Научная статья на тему 'MATLAB DASTURIDA ELEKTR ENERGIYA TIZIMIDAGI KATTA TURTKILAR NATIJASIDAGI DINAMIK TURG’UNLIGINIG MATMATIK VA FIZIK MODELLARINING TAHLILI'

MATLAB DASTURIDA ELEKTR ENERGIYA TIZIMIDAGI KATTA TURTKILAR NATIJASIDAGI DINAMIK TURG’UNLIGINIG MATMATIK VA FIZIK MODELLARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
443
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Statik va dinamik turg‘unlik / sinxron va asinxron rejimlar / Matlab / Simulink / static and dynamic stagnation / synchronous and asynchronous mode / Matlab / Simulink.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Hikmatilla Sherzodjon O’G’Li Ne’Matonov

Maqolada elektr energetika tizimining turg‘unligi, asinxron rejim va sistemaning asinxron holat tenglamasi keltirilgan. Matlab dasturida differensial tenglamaning modeli tuzilgan hamda kerakli natijalar olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF MATHEMATICAL AND PHYSICAL MODELS OF DYNAMIC EQUILIBRIUM OF THE POWER SYSTEM AS A RESULT OF LARGE PULSES IN THE MATLAB PROGRAM

The article presents the equations of stability of the electric power system, the asynchronous mode and the asynchronous state of the system. A model of the differential equation in the Matlab program is constructed and the necessary results are obtained.

Текст научной работы на тему «MATLAB DASTURIDA ELEKTR ENERGIYA TIZIMIDAGI KATTA TURTKILAR NATIJASIDAGI DINAMIK TURG’UNLIGINIG MATMATIK VA FIZIK MODELLARINING TAHLILI»

MATLAB DASTURIDA ELEKTR ENERGIYA TIZIMIDAGI KATTA TURTKILAR NATIJASIDAGI DINAMIK TURG'UNLIGINIG MATMATIK

VA FIZIK MODELLARINING TAHLILI

Hikmatilla Sherzodjon o'g'li Ne'matonov

Farg'ona politexnika instituti magistranti Oddiydaho21 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada elektr energetika tizimining turg'unligi, asinxron rejim va sistemaning asinxron holat tenglamasi keltirilgan. Matlab dasturida differensial tenglamaning modeli tuzilgan hamda kerakli natijalar olingan.

Kalit so'zlar: Statik va dinamik turg'unlik, sinxron va asinxron rejimlar, Matlab, Simulink

ANALYSIS OF MATHEMATICAL AND PHYSICAL MODELS OF DYNAMIC EQUILIBRIUM OF THE POWER SYSTEM AS A RESULT OF LARGE PULSES IN THE MATLAB PROGRAM

Hikmatilla Sherzodjon ugli Ne'matonov

Master's student of the Fergana Polytechnic Institute Oddiydaho21 @gmail.com

ABSTRACT

The article presents the equations of stability of the electric power system, the asynchronous mode and the asynchronous state of the system. A model of the differential equation in the Matlab program is constructed and the necessary results are obtained.

Keywords: static and dynamic stagnation, synchronous and asynchronous mode, Matlab, Simulink.

KIRISH

Zamonaviy energetika tizimida energiya iste'molchilarga elektr energiyani uzluksiz va sifatli yetkazib berishdagi muammolarni bartaraf etish asosiy o'rinda turadi. Bugungi kunda energetika tizimida iste'molchilarning elektr energiya istemol quvvatining talab darajasi tez suratlarda osib borishi va natijada ushbu talabni qoplash jarayonida energetika tizimida amalga oshiriladigan texnik tadbirlarning

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

favqulotda kamchiliklardan holi bo'lmasligi kutilmagan nonormal ish rejimlarini keltirib chiqarishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Elektr energtika tizimida kuzatiladigan nonormal rejimlar (qisqa tutashuv, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilmalarni o'chib qolishi, parallel ishlayotgan yoki energiya bilan ta'minlab turgan liniyalarning avariyali uzilib qolishi) kuzatilishi natijasida energiya tizimining turg'unligini buzilishiga olib keladi.

Elektr tizimining turg'unligi bir necha turlarga bo'linadi. Ular quyidagil ar:

1) Statik turg'unlik - sistemada sodir bo'ladigan kichik turtkilar natijasida sistemaning o'z - o'zidan o'zining dastlabki yoki unga yaqin bo'lgan rejimga qaytish xususiyatidir.

2) Dinamik turg'unlik - sistemada sodir bo'ladigan ketta turtkilar natijasida sistemaning o'z - o'zidan o'zining dastlabki yoki unga yaqin bo'lgan rejimga qaytish xususiyatidir.

3) Natijaviy turg'unlik - bu elektr sisemasi holatining o'zida xos xususiyati bo'lib, dastlabki rejimning turg'unligi buzilgandan keyin, sinxron ishlashning tiklanishi va sistemaning mustaqil sinxron holatda bo'lishidir [1].

1-rasmda sistemaning turg'unlik holatlari tasvirlangan. Elektr tizimi turg'uligini yo'qotsa tizimda asinxron ish rejimlari paydo bo'ladi. Asinxron rejim (AR) - bu energiya tizimidagi vaqtinchalik rejim, uning har qanday qismi sinxron rejimidan sezilarli darajada farq qiladigan chastotada ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, AR-da, sinxronizmdan chiqib ketgan energiya tizimining bir qismining ekvivalent generatorning kuch vektori EYuK sinxron ishlaydigan quvvat tizimining boshqa qismining ekvivalent EYuK vektoriga nisbatan aylanadi [2].

MUHOKAMA

Ba'zi hollarda, energiya tizimlarining ayrim qismlarining asinxron ishlash jarayoni, generatorlarning asinxron ishga tushirilishiga yoki sinxron kompensatorlarga yoki generatorlarning o'z-o'zini nazorat qilishiga tegishli bo'lsa, asenkron o'tish rejimi (ah) vaqt bilan cheklangan, ammo ruxsat etilgan energiya

www.scientificprogress.uz

tizimining anormal ishlash rejimiga ishora qiladi. Agar AR sinxronizatsiyadan chiqib ketgandan keyin sinxron mashinaning (yoki quvvat tizimining bir qismining) ishlashini nazarda tutilsa, bu avariya holatidir [3].

Quyidagi 2-rasmda taxlil uchun tanlangan ikki tomonlama ta'minlangan parallel tarmoqli elektr uzatish tizimini matlab dasturi yordamida taxlil qilamiz:

1-sxema. Ikki tomonlama taminlangan sodda elektr sxema.

Sxemadan ko'rinib turiptiki, havo tarmoqlarining birida nosimmetrik qisqa tutashuv yuzaga kelgan holat tasvirangan. Ikkita parallel liniyalarning birida qisqa tutashuv bo'lishi natijasi ushbu liniya va ta'minlovchi podstansiyalarning shinalariga o'rnatilgan rele himoya va avtomatika qurilmalari qisqa tutashuv bo'lgan tarmoqni o'chiradi va sistema birdaniga katta yuklamani yo'qotib qo'yadi. Bu holatda sistemaga bog'langan generator rotori tezlanuvchan xarakterda ishlay boshlaydi. Bu esa o'z navbatida sistema turg'unligiga ta'sir ko'rsatadi. Ushbu holat uchun sistemaning matematik tenglamasi quyidagicha bo'ladi:

d2S

TJ^2 = PT- PmaxSinS

(1)

(1) formula sistemaning normal holatini ifodalaydi. Ushbu holatda tizimni tashkil egan barcha tashkil etuvchilar o'zining nominal qiymatlarini qabul qiladi va normal rejimni ta'minlaydi. Demak Matlab dasturida ushbu tenglamani Simulink paketidan foydalanib modelini tuzib olamiz. Modelni tuzishda Simulink paketida mavjud operatorlardan foydalanamiz. Quyida tuzilgan modelning ko'rinishi berilgan.

2-rasm. Sistemaning differensial tenglamasini Matlab/Simulinkdagi matematik

modeli

Ushbu model yordamida yuqorida berilgan tenglamadan foydalanib, sistemaning avariyagacha, avariya vaqtida va avariyadan keyingi holatlarini taxlil qilingan. 3-rasmda belgilangan holatlarning almashtirish sxemasi ko'rsatilgan.

NATIJA

Ushbu almashtirish sxemalari yordamida va Matlab dasturining imkoniyatlaridan foydalanib kerakli natijalarni olinadi. Olingan natijalarga ko'ra 4-rasmda sistema o'zining turg'un holatini saqlab qolganini ko'rish mumkin. Bunda generator avval sekinlashish rejimida ishlaydi va qisqa vaqt davomida o'zining dinamik turg'un holatiga keladi. 5- rasmda esa qisqa tutashuv vaqtida va qisqa tutashuv vaqtidan keying grafigi ko'rsatiligan. Qisqa tutashuv vaqtida avtomatika himoyalari ishlagani va 1 sekunddan keyin generator dinamik turg'unlikka erishadi.

XULOSA

Elektr energetikadagi aksariyat muammolarning matematik yechimlari ishab chiqilgan. Bu ishlab chiqilgan matematik yechimlarni amaliy jihatdan mosligini tekshirish uchun ma'lum vaqt va mablag' talab etiladi. Yuqorida energetika tizimida kuzatiladigan turli nonormal rejimlarni tadqiq qilish hamda ushbu nonarmal rejimlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarni Matlab dasturi yordamida taxlil qildik. Taxlillar shuni ko'rsatadiki matematik model bilan Matlab dasturidagi model yordamida olingan natijalar bir xil.

REFERENCES

1 .Elektromehanik o'tkinchi jarayonlar/A.Q.Rahimovich,Toshkent.

2. O'tkinchi jarayonlar/Z.G.Nazirova, - Toshkent. Sano-standart.2017[1]

3. Автоматика ликвидации асинхронного режима. / Ya.E. Gonik, E.S. Gonik, E.S.Ilkitskiy, Moskva: Energoatomizdat,1988 [2]

4. Режимы электрооборудования электрических станций: учеб.пособие / V.I.Vetrov, L.B.Bykova, V.I.Klyuchenovich. - Novosibirsk: Izd-vo NGTU.

5. www.mathwork.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.