Научная статья на тему 'MAQOLATAHLILIY JURNALISTIKANING YETAKCHI JANRI SIFATIDA'

MAQOLATAHLILIY JURNALISTIKANING YETAKCHI JANRI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
180
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: jurnalistik material / maqola / publitsistik janr / Turkiston viloyatining gazeti

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jo’Rayeva Maftuna Roziqovna

Annotatsiya: ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadigan, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtirgan maqola haqida, maqola asli o’zi nima ekanligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOLATAHLILIY JURNALISTIKANING YETAKCHI JANRI SIFATIDA»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MAQOLA- TAHLILIY JURNALISTIKANING YETAKCHI JANRI SIFATIDA

Jo'rayeva Maftuna Roziqovna

Samarqand Davlat Chet Tillari instituti Xalqarojurnalistikayo'nalishi talabasi

Annotatsiya: ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadigan, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtirgan maqola haqida, maqola asli o'zi nima ekanligi haqida so'z boradi. Kalit so'zlar: jurnalistik material, maqola, publitsistik janr, Turkiston viloyatining

gazeti

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7685309

E'tibor berganmisiz, odamlar gazetada chiqadigan materiallarning hammasini maqola deb o'ylashadi. Qanday shakl yoki ko'rinishda bo'lishidan qat'iy nazar , jurnalistik materialingiz gazetada chop etilsa, "maqolangizni o'qidim", "maqolangiz chiqibdi" deb aytishadi ham. Bu bejiz emas, albatta. Matbuotda maqolaning o'rni va ahamiyati , turlari va asosiy vazifalari haqida gapirishdan oldin, maqola so'zi qanday ma'noni anglatishini bilish lozim. Maqola -arabcha so'zdan olingan(lotincha "articulus") bo'lib, "bo'g'in", "a'zo", "qism" degan ma'nolarni anglatadi.

Demak, bunga sabab - jurnalistik material, ma'lum hajmdagi matn gazeta sahifasining bir qismi, ustuni , joyini egallaydi. Jurnalistikada esa maqola janrdir.

Maqola - publitsistikaning eng asosiy janrlaridan biri bo'lib, ijtimoiy hayotdagi ma'lum voqea , hodisa, jarayon, vaziyat, xatti-harakatlarini muayyan jihatini aniq fakt va dalillar , fikr asosida tahlil qilish orqali yoritiladigan jurnalistik asardir. Jamiyatdagi ma'lum voqea hodisalariga nisbatan aniq faktga va isbotga asoslangan jiddiy fikrlarni rivojlantirish tufayli muallifning erishgan natijalariga asoslangan xulosalaridir.

Publitsistikada maqolaning tarixiy ildizlari chuqur sanaladi va ularning turlari farqlanadi. Shu nuqtai nazardan maqola voqelikning boshqa voqelikdan ustunligi, o'ziga xosligi, oz davrining muhim voqea- hodisasi, jarayoni, vaziyatlarni yoritishi va dolzarbligi bilan ko'p yillar saqlanishi kerak. Misol uchun, o'zbek milliy matbuotining yirik namoyondalaridan biri bo'lgan M.Behbudiy bundan yuz yildan ziyod vaqt avvalida , aniqrog'i , 1913 yili asos solgan "Oyna" jurnalining birinchi sonida "Ikki til emas, to'rt til lozim" sarlavhali maqolasida muammo mahalliy aholining turmush sharoitidan kelib chiqqan holda qo'yilgandi. Maqolada ko'tarilgan ushbu mavzu dolzarbligi nuqtai nazaridan hozirgi sharoitda ham ahamiyatlidir.

Maqola - tahliliy jurnalistikada juda jiddiy janr bo'lib, jurnalistdan katta bilim va mahoratni talab etadi.

Maqola - publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati , iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg'or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targ'ibot maqola, muammoli

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

maqola keng qo'llaniladi. Bosh maqola(yoki tahririyat tomonidan yozilgan maqola) tahririyatning eng mas'uliyatli maqolasi bo'lib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o'quvchlar ommasiga yetkazish vazifasi qo'yiladi. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatishi , mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo'lini belgilab berish lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari , Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi. Nazariy maqola va targ'ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g'oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o'quvchining g'oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqola munozara va bahslashuv mazmunida bo'lib, unda biror masala yuzasidan muallif o'z qarashlarini o'rtaga tashlaydi.

O'zbekistonda maqola janri tarixi, asosan, "Turkiston viloyatining gazeti" bilan bog'liq. Unda ijtimoiy-siyosiy hayotning turli sohalari o'z ifodasini topgan(Furqat, Ibrat, Hakimjon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar o'zbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqalar o'z maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy axborot vositalarida maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi. Maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir. Maqola islohi keng ma'noda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, to'plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo'llaniladi.

Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo'ladi: 1. Kirish - bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism - muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilinadi. 3. Xulosa - mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.

Maqolalar ilmiy yoki publitsistik usulda uslubda, adabiy til me'yorlariga to'liq amal qilingan holda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ha muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa , lekin e'tiborni jalb qiladigan va , albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma'lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ko'rsatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. ^ycTKopaeB E. Y36eKHCTOH ^ypHa.HCTHKacH TapHXH.(gapc.HK).-TomKeHT.Fa$yp

Fy.OM HOMugara HampueT-MaT6aa h^OAHH yHH.2009.-330-6

2. O'zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.