Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO XALQLARI TASVIRIY SAN’AT TARIXINING FANDAGI O‘RNI'

MARKAZIY OSIYO XALQLARI TASVIRIY SAN’AT TARIXINING FANDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
799
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Markaziy Osiyolik san’at namunalari / ellinistik yoki antik davr / tasviriy-amaliy san’ati / qadimgi Xorazm / Davon va Qang’ davlatidan ham tasviriy san’at / Kushonlar davri / tasviriy san’at / memorchilik / amaliy san’atning turlari. / Образцы среднеазиатского искусства / эллинистический или античный период / изобразительное и практическое искусство / изобразительное искусство древнего Хорезма / государств Давань и Кан / кушанский период / изобразительное искусство / запоминание / виды практического искусства.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soliyev Ozodbek, O‘rinov Muhammadjon, Sulaymanova Sevaraxon

Maqolada Markaziy Osiyoning mahalliy xalqlari orasida qadimgi Xorazm, Davon, Qang’ davlatlari, ellinlar san’ati, Kushonlar davri namunalarining serqirraligi, memorchilik, amaliy san’atning turlari bilan bir-biri bilan bog’liq holda taraqqiy etganligi haqida ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ ИСТОРИИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА НАРОДОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ В НАУКЕ

В статье освещаются сведения о развитии древних государств Хорезма, Давани и Канга, эллинского искусства, многообразии образцов кушанского периода, запоминаемости, видах прикладного искусства у местных народов Средней Азии.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO XALQLARI TASVIRIY SAN’AT TARIXINING FANDAGI O‘RNI»

MARKAZIY OSIYO XALQLARI TASVIRIY SAN'AT TARIXINING

FANDAGI O'RNI Soliyev Ozodbek, o'qituvchi, O'rinov Muhammadjon, o'qituvchi, Sulaymanova Sevaraxon, o'qituvchi,

Farg'ona davlat universiteti https://doi. org/10.5281/zenodo. 732 7582 Annotatsiya: Maqolada Markaziy Osiyoning mahalliy xalqlari orasida qadimgi Xorazm, Davon, Qang' davlatlari, ellinlar san'ati, Kushonlar davri namunalarining serqirraligi, memorchilik, amaliy san'atning turlari bilan bir-biri bilan bog'liq holda taraqqiy etganligi haqida ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyolik san'at namunalari, ellinistik yoki antik davr, tasviriy-amaliy san'ati, qadimgi Xorazm, Davon va Qang' davlatidan ham tasviriy san'at, Kushonlar davri, tasviriy san'at, memorchilik, amaliy san'atning turlari.

РОЛЬ ИСТОРИИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА НАРОДОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ В НАУКЕ Аннотация: В статье освещаются сведения о развитии древних государств Хорезма, Давани и Канга, эллинского искусства, многообразии образцов кушанского периода, запоминаемости, видах прикладного искусства у местных народов Средней Азии.

Ключевые слова: Образцы среднеазиатского искусства, эллинистический или античный период, изобразительное и практическое искусство, изобразительное искусство древнего Хорезма, государств Давань и Кан, кушанский период, изобразительное искусство, запоминание, виды практического искусства.

THE ROLE OF THE HISTORY OF FINE ARTS OF THE PEOPLES OF CENTRAL ASIA IN SCIENCE Abstract: In the article, information about the development of the ancient Khorezm, Davan, and Kang states, Hellenic art, the diversity of examples of the Kushan period, memorization, and the types of applied art among the local peoples of Central Asia is highlighted.

Key words: Examples of Central Asian art, Hellenistic or ancient period, visual and practical art, visual art from ancient Khorezm, Davan and Kang states, Kushan period, visual art, memorization, types of practical art.

KIRISH

Qadimgi Osiyoda, jumladan, Markaziy Osiyoda ham ilk san'at namunalari o'zining uzoq tarixiga ega. Bu haqda O'zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov ta'kidlaydiki "...Avvalambor, shuni aytish joizki, olis ota-bobolarimizning aql- zakovati, qalb qo'ri mahsuli bo'lmish bu noyob yodgorlikning zamon to'fonlaridan, qanchadan-qancha og'ir sinovlardan o'tib, bizning davrimizgacha yetib kelganining o'zida katta ma'no mujassam. Bunday o'lmas osori atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi."[1]

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Milloddan avvalgi VI asrdan IV asrgacha Markaziy Osiyoda Ahamoniylar hukumronligi o'rnatildi. Bu davrda Eron va Markaziy Osiyo xalqlari san'ati bilan bog'liq namunalar vujudga

kelgan. Naqshi Rustam, Behustun tasvirlari, Persepol saroyi zalidagi tasvirlar bu namunalarga asos bo'ladi. Garchi bular Eronda bo'lsada bu o'tmish tasvirlari O'zbekiston tasviriy san'ati tarixi uchun ham ishonchli va muhim namunalardir.

Aleksadr Makedonskiyning sharqqda qilgan 11 yillik yurishi davomida Markaziy Osiyoning ham bir qismini istilo qilindi. Bu esa o'z navbatida miloddan avvalgi IV asrdan miloddiy IV asrgacha bo'lgan ellinistik yoki antik madaniyat davriga asos bo'ldi. Istilo etilgan sharq xalqlari orasida yunon tili, dini, og'irlik va uzunlik o'lchov birligi, yunon madaniyati va san'ati targ'ib qilingan. Ammo, Yunonistonning memorchiligi, tasviriy san'ati boshqa xalqlarga nisbatdan antik dunyoda yuqori bo'lganligi takidlamoq kerak. Mahalliy xalqlar tasviriy-amaliy san'ati bilan ellinlar san'ati o'rtasida ug'unlashuv boshlagan. Bu uyg'unlashuv uzoq davom etib. Amaliy san'at namunalari, jumladan me'morchilik paydo bo'la boshlaydi. O'z navbatida Yunonlar Baqtriyadan binokorlik va hunarmandchilikni o'zlashtirganlar. Sharq va g'arb ilm-fani, madaniyati va san'ati omuxtalashib, umuminsoniy qadriyatga aylanib ketgan.

Afrosiyob yodgorligidan topilgan Iskandar surati chizilgan qimmatbaho serdolik tosh o'sha davr hunarmandchiligining yorqin ifodasidir. Oldiga Iskandar orqa tomoniga taxtda o'tirgan Sezar tushirilgan tetradraxma (kumush tanga). Sirtiga artemida tushirilgan gemmadagi rasm ham ellinlar davri namunalariga kiradi. Yunon-makedonlar istilosidan keyin tashkil etilgan. Yunon-Baqtriya Parfiya kabi davlatlarda ham omuxtalashuv davom etdi.

Salavkiylar davridan saqlanib qolgan haykallar, amaliy bezak san'atidagi tasvirlardan tashqari tanga pullardagi tasviriy namunalar orqali ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunga Antiox I ning Draxma va Dalvarzintepadan topilgan 11 dona oltindan ishlangan ashyolar Baqtriya davri ustalarining mahoratidan darak beradi [2, 20].

Bu davrda qadimgi Xorazm, Davon va Qang' davlatidan ham tasviriy san'at keng ko'lamda rivojlangan. Qadimgi Xorazm tarixini o'rgangan olim S.P.Tolstov Janbosqa'lani haykallar muzeyi Tuproqqalani esa "Tangalar muzeyi" deb bejiz aytmagan. Tasviriy san'at tarixining bir qismi kushonlar davri bilan chambarchas bog'liq. Bu davrda qadimgi xalqlarning turlicha dunyoqarashlari tasviriy san'at asarlarida o'z aksini topgan. Bularning birida buddizmga xos belgilar aks ettirilgan bo'lsa, ikkinchi bir namunalarida zardushtiylik e'tiqodi ramzlari tushirilgan.

Kushon davlatining san'atining xilma-xilligi bu imperiya juda katta hududni, ko'p xalqlarni birlashtirganligi bilan ham izohlanadi. Kushonlar davrida madaniyat va san'at yuksak pog'onaga ko'tarilgan. Baqtriya hududidan topilgan haykalchalarda sevgi, oilaviy baxt, serhosilllik kabi g'oyalar olg'a suriladi. Kushonlar davrida madaniyatning serqirraligi shundaki, tasviriy san'at, memorchilik, amaliy san'atning turlari bilan bir-biri bilan bog'liq holda taraqqiy etgan. Bu davrda insonlarning xilma-xil e'tiqodga ega bo'lganligi, bu yerda vijdon erkinligi. Dinlararo bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, hurfikrlik kabi erkinliklar mavjud bo'lgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Eftaliylar, Turk xoqonliklari davrida ajoyib haykallar, nafis devoriy suratlar yuzaga keldi. O'tmish tasviriy san'at merosimizning eng xarakterli tomonlaridan biri shunda ediki, ajdodlarimiz boshqa xalqlar san'atidan ta'sirlanibgina qolmasdan, ularga o'z ta'sirini ham o'tkaza olgan.

Tasviriy san'atda haykaltaroshlik turi alohida ahamiyatga kasb etadi. Kushonlar hukmronligi davrida Shimoliy Xindiston istilo etishi bilan buddaviylik dini, u bilan birgalikda haykaltaroshlik ham kirib keldi. Haykaltaroshlik namunalari ko'proq Surhon vohasida topilgan.

Xolchayon, Ayritom, Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzintepa, Kampirtepa yodgorliklardan sopol buyumlar topilgan. Bu haykallar haykaltaroshlikning barcha talab va qonunlariga javob beradi.

Markaziy Osiyo hududiga mansub qadimgi rangtasvir san'ati o'ziga xos bebaho namunalarga ega. O'rta asrlarda Samarqandning o'rni Afrasiyob, Surxondaryoning Bolaliktepa, Buxorodagi Varaxsha, Panjikentdagi devoriy rangi tasvirlar diqqatga sazovardir. Afrosiyob rang tasvir san'atining eng xarakterli namunasi shoh saroyi ko'rinishiga xosdir. Devoriy rasmdagi salobatli filning tasvirini kuzatar ekanmiz har bir bo'yoq o'z o'rnida ishlatilganligini ko'ramiz.

Ranglar tasvirining jonli chiqishida muhim rol o'ynagaligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Filning ustida maxsus mo'ljallangan yopinchiqdagi tasvirlar kishini beixtiyor o'ziga jalb qiladi. Bu tasvirlarda qizg'ish, sarg'ish, jigarrang, ayniqsa xavorang ko'p ishlatilgan. Filning ustida taxtiravon, taxtiravon ustida oqsuyak ayol o'tirganligi tasvirlangan. Bo'lishi kerak, degan taxminlar ham bor[2, 29].

MUHOKAMA

Tasvirda saqlanib qolgan, filning ustidagi taxtiravonni bitti ustuncha ko'rinib turibdi. Ana shu ustunchani ayol kishining barmoqlari ushlab turganligi ham saqlanib qolgan. Orqada 4 nafar ayolning suratlari aks etirilgan. Rasmdagi ayollar arq ayollari ko'rinishida, ularning liboslari hatto soch turmaklari ham sharqona ko'rinishga ega. Orqadagi tuya mingan erkaklar tasvirlangan. Lekin ularning ko'rinishlari yevropaliklarga o'xshashdir. Ular sharqona shamshir va xanjar bilan qurollangan.

Surxondaryo viloyati yaqinidagi Bolaliktepa yodgorligidan topilgan hashamatli saroyga o'xshash bino devorlarining to'rtala tomoni ham turli ko'rinishdagi tangdor tasvirlar bilan to'ldirilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, xona devorlarining to'rtala tomonida ishlagan suratlarda ham odamlarni o'tirgan holatdagi ko'rinishlari aks ettirilgan. Gilamchalarga o'xshash to'shamchalar ustida sharqona tiz cho'kib, chordona qurib, yonboshlagan holda juft-juft bo'lib o'tilgan erkak va ayollarning obrazlari diqqatga sazovar. Tasvirdagi bu "gilamcha" lar ayni paytda o'zbek xonadonlarida ishlatiladigan ko'rpachalarni esalatadi.

Bolaliktepa rang tasvir san'atida odamlarning kayfiyati, o'zaro munosabatlarni, xarakterlari rassom tomonidan o'ta ustalik bilan tasvirlangan. Odamlarning qo'llarida qadahlarning tasvirlanishi, bir-biriga bo'layotgan samimiy iltifotlar to'yona holatdagi bazm jamshidini ifodalaydi.

XULOSA

Qadimgi dunyo musavvirlari o'zlarinig manfaat va ehtiyojlariga mos bo'lgan timsollar yaratganlar. San'at inson faoliyatining estetik bo'lmagan sohalari bilan bog'liqligi Qadimgi dunyo, O'rta asrlar, Uyg'onish davri davomida sezilib turadi. Tasviriy san'at o'zining estetik hislatlariga va estetik maqomiga ega bo'lib borgani sari uning ayrim turlari va janrlari ajralib chiqa boshladi. Uning musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasm kabi turlari va janrlari sekin-asta mustaqil tasvir ko'lamiga va tasviriy-ifodaviy vositalariga ega bo'la boshladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I. Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch", T:. "Ma'naviyat", 2008 y., 20b.

2. N. Oydinov. "O'zbekiston tasviriy san'ati tarixidan lavhalar". T. "O'qituvchi". 1997 yil.

3. Soliyev, O. R. (2022). SHARQ MUMTOZ SAN'ATIGA XOS MA'NAVIYLIKNI ZAMONAVIY IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 251-255.

4. Soliyev, O. R. (2022). TASVIRNING ASARGA AYLANISHIDAGI MUHIM OMILLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 61-64.

5. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

6. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

7. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

8. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

9. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

10. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.

11. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

12. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

13. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛОКИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204208.

14. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

15. Ахмедова, Н. Э. (2022). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТЕМУР ВА ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МЕЪМОРИЙ БЕЗАК ТУРЛАРИНИ ТАХЛИЛ КИЛИШ НАТИЖАСИДА ЁШЛАРНИ АКЛИЙ ВА МАЪНАВИЙ ТАРБИЯЛАШ САЛОХИЁТИГА ТАЪСИР КИЛИШ ОМИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 4145.

16. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., & Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 302-308.

17. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

18. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.

19. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

20. Yuldashev, I. (2022). URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 78-83.

21. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-15.

22. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

23. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

24. Qurbonova, B. M. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI O'QUVCHILARIDA BADIIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHGA AMALIY SAN'ATNING O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 65-70.

25. Qurbonova, B. M. (2022). ME'MORIY OBIDALARNING BADIIY, ESTETIK QIYMATIDAN SAMARALI FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 106-109.

26. Qurbonova, B. M. (2022). DUNYO MADANIY TARAQQIYOTIDA SHARQ KITOBATCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOS HAMDA BEQIYOS O'RNI Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 239-242.

27. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.

28. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.

29. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.

30. Ах,медбекова, М. К., & Дадажонова, М. Ё. (2022). МУТАХАССИСНИ КАСБИЙ ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИНИ МОДЕЛЛАШТИРИШ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 183-194.

31. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ АХДМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ, 2(1).

32. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.