari yo'nalishida yaqqol namoyon bo'ladi.

Ushbu maqola hamshiralik ishini Ispaniya qirolligi Santyago de kompostela Universiteti klinikasi (Clínico Universitario de Santiage de Compostela) safar davomida kardioxirurgiya, otorinolaringologiya va operatsiya bloki jarrohlik hamshiralarining ish faoliyatini amaliy o'rganish natijalari asosida yozildi.

1 - rasm. Santyago de kompostela Universiteti klinikasi Ispaniyada hamshiralik faoliyati. Ispaniya Qirolligi Sog'liqni saqlash tizimi Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan keskin farq qilmaydi. Tizimning asosiy farqli dominant jihati tibbiyot

klinikalarining markazlashganligi va yagona informatsion platformaga ulanmaganligi hamda sog'liqni saqlash tizimini sotsial himoya tizimi bilan chambarchas bog'liqligidir.

Mamlakatda tug'ulish soni kamayib borishi sabab bazi sohalarda mutaxasislar yetishmovchiligi mavjud. Jumladan 2024 yil aprel oyidagi malumotlarga ko'ra sog'liqni saqlash tizimida hamshiralar tanqisligi yaqqol kuzatilayotgan Yevropa mamlakatlaridan biridir. Mamlakatda 44 ming hamshira uchun extiyoj bor.

2- rasm. Santyago de kompostela Universiteti klinikasi operatsiya bloki hamshirasining jarrohlikka asboblarni tartib bilan tayorlash jarayoni

Ispaniya Qirolligi Sog'liqni saqlash tizimida hamshiralar Oliy talim muassasalari tarkibidagi ''Hamshiralar maktabi''(Escuale de enfermeras)larida tayyorlanishadi va O'zbekistondagidan farqli o'laroq ular bakalavr darajasiga egadirlar. Keyinchalik esa ular turli yo'nalishlar bo'yicha master darajasini olib yo'nalishlarda faoliyat yuritishadi.

Hamshiralar qaysi yo'nalishda bo'lishmasin ularni faoliyati uchun litsenziya talab etiladi. Bundan tashqari hamshiralar orasida yordamchi (auxiliary de enfermeria) hamshiralar ham faoliyat yuritib ular o'z faoliyatlarini hamshiralar nazorati ostida olib borishadi.

Yirik Universitet shifoxonalarida hamshiralar odatda hamshiralar asosiy va ikkilamchi turlarga bo'linib asosiylari doim bir bo'lim doirasida faoliyat yuritishsa ikkilamchilari rotasiya asosida ishlashadi.

Operatsiya bo'limi hamshirasi. Kasalxonalarda operatsiya bloki shoshilinch va rejaliga ajratilgan bo'lib shoshilinch operatsiyalar bloki odatda birinchi qavatda joylashadi. Operatsiya hamshiralari doimo bir joyda ishlaydigan hamshiralar bo'lib ula rotasiyada ishtirok etishmaydi. Qolgan barcha hamshiralar rotasiya jadvali asosida bir yilda kamida ikkita bo'limda faoliyat yuritishadi. Bo'limlarda ko'pchilik tekshiruvlarni hamshiralar o'tkazib natijasini esa shifokorlar informatsiya tizimi orqali kirib o'qib olishadi. Xususan Otorinolaringologiya bo'limida hamshiralar audiometriya, timpanimetriya va xatto vestibulometriya tekshiruvlarini ham o'zlari o'tkazishadi.

3-rasm. Santyago de kompostela Universiteti klinikasi otorinolaringologiya bo'limining audiometriya xonasi va audiolog shifokori Ana Faraldo

Kasalxonada mavjud kompyuter texnikalari yuqori texnologik uskunalar hamshiralar faoliyatini ham yengil va bexato bajarilishini taminlaydi.

Hamkorlik aloqalari istiqbollari. Ispaniya Qirollari va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida bazi jabhalarda hamkorlik aloqalari bor. Jumladan temiryo'l mashinasozligi va Qishloq xo'jaligi sohalaridagi aloqalar ancha rivojlandi. Biroq Sog'liqni saqlash sohasida hamkorlik aloqalar rivojlanmagan. Xususan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yuqorida keltirilgan Santyago de kompostela Universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan va hamkorlik doirasida faqat shifokorlar malaka oshirish dasturi amalda ishlab turibdi. Xuddi shunday aloqa Granada Universiteti va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi o'rtasida mavjud bo'lsada hamkorlik aloqalari amalda faol emas desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ispaniya Qirollari va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatilishi hamshiralik ishi yo'nalishi rivojlantirish uchun potensial davlatlardan biri deb qaralsa bo'ladi.

ADABIYOTLAR

1. Dalilova, O. M. (2023). FAN: Pediatriyada hamshiralik ishi. Uzbek Scholar Journal, 20, 3941.

2. Odinayev, T. T. (2023). Bo'lajak hamshiralarda kasbiy kompetentlikni rivojlanishning emperik asoslari. Scientific Impulse, 2(14), 529-531.

3. Prezident Shavkat Mirziyoyev sog'liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha videoselektor yig'ilishi https://president.uz/uz/lists/view/753

4. Fernández Larraguibel, B., & Paravic Klijn, T. (2003). Nivel de satisfacción laboral en enfermeras de hospitales públicos y privados de la provincia de Concepción, Chile. Ciencia y enfermería, 9(2), 57-66.

5. CHUECHA, S. B. L. (2024). Estrés laboral y síntomas somáticos en enfermeras del Hospital General de Jaén-Cajamarca, año 2022 (Doctoral dissertation, Universidad Nacional Mayor de San Marcos).

6. https://www.eldiario.es/sociedad/faltan-enfermeras-espana-no-emigran-dejan 1 11290360.html

7. https://www.teletinco.es/noticias/sociedad/20240509/por-que-enfermeros-fuga-espana 18 012445464.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.