Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO MADANIYATINING RIVOJLANISHI'

MARKAZIY OSIYO MADANIYATINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
3421
174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat / tarix / madaniy svilizatsiya .

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ruslan Asliddinovich G‘Aybullayev, Davron Yo‘Ldoshevich Ro‘Ziyev

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixi, rivojlanishi xususida so’z boradi .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO MADANIYATINING RIVOJLANISHI»

MARKAZIY OSIYO MADANIYATINING RIVOJLANISHI

Ruslan Asliddinovich G'aybullayev

Buxoro Davlat universiteti talabasi

Davron Yo'ldoshevich Ro'ziyev

Ilmiy rahbar, Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixi, rivojlanishi xususida so'z boradi .

Kalit so'zlar: Madaniyat ,tarix ,madaniy svilizatsiya .

KIRISH

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal'alarning paydo bo'lishi, yirik sug'orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, siyosiy tashkilotlar -davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib beradi. Qadimgi fors va yunon manbalari eramizdan avvalgi VIII -VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo hududida Baqtriya va Xorazm singari quldorlik davlatlari paydo bo'lganligi haqida xabar beradi. Persepol saroyidagi tosh qabrlarga bitilgan rasmlar, Naqshi Rustam darasidagi shoh Doro qabriga bitilgan bezakli tasvirlar, «Avesto», qadimgi yunon, rim va xitoy mualliflarining asarlarida hozirgi markaziy osiyoliklarning moddiy va ma'naviy madaniyati haqidagi muayyan ma'lum otlar berilgan.

Temirni qayta ishlashning vujudga kelishi ajdodlarimizning eng katta kashfiyotlaridan biri edi. Temirdan mehnat qurollari yaratish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy hayotida tub burilishlar yasadi. Hozirgi o'zbek xalqining qadimgi davr madaniyati Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar madaniyati bilan chambarchas bogliq holda ravnaq topgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Milliy madaniyatimizning rivojlanish jarayoniga e'tibor bersak, xalqimiz milliy ongining rivoji va umuminsoniy madaniyatlarning o'zaro ta'siri ostida ro'y berganligini ko'ramiz. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojida «Buyuk ipakyo'li»ning roli benihoyat katta bo'lgan. Eramizdan avvalgi II ming yillikning oxiri va 1 ming yillikning boshlariga kelib, 0'rta Osiyoda Baqtriya, So'gdiyona va Xorazm kabi madaniy jihatdan rivojlangan davlatlar paydo bo'ldi. Mazkur davlatlarning qadimgi davr madaniy taraqqiyoti boshqa bir qator xalqlar: Eron, Xitoy va Hind madaniyatlarining ta'siri ostida ro'y bergan. Masalan, taxminan eramizdan avvalgi I ming yillik o'rtalariga kelib Baqtriya Hindiston bilan bo'ladigan savdo-sotiqning asosiy markaziga aylandi. Savdo-sotiqning yuksalishi natijasida mustahkam qilib qurilgan qal'alar xalqning keng iste'mol va tashqi savdoga olib chiqiladigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylana boshladi. Yirik iqtisodiy markaz — shaharlarning vujudga kelib borishi uchinchi mehnat taqsimotining vujudga kelishiga sabab bo'ldi.

Aleksandr Makedonskiyning Markaziy Osiyo hududlarini zabt etishi natijasida yunonlar bilan mahalliy xalqlar, Yevropa bilan Osiyo o'rtasida o'zaro iqtisodiy-madaniy aloqalar vujudga kelgan. Yunonlar osiyoliklarning madaniyatiga, osiyoliklar esa yunonlar madaniyatiga qiziqish bilan qaray boshlaganlar. Makedonskiy qo'shinlari bilan bosqinchilik va qirg'in urush dahshatlari kirib kelgan bo'lsa, shu bilan birga, o'ziga xos yunon madaniyati ham kirib kelgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yunon tili davlat tili hisoblangan. Yunon yozuvi hatto islom dini kirib kelgunga qadar ham muomalada bo'lgan. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari va shimolda yashovchi turkiy qavmlarning diniy qarashlarida yagonalik mavjud bo'lgan. Buni qadimgi yunon, xitoy, arman tarixchilari va «Avesto» matnlari orqali aniqlash

mumkin. Masalan, yunon tarixchisi Gerodot o'zining «Tarix» kitobida «massagetlar ichida ulug'langan yagona xudo — bu Quyoshdir, Quyoshga ular otlarni qurbonlik qilardilar, chunki xudoga dunyodagi eng uchqur jonliqni qurbon qilish lozim deb o'ylaydilar», deb qayd etgan.

XULOSA

Eramizdan avvalgi 1 ming yillikning o'rtalaridan boshlab Markaziy Osiyo hududlariga turkiy qabilalarning tez-tez ko'chib kelishlari natijasida, bu yerlarda turli xil tillarning shakllanish jarayoni ro'y beradi. Masalan, eramizdan avvalgi III asrlarda Sirdaryo va Yettisuv cho'llariga shimoldan xunnlar ko'chib kelib, o'zlarining yirik qabila ittifoqini tashkil qiladilar. Ular Oltoy oilasining turkiy guruhiga kiruvchi tillarda so'zlashganlar. Xunnlar vaqt o'tgach, so'g'diyonaliklar bilan chatishib ketganlar. Xuddi shu davrlarda Sirdaryoning o'rta va quyi oqimida turkiy tilda so'zlashuvchi etnik guruhlarning ta'siri kuchaya boradi. Turkiy tillar, ayniqsa, turk xoqonligi davrida (eramizning VI-VIII asrlari) Shimoliy Enasoy (Yenisey)dan Mo'g'ulistonga qadar cho'zilgan keng hududlarda asosiy tillarga aylanadi. Xullas, Markaziy Osiyoning ko'pgina hududlarida forsiy va turkiy xalqlar tillari vujudga kelgan. Bu tillarda so'zlashuvchi turk etnik guruhlarning iqtisodiy madaniy aloqalari natijasida urf-odatlari, marosimlari, yashash tarzi,ma'naviy madaniyati bir-biriga o'xshash bo'lgan hozirgi Markaziy 0'rta osiyoliklarning qadimgi ajdodlari shakllangan.

REFERENCES

1.http://www.teatr uz.

2. http: //www.bilim.uz

3.http://www.ziyo. edu. uz

4.U.Qoraboyev ,G'.Soatov "O'zbekiston madaniyati"

19

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.