Научная статья на тему 'MARIFAT YO‘LIDA ZIYOLILARNING TUTGAN O‘RNI'

MARIFAT YO‘LIDA ZIYOLILARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
20
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / TARBIYA / TEXNOLOGIYA / MA'NAVIYAT / MA'RIFAT / QADRIYAT / G'OYA / MAFKURA / INNOVATSIYA / MADANIYAT

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Aynakulov M.A.

Ushbu maqolada hozirgi kun yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarurligi xususida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANIMATION OF THE TECHNICAL PROCESS, PROBLEMS AND PRICES

In this article, in order not to create a void in the spiritual world of our youth today, we need to form a healthy way of life, respect for national and national values in their hearts and minds from childhood.

Текст научной работы на тему «MARIFAT YO‘LIDA ZIYOLILARNING TUTGAN O‘RNI»

Aynakulov M.A.

Jizzax politexnika instituti "Muhandislik va kompyuter grafikasi" kafedrasi dotsenti,

iqtisod fanlari nomzodi

MARIFAT YO'LIDA ZIYOLILARNING TUTGAN O'RNI

Annotasiya: Ushbu maqolada hozirgi kun yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarurligi xususida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: ta 'lim, tarbiya, texnologiya, ma'naviyat, ma 'rifat, qadriyat, g'oya, mafkura, innovatsiya, madaniyat.

Aynakulov M.A., candidate of economic sciences, associate professor

associate professor Department of Engineering and Computer Graphics

Jizzakh Polytechnic Institute

ANIMATION OF THE TECHNICAL PROCESS, PROBLEMS AND

PRICES

Annotation: In this article, in order not to create a void in the spiritual world of our youth today, we need to form a healthy way of life, respect for national and national values in their hearts and minds from childhood.

Keywords: education, upbringing, technology, spirituality, enlightenment, value, idea, ideology, innovation, culture.

Hozirgi kunda dunyoda shiddat bilan globallashib borayotgan insoniyat uchun havf solayotgan ulkan ma'naviy tahdidlar avj olib bormoqda. Albatta, bu dunyodagi ko'plab mamlakatlar va xalqlarning iqtisodiyotiga, siyosatiga va ma'naviyatiga juda katta salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida mustaqilligi yillari davomida barcha sohalarda ulkan o'zgarishlar yuz berdi.

Aynan bugun shiddat bilan davom etayotgan islohotlar har birimizda faol tashabbuskorlik va fuqarolik pozitsiyamizni bildirishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo'llagan Murojaatnomasi mazmuni, mohiyati va belgilab bergan vazifalariga munosabat bildirish - bu vatanparvarlikni namunasidir.

Jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi, zamonaviy va tarixiy bilimlarni chuqur egallaganligi, yuksak malakasi bilan bog'liq bo'lib kelgan. Muhtaram Prezidentimiz murojaatnomasida ayni

shu masalalarga urg'u berar ekan quyidagicha fikrlarni bildirib o'tdi:f'Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak" [1].

Darhaqiqat, X-XV asrlarda jahonga yuksak darajadagi ilmiy-ma'rifiy salohiyatini namoyon qilgan marifatparvar olim va ulomalarni yetishtirgan davlatchiligimiz bugun ilm-fan taraqqiyot olamida quyi o'rinlarga tushib qoldi. Bu kabi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar, albatta, ko'pchilikni tashvishga soladi. Nima qilsak, talim va tarbiya sohasida keskin o'zgarishlar bo'ladi? Qanday jahon standartlari, zamonaviy usul hamda uslublarni joriy qilish lozim? Jahon ta'lim integratsiyasida O'zbekistonning o'rni ertaga qanday bo'ladi?

Albatta, bu kabi savollar, muammo va masalalarga Prezidentimiz o'z murojaatnomasida yechim va takliflarini keltirib o'tdi.

Murojaatnomada shuningdek, mazkur ulug' yo'lda avvalo, yoshlarning o'z oldiga katta marralarni qo'yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish - barcha uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarurligi ta'kidlandi.

Bu yo'nalishda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan g'oya asosida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilishi belgilandi.

Jumladan, ushbu yo'nalishda yosh avlodga bog'cha, maktab va oliygohda sifatli ta'lim-tarbiya berishni yo'lga qo'ish, ular jismoniy va ma'naviy sog'lom, vatanparvar insonlar bo'lib ulg'ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar etib voyaga yetkazish, o'g'il-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o'rgatish, ularda tadbirkorlik ko'nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro'yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta'minlash ustuvor vazifalar sifatida amalga oshiriladigan bo'ldi [2].

Shu o'rinda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yilda Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomasida "O'zimiz o'zimizga xiyonat qilmasak, o'zimiz o'zimizni aldamasak, halol-pok bo'lib mehnat qilsak, ko'zlagan barcha marralarimizga albatta yetishimiz" ta'kidlandi. Bunda ham xalq, yoshlarning ma'naviyati nazarda tutildi. Chunki ma'naviyatli odam sadoqatli bo'ladi. O'z burchiga xiyonat qilmaydi, o'zi o'zini aldamaydi. Halol-pok mehnat qiladi.

Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiya, Janubiy Koreya tarixiga nazar qarasak, milliy g'oya xalqni safarbar qilib, vayronaga aylangan bu mamlakatlarni yuksak rivojlangan davlatga aylantirdi. Chunonchi, endi yuksalish navbati O'zbekistonga keldi. Chunki yapon, koreyslar o'z baxtini o'z qo'llari, aqli, innovatsiyalari bilan yaratishdi. Hech kim chetdan kelib ularni baxtli qilgani yo'q. Milliy g'oya ularni inontirdi, ishontirdi, safarbar qildi. Biz

mana shunday xorijiy tajribalar asosida milliy g'oyamiz zamonninglyangi talablari asosida xalqimizni "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" olib bormoqda. Zero Vatanning baxtli kelajagini ko'rsatib, zavqlantira olmaydigan g'oya millatni safarbar qila olmaydi. Shuning uchun Oliy Majlisga Murojaatnomada "Milliy g'oya nima uchun kerak?", degan savolni o'rtaga tashlagan Prezident Shavkat Mirziyoev "Vatanni sevish uchun", deb javob berdi. Bularning barchasi yoshlar, xususan millatning bo'lajak ziyolilari qatlami - yoshlarni g'oyaviy tarbiyalashga davlat tomonidan ifodalangan ijtimoiy buyurtma bo'lib hisoblanadi. Bunda "Avvalambor, «ommaviy madaniyat» ko'rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo qazolardan yoshlarimizni asrash, ularning ta'lim-tarbiyasiga har birimiz mas'ul ekanimizni hech qachon unutmasligi miz kerak [3]"

Binobarin, bu ruh insonni uyushtiradi va ilxomlantiradi, orzu xavaslar sari yetaqlaydi. Ma'naviyat aqlli munosabat, jur'at, ongli kurash asosi hamdir. Ma'rifatli xalqning ruhi sog'lom, niyati pok, tilagi ezgu bo'ladi. Va aksincha ma'rifatsizlik xalqni jaholat botqog'iga botishiga sabab bo'ladi. Inson ongli holda o'zi tanlagan, zaruriy deb bilgan va e'tiqod qilgan faoliyat turini dastur qilib olishi va uni ro'yobga chiqarishi mumkin. Ma'naviyat moddiy hayotning in'ikosi, ijtimoiy ehtiyojning hosilasi sifatida jamiyatni harakatlantiruvchi kuchdir [4].

Yuqorida zikr etilganlardan kelib chiqib, xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalarni qo'llab-quvvatlanayotgan, ilm, ma'rifat, raqamli iqtisodiyot rivojlantirilayotgan jarayonlar bilan uyg'un bo'lishi talab etilmoqda. Demak, mana shunday yangi tarixiy vaziyatda "O'zbekistonni innovatsion rivojlantirish uchun xalqimiz, yoshlarimizda qaysi fazilatlarni kuchaytirib, qaysi illatlarga chek qo'yishimiz kerak?", degan savollarga javoblar kerak. Bu savolga ma'naviyat javob berishi va xalqimizni bunyodkor ishlarga da'vat qilishi kerak.

Inson har doim o'z qalbiga quloq tutishi, uning unsiz sadosini tinglay bilishi hayotiy zaruratga aylanishi zarur. Kishilar ongli faoliyat davomida ma'naviyat jamiyat hayotida nakadar muhim o'rin tutishini yaqqol his qila bilishlari kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.Sh.M.Mirziyoev "Mamlakatimiz va Oliy Majlisning 2019 yildagi taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Oliy Majlisga Murojaatnomasi". Toshkent., 2018 yil, 28 dekabr. // Sh.M. Mirziyoev "Address to the Oliy Majlis on the priority directions of the development of our country and the Oliy Majlis in 2019". Tashkent, December 28, 2018.

2.Sh.M.Mirziyoev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz". T.: «O'zbekiston» - 2017. 29-b. // Sh.M. Mirziyoev "We will continue our path of national development with determination and raise it to a new level." T.: "Uzbekistan" - 2017. p. 29.

3.B.N.Gapparov va boshqalar. "Xalq pedagogikasi", "Tafakkur" nashriyoti, Toshkent. 2009 yil. // B.N. Gapparov and others. "People's pedagogy", "Tafakkur" publishing house, Tashkent. 2009.

4. Gapparov B.N. "Jamiyat rivojlanishida o'quvchilik kasbi va unga qo'yilgan asosiy talablar" "NamDU ilmiy axborotnomasi" jurnali. Namangan. 2021 yil, № 6 - B.501-504. Gapparov B.N. "Jamiyat rivojlanishida o'quvchilik kasbi va unga qo'yilgan asosiy talablar". "NamDU ilmiy axborotnomasi" jurnali. Namangan. 2021 yil, № 6 - B.501-504. // Gapparov B.N. "Teaching profession in the development of society and the main requirements for it". "NamDU Scientific Bulletin" magazine. Namangan. 2021, No. 6 - B.501-504.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.