Научная статья на тему 'MAXSULOT SOTISH JARAYONI BO’YICHA BUDJET TUZISH TARTIBI'

MAXSULOT SOTISH JARAYONI BO’YICHA BUDJET TUZISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
budjet / bosh budjet / sotish budjeti / segmentar hisobot / boshqaruh hisobi. / budget / general budget / sales budget / segmental report / management account.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A.

Maqolada segmentlar bo’yicha budjetlar tuzish tartibi, bosh budjet, maxsulot sotish budjetlarini shakillantirish tartiblari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BUDGETING PROCEDURE FOR PRODUCT SALES PROCEDURE

The article describes the procedure for creating budgets for segments, the general budget, and the procedures for creating budgets for product sales.

Текст научной работы на тему «MAXSULOT SOTISH JARAYONI BO’YICHA BUDJET TUZISH TARTIBI»

Shirinov U.A. dotsent SamISI

MAXSULOT SOTISH JARAYONI BO'YICHA BUDJET TUZISH

TARTIBI

Annotatsiya. Maqolada segmentlar bo 'yicha budjetlar tuzish tartibi, bosh budjet, maxsulot sotish budjetlarini shakillantirish tartiblari yoritilgan.

Kalit so'zlar: budjet, bosh budjet, sotish budjeti, segmentar hisobot, boshqaruh hisobi.

Shirinov U.A. associate professor SamIES

BUDGETING PROCEDURE FOR PRODUCT SALES PROCEDURE

Abstract. The article describes the procedure for creating budgets for segments, the general budget, and the procedures for creating budgets for product sales.

Key words: budget, general budget, sales budget, segmental report, management account.

Mamlakatimizda olib borilaotgan izchil isloxotlar korxonalarni to'g'ri boshqarishni, ular bo'yicha to'g'ri qarorlar qabul qilishni davr talabi qilib qo'ymoqda. Boshqaruv segmentar hisobotlarning xarakterli jihatlaridan biri shundaki, ularni shaklan va mazmunan standartlashtirib bo'lmaydi. Korxonalarda har bir segment bo'yicha tuzilayotgan boshqaruv hisobotlari formati, tarkibiy tuzilishi, tuzish tartiblari, taqdim etish muddati va boshqa jihatlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi.

Shu bilan birga halqaro ta'limotda boshqaruv segmentar hisobot shakllarini tuzish negiziga ularni qaysi javobgarlik subyektlari hamda obyektlari bo'yicha tuzilishidan qat'iy nazar nazorat qilish tamoyiliga javob berish tamoyili asos qilib olinishi e'tirof etiladi. Ushbu tamoyilga muvofiq javobgarlik subyektlari va obyektlari bo'yicha tuziladigan segmentar hisobotlarda, aavalambor, tuzilgan reja (byudjet) ko'rsatkichlari hamda ular haqqoniy ijrosini ifodalovchi miqdor va nisbiy ko'rsatkichlar, shuningdek, ulardagi chetlanishlar aks ettirilishi, tuzilgan hisobotlarga beriladigan izoh va tushuntirishlarda esa yo'l qo'yilgan chetlanishlarning qanday omillar evaziga yuz berganligi hamda chetlanishlarning aybdorlari o'z aksini topishi lozim bo'ladi. Aynan ushbu talabdan kelib chiqib, quyida korxonalar bosh byudjeti hamda ayrim alohida olingan ko'rsatkichlar bo'yicha tuziladigan byudjetlar ijrosi bo'yicha segmentar hisobotlarni tuzish

tartibiga hamda ularga berilishi lozim bo'lgan tushuntirishlar va izohlarga qisqacha to'xtalamiz.

Korxonalarda budjet tuzish jaroyonlari haqida ko'pgina iqtisodchi olimlar o'z qarashlarini ilgari surishga jumladan, K.B.Urazov, A.X.Pardayev, U.A.Shirinov, S.S.Kenjayeva, I.Isroilov va boshqalar.

Bosh byudjet, oldingi boblarda ta'kidlanganidek, kompleks hujjat hisoblanadi. U o'z ichiga korxonaning barcha tarkibiy qismlari, bo'limlari, filiallari faoliyatiga doir asosiy reja ko'rsatkichlarni oladi. Bosh byudjet (biznes reja) ijrosi bo'yicha tuziladigan segmentar hisobotda uning har bir ko'rsatkichi bo'yicha hisobot oyi uchun belgilangan reja, u bo'yicha haqiqatda erishilgan natija, shuningdek, reja bajarilishi foizi, rejadan chetlanishlar miqdor va pul birligida aks ettirilishi lozim. Aynan shunday talabdan kelib chiqib, Bosh byudjet (biznes reja) ijrosi bo'yicha tuziladigan segmentar hisobotni quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (1-jadval)

1-jadval

Bosh byudjet (biznes reja) ijrosi bo'yicha segmentar hisobot

№ Ko'rsatkich O'l- chov bir-ligi Rej Haqiqatda bajarilgan Reja bajarilishi foizi Rejadan chetlanish

Yillik Oylik Yil boshi dan Shu oyda Yil boshi-dan Shu oyda Yil boshi-dan Shu oyda

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib har bir ko'rsatkich bo'yicha javobgarlik markazi tomonidan to'lg'azilgan hisobotlar hisoblanadi. Uning asosida korxona rahbariyati tegishli javobgarlik markazlari faoliyatiga baho beradi, ularga doir boshqaruv qarorlarini qabul qiladi hamda rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilaydi.

Ushbu byudjetni foyda markaziga kiruvchi sotish bo'limi tuzadi. Mazkur hisobotni yillik, choraklik va oylik biznes-reja ko'rsatkichlari hamda haqiqatda erishilgan natijalarni ifodalovchi hisob registrlari asosida hisobot oyning har dekadasida quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (2-jadval).

2-jadval

Sotish byudjeti ijrosi bo'yicha segmentar hisobot __^ yil__ oyi uchun _

Mahsulot nomi Sotish re i hajmi asi Haqiqatda sotish hajmi Reja bajarilishi foizi Rejadan chetlanish

Oy boshi-dan Shu dekadada Oy boshi-dan Shu dekadada Oy boshi-dan Shu dekadada Oy boshi-dan Shu dekadada

A mahsulot

B mahsulot

Jami

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib sotish bo'limi tomonidan daromadlarni mahsulot turlari bo'yicha aks ettiruvchi analitik jadvallar hisoblanadi. Mos ravishda ushbu analitik jadvallar korxona buxgalteriyasida yuritiladigan tayyor mahsulotlar sotilishini aks ettiruvchi hisob registrlari, ombor mudirlari hisobotlari hamda ombor hisobi kartochkalari ma'lumotlari asosida tuziladi. Sotish byudjeti bo'yicha tuzilgan segmentar hisobot asosida korxona rahbariyati foyda markaziga kiruvchi sotish bo'limi faoliyatiga baho beradi, unga doir boshqaruv qarorlarini qabul qiladi hamda rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilaydi.

Ushbu byudjetni ham foyda markaziga kiruvchi sotish bo'limi tuzadi. Mazkur hisobotning ahamiyati shundaki uning asosida tayyor mahsulotlarning mavjud qoldig'i keyingi hisobot davrlarida belilangan sotish rejasini bajarilishi uchun tegishli zahirani ta'minlanganligini oldindan nazorat qilish imkonini beradi. Ushbu hisbotni hisobot oyning har dekadasida quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (3-jadval).

3-jadval

Sotish hajmini ta'minlovchi tayyor mahsulotlar qoldig'i byudjeti ijrosi

bo'yicha segmentar hisobot _yil_oyi uchun

Mahsulot nomi Sotish hajmi rejasi Haqiqatda mavjud tayyor mahsulot qoldig'ii Sotish reja bajarilishi ta'minoti foizi Reja bajarilishi ta'minotidan chetlanish

Oy boshi dan Shu dekada da Oy boshi ga Shu dekada boshiga Oy boshi ga Shu dekada boshiga Oy boshiga Shu dekada boshiga

A mahsulot

B mahsulot

Jami

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib korxona buxgalteriyasida yuritiladigan tayyor mahsulotlar hisob registrlari, ombor muditlari hisobotlari hamda ombor hisobi kartochkalari ma'lumotlari hisoblanadi. Sotish hajmini ta'minlovchi tayyor mahsulotlar qoldig'i byudjeti bo'yicha tuzilgan segmentar hisobot asosida korxona rahbariyati xarajat markaziga kiruvchi ishlab chiqarish bo'limi hamda foyda markaziga kiruvchi sotish bo'limi faoliyatiga baho beradi, ularga doir boshqaruv qarorlarini qabul qiladi hamda rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Safarovna, Kenjayeva Sabohat. "Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda boshqaruv hisobida budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish tartibini takomillashtirishning o 'mi." " XXI asrda innovatsion texnologiyalar, fan va ta'lim taraqqiyotidagi dolzarb muammolar" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 1.4 (2023): 185-188.

2. Gulomjonovich, Isroilov Islomjon. "Bugungi kundagi budjet tashkilotlari boshqaruv hisobida budjetlashtirishni takomillashtirish masalalari." Ijodkor o'qituvchi 2.22 (2022): 278-281.

3. Urazov, K. B. (2004). Buxgalteriya hisobi va audit. Toshkent-2004.

4. Urazov, K. B., & Shirinov, U. A. (2023). Need and significance of consolidated financial statements. Экономика и социум, (6-2 (109)), 577-579.

5. Ширинов, У. А. (2022). Почта хизматларининг хдсоб ва аудит объекти сифатидаги таснифий асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 804-809.

6. Ширинов, У. А. (2022). Алокд хизматларини курсатувчи субъектларда аудитнинг долзарб масалалари. Архив научных исследований, 2(1).

7. Ширинов, У. А. (2022). Мобил алокд хизматларидан олинадиган даромадлар хдсобини такомиллаштириш. экономика и социум, (6-2 (97)), 800-803.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.