Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYODA ENERGIYA XAVFSIZLIGI: MAVJUD IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR'

MARKAZIY OSIYODA ENERGIYA XAVFSIZLIGI: MAVJUD IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamajonova Madinabonu Xamidjon Qizi

Qulay geografik va strategik ahamiyatga molik hududda joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasi global energetika sektorida hal qiluvchi oʻyinchilardan biri sifatida namoyon boʻlmoqda. Koʻplab mutaxassislar ta’kidlashicha, 5 ta mustaqil davlatdan iborat boʻlgan mintaqa katta energiya zaxiralari, jumladan, neft, gaz, koʻmir, uran va gidroenergetika kabi qimmatli tabiiy resurslar boy boʻlib, xalqaro energiya dinamikasini shakllantirish va oʻzaro mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYODA ENERGIYA XAVFSIZLIGI: MAVJUD IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR»

MARKAZIY OSIYODA ENERGIYA XAVFSIZLIGI: MAVJUD IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR Mamajonova Madinabonu Xamidjon qizi

E-mail : madinamamaj onova. uz@gmail .com Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.12672693 Qulay geografik va strategik ahamiyatga molik hududda joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasi global energetika sektorida hal qiluvchi o'yinchilardan biri sifatida namoyon bo'lmoqda. Ko'plab mutaxassislar ta'kidlashicha, 5 ta mustaqil davlatdan iborat bo'lgan mintaqa katta energiya zaxiralari, jumladan, neft, gaz, ko'mir, uran va gidroenergetika kabi qimmatli tabiiy resurslar boy bo'lib, xalqaro energiya dinamikasini shakllantirish va o'zaro mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega.

Shu o'rinda, mintaqaning dunyo energetika bozoridagi o'rnini ko'rsatuvchi ba'zi aniq raqamlarga to'xtalib o'tish lozimdir. Xususan, Markaziy Osiyo dunyodagi barcha neft zaxiralarining 7% dan ortig'iga [1], gaz zahiralarining esa 10% dan ortig'iga ega bo'lgani holda, dunyo uran zahirasining taxminan 20% qismini ham o'z hududida jamlagan [2]. Shuningdek, Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) ma'lumotlariga ko'ra, dunyo gidroenergetika tizimida Markaziy Osiyo ulushi 5,5% ni tashkil qiladi (yiliga 930 milliard kVt/soat). Bu esa o'z navbatida, barqaror rivojlanish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini ko'rsatadi. Ushbu yuqori ko'rsatkichlar mintaqada tegishli mamlakatlarning energiya majmuasiga alohida hissa qo'shadi.

Qozog'iston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik davlat bo'lib, yirik neft va ko'mir zaxiralariga ega. O'zbekiston mintaqada muhim qazib olinadigan yoqilg'i ishlab chiqaruvchisi bo'lsa, Turkmaniston ham Markaziy Osiyoda ahamiyatli energetika o'yinchisi hisoblanadi, chunki u katta tabiiy gaz resurslari va o'rnatilgan issiqlik energetika sektoriga ega. Aksincha, Qirg'iziston va Tojikiston mintaqadagi eng kichik davlatlar bo'lishiga qaramay, juda katta gidroenergetika resursi ularning

ixtiyorida jamlangan. Shuningdek, qazib olinadigan yoqilg'ining katta konlari Qozog'iston, Turkmaniston va O'zbekistonni birlamchi energiya bilan ta'minlash uchun asosiy manba hisoblanadi.

O'z navbatida, Markaziy Osiyoda energiya resurslarining ko'pligi mintaqaning geosiyosiy dinamikasini shakllantirib, global yirik kuchlaming unga bo'lgan qiziqishini uyg'otib kelmoqda. Yirik derjavalar, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlari Markaziy Osiyoning energiya boyliklariga ta'sir o'tkazish va undan foydalanish uchun kurash olib borishi murakkab geosiyosiy raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari energiyadan keladigan daromadlarni maksimal darajada oshirish va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun strategik sheriklik va ko'p tomonlama hamkorlik tashabbuslarni qo'llash orqali ushbu dinamikani boshqarishda energiya diplomatiyasining roli muhimdir.

Mintaqa mamlakatlari energiya eksportiga tayanishi va mintaqadagi geosiyosiy raqobat muhiti hisobga olinsa, energiya xavfsizligi mamlakatlar uchun eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jumladan, Trademap ma'lumotlar bazasiga ko'ra, 2020-yilda ushbu mintaqadan eksport qilingan energiya tovarlari qiymati 55 milliard AQSh dollarga baholangan [3].

Energiya diversifikatsiyasini kuchaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo'llash va mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash orqali Markaziy Osiyo davlatlari xavflarni kamaytirishga va o'z energiya manfaatlarini himoya qilish yo'lida harakat qilmoqda.

Umuman olganda, Markaziy Osiyoning energiya zahiralari mintaqaning geosiyosiy ahamiyati, iqtisodiy rivojlanishi va energetika xavfsizligining muhim tayanchini bo'lib xizmat qiladi.

Hozirda mintaqa va qo'shni hududlarda elektr energiyasi ham juda dolzarb yo'nalish hisoblanadi. Ushbu konteksda, Markaziy Osiyo mamlakatlari elektr energetikasidagi hozirgi holatini tavsiflovchi bir qator jihatlar alohida ajratib ko'rsatilishi mumkin.

Birinchidan, mintaqa davlatlarining energiya tizimlari bir turdagi resursga haddan tashqari bog'liq. YeXHT tadqiqotlariga ko'ra, 2021-22 yillarda Turkmanistonda elektr energiyasining 99% (GES-1%) qismi, O'zbekistonda esa 67% gaz issiqlik elektr stansiyalari - IESlar hissasiga to'g'ri kelgan (shuningdek, ko'mir 18%, GES 13%, qayta tiklanuvchi energiya manbalari 2% ni tashkil etgan). Qozog'istonda elektr ishlab chiqarishning 74% ko'mirga (GES-11,5%, gaz -8,5%) to'g'ri keldi. Tojikistonda va Qirg'izistonda elektr energiyasining mos ravishda 89% va 78% qismi yirik GESlar tomonidan ishlab chiqarilgan [4].

Mamlakatlar sezilarli qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga ega (quyosh, shamol, mini va mikro gidroelektrostansiyalar, biomassa va boshqalar). Masalan, Qozog'istonning quyosh va shamol salohiyati mos ravishda 3,7 ming GVt va 354 GVt, Turkmaniston 655 GVt (quyosh) va 10 GVt (shamol), O'zbekiston 3 ming GVt (quyosh) va 520-1000 GVt (shamol).

Shu bilan birga, Qozog'istonda quyosh va shamol elektr stansiyalari elektr energiyasi hajmining 3,6 foizini, Tojikistonda 0,003 foizini ishlab chiqaradi. Umuman olganda, mintaqada elektr energiyasining 5 foizigina qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobiga ishlab chiqariladi, uglevodorodlar esa ishlab chiqarishning 70 foizi, yirik gidroelektr stansiyalari esa 25 foizini tashkil qiladi [5].

Ikkinchidan, elektr energiyasi taqchilligi mavjud, buning natijasida mintaqa mamlakatlarida vaqti-vaqti bilan uzilishlar sodir bo'ladi yoki energiya iste'moliga mavsumiy tarzda kunlik limitlar joriy etiladi. Mutaxassislarning qayd etishicha, taqchillikka asosan quyidagilar sabab bo'lmoqda:

a) aholi va kommunal xo'jaliklar tomonidan energiya iste'molining oshishi, ushbu iste'mol Qirg'izistonda energiyaga bo'lgan talabning 70%, Tojikistonda 50%, O'zbekistonda 32% ga tengdir; b) energiyani ko'p talab qiluvchi tarmoqlar bo'lgan AKTni rivojlantirish va raqamlashtirish (global energiya iste'molining 3-9 foizi AKT hissasiga to'g'ri keladi, 2030-yilga borib bu ko'rsatkich 20 foizgacha oshishi kutilmoqda); d) mintaqaning ba'zi davlatlarida (xususan, Qirg'iziston, Qozog'iston) qonuniylashtirilgan kriptomayning fermalari rivojlanishi; e) infratuzilmaning talab

darajasida emasligi hisobiga barcha mamlakatlar energetika tizimlari samaradorligining 60-80% ga pasayishi.

Uchinchidan, mintaqa davlatlarining elektr energetika sektori quyi investitsion jozibadorligi bilan ajralib turadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, investorlarni quyidagi muammoli masalalar ushlab turadi:

1) subsidiyalangan narxlar va ijtimoiy yo'naltirilgan elektr energiyasi tariflari tufayli investitsiyalarning qaytarilmasligi xavfi; 2) milliy energetika kompaniyalarining qarz majburiyatlari (Qirg'izistonda - 1,6 mlrd. dollar, Tojikistonda - 2,9 mlrd. dollar); 3) milliy valyutalarning qadrsizlanishi; 4) investitsiyalar o'zini oqlashining uzoq muddati; 5) tizimni boshqarish va korrupsiya bilan bog'liq muammolar.

Shu o'rinda, Markaziy Osiyoning yashil energiyaga o'tishi sura'tlari borasida to'xtalib o'tish lozim. Xususan, kuzatuvchilar fikricha, mintaqa gidroenergetika yo'nalishidagi keng imkoniyatlarga ega va shu bilan birga qator muammolar bilan ham to'qnash kelmoqda.

Dunyo miqyosida yashil energiyaga o'tish faol tus olib borayotgani fonida, gidrologik resurslarga boy va xilma-xil relyefga ega Markaziy Osiyo mintaqasida ham toza energiya manbalari imkoniyatlaridan foydalanish jadallashib borilayotgani kuzatilmoqda.

Ammo hozirgi holatga e'tibor qaratganda, YeTB ma'lumotlarini alohida qayd etish kerak. Unga ko'ra, Markaziy Osiyoning gidroenergetika salohiyati yiliga 930 milliard kVt/soatni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, bu ko'rsatkich jahonning 5,5% ulushiga teng. Vaholanki, bugungi kunga qadar bu boradagi imkoniyatlarning atigi 11 foizidan foydalanilmoqda [6].

Bunda, foydalanish darajasi bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichlar O'zbekistonda bo'lib, mavjud imkoniyatlarning 39 foizi ishga solingan. Keyingi o'rinlarni mos ravishda Qozog'iston (15%), Qirg'iziston (14%) va Tojikiston (7%) egallaydi. Bundan tashqari, ta'kidlash joziki, yillik suv oqimining qariyb 80 foizi daryolar boshlangan mamlakatlar, Qirg'iziston va Tojikistonda to'plangan

(shuningdek, suv resurslarining 85 foizi quyi oqimdagi mamlakatlar: O'zbekiston, Turkmaniston va Qozog'istonda sug'orish uchun ishlatiladi) [7].

Yuqorida qayd etilganidek, mintaqa mamlakatlari gidroenergetika imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Qozog'istonda "Gidroenergetika sanoatini 2020-2030-yillarda rivojlantirish rejasi" qabul qilingan bo'lib, unda quyidagilar ko'zda tutilgan:

1) 1,5 ming MVt quvvatga ega kichik gidroelektr stansiyalar qurish; 2) mavjud gidroelektr stansiyalarning o'rnatilgan quvvatlarini 464 MVtga oshirish; 3) joriy loyihalarni qurish ishlarini yakunlash (90 MVt).

Qirg'iziston esa 2030-yilgacha qo'shimcha 6 ming MVt quvvat ishlab chiqarish imkonini beruvchi yangi quvvatlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, O'zbekistonda esa Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 10-martdagi "Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, 2023-2030-yillarga mo'ljallangan sohani yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlangan. Unga ko'ra, istiqbolli loyihalar hisobiga 2030-yilga borib, amaldagi quvvatlar ishlab chiqarish hajmini 5 ming megavattga yetkazish belgilangan[8].

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoning energetika sektori mintaqa va jahon hamjamiyati uchun ham imkoniyatlar, ham muammolarni taqdim etadi. Neft, tabiiy gaz, ko'mir va qayta tiklanadigan resurslarning katta zahiralariga ega Markaziy Osiyo global energiya xavfsizligi va iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo'shish uchun ulkan salohiyatga ega. Biroq, energiya resurslarining ko'pligi bilan shakllangan geosiyosiy dinamika yirik global kuchlarning qiziqishini uyg'otmoqda, bu esa murakkab munosabatlarga olib keladi.

Elektr energetikasi sohasida Markaziy Osiyo davlatlari infratuzilmani modernizatsiya qilish, ortib borayotgan talabni qondirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o'tish bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda. Ammo mintaqa yashil energetika, jumladan, gidroenergetika va quyosh energiyasini rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega.

Bunday muammolarga qaramay, energetika resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, qayta tiklanadigan energiya infratuzilmasiga sarmoya kiritish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali mintaqa energiya xavfsizligi va barqarorligi kelajagini shakllantirishda muhim rol o'ynashi mumkin.

Adabiyotlar:

1. https : //www.brif. kz/ekonomika-centralnoj -azii/

2. https://ia-centr.ru/experts/j a-centr-ru/kak-kazakhstan-i-uzbekistan-rasporyazhayutsya- svoimi-uranovymi-aktivami/

3. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0313 592621001739

4. https://www.osce.org/files/f/documents/8/8/513787.0.pdf

5. https://www.once.org/files/documents/8/8/513787.0.pdf

6. Yevroosiyo taraqqiyot banki (EDB)

7. https://www.water.gov.kg/index.php?option=com.k2&view=item&id-3663:v-stolitse-kyrgyzstana-oboznachili-osnovnye-problemy-vodnykh-resursov-tsentralnoj-azii&Itemid=1437&lang=ru

8. https://lex.uz/uz/docs/-6420310

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.