Научная статья на тему 'MAVJUD KOMPYUTER TARMOG`I ASOSIDA INTRANET YARATISH'

MAVJUD KOMPYUTER TARMOG`I ASOSIDA INTRANET YARATISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
355
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intranet / mijoz / aloqa / server / HTTP / TCP/IP / Web-brauzer / maxalliy tarmoq / kanal / protocol / marshrut / UNIX server / Windows NTserver va NetWare server.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Arobidin Xusnidinovich Arabbayev

Murakkab Intranet tuzilmasida bir necha server (ko’p tugun) bo’lib, ular bir-biriga yaqin – maxalliy tarmoqda, yoki serverlar guruhlariga birlashib, bir-biridan olisda, turli maxalliy tarmoqlar tarkibida bo’ladi. Intranet serveri sifatida Internet serverlari ishlatiladi. Ular orasida Microsoft ning Internet Information Server dasturi (bepul) va Netscape firmasining Netscape Communications Server dasturi keng qo’llaniladi. Intranet o`z tuzilishiga ko’ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: Aloqa, server, mijoz va himoya qismlaridan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAVJUD KOMPYUTER TARMOG`I ASOSIDA INTRANET YARATISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MAVJUD KOMPYUTER TARMOG I ASOSIDA INTRANET YARATISH

Arobidin Xusnidinovich Arabbayev

Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Murakkab Intranet tuzilmasida bir necha server (ko'p tugun) bo'lib, ular bir-biriga yaqin - maxalliy tarmoqda, yoki serverlar guruhlariga birlashib, bir-biridan olisda, turli maxalliy tarmoqlar tarkibida bo'ladi. Intranet serveri sifatida Internet serverlari ishlatiladi. Ular orasida Microsoft ning Internet Information Server dasturi (bepul) va Netscape firmasining Netscape Communications Server dasturi keng qo'llaniladi. Intranet oz tuzilishiga ko'ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: Aloqa, server, mijoz va himoya qismlaridan.

Kalit so'zlar: Intranet, mijoz, aloqa, server, HTTP, TCP/IP, Web-brauzer, maxalliy tarmoq, kanal, protocol, marshrut, UNIX server, Windows NTserver va NetWare server.

Mavjud kompyuter tarmog'ida Intranet yaratishda uni quyidagi tarkibiy qismlardan

tashkil topgan deb qarash mumkin:

• Kompyuter tarmog' i;

• Tarmoq amaliy tizimi; u TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlaydigan bo'lishi lozim;

• Kompyuter-server; bu kompyuter tarmog'idagi mavjud yoki unga qo'shimcha kompyuter bo'lishi mumkin;

• Serverning dasturiy ta'minoti; u Web-tarmoq yaratishga, shu jumladan, mijozlardagi brouzerlarning HTTP formatidagi so'rovlarini qo'llab quvvatlaydigan bo'lishi lozim;

• Kompyuter-mijozlar; bular kompyuter tarmog'ida mavjud yo unga qo'shimcha kompyuterlar bo'lib, ularda TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlovchi brouzer o'rnatilib, tarmoq dasturiy ta'minoti sozlab qo'yilgan bo'lishi lozim;

• Axborot xavfsizligi tizimi; mavjud himoya tizimi boshqatdan qayta qurishni talab qiladi.

Intranetning asosiy qismi Web-tarmoqni yaratish uchun odatda quyidagi

amallarni bajarish kifoya:

• Kompyuterlarni TCP/IP tarmog'iga birlashtirish;

• Tarmoq serverlaridan biri asosida Web-server xosil qilish;

• Web-serverda barcha zarur xujjatlarni, audio-, video-fayllarni, ma'lumotlar jamg'armalarini joylashtirish;

• Xar bir mijoz kompyuterda Web-brauzer urnatish.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Web-texnologiyasiga qo'shimcha suratda Internet texnologiyalaridan boshqalarini xam qollash lozimligini aniqlab ularni amalga oshiruvchi dasturlarni o'rnatish lozim. Bular elektron pochta (POP 3/SMTP), teleanjuman (NNTP - network news transfer protocol) xizmatlarini yo'lga qo'yish uchun mo'ljallangan dasturlar - protokollar bo'lishi mumkin. Shuningdek, mavjud kompyuter tarmog'idagi axborot himoyasi vositalarini boshqatdan qayta qurish lozim.

Intranetni yangidan yaratish Intranet uz tuzilishiga ko'ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: Aloqa, server, mijoz va himoya qismlari. Shularning tuzilishi intranetning turlarini belgilaydi. Intranetning tugunlari bo'lmish server qismi serverlar soni, ularning jug'rofiy joylashishi va xizmat turlari bilan xarakterlanadi. Eng sodda Intranet tuzilmasi yagona serverga (bitta tugunga) ega bo'lib, unda Intranetda kursatiladigan barcha xizmat dasturlari mujassamlanadi. Murakkab Intranet tuzilmasida bir necha server (ko'p tugun) bo'lib, ular bir-biriga yaqin - maxalliy tarmoqda, yoki serverlar guruhlariga birlashib, bir-biridan olisda, turli maxalliy tarmoqlar tarkibida bo'ladi.

Aloqa qismi

Intranetning Aloqa qismi maxalliy kompyuter tarmogi (LAN - Local Area Net) ning kompyuterlarsiz qismi yoki joylardagi kompyuterlar va LAN larni bir-biriga bog'lovchi mintaqaviy (yo xududiy) Aloqa (kommunikatsiya) tarmog'i (WAN - Wide Area Net) tarzida tarkib topgan bo'ladi. Intranetning Aloqa qismi LAN yo/va WAN texnologiyasining aynan uzidir.

Intranet sxemasi

Intranet sxemasi yuridik shaxs tarkibiy qismlarining jug'rofiy joylashishiga bog'liq. Intranet sxemasi turlari ko'p. Quyidagi sxema turlari ko'p uchraydi:

• Maxalliy kompyuter tarmog'iga Intranet-texnologiyasini tadbiq etish asosida xosil etilgan yagona serverli Intranet.

Mijozlar I

Ma'lumotlar ba'zasi serveri

Mijozlar II

Server (Windows NT server) WINS yo DNS serveri

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Aloqa qismi.

Yuridik shaxsning turli mintaqalar va xududlardagi maxalliy kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan intranet

SERVER

Yuqorida keltirilgan maxalliy kompyuter tarmoqlari - LAN lar shartli suratda Yo'lak topologiyasida keltirilgan. Ularning ayrimlari Yulduz yo halqa topologiyasida ham bo'lishi mumkin. Shuningdek mijozlar va serverlar o'zaro quyida keltirilgani kabi mavjud paket uzib ulash tizimi asosida xam xosil qilinishi mumkin.

Quyida xar qanday Intranetning Aloqa qismi tarkibiga kiruvchi maxalliy

Packet yig'ib jo'natuvchisi (Switch)

2400 bit/s

4800 bit/s

D

Paket kommutatsiyasi tizimi turli uzatish tezligida ishlaydigan mijozlar va serverlarni o'zaro boglab Intranet hosil qilish imkonini beradi.

D

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022

ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

kompyuter tarmog'i - LAN haqida to'xtab o'tamiz.

LAN atamasi dastlab Mr. Clark tomonidan 1978 yilda qo'llanilgan. LAN -yuridik shaxs idorasi, kollej, zavod, laboratoriya, institut kabi kichik bir xudud doirasida tarqalgan axborot texnikasi vositalari (kompyuter, bosgich, terminal, shlyuz va ho.k.)ni bir-biri bilan Aloqa vositalari orqali bog'lab beruvchi kompyuter tarmog'idir.

LAN texnologiyasi tarmoq texnologiyasi, uzatish muhiti, uzatish tizimi va bog'lanib olish (kirish) tizimi bilan belgilanadi. Xozirgi kunda LAN texnologiyalari ichida Ethernet, Microsoft Token Ring ko'proq qo'llaniladi.

Aloqa qismi

Yulduz topologiyasi ga ketadigan sarf-xarajatlar va uning iloji boricha kattaroq xududga qo'llanilish imkoniyatlari xamda tugunning o'tkazuvchanlik qobiliyati o'rtacha ko'rsatkichlarga ega bo'lib, puxtaligi bo'yicha a'lo sanaladi.

Server

Mijoz 1

Yadro (To'plovchi -kontsentrator)

\ Yulduz topologiyasi

Mijoz 2 _^J Mijoz n

Yo'lak topologiyasi

Yo'lak topologiyasining puxtaligi o'rtacha bo'lib narxi arzon, lekin iloji boricha kattaroq xududga qo'llanilish imkoniyatlari va tugunning o'tkaza oluvchanlik qobiliyati past.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

I

Terminator

Mijoz 1

Server

Mijoz

I

Terminator

Mijoz n

Yo'lak (Bus, шина) topologiyasi

"nuqta-nuqta" Topologiyasi

halqa topologiyasi boshqalardan qimmatrok, shunga yarasha uning barcha ko'rsatkichlari xam boshqalarnikidan kam emas.

Mijoz 1

Micrasoft Token Ring tarmogi (Yulduz shaklli xalqa topologiyasi)

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Lan topologiyasi. ("Vse-So-Vsemi") Uzatish tizimi asosiy polosali (arzon, lekin turfa muhit bilan ishlamaydi) yo keng polosali (qimmat, ammo turfa muhit bilan ishlaydi) bo'lishi mumkin.

Uzatish muhiti sifatida metall simli (juft o'rama simli kabel, koaksial kabel ) va shaffof tolali kabel yoki, simsiz muhit (radio va Aloqa muhiti - efir) dan foydalaniladi. Juft o'rama mis simli ekransiz kabel eng arzon bo'lib past o'tkaza olish tezligi 1--100 Mbit/s bilan xarakterlansa, shaffof tolali kabel eng qimmat bo'lib, eng yuqori o'tkazish tezligi (103 Mbit/s)ga va signal uzatish bo'yicha eng yaxshi sifatga ega. Ethernet texnologiyasida Yulduz topologiyasi tanlanganda ko'pincha arzon yechim sifatida ekranlanmagan yo ekranlangan (bu ekranlanmaganga nisbatan ikki marta qimmatga tushadi) juft urama simli kabeldan, Yo'lak topologiyasidan foydalanilganda koaksial kabeldan ko'proq foydalaniladi.

Bog'lanib olish tizimi signalni effektiv va aniq jo'natib va qabul qilib olish jarayonlarining tartibini belgilaydi. Buning uchun paket kommutatsiyasidan foydalanuvchi uzatish liniyasining bo'shashini kutishga va ramz (token) signali orqali navbat berishga (Token Ring texnologiyasidagi kabi) yoki kanallar kommutatsiyasiga asoslangan - vaqt bo'yicha ajratib kanallar sonini ko'paytirish usullari qo'llaniladi. Oxirgi xolda kanalni boshqaruvchi qurilmaga so'rov orqali bo'sh kanal so'rab olinib undan foydalaniladi. Bu usul TDMA tizimi bo'lib, 460 Mbit/s tezlikka erishish imkonini beradi. Lekin bu usuldan foydalanish arzon ham emas, juda kimmat ham emas.

Aloqa qismi.

Intranetning o'lchamlarini Web- serverga baravariga ulanishi kutilgan mijozlar soni va Aloqa kanallarining axborot o'tkaza olish kobiliyati belgilaydi. Yuridik shaxs xududi katta bo'lsa Intranet bir necha LAN segmentlarini yagona LAN ga yoki birnecha LAN larni WANga birlashtirish orqali shakllantiriladi. Bu xollarda LAN segmentlari va LAN larni bog'lovchi Aloqa kanallari takrorlovchi (repitor)lar, ko'prik (bridg)lar, marshrutlovchi router)lar va shlyuz (gateway)lar orqali bir-birlari bilan ulanadilar.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

i i

Ethernet

Ko'prik

i i

Ethernet

Server

Terminal

Í_r

Terminal

I J|J|_J|_ U=L--I -1

Ko'prik ikki bir xil LAN ni ulash, ulardan birining tarmok trafigini boshkarish, puxtalikni va xavsizlikni oshirish uchun ishlatilinadi. U tuxtatish va uzatish yoki tashlab yuborish" tamoyilida ishlaydi.

Intranetning axborot xavfsizligi muammosining kuyilishi, shu jumladan, himoya vositalari sifatida brandmauerlarning serverlarga nisbatan urni xamda

Intranetning Internet bilan boglanish usuli xam albatta topologiyaga ta'sir etadi.

Mjoz Intranet serveri sifatida

Internet serverlari ishlatiladi. Ular orasida Microsoft ning Internet Information Server dasturi (bepul) va Netscape firmasining Netscape

Mijoz Mijozn Communications Server

dasturi keng qo'llaniladi.

Amaliy tizim uchun ko'pincha Windows yoki UNIX platformasi asos qilib olinadi. Agar, yuridik shaxsda Intranet yangidan ko'rilayotgan bo'lsa, yoki mavjud (eski) tarmoqda UNIX platformasi asos uchun qabul qilinmagan bo'lsa, serverlar uchun Windows platformasini qabul qilish maqsadga muvofik. Microsoft kompaniyasi tomonidan chiqarilayotgan Internet Information Serverlari Internetning so'nggi texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi va OS Windows NT4.0 amal tizimi tarkibiga kiradi.

Tarmoq amal tizimi tarmoqdagi turli apparat vositalari va dastur ta'minotlarining birgalikda amalga oshiriladigan ishlarini yuzaga chiqaradi. Tarmoq amal tizimini tanlashda UNIX server, Windows NTserver va NetWare server amal tizimlaridan birida to'xtashga to'g'ri keladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

r

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Ko'pgina yirik kompaniyalar UNIX amal tizimidan foydalanadilar. O'rtacha korxonalarda eng ko'p tarqalgan tarmoq amaliy tizimlari sirasiga bugungi kunda Microsoft kompaniyasining Windows NT Serveri va Novell kompaniyasining NetWare si kiradi. Bular mijoz/server tarmoq modeli tamoyilida ishlaydilar.

Windows NT Serverda ma'lumotlar uzatish uchun TSP/IP yoki IPX/SPX protokollari, NetWare da IPX/SPX - tarmoq protokoli qo'llaniladi.

Maxalliy kompyuter tarmoqlarida NetWare, asosan fayl serveri va bosish stantsiyasi bo'lgani uchun, fayllar va bosqichlardan birgalikda foydalanishda ishlatiladi. U TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlamaydi. TCP/IP protokolini ishlatish uchun IPXni IP ga o'giruvchi maxsus dastur (shlyuz dastur)lardan foydalanish lozim bo'ladi.

Intranet xosil qilish uchun server dastur ta'minoti Intranet Wareni ni ishlatish mumkin. Bunda IP - manzil xar bir mijozga taqdim etilishi shart bo'lmasada Web-serverga berilishi shart. Bunda IPXni IP ga va teskari yo'nalishda o'girish muammosi uz-uzidan xal bo'ladi.

Tarmoq amal tizimi sifatida Windows NTServer 4.0 intranet serveri uchun ko'proq tavsiya etiladi. Bu tarmoq amaliy tizimi (32 razryadli) bo'lib, barqaror arxitekturaga ega, undan foydalanish oson, yuqori ko'rsatkichlarga ega.

NetWare tizimi unchalik tez va tadbikiy jarayonlar uchun unchalik bakuvvat server emas. NetWare tarmoq amaliy tizimidan Intranet yaratishda foydalanish faqat agar mavjud kompyuter tarmog'i - NetWare asosida qurilgan bo'lsagina o'zini oqlashi mumkin. Lekin u foydalanuvchilarning ko'pgina tadbiqiy dasturlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo'ygani uchun xam, bir kuni kelib, kelajakda baribir TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlaydigan tarmoq amaliy tizimini o'rnatishga to'g'ri keladi. Amaliy tadbiqiy dasturlar Windows platformasi uchun ko'proq ishlab chiqilayotganligi juda ko'p korxonalar tomonidan Windows platformasini tanlanishiga sabab b oTmoqda.

Adabiyotlar

1. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-pages.

2. Эндрю Таненбаум, Дэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство ПИТЕР 2012 г. 960стр.

3. M Aripov. B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O'quv qo'llanma- Т.: "Noshir", 2009 y.

4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. - Т.: O'qituvchi, 2011y.

5. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. Т.: TDYuI, 2004 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.