Научная статья на тему 'MEDIA MATNLARIDA ARAB TILI SO'ZLARI TARJIMANING ISH QUROLI'

MEDIA MATNLARIDA ARAB TILI SO'ZLARI TARJIMANING ISH QUROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
41
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MEDIA / MATNLAR / ARAB TILI / SO'Z / RAG'VA / RUG'VA / RIG'VA / RIG'AVA / RIG'OYA / MEDIASAVODXONLIK

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Obloqulov Sh.X.

Ushbu maqolada media matnlarida arab tili so'zlari tarjimaning ish quroli sifatida qo’llanilishi media ta’limning ahamiyati, «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishi kabi fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARABIC WORDS IN MEDIA TEXTS ARE THE BUSINESS WEAPON OF TRANSLATION

This article highlights such points as the use of Arabic words in media texts as a working translation tool, the importance of media education, the analysis of the "media language" within a specific discipline.

Текст научной работы на тему «MEDIA MATNLARIDA ARAB TILI SO'ZLARI TARJIMANING ISH QUROLI»

Obloqulov Sh.X.

Sharqshunoslik universiteti ""Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika " kafedrasi Sinxron tarjima arab tili 1 kurs magistranti

MEDIA MATNLARIDA ARAB TILI SO'ZLARI TARJIMANING ISH

QUROLI

Annotatsiya: Ushbu maqolada media matnlarida arab tili so'zlari tarjimaning ish quroli sifatida qo'llanilishi media ta'limning ahamiyati, «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishi kabi fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: media, matnlar, arab tili, so'z, rag'va, rug'va, rig'va, rig'ava, rig'oya,, mediasavodxonlik.

Oblokulov Sh.H.

department of translation studies and international journalism Simultaneous translation Arabic 1 year master's University of Oriental Studies

ARABIC WORDS IN MEDIA TEXTS ARE THE BUSINESS WEAPON

OF TRANSLATION

Abstract: This article highlights such points as the use of Arabic words in media texts as a working translation tool, the importance of media education, the analysis of the "media language" within a specific discipline.

Keywords: mass media, texts, Arabic, word, rgva, rugva, rigva, rigava, rigoya, media literacy.

Kirish

Bugun OAVning ta'siri o'sha paytdagidan kam emas. Aynan axborotni tahlil etmay, o'z holicha qabul qilish oqibatida dunyoning turli chekkalarida yoshlar jinoyatga qo'l urmoqda, o'zini kino asari qahramoni sifatida his qilganlar esa, "qahramon" xatti-harakatlarini takrorlagan holda qo'llariga qurol olib, begunoh insonlar hayotiga zomin bo'lishmoqda. Masalan, respublikamiz telekanallari orqali efirga uzatilgan "Jumong" serialidan so'ng yosh bolalarning o'zini "Jumong" his qilib, qo'lida "qilich" bilan urisha boshlaganliklari, AQShda jangari filmlari va kompyuter o'yinlarini ko'rgan maktab o'quvchilari haqiqiy qurol bilan sinfdoshlari va ko'chadagi begunoh odamlarni otganliklari haqidagi xabarlar tobora ko'payib bormoqda. Bugungi kunda terrorchilik guruhlar tomonidan internet orqali jihodga chaqirgan, "jannat" va'dasini o'zida mujassam etgan axborotlari yoshlar ongiga salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Demak, aynan ana shu holatlarning oldini olish, axborotga ongli ravishda yondoshish bugun zamon talabidir.

Mavzuning dolzarbligi:

Hozirda medianing tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya'ni mediasavodxonlik, mediata'lim, mediani o'rganish va boshqalar bir- biri bilan bog'liq bo'lsa-da, olimlar ularni mohiyatan bir-biridan farqlashga urinmoqdalar. Fikrimizcha, mediasavodxonlik mediata'limning uzviy bog'liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko'rinishlari ko'paymoqda. Bugungi kunda mediaaxborotni qabul qilish, saralash, tahlil etish, baholashda mediasavodxonlik tushunchasi bilan birgalikda mediata'lim, mediani o'rganish, mediamadaniyat tushunchalari ham qo'llanilayotir. Ular bir-biridan farq qiladimi?

Mavzuning ahamiyati:

Media ta'lim (media education):

- media o'quv dasturida integrallashgan, fanlararo asosida o'rganilishini;

- «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishini;

- amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;

- uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o'rganishni;

- mediaagentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o'rganishni;

- talabaning OAV bilan ishlashini;

- tadqiqot faoliyatini;

- medianing til va san'at orqali auditoriyaga ta'sirini o'rganadi.

Mediani o'rganish (media studies)

o'z navbatida:

- mediani nazariy jihatdan o'rganishni;

- mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni;

- uning kontseptual tarkibini;

- mediamatnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;

- ommaviy kommunikatsiya, kinosan'ati va madaniyatshunoslik fanlarining o'zaro bog'liqligini;

- jahon OAVning bir-biriga o'zaro ta'sirini o'rganadi.

Media savodxonlik (media literacy) mediani o'rganish bo'lib, mediata'limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o'z oldiga:

- medianing shaxs va jamiyatga ta'sirini tushunish;

- ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash;

- mediamatnlarni tushunish va tahlil eta olish;

- media kontekstini tushunish;

- mediamatnlarni yaratish va ularni tahlil etish;

- mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo'yadi.

Bugungi kunda media, ya'ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr,

san'atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma'lumot inson ongiga o'zining ma'lum bir ta'sirini o'tkazib, uning dunyoqarashini o'zgartirishga sabab bo'lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo'llanilishi va bugungi kunda mediata'lim,

mediasavodxonlik, mediatanqid va mediani o'rganishga bo'lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.

Ayni paytda media ta'lim asoslarini har bir ta'lim muassasasiga o'quv dasturiga kiritish, bolalarga maktabgacha ta'lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o'yinlar shaklida tushuntirish, o'sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o'z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to'g'ri qaror qabul qila olishiga asos bo'ladi. Yana media matnlarida arab tili so'zlari tarjimaning ish quroli sifatida arab tilida so'zlarning variantlari va u haqda Arab tilshunoslarining fikrlari. So'z variantlari deb bir narsani anglatgan so'z bir necha xil talaffuz etilsa va ularning har biri adabiy til normalari uchun ma'qul va maqbul topilgan holatiga aytiladi. Arab tili bunday hodisalarga juda boy, masalan, "ko'pik" mazmunidagi so'zlar: rag'va, rug'va, rig'va, rig'ava, rig'oya kabi variantlarga ega, shuningdek "ko'zgu" mazmunidagi so'zlarning: zujaj, zajaj, zijaj kabi variantlari bor. Ba'zi so'zlarning undan ham ortiq variantlari bo'lishi mumkin. Arab tilshunos olimi Ibn Jinniy, so'zning shakli o'zgarishi mumkin, lekin ma'nosi o'shandayligicha qoladi, deb fikr yuritadi. Bundan tashqari bir ma'nodagi so'zning 2-3 turli shakli bo'lishi mumkin. Boshqa arabshunos olim Ibn Farisning yozishicha, "bir so'z ikkita variantga ega bo'lishi mumkin. Masalan "siram va saram" (jiddiy, talabchan, qattiq). Shuningdek Arabcha so'zlar uchta variantga ega bo'lishi ham mumkin. Masalan, zujaj, zajaj zijaj. 4 variantli so'zga misol: "shidaq", "shadaq", "shaduqat", shudqa" (javrash, notiqliq qilish). Eng ko'pida 6 ta variant bo'lishi mumkin. Masalan, "qustas", "qistas", "qastas", "qussat", "qissaa", "qissat"(eng sezgir tarozi). Lekin ba'zi tilshunoslarning aytishicha, "barmoq", ya'ni "isba'" so'zining 9 xil talaffuzga ega turi mavjud.

Xulosa qilib media matnlarida arab tili so'zlari tarjimaning ish quroli zamonaviy Arab adabiy lug'atiga so'zni fonomorfologik o'zgarishining asosiy mumtoz davriga mansub bo'lgan turlari kirgan. Shuning uchun qadimgi tilshunoslarning tutgan o'rni o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Shu bilan birga Arab dunyosida hozir mavjud bo'lgan til holatini nazardan tushirmaslik kerak. Birinchi masala - adabiy tilni qog'ozga tushirish. Ikkinchi masala - qog'ozdagi yozuvni tovush - fonetikaga o'zgartirish. Uchinchi masala - hudud shevalari o'rtasida farqlanish. Shuning uchun bir klassik matn turli hududlarda turlicha harakatlar bilan o'qilishi mumkin. Bu hodisa zamonaviy adabiyotda oddiy hol bo'lib qolgan. Shu kabi fonetik o'zgarishlar alohida so'zlargagina emas, balki tarkibida aniq fonemalarga ega bo'lgan butun adabiy leksikaga xosdir. Ma'lumki, adabiy £ harfi Misr shevasida "g"ga o'zgargan. Suriyada esa "j"ga o'zgargan. Bu hol hududiy fonetik variantlar yozuvida ham o'z aksini topgan. Ba'zida ularning turli grafik variantlari yuzaga keladi. Ular asosan Arab tiliga xos bo'lmagan "g"

fonemasi bilan bog'liq va bu Arab yozuvida "jim", "qaf", "kaf" va (Suriya va Iroqda) "g'ayn" orqali ham ifodalanadi. Masalan "bojxona" so'zi Misrda "jumruk" (gumruk), Suriya, Iroqda "kumruk" (gumruk), Tunisda "qumruq" shaklida qo'llaniladi.

Foydalaniolgan adabiyotlar:

1. Ахманова О.С. О фонетических и морфологических вариантах слова. М.Изд-ва. AH СССР.1956.

2. Белкин В.М. Арабская лексикология. М.:1975. 25-33 бетлар.

3. Гранде Б.М. Арабская грамматик в сравнительно-историческом освещении. М.: 1963. 10-бет.

4. 1956 S>Ш1 "^A^ill" giïll ЦЬ ùj!

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.