Научная статья на тему 'MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TASHKILOTLARNING OʻRNI'

MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TASHKILOTLARNING OʻRNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maxsus iqtisodiy zona / investor / tashqi savdo / eksport / import / raqamli texnologiyalar / investitsion faollik / investitsiya muhiti / erkin iqtisodiy zonalar / AQSH / BAA va Qozogʻiston.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ataismatov Iqboljon

Mazkur maqolada AQSH, Birlashgan Arab Amirligi va Qozogʻiston davlatlarida mavjud maxsus iqtisodiy zonalarni (MIZ) rivojlantirishda nodavlat tashkilotlarining oʻrni tahlil qilinadi. MIZlar iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi. Mazkur maqola MIZlarning rivojlantirishda nodavlat tashkilotlarining imkoniyatlari boʻyicha amaliyotlarni oʻrganadi, global miqyosda qoʻllanilayotgan asosiy modellarni taqdim etadi va ularning samaradorligini baholaydi. Maxsus iqtisodiy zonalar boshqaruvini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TASHKILOTLARNING OʻRNI»

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT

TASHKILOTLARNING O'RNI

Ataismatov Iqboljon Zumratjonovich

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy

maktabi Farg'ona filiali rahbari

Annotatsiya: Mazkur maqolada AQSH, Birlashgan Arab Amirligi va Qozog'iston davlatlarida mavjud maxsus iqtisodiy zonalarni (MIZ) rivojlantirishda nodavlat tashkilotlarining o'rni tahlil qilinadi. MIZlar iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni rag'batlantirishda muhim rol o'ynaydi. Mazkur maqola MIZlarning rivojlantirishda nodavlat tashkilotlarining imkoniyatlari bo'yicha amaliyotlarni o'rganadi, global miqyosda qo'llanilayotgan asosiy modellarni taqdim etadi va ularning samaradorligini baholaydi. Maxsus iqtisodiy zonalar boshqaruvini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: maxsus iqtisodiy zona, investor, tashqi savdo, eksport, import, raqamli texnologiyalar, investitsion faollik, investitsiya muhiti, erkin iqtisodiy zonalar, AQSH, BAA va Qozog'iston.

РОЛЬ НЕПРАВИТЕЛЬСТВЕННЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ В РАЗВИТИИ ОСОБЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН

Аннотация: В данной статье анализируется роль неправительственных организаций в развитии частных экономических зон (СЭЗ) в США, Объединенных Арабских Эмиратах и Казахстане. МИЗ играет важную роль в экономическом развитии, частных инвестициях и стимулировании инноваций. В данной статье обсуждается практика неисполнительных организаций и развитие МИЗ, базовой модели, используемой в мире, и ее эффективность. Разработаны научно обоснованные практические предложения по совершенствованию управления особыми экономическими зонами.

Ключевые слова: персональная экономическая зона, инвестор, внешняя торговля, экспорт, импорт, цифровые технологии, инвестиционная деятельность, инвестиционная среда, свободная экономическая зона, США, ОАЭ и Казахстан. Анализ наиболее распространенных моделей управления специальными экономическими зонами в мире.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

THE ROLE OF NON-GOVERNMENTAL ORGANIZATIONS IN THE DEVELOPMENT OF SPECIAL ECONOMIC ZONES

Abstract: This article analyzes the role of non-governmental organizations in the development of special economic zones (SEZs) in the United States, the United Arab Emirates, and Kazakhstan. SEZs play an important role in economic development by attracting investment and stimulating innovation. This article examines the practice of non-governmental organizations in the development of SEZs, presents the main models used in the world, and evaluates their effectiveness. Scientifically based practical proposals for improving the management of special economic zones have been developed.

Keywords: special economic zone, investor, foreign trade, export, import, digital technology, investment activity, investment environment, free economic zone, USA, UAE, and Kazakhstan.

Kirish

Maxsus iqtisodiy zonalar (MIH) investitsion faollikni, innovatsiyalarni va mintaqaviy rivojlanishni rag'batiantirishga qaratilgan asosiy iqtisodiy siyosat vositasidir. Bunday zonalarni boshqarish ko'plab omillarni hisobga olishni talab qiladi va mamlakat va uning iqtisodiy voqeligiga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, biz MIZni boshqarishda nodavlat tashkilotlardan foydalangan holda boshqaruv tashkil qilayotgan bir nechta davlatlarda mavjud modellarini, ularning xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklarini ko'rib chiqamiz.

Nodavlat tashkilotlar yoki xususiy kompaniyalar turli yo'sinda MIZlarni boshqaruvini tashkil etishda va ularning rivojlanishida o'ziga xos hissa qo'shib kelmoqda.

Maxsus iqtisodiy zonalar asosiy vazifasi hisoblangan ishlab chiqarishni rivojlantirish, export maxsulotlarini ko'paytirish, mamlakat rivojlanishiga ko'proq investitsiya jalb qilish uchun juda qatiq ishlashi xalqaro darajada targ'ibot ishlarini jadallashtirish va boshqaruvini jahon standartida tashkil etishi lozim bo'ladi.

Mamlakatda investorlar uchun ko'plab iqtisodiy, ma'muriy va ijtimoiy imtiyozlar bo'lishi mumkin lekin MIZlarda boshqaruv to'g'ri tashkil qilinmas ekan investor kelishi, hudud hamda mamlakat rivojlanishi yetarli darajada bo'lmaydi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, MIZlarni rivojlantirishda nafaqat davlat boshqaruvi balki xususiy hamda nodavlat notijorat tashkilotlari ham alohida o'rin tutadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish, iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati, ularni rivojlantirish masalalari bo'yicha ko'plab xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Bu borada xorijiy olimlardan erkin iqtisodiy zonalarning geografik joylashuvi va logistik xizmatlarni hamda ularda MIZ umumiy boshqaruvini tashkil etish bo'yicha mamlakatimiz olimlaridan T.M.Ahmedov, A.M.Sodiqov, O.O.Olimjonov, F.T.Egamberdiev, A.V.Mamatqulov, A.B.Nizamov, H.M.Saydaxmedov, H.R.Hamroev, D.Y.Xujamkulov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida hududiy iqtisodiyotda maxsus iqtisodiy zonalarning turli yo'nalishdagi muammolari yoritilgan.

Bu borada iqtisodchi olim, D.Y.Xujamkulov maxsus iqtisodiy hududlarning boshqaruvining mazmuni, me'yoriy-huquqiy asoslari, tasnifiy jihatlari, maxsus iqtisodiy hududlarda investitsiya muhiti va logistika infratuzilmasi, bojxona rasmiylashtiruvi, erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribalari, ofshor hududlar hamda O'zbekistonda maxsus iqtisodiy hududlarning rivojlanish xususiyatlari ko'rib chiqilgan va tahlil qilingan.

Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olib borilgan ilmiy nazariy izlanishlarga qaramay, aynan bugungi globallashuv va demokratik bozor islohotlari sharoitida maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini keng qamrovli boshqaruvi ularni boshqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarni o'rni va samaradorlik oshirishda nodavlat tashkilotlari imkoniyatlari asosli darajada tizimli holda yoritib berilmagan shu bois tanlangan mavzu doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotlarimiz davomida maqolada tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, tahlil qilish, sintez qilish va prognozlashtirish usullari qo'llanilgan.

Hozirgi globallashgan davrda har bir davlat o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'yishi aniq, lekin bu maqsadlar investitsiyalarsiz tashkil etilishi qiyindir. Shu investitsiyalarning majoziy ma'noda o'chog'i hisoblangan maxsus iqtisodiy zonalar hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 150 dan ortiq davlatida tashkil etilgan maxsus zonalar mamlakatlar taraqqiyoti uchun xizmat qilib kelmoqda. O'zbekistonda ham qariyb, 16 yillik tajriba mavjud. Bu jarayon albatta O'zbekiston uchun maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarishni rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasini o'rganishni talab qiladi. Hamma davlatlarda ham maxsus iqtisodiy zonalar yaratish ishlari ilmiy asosda, puxta o'ylangan maxsus iqtisodiy zonalar siyosati orqali tashkil etilgan, deb bo'lmaydi. Biz bu borada katta tajribaga ega bo'lgan ayrim davlatlardagi zonalarda olib borilgan ishlarni tahlil qilmoqchimiz. Bu borada katta tajribaga ega davlatlar anchagina, ammo qaysi davlatning tajribasiga e'tiborni

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qaratishda ikki narsani hisobga oldik: birinchidan, maxsus iqtisodiy zonalar siyosati borasida o'ziga xos o'rni bor va ikkinchidan, tajribasini O'zbekistonda qo'llash uchun ahamiyati muhimroq davlatlar tanlandi.

Birinchi tanlagan davlatimiz bu-AQSH. Bu davlat maxsus iqtisodiy zonalar boshqaruv siyosati masalasida o'ziga xos tomonlarga ega bo'lib, u quyidagi mezonlar tizimiga tayanadi:

- federal va mahalliy hokimiyat vakillarining aralash boshqaruv usulining mavjudligi;

-MIZ boshqaruvida nafaqat davlat balki xususiy sektor vakillarining mavjudligi;

-boshqaruvning mahalliy va markaziy ma'muriyat manfaatlarini moslashganligi;

AQSHda maxsus iqtisodiy zonalarni boshqaruvi va rivojlanishida nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy markazlar va konsalting xizmatlarining muhum o'rin tutadi.

Ikkinchi davlat Birlashgan Arab Amirligi.

Ushbu mamlakatga xorijiy investitsiyalar o'zi bilan birga zamonaviy menejment va biznes axloqini olib kirishdi desak, hech ham mubolag'a bo'lmaydi.

Bugungi kunda BAAda 46 ta turli ko'rinishdagi MIZ faoliyat olib bormoqda. Ushbu MIZ boshqaruvi o'z ixtisosligi va joylashuviga qarab maxsus boshqaruv kompaniyalar tomonidan boshqarib va rivojlantirib kelinmoqda. Bundan tashqari BAA dunyo bo'ylab MIZ rivojlantirishga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilot tashkil etilgan.

Uchinchi davlat bu — Qozog'iston Respublikasi

Bugungi kunda Qozog'istonda jami 13 ta maxsus iqtisodiy zona (SIZ) mavjud. Bu zonalar turli sohalarga ixtisoslashgan va mamlakat iqtisodiyotining turli yo'nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Qozog'iston Respublikasida MIZ rivojlanishida va ko'proq investorlarni jalb qilishda katta hissa qo'shib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilot mavjud. Masalan, MIZda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning "Iqtisodiy zonalar tadbirkorlari birlashmasi" uyushmasi tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy, mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. U 2011 yil 31 yanvarda "Samurik Saktau" va "Basis" qurilish kompaniyasi maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgan.

2014-yil 30-iyulda "Qozog'iston Respublikasi iqtisodiy zonalari tadbirkorlari uyushmasi" yuridik shaxslar uyushmasi nomiga o'zgartirilishi munosabati bilan uyushma adliya organlarida qayta ro'yxatdan o'tkazildi. Assotsiatsiya

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Qozog'istonning barcha maxsus iqtisodiy zonalari (keyingi o'rinlarda — EIZ) ishtirokchilari bilan olib borayotgan faol ishlarni inobatga olgan holda, yangilangan nom EIZ joylashgan joylarda filiallar tarmog'ini ochish va EIZ bilan ishlashni davom ettirish imkonini beradi.

Uyushmani tashkil etishdan maqsad: o'z a'zolarining huquqlari, tadbirkorlik va mulkiy manfaatlarini himoya qilish, nizo va nizolarni hal qilish, EIZ ishtirokchilari tashkilotlarining biznes va innovatsion loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish, mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni Qozog'istondagi EIZlar to'g'risida xabardor qilish.

Taxlil va natijalar

Birinchi mamlakatimiz AQSHda bugungi kunda MIHlar faoliyat yuritayotgan 150 dan ortiq mamlakatlar orasida eng ko'pi AQShga to'g'ri keladi. AQShda MIHlarning soni 1700dan ko'proqni tashkil etadi. Biroq, uning soni kundan - kunga yana ortib bormoqda. AQShda, bularga 1500 dan ortiq tadbirkorlik hududlari va 200 dan ortiq texnoparklardan tashkil topgan MIHlar faoliyat ko'rsatmoqda.

Shunga ko'ra, AQShda tashkil etilgan va faoliyat ko'rsatayotgan MIHlarning turlari va maqsadlari quyidagilardan iborat (1-rasm).

AQShda tashkil etilgan EIHlar

1-rasm. AQShda tashkil etilgan maxsus iqtisodiy hududlar va ularning asosiy maqsadlari

Bugungi kunda AQShda tashkil etilgan MIHlar davlatning hududiy rivojiga va tashqi savdoning diversifikatsiyasiga o'z hissasini qo'shmoqdalar.

Qo'shma Shtatlarda maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) shtat va mahalliy darajada boshqariladi, chunki barcha MIZlar bilan shug'ullanadigan yagona federal agentlik mavjud emas. AQShda MIZni boshqarishning asosiy jihatlari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Federal va shtat qonunlari: MIZlar federal yoki shtat darajasida o'rnatilgan maxsus soliq imtiyozlari, subsidiyalar yoki boshqa moliyaviy imtiyozlarga ega bo'lishi mumkin. Masalan, MIZ hududida faoliyat yurituvchi investorlar yoki tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari mavjud.

Mahalliy boshqaruv: Muayyan zonalar erdan foydalanish, infratuzilma va iqtisodiy zona bilan bog'liq boshqa jihatlarga oid qoidalarni ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan mahalliy hokimiyat organlari tomonidan boshqarilishi mumkin.

Xususiy sektor bilan hamkorlik: MIZlar ko'pincha davlat idoralari va xususiy kompaniyalar o'rtasidagi hamkorlik orqali boshqariladi. Bu MIZning ayrim jihatlarini boshqarish uchun xususiy kompaniyalarni yaratishni o'z ichiga olishi mumkin.

Infratuzilmani rivojlantirish: MIZni boshqarishning muhim jihati infratuzilmani, jumladan transport yo'nalishlarini, aloqa va kommunal xizmatlarni rivojlantirish va ularga xizmat ko'rsatishdan iborat bo'lib, ular mahalliy hokimiyat organlari va xususiy investorlarga ham bog'liq bo'lishi mumkin.

Maxsus agentliklar va komissiyalar: Ba'zi hollarda MIZni boshqarish uchun maxsus agentliklar yoki komissiyalar tuzilishi mumkin va ular mintaqada strategiyalarni ishlab chiqish va faoliyatni muvofiqlashtirish uchun javobgardir.

Amerika Qo'shma Shtatlardagi maxsus iqtisodiy zonalarni (MIZ) boshqarish juda xilma-xil va muayyan zonaga bog'liq. Umuman olganda, AQShda MIZni boshqarish ko'pincha quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:

Mahalliy iqtisodiy rivojlanish: Qo'shma Shtatlarda MIZni boshqarish ko'pincha shahar yoki tuman hukumatlari kabi mahalliy hukumat darajasida amalga oshiriladi. Ular hududlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishlari, qoidalar va qoidalarni belgilashlari, zarur xizmatlar va infratuzilmani taqdim etishadi.

Xususiy sektor hamkorligi: MIZ boshqaruvi ko'pincha xususiy kompaniyalar va investitsiya guruhlarini o'z ichiga oladi. Ushbu hamkorliklar hududlarni rivojlantirish va ulardan foydalanish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish va biznes operatsiyalarini muvofiqlashtirish uchun mas'ul bo'lgan xususiy tashkilotlar yoki agentliklarni yaratishni o'z ichiga oladi.

Soliq va moliyaviy imtiyozlar: tadbirkorlik sub'ektlarini MIZga jalb qilish uchun davlat darajasida soliq imtiyozlari, grantlar yoki boshqa moliyaviy imtiyozlar mavjud bo'lishi mumkin. Ushbu rag'batlantirishlar muayyan sanoat tarmog'I rivojlanishiga qaratilgan bo'ladi.

Infratuzilmani rivojlantirish: MIZ boshqaruvi shuningdek, yo'llar, transport uzellari, aloqa tarmoqlari va kommunal xizmatlar kabi zarur infratuzilmani

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

rivojlantirish va ta'mirlashni ham o'z ichiga oladi. Bu ham davlat, ham xususiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Rag'batlantirish va marketing: Ko'pincha MIZni targ'ib qiluvchi, investorlarni jalb qiluvchi va zonaning jozibadorligini oshirish uchun reklama kampaniyalarini tashkil etuvchi maxsus tashkilotlar yoki agentliklar tuziladi.

AQSHdagi e'tiborga molik MIZlar qatoriga Luiziana shtatidagi sanoat investitsiyalarini jalb qilish va ish o'rinlarini yaratishda katta yordam olgan bir hudud kiradi. Bu zonalar hajmi va vazifalari jihatidan farq qilishi mumkin, ammo ularning maqsadi har doim iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va biznesni jalb qilishdir.

Shunday qilib, Amerika Qo'shma Shtatlaridagi MIZlar federal, shtat va mahalliy tashabbuslar kombinatsiyasi orqali boshqariladi, bunda asosiy e'tibor investorlar uchun jozibador muhit yaratish va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan.

AQSHdagi maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) muhim rol o'ynaydi. Ushbu tashkilotlar bir qator usullar bilan rivojlanishga hissa qo'shadi:

o Tadqiqot va tahlil: Nodavlat tashkilotlar iqtisodiy zonalarning potensialini va ularning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq qiladi. Ular iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik tahlillarni amalga oshiradi va strategik tavsiyalar beradi.

o Konsalting xizmatlari: NNTlar maxsus iqtisodiy zonalarga konsalting xizmatlarini taqdim etadi, masalan, loyihalarni boshqarish, moliyaviy rejalashtirish va biznes strategiyalarini ishlab chiqishda yordam beradi.

o Rivojlanish dasturlari: Ba'zi NNTlar maxsus iqtisodiy zonalarning rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun dasturlar va loyihalarni amalga oshiradi. Bu dasturlar moliyaviy, texnik va ta'lim resurslarini taqdim etishi mumkin.

o Jamoatchilikni jalb qilish: Nodavlat tashkilotlar jamoatchilikni jalb qilish va xabardor qilish orqali iqtisodiy zonalarning muvaffaqiyatli rivojlanishiga yordam beradi. Ular jamoatchilik fikrini o'rganadi, manfaatdor tomonlar bilan muloqot qiladi va shaffoflikni ta'minlaydi.

o Tarmoq va sherikliklar: NNTlar turli xil manfaatdor tomonlar, jumladan, davlat organlari, xususiy sektor va akademik institutlar o'rtasida tarmoq va sherikliklarni rivojlantiradi. Bu sherikliklar investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy zonalar rivojlanishini tezlashtirishga yordam beradi.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o Ijtimoiy va ekologik masalalar: Nodavlat tashkilotlar ijtimoiy va ekologik masalalarni hal qilishga e'tibor qaratadi. Ular ekologik barqarorlik, ijtimoiy adolat va ishchi huquqlarini himoya qilish kabi muhim masalalarni ko'taradi.

o Ta'lim va o'qitish: Ba'zi NNTlar biznes va iqtisodiy rivojlanish bo'yicha ta'lim va o'qitish dasturlarini amalga oshiradi. Bu dasturlar mahalliy tadbirkorlar va ishchilarni yangi ko'nikmalar va bilimlar bilan ta'minlaydi.

o Lobbi va siyosiy targ'ibot: Nodavlat tashkilotlar maxsus iqtisodiy zonalarning rivojlanishi uchun qulay siyosiy va qonuniy sharoitlarni yaratish maqsadida lobbi va siyosiy targ'ibot faoliyatlarini amalga oshiradi.

AQSHda faoliyat yuritayotgan MIZni rivojlantirishga muhum hissa qo'shayotgan nodavlat notijorat tashkilot bu "AQSh tashqi savdo zonalari milliy assotsiatsiyasida (NAFTZ)" hisoblanadi. Ushbu tashkilot "hamkorlik, g'urur, barakat" asosiy shiori hisoblanadi

Ushbu tashkilot AQSh tashqi savdo zonasi (FTZ) dasturi orqali global biznesni mahalliy hamjamiyat bilan bog'lash, jamoat tashkilotlari, davlat va xususiy kompaniyalar va jismoniy shaxslardan tashkil topgan a'zosi hisiblanadi va biznes o'sishi, iqtisodiy rivojlanish va AQSh bandligini ta'minlash uchun faol ish olib boradi.

Xulosa AQSHda NNTlar ko'plab maxsus iqtisodiy zonalardagi rivojlanishning muvaffaqiyatini ta'minlashda hamkorlik va qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydi. Ularning ishtiroki, odatda, iqtisodiy zonaning barqaror va innovatsion rivojlanishiga hissa qo'shadi. AQSH xususiy kompaniyalar tashkil etgan MIZ mavjudligini va ular muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganligini ko'rishimiz mumkin.

Ikkinchi, tanlangan davlatimiz bu — Birlashgan Arab Amirligidagi maxsus iqtisodiy zonalar ko'rib chiqishni boshlaymiz.

O'tgan asrning 60-yillari boshidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida faol iqtisodiy rivojlanish boshlandi. Bugungi kunda BAA dunyodagi eng boy davlat bo'lib, u dunyoning barcha burchaklaridan ishbilarmonlar va investorlarni har tomonlama jalb qiladi. Amirlikdagi biznes uchun juda ko'p jozibador xususiyatlardan biri bu maxsus iqtisodiy zonalar (ElZlar yoki maxsus zonalar)Maxsus zona Birlashgan Arab Amirliklarining maxsus hududlari bo'lib, u erda o'zlarining ichki qonunlari va soliq qoidalari qo'llaniladi.

Bugungi kunda Birlashgan Arab Amirliklarida maxsus zonalar soni 40 dan oshadi. Maxsus zonaning asosiy qismi Dubayda joylashgan, ammo siz Sharja, Ras al-Xayma amirligida ham maxsus biznes tashkil qilishingiz mumkin. BAAdagi MIZlarning qo'yidagi afzalliklarga ega:

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Birinchidan, ijobiy obro' va global bozorda biznesni rivojlantirishga yordam beradigan sokin iqtisodiy muhit.

Ikkinchidan, kompaniya ta'sischisi, uning aksiyadorlari va direktorlari uchun rezidentlik talablari yo'q. Bular BAAning norezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslar bo'lishi mumkin.

Uchinchidan, Birlashgan Arab Amirliklari maxsus zonasi firmalari amirliklarda hisob ochishlari va daromadlarni cheklovlarsiz chet ellik investorlarga qaytarishlari mumkin.

To'rtinchidan, ikki tomonlama litsenziyaga ega bo'lish yoki mahalliy agent orqali ishlash sizga nafaqat maxsus zonada yoki xorijda tashkil etilgan kompaniyalar bilan emas, balki BAAning mahalliy korxonalari bilan biznes yuritish huquqini beradi.

Beshinchidan, nol yoki past korporativ daromad solig'i, bu kompaniyalarga quyidagi prinsipiga muvofiq qo'llaniladi:

o 0% — "malakali" EIZ rezidentlarining "malakali daromad" oladigan korxonalari uchun;

o 0% — agar kompaniya malakali bo'lmasa, lekin yiliga 375 000 dirhamdan ko'p bo'lmagan foydaga ega bo'lsa;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o 9% — yillik daromadi 375 000 dirhamdan ortiq bo'lgan malakalilar ta'rifiga kirmaydigan oddiy kompaniyalar uchun.

Oltinchidan, import qiluvchilar uchun alohida "ajratilgan" maxsus zonalar, belgilangan zonalar (masalan, JAFZA, DAFZ, SAIF, FFZ) mavjud bo'lib, ularda BAAga va maxsus iqtisodiy zonalar o'rtasida import qilinadigan tovarlarga QQS qo'llanilmaydi.

Ettinchidan, mamlakatning maxsus iqtisodiy zonalarida tashkil etilgan barcha kompaniyalar o'z vakolatxonasiga ega bo'lishi shart. Bu biznes doirasi va xodimlar soniga qarab, maxsus ish joyi yoki to'liq huquqli ofis bo'lishi mumkin. Ammo virtual variant (flexi-desk) ham bo'lishi mumkin, bu frilanserlar va kichik startaplar uchun ko'proq mos keladi.

Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) maxsus iqtisodiy zonalar maxsus tayinlangan hokimiyat va boshqaruv kompaniyalari orqali boshqariladi. Ushbu organlar va kompaniyalar zonalarning samarali ishlashini, mahalliy va xalqaro standartlarga mos kelishini va biznes xizmatlarini ko'rsatishini ta'minlaydi. BAAda maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarishning asosiy jihatlari:

BAA iqtisodiy zonalarini boshqaruv organlari va kompaniyalarini ko'rib chiqamiz.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Har bir maxsus iqtisodiy zonada hududni boshqarish va boshqarish uchun mas'ul bo'lgan o'z boshqaruv organi yoki kompaniyasi mavjud. Masalan, Dubay Multi Commodities Center (DMCC) Dubay Multi Commodities Center Authority tomonidan boshqariladi va Jebel Ali Free Zone (JAFZA) Jafza Authority tomonidan boshqariladi.

Boshqaruv kompaniyalarining roli qo'yidagilardan iborat. Boshqaruv kompaniyalari kompaniyalarni ro'yxatdan o'tkazish va litsenziyalash, mulkni ijaraga berish, zarur infratuzilmani ta'minlash va qo'llab-quvvatlash xizmatlarini ko'rsatish uchun javobgardir.

Boshqaruv kompaniyalarining funksiyalar va vazifalar qo'yidagilardan iborat.

o Boshqaruv organlari yangi kompaniyalarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida, jumladan, litsenziyalar va ruxsatnomalar berishda, ofis maydoni va boshqa resurslar bilan ta'minlashda yordam beradi.

o Ma'muriy qo'llab-quvvatlash: Ular tartibga solish, soliq ma'muriyati (imtiyoz va imtiyozlar doirasida) va ma'muriy masalalar kabi biznes operatsiyalari bilan bog'liq masalalarni boshqaradi.

o Biznesni qo'llab-quvvatlash: biznesni qo'llab-quvvatlash va maslahat xizmatlarini taqdim etish, shu jumladan sheriklar topish, biznes tadbirlarini o'tkazish va professionallar tarmog'iga kirishda yordam berish.

o Qonunlar va qoidalar: BAAdagi maxsus iqtisodiy zonalar ham mahalliy qonunchilik, ham xalqaro standartlar doirasida ishlaydi. Boshqaruv organlari kompaniyalarning barcha belgilangan qoidalar va qoidalarga rioya qilishlarini ta'minlaydi.

o Soliq siyosati: Hududni boshqarish soliq qoidalariga rioya qilishni nazorat qilishni va belgilangan shartlarga muvofiq soliq imtiyozlarini berishni o'z ichiga oladi.

o Infratuzilma: Boshqaruv kompaniyalari biznes uchun zarur infratuzilmani, jumladan, ofis maydoni, omborlar, transport va logistika xizmatlarini taqdim etadi.

o Hududni rivojlantirish: boshqaruv organlari o'z hududini rivojlantirish, yangi kompaniyalar va investorlarni jalb qilish, infratuzilmani yaxshilash va yangi xizmatlarni taklif qilish bilan faol shug'ullanadi.

o Rag'batlantirish: Shuningdek, ular mintaqani xalqaro bozorlarda bozorga chiqaradi va targ'ib qiladi, biznes e'tiborini jalb qilish uchun ko'rgazmalar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi.

BAAdagi iqtisodiy zonalar va ularning boshqaruv organlariga misollar:

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o Dubay Multi Commodities Center (DMCC): Dubay Multi Commodities Center Authority tomonidan boshqariladi.

o Jebel Ali maxsus zonasi (JAFZA): Jafza ma'muriyati tomonidan boshqariladi.

o Abu Dabi Global bozori (ADGM): ADGM Authority tomonidan boshqariladi.

o Dubay Silicon Oasis (DSO): Dubay Silicon Oasis Authority tomonidan boshqariladi.

Natijada, BAAda maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish tadbirkorlik sub'ektlariga qulay ish sharoitlarini ta'minlovchi va zonalarning samarali ishlashini ta'minlaydigan ixtisoslashgan organlar orqali amalga oshiriladi.

Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) iqtisodiy zonalar boshqarishida ko'plab notijorat tashkilotlar (NNT) va boshqa tashkilotlar muhim rol o'ynaydi. Ular, asosan, iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash uchun xizmat qiladilar. BAAda iqtisodiy zonalar boshqarishida NNTlarning roli ko'pincha quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi:

Iqtisodiy va investitsiya assotsiatsiyalari

- Dunyo Maxsus Zonalar Assotsiatsiyasi (World Free Zones Organization, WFZO): Bu xalqaro tashkilot maxsus va maxsus iqtisodiy zonalar uchun eng yaxshi amaliyotlarni rivojlantirish, tajriba almashish va standartlarni belgilash bilan shug'ullanadi. BAAdagi iqtisodiy zonalar uchun WFZO ko'pincha maslahatlar beradi va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratadi.

Iqtisodiy Rivojlanish Fondlari

- Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Finance Corporation, IFC): BAAda xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha moliyaviy yordam ko'rsatadi va iqtisodiy zonalardagi infratuzilma loyihalarini qo'llab-quvvatlaydi.

Sanoat va Savdo Palatalari

- Savdo va Sanoat Palatalari: BAAda hududiy va milliy savdo palatalari iqtisodiy zonalar bilan bog'liq tijorat faoliyatini rivojlantirishda yordam beradi. Ular, masalan, kompaniyalarni ro'yxatdan o'tkazish, marketing va tarmoq imkoniyatlarini yaratish bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi.

Investitsiya Tashkilotlari

- BAAdagi Mahalliy Investitsiya Tashkilotlari: Bu tashkilotlar, masalan, Dubai Investitsiya Rivojlanish Korporatsiyasi (Dubai Investment Development Agency) kabi, iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va ularga investitsiyalarni jalb qilish bilan shug'ullanadi.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Professional assotsiatsiyalar

- Konsalting va Professional Xizmatlar: BAAda iqtisodiy zonalarga tegishli mutaxassislik asosida ishlovchi NNTlar, masalan, biznes-konsalting kompaniyalari, iqtisodiy zonalardagi strategik rivojlanish va samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

Yana bir BAA faoliyat boshlagan va butun dunyodagi MIZlarni qamrab olishni boshlagan nodavlat notijorat tashkilot mavjud. Bu tashkilot Butunjahon Erkin zonalar tashkiloti (World FZO) global notijorat tashkilot bo'lib, butun dunyo bo'ylab Erkin zonalar (MIZ) manfaatlarini ifodalovchi nufuzli, jamoaviy tashkilot hisoblanadi.

World FZO 2014-yilning may oyida BAAning Dubay shahrida 14 ta ta'sischi a'zolari va homiyligida tashkil etilgan.

Jenevada ro'yxatdan o'tgan va shtab-kvartirasi Dubayda joylashgan World FZO yagona haqiqiy xalqaro, ko'p tomonlama bugungi kunda dunyodagi zonalar uchun nodavlat notijorat tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Butunjahon FZO faoliyatining asosini tashkil etuvchi maqsadlar:

- Erkin zonalar (MIZ)ni birlashtirish; mintaqaviy, milliy, submilliy va mahalliy erkin zona birlashmalari; Erkin zonalar (MIZ) bo'yicha maslahatchilar va maslahatchilar; erkin zona foydalanuvchilari; manfaatdor davlat tashkilotlari; va xalqaro savdo bilan bog'liq tashkilotlar, bilim almashish, ta'lim va o'qitish, tarmoq va biznesni rivojlantirish uchun

- Eksklyuziv chuqur tadqiqot va tushunchalarga tengsiz kirish orqali o'rganish, o'sish va gullab-yashnash uchun butun dunyo bo'ylab Erkin zonalar (MIZ) uchun forum yaratish.

- Erkin zonalar (MIZ) uchun global va mahalliy bozorlarda iqtisodiy ekotizimni yaxshilaydigan "sinfdagi eng yaxshi" standartlarni hamda Erkin zonalar (MIZ)ni tashkil etish va boshqarish bo'yicha ko'rsatmalarni yaratish.

- Erkin zonalar (MIZ) haqidagi bilimlarni to'plash, yaratish, kengaytirish va xalqaro miqyosda tarqatish

- Erkin zonalar (MIZ) haqidagi tasavvurni global miqyosda yaxshilash va ularni mahalliy iqtisodiyotga qimmatli hissa qo'shadigan va barqaror biznesni rivojlantirishga yordam beruvchi sohalar sifatida joylashtirish.

- Treninglar, shuningdek jismoniy va elektron resurslar orqali a'zolar, hamkorlar va kuzatuvchilarga maxsus operatsion, ma'muriy, ta'lim va tarmoq xizmatlarini taqdim etish

- Xalqaro miqyosda yangi Erkin zonalar (MIZ) rivojlanayotganda ularni qo'llab-quvvatlang va ularga maslahat bering

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

- Erkin zonalar (MIZ) va ular bilan bog'liq masalalar bo'yicha yetakchi orqali global bo'ling

Ko'rinib turibtiki BAA MIZ orqali butun mamlakatni rivojlantirish va investorlarni ko'proq jalb qilishga juda katta qiziqish va ishonch bildirmoqda.

Xulosa qilgan holda shuni aytish lozimki notijorat tashkilotlar va boshqa qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlar BAAdagi iqtisodiy zonalarning samarali boshqarilishi va rivojlanishi uchun muhim rol o'ynaydi. Ular iqtisodiy zonalarning infratuzilmasini, investitsiya muhitini va ijtimoiy muhitni yaxshilashda ko'maklashadi, shu bilan birga, global standartlarga muvofiqligini ta'minlaydi.

Uchinchi tanlangan davlatimiz Qozog'iston Respublikasida hisoblanadi.

Bugungi kunda Qozog'istonda jami 13 ta maxsus iqtisodiy zona (SIZ) mavjud. Bu zonalar turli sohalarga ixtisoslashgan va mamlakat iqtisodiyotining turli yo'nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Quyida hozirgi vaqtda faoliyat yuritayotgan maxsus iqtisodiy zonalar ro'yxati keltirilgan:

Qozog'istonda birinchi MIZ bu Nursulton (sobiq Ostona)shahrida joylashgan -"Yangi Shahar (Astana — New City)" MIZ hisoblanadi. Ushbu MIZ tashkil etishdan asosiy maqsad shahar infratuzilmasini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlash bo'lgan.

Ikkinchi MIZ bu ham Nursulton shahrida joylashgan "Park of Innovative Technologies (PIT)" MIZ hisoblanib, tashkil etishidan asosiy maqsadi Yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va IT startaplarni qo'llab-quvvatlash hisoblanadi.

Uchinchi MIZ bu - Aktobe shahrida joylashgan "Aktobe" MIZ hisoblanadi. Tashkil etishdan asosiy maqsadi sanoat ishlab chiqarish, xususan, qurilish materiallari va mashinasozlikni rivojlantirish hisoblanadi.

To'rtinchisi Taraz shahrida joylashgan "Taraz" MIZ hisoblanadi. Yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Beshinchisi — "Kapshagay" MIZ hisoblanadi va Olma-ota viloyatida joylashgan. Asosan turizm, rekreatsion faoliyat va qurilish yo'nalishlariga ixtisoslashgan hisoblanadi.

Oltinchisi "Horgos - Sharqiy Darvoza (Horgos - Eastern Gate)" MIZ hisoblanadi va Horgos shahrida joylashgan. Asosiy maqsad logistika, tranzit savdo va transchegaraviy savdoni rivojlantirishga ixtisoslashgan.

Yettinchi Olma-ota shahrida joylashgan "Innovatsion Center (Innovatsiya Markazi)" MIZ hisoblanadi va ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va startaplarni rivojlantirishga ixtisoslashgan hisoblanadi.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Sakkizinchi MIZ Qaraganda shahrida joylashgan "Saryarka" MIZ hisoblanadi hamda, metallurgiya va sanoat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hisoblanadi.

To'qqizinchi Shimoliy Qozog'iston viloyati "Sezim" MIZ hisoblanadi. Asosiy ixtisoslashuvi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish hisoblanadi.

O'ninchi MIZ bu Turkiston viloyatida joylashgan "Mahtaaral" MIZ hisoblanadi. Oziq-ovqat sanoati va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

O'n birinchi Pavlodar shahrida joylashgan "Kazakhstan's Free Economic Zone Park of Industrial Technologies" MIZ hisoblanadi va sanoat texnologiyalari va ishlab chiqarishni rivojlantirish asosiy faoliyat yo'nalishi hisoblanadi.

O'n ikkinchi MIZ Olma-ota viloyatida joylashgan bo'lib, "Zhasyl Damu" MIZ hisoblanadi va ekologik toza texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish ustuvor vazifasi hisoblanadi.

O'n uchinchi MIZ Olma-otada joylashgan "Olma-ota TechnoPark" MIZ hisoblanadi va innovatsiyalar, texnologik rivojlanish va startaplarni qo'llab-quvvatlash ustuvor yo'nalishi hisoblanadi.

Qozog'istondagi MIZ qo'yidagi imkoniyatlar va imtiyozlar berilgan:

• Soliq imtiyozlari: Korporativ soliq va mulk solig'idan qisman yoki to'liq ozodlik.

• Ma'muriy qulayliklar: Ro'yxatdan o'tish va boshqa ma'muriy jarayonlarni soddalashtirish.

• Infratuzilma: Zamonaviy ofis, ishlab chiqarish maydonchalari va logistika infratuzilmasi.

Bu zonalar Qozog'istonning iqtisodiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat, texnologiya, savdo va boshqa sohalarda samarali faoliyatni ta'minlashga qaratilgan.

Oxirgi yillarda Qozog'iston Respublikasi MIZ rivojlantirishda xalqaro va mahalliy nodavlat tashkilotlar, xususiy kompaniyalardan faol foydalanib kelmoqda buning o'ziga xos sabablari mavjud.

Jumladan Qozog'iston MIZ rivojlantirishda davlat tashkilotlari tomonidan boshqarib kelinishi samarasizligi tushunib etishdi.

Uzoq yillik tajriba shuni ko'rsatdiki MIZ boshida rejalashtirilgan samara bermadi natijada Singapur, BAA va Irlandiya davlatlarida MIZ boshqarishni va faoliyatini takomillashtirish uchun professional boshqaruv va marketing kompaniyalari jalb qilishmoqda.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bunday professional boshqaruv kompaniyalari MIZni rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqot, amaliy rejalashtirish, o'z mablag'lari hisobidan investitsiya kiritish, xalqaro investorlarni jalb qilishda hamda MIZ to'liq boshqarish ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari Qozog'iston MIZ rivojlantirish bo'yicha xalqaro tajribani o'rganish natijasida MIZ faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning "Iqtisodiy zonalar tadbirkorlari assotsiatsiyasi " Assotsiatsiya NNT tashkil etgan.

Ushbu assotsiatsiya MIZda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy, mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. Ushbu assotsiatsiya 2011-yil 31-yanvarda "Samuryk Saktau" va "Basis" qurilish kompaniyasi maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgan.

2014-yil 30-iyulda "Qozog'iston Respublikasi iqtisodiy zonalari tadbirkorlari Assotsiatsiya" yuridik shaxslar Assotsiatsiya nomiga o'zgartirilishi munosabati bilan Assotsiatsiya adliya organlarida qayta ro'yxatdan o'tkazildi. Assotsiatsiya Qozog'istonning barcha maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari bilan olib borayotgan faol ishlarini hisobga olib, yangilangan nom MIZ joylashgan joylarda filiallar tarmog'ini ochish imkonini beradi va MIZlar bilan ishlashni davom ettiradi, respublika darajasidagi investorlarni muammolari va takliflari ustida ishlashni kengaytiradi.

Assotsiatsiyani tashkil etishdan maqsad: o'z a'zolarining huquqlari, tadbirkorlik va mulkiy manfaatlarini himoya qilish, nizo va nizolarni hal qilish, MIZ ishtirokchilari tashkilotlarining biznes va innovatsion loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish, mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni Qozog'istondagi MIZlar to'g'risida xabardor qilish.

Assotsiatsiyaning asosiy maqsadlari: EIZlarni rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirkorlar va davlat organlari o'rtasida konstruktiv muloqotni yo'lga qo'yish, shuningdek, Qozog'iston va undan tashqarida EIZ ishtirokchilari manfaatlarini ifodalash.

2013 yil davomida asosan MIZ bozorida so'rovnomalar orqali tadqiqotlar olib borildi, Assotsiatsiya mutaxassislari tomonidan MIZ faoliyatining muammolari va takliflari bo'yicha ma'lumotlar to'plandi va tizimlashtirildi.

2014-yilda Assotsiatsiya Qozog'iston Respublikasi Milliy tadbirkorlar palatasi, Qozog'iston Respublikasi Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi, Qozog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xulosa o'rnida shuni aytib utish lozimki Qozog'iston MIZlarini rivojlantirishda qolgan Markaziy Osiyo davlatlariga qaraganda ilmiy asoslangan holdan rivojlanmoqda. MIZ rivojlantirishda nodavlat tashkilotlar va xalqaro professional tashkilotlardan faol foydalanmoqda.

Xulosa va takliflar

Yuqoridagi ma'lumotlardan xulosa qilish mumkinki jahonda MIZ boshqarish va rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlardan faol foydalanilmoqda va o'z samarasini bermoqda. Bugungi kunda xalqaro darajadagi MIZlarni rivojlantirishda ish olib borayotgan o'nlab tashkilotlar mavjud bo'lib bularga quyidagi tashkilotlarni misol keltirish mumkin:

- Maxsus iqtisodiy zonalarning global alyansi rasmiy sayti.

- AQSH tashqi savdo zonalari milliy assotsiatsiyasida rasmiy sayti.

- Amerikaning erkin savdo zonalari uyushmasi rasmiy sayti.

- Afrika iqtisodiy zonalari tashkiloti (AEZO)

- Ilmiy parklar va innovatsiyalar sohalari xalqaro assotsiatsiyasi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- BMT Savdo va taraqqiyot tashkiloti.

AQSHda NNTlar ko'plab maxsus iqtisodiy zonalardagi rivojlanishning muvaffaqiyatini ta'minlashda hamkorlik va qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydi. Ularning ishtiroki, odatda, iqtisodiy zonaning barqaror va innovatsion rivojlanishiga hissa qo'shadi. AQSH xususiy kompaniyalar tashkil etgan MIZ mavjudligini va ular muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganligini ko'rishimiz mumkin.

Jumladan, AQSH tashqi savdo zonalari milliy assotsiatsiyasida, Amerika qit'asi erkin savdo zonalari uyushmasi, bundan tashqari AQSH bir nechta xususiy kompaniyalar mavjud bo'lib asosiy faoliyati MIZ tahlil olib borish, rivojlanish strategiyasiga qo'shimcha konsalting xizmatlarini ko'rsatishdan iborat.

BAAda notijorat tashkilotlar va boshqa xususiy qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlar iqtisodiy zonalarning samarali boshqarilishi va rivojlanishi uchun muhim rol o'ynaydi. Ular iqtisodiy zonalarning infratuzilmasini, investitsiya muhitini va ijtimoiy muhitni yaxshilashda ko'maklashadi, shu bilan birga, global standartlarga muvofîqligini ta'minlaydi. Xuddi shunday tashkilotlarga 2014 yil 14 may sanasida Dubay shahrida tashkil etilgan "Xalqaro erkin zonalar tashkiloti"ni keltirish mumkin.

Qozog'iston MIZlarini rivojlantirishda qolgan Markaziy Osiyo davlatlariga qaraganda ilmiy asoslangan holdan rivojlanmoqda. MIZ rivojlantirishda nodavlat tashkilotlar va xalqaro professional tashkilotlardan faol foydalanmoqda. Jumladan Singapur va Irlandiya davlatlarida faoliyat yuritadigan MIZ boshqarishga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalar bilan faol hamkorlikda ish olib bormoqda.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MIZlarni rivojlantirish uchun Qozog'istonda "Maxsus iqtisodiy hududlardagi tadbirkorlar assotsiatsiyasi" tashkiloti MIZ yanada rivojlanish va investitsiyalar oqimini ko'paytirishda keng qamrovli faoliyatini olib bormoqda.

Natija va takliflar

Yuqoridagi tahlillar natijasida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan maxsus iqtisodiy zonalar tarkibi hisoblanadigan Kichik sanoat zonalar, Erkin iqtisodiy zonalar, Tadbirkorlik hududlarini yanada jadal rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni kengroq jalb qilish uchun Maxsus iqtisodiy zonalarda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar uyushmasini tuzish yanada yaxshiroq samara berishini ko'rsatmoqda.

Qo'yidagi takliflarni amalga oshirish MIZlarni yanada rivojlantirishga amaliy hissa qo'shgan bo'lar edi:

• Nodavlat notijorat tashkilot sifatida faoliyat olib boruvchi uyushma MIZdagi tadbirkorlar muammolari, rivojlanishiga to'siqlari ijobiy yechim topishini tezlashtirishga;

• MIZga yanada ko'proq mahalliy investorlarni jalb qilish natijasida yangi ish o'rinlari yaratilishiga;

• xalqaro darajada investorlarni jalb qilishga targ'ibot ishlarini olib borishga:

• MIZnalar faoliyatini kengroq PR qilishga;

• MIZ jozibadorligini oshirishga;

• MIZ boshqaruvini xalqaro standartlarga moslashtirishga;

• MIZlarda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish va exportini kengaytirishga;

• Xalqaro investorlar uchun ma'lumotlar olishni osonlashtirishga;

• MIZlarni rivojlantirish bo'yicha xalqaro tashkilotlarga mamlakatimiz MIZlarini rivojlantirish maqsadida hamkorlikni yo'lga qo'yishga amaliy qadam bo'lib xizmat qilar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. 2016-yil 20-yanvar. O'RQ-400-son.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi "Urgut", "G'ijduvon", "Qo'qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to'g'risida"gi PF-4931-sonli Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3356-sonli Qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi "Chorvoq" erkin turistik zonasini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni.

6. O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrdagi "Davlat bojxona xizmati to'g'risida"gi yangi tahrirdagi Qonuni.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi "Andijon-farm" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni.

8. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 17-fevraldagi "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi O'RQ-604-sonli Qonun.

9. « Состоянийе и перспективы развития свободных економических зон в Республике Узбекистане » tahliliy ma'ruza 2015 y.

10. Xujamkulov D.Y. "Erkin iqtisodiy hududlar" Darslik. -T.: IQTISODIYOT, 2019.

11. Hamroev H.R. "Turistik erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish" darslik 2021 y.

12. AQShda 1934-yilda qabul qilingan "Tashqi savdo hududlari to'g'risida"gi Qonun.

Internet saytlari:

1. www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi hukumat portal.

2. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

3. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi.

4. www.worldbank.org - Jahon banki rasmiy sayti.

5. www.wto.org - Butun jahon savdo tashkiloti rasmiy sayti.

6. www.tshue.uz - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sayti.

7. www.gasez.org — Maxsus iqtisodiy zonalarning global alyansi rasmiy

sayti.

8. www.naftz.org - AQSH tashqi savdo zonalari milliy assotsiatsiyasida rasmiy sayti.

9. www.asociacionzonasfrancas.org — Amerikaning erkin savdo zonalari uyushmasi rasmiy sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.