Научная статья на тему 'MASOFAVIY O‘QITISH TIZIMINING TALABA SHAXSIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI'

MASOFAVIY O‘QITISH TIZIMINING TALABA SHAXSIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
36
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QOBILIYAT / MASOFAVIY TA'LIM / AUDIAL (ESHITUV) / VIZUAL (KO'RUV) KINESTETIK (TANA-TERI) SEZGILARI

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Otaboeva Z.G., Qodiralev B.Y., G‘Ufronjonov A.H.

Ushbu maqolada masofaviy ta’limga o‘tish ijtimoiy o‘zgarishlarga, bilim olishda mutlaqo yangi yo‘nalishlarga olib kelashi, “Asr mo‘jizasi” sifatida tan olingan kompyuter va internet tarmog‘ining yaratilishi insoniyat taraqqiyotiga o‘zining katta ijobiy ta’sirini haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL IMPACT OF DISTANCE LEARNING SYSTEM ON STUDENT PERSONALITY

this article focuses on the fact that the transition to distance education leads to social changes, absolutely new directions in the acquisition of knowledge, the creation of a computer and internet network recognized as a “miracle of the century” has its great positive impact on the development of mankind.

Текст научной работы на тему «MASOFAVIY O‘QITISH TIZIMINING TALABA SHAXSIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI»

УДК 378.001.

Otaboeva Z.G

Qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "O'zbek tilipedagogika va jismoniy madaniyati" kafedrasi assistenti

Qodiralev B. Y.

G'ufronjonov A.H.

Qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti 1-bosqich talabalari

MASOFAVIY O'QITISH TIZIMINING TALABA SHAXSIGA

PSIXOLOGIK TA'SIRI

Izoh: Ushbu maqolada masofaviy ta'limga o'tish ijtimoiy o'zgarishlarga, bilim olishda mutlaqo yangi yo'nalishlarga olib kelashi, "Asr mo'jizasi" sifatida tan olingan kompyuter va internet tarmog'ining yaratilishi insoniyat taraqqiyotiga o'ziningkatta ijobiy ta'sirini haqidafikryuritilgan.

Kalit so'zlar. Individual, qobiliyat, masofaviy ta'lim, audial (eshituv), vizual (ko 'ruv) kinestetik (tana-teri) sezgilari.

Otaboeva Z. G

Institute of Agriculture and agrotechnologies Assistant of the Department " pedagogy and physical culture of Uzbek language"

Kadiralev B. Y.

Gufronjonov A.H.

1st Stage students of the Institute of Agriculture and agrotechnologies

PSYCHOLOGICAL IMPACT OF DISTANCE LEARNING SYSTEM ON

STUDENT PERSONALITY

Comment: this article focuses on the fact that the transition to distance education leads to social changes, absolutely new directions in the acquisition of knowledge, the creation of a computer and internet network recognized as a "miracle of the century" has its great positive impact on the development of mankind. Keywords. Individual, ability, distance learning, audial (hearing), visual (vision) kinesthetic (body-skin) sensations.

"Asr mo'jizasi" deya tan olingan kompyuter va internet tarmog'ining yaratilishi insoniyat taraqqiyotiga o'zining katta ijobiy ta'sirini ko'rsatdi. Har bir fanning yutug'idan ta'lim sohasida foydalanish bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning ta'lim tizimida o'z aksini topmoqda. Ta'lim tizimida olib borilayotgan izlanishlarni buning yaqqol dalili sifatida krishimiz mumkin

Yurtimizda axborot kommunikatsion texnologiyalardan ta'lim tizimida keng miqyosda foydalaninsh muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masofaviy ta'limga o'tish ijtimoiy o'zgarishlarga, bilim olishda mutlaqo yangi yo'nalishlarga olib keladi.

Masofaviy ta'lim - masofadan turib o'qitish vositasida amalga oshiriladigan ta'lim. Bu tahsil oluvchi tomonidan muayyan ta'lim shartiga erishish va tasdiqlash uchun masofadan turib o'qitish jarayoni amalga oshiriladigan tizimdir, bu esa uning keyingi ijodiy faoliyatiga asos bo'ladigan tizimdir.

Masofaviy ta'lim tizimlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish masalalariga o'zlarini bag'ishlagan turli mualliflarning ishlarini o'rganish va tahlil qilish yettita asosiy jihatga urg'u berish mumkinligini ko'rsatadi. Ular quyidagilar :

Strategik rejalashtirish;

Axborot ta'minoti;

O'quv dasturlari;

Kadrlarni qayta tayyorlash;

Talabalarga ko'rsatiladigan hizmatlar;

Masofaviy ta'lim tizimida talabalarni o'qitish;

Masofaviy ta'lim tizimida mualliflik huquqlarini himoya qilish.

Bugungi kunda ushbu jihatlar orasida talabalarni masofaviy ta'lim tizimida o'qitish o'zining dolzarbligi bilan ajralib turibdi. Chunki har bir ta'lim oluvchining o'ziga xos psixologik hususiyatlari va individual qobiliyatlarini hisobga olish zarur bo'ladi.

Talabalik davri o'spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo'lib, 17-21 (25) yoshni o'z ichiga oladi va o'zining xususiyatlariga ega. Mazkur pallada o'spirin o'ziga ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, kattalarning turli rollarini bajarishga o'rinib ko'radi, turmush tarzining yangi jixatlariga ko'nika boshlaydi. Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o'zini-o'zi kamolotga etkazish jarayoni muhim rol o'ynaydi. Ideal «men» ni real «men» bilan taqqoslash orqali o'zini-o'zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bo'ladi. Talaba nuqtai-nazaricha, ideal «men» ham muayyan mezon asosida etarli darajada tekshirib ko'rilmagan, shuning uchun ular goxo tasodifiy, gayritabiiy xis etilishi mukarrar, binobarin, real «men» ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. O'quv yili boshida talabada ko'tarinki kayfiyat, oliy o'quv yurtiga kirganidan zavq-shavq tuygusi kuzatilsa, muayyan qonun va qoidalar bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik r'y berishi ham mumkin. Ammo to'g'ri tanlangan masofaviy ta'lim dasturi talabaning kamol topib o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lishida katta ahamiyatga egadir.

Talabaning individual hususiyatlaridan biri bo'lgan qobilyat masofaviy ta'lim tizimida o'ziga hos ahamiyatga ega. Qobiliyat har qaysi faoliyat turi uchun turlicha bo'lib, bulardan ta'limga oid ayrimlari haqida to'xtalib o'tamiz:

Matematik qobiliyatga matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish-amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o'rtasida aloqa o'rnatish, to'g'ri va teskari fikr yuritishdan yengilga o'tishlik, masala echishda fikr yuritishning epchilligi kabilar kiradi.

Adabiy qobiliyat esa nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko'rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zehni», behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o'zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalarni o'zida

ifodalaydi. Ajratib ko'rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko'rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o'zaro bir-biriga o'xshamagan talablari bilan tafovutga egadir.

Umumiy qobiliyatlar (sifatlar)ni maxsus qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda tushuntirish mumkin emas. Chunki shaxsning umumiy qobiliyatlari maxsus qobiliyatlarni hosil qiluvchi omillardan iborat. Maxsus qobiliyatlar ko'lam jihatdan torroq bo'lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o'zida mujassamlashtiradi.

Individual qobiliyatlardan to'g'ri foydalana olish masofaviy ta'limning ajralmas qismi hisoblanadi.

Audial (eshituv), vizual (ko'ruv) va kinestetik (tana-teri) sezgilariga asoslangan holda ishlab chiqilgan o'quv dasturlar talabaning masofaviy ta'limda qaysi usullardan kengroq foydalanish foydali ekanligini asoslab beradi.

Mashhur olim va o'qituvchi Vedemeyer universitet darajasida masofaviy ta'limni ta'riflash uchun "mustaqil ta'lim" terminini fanga kiritdi. Uning fikricha masofaviy ta'lim talabalarda masuliyat hissini rivojlantiradi va maqsad sari intilishni kuchaytiradi. U talabada tanlash huquqi uning katta imkoniyati deya ta'kidlaydi. Linch o'z tadqiqotlarida onlayn aloqalar talabalarda o'zaro kommunikativ munosabatlarni rivojlantiradi hamda hayoti davomida muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati yuqori bo'ladi degan hulosaga keldi. Mason hamda Veller talabalarning "onlayn ta'lim", "onlayn tavsiyalar" va "ta'limning onlayn guruhi" singari tizimlarida ishlovchi talabalar ko'proq muvaffaqiyat qozonar ekan.

1. Ta'lim beruvchi va taxsil oluvchi tomonlar o'rtasidagi shaxsiy munosabatlarning borligini his qilisho'qishdan huzur qilish imkonini beradi va motivasiyani oshiradi.

2. Bunday his-tuyg'ular masofadan turib o'zi o'rganishi va ikki tomonlama muloqot qilishi uchun yaxshi tayyorlangan materiallarnirag'batlantirishi mumkin.

3. Intellektual huzur olish va ta'limning motivasiyalanganligi, o'quv strategiyasi va metodikasining to'g'ri tanlanishi ta'lim samaradorligini oshiradi, qo'yilgan maqsadlarga erishishni yengillashtiradi.

4. Do'stona muloqot muhiti, tili va shartliligi 1-farazga muvofiq shaxsiy munosabatlar borligini his qilishga ko'maklashadi.

5. Suhbat shaklida yuboriladigan va qabul qilinadigan xabarlar nisbatan yengil tushuniladi va eslab qolinadi.

6. Suhbat yondashuvi masofadan turib o'qitishda foydalaniladigan vositalar uchun muvaffaqiyatli moslashtirilishi mumkin.

7. Ta'lim beruvchi dargoh yoki talaba tomonidan amalgam oshiriladigan, aniq ifodalangan yoki aniq ifodalanmagan naqsadlarni ifodalovchi ta'limning yaxshi tashkil etilgan jarayoni 'uxta reja va boshqaruvsiz tasavvur qilish mumkin emas.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqqan xolda xulosa qilib aytishimiz mumkun-ki ma'sofaviy ta'lim talabalarda o'zligini chuqur anglab

yetishga,o'quv faoliyati davomida o'z-o'zini boshqara olishga, o'z qobiliyatiga xaqqoniy baxo berishga, o'z vaqtidan samarali usulda foydalanishga o'z fikrini erkin bayon eta olishga hamda guruh bilan hamjihatlikda ta'lim olishga katta ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. D.B.Raxmonova. Boshqaruv psixologiyasi fanidan ma'ruzalar matni - Buxoro 2010.

2. R.X.Dushanov, Yo.A.Parfiev "Kasbiy psixologiya" Ma'ruzalar kursi. Toshkent 2010.

3. X.X.SHarofutdinova "Muloqot psixologiyasi" - Termiz 2008.

4. Pedagogika va psixologiya fanidan ma'ruzalar matni - Toshkent 2010.

5. F.A.Akramova "Ijtimoiy psixologiya" - T. 2007.

6. Yarovitskiy V. "Yuz buyuk psixolog" - M.: "Kechki" 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.