Научная статья на тему 'MANZARA – RANGTASVIRIDA ASOSIY RANG MUNOSABATLARINI IDROK QILISH VA MUSTAQIL JANR SIFATIDA TABIAT MANZARASINI TASVIRLASH USLUBI'

MANZARA – RANGTASVIRIDA ASOSIY RANG MUNOSABATLARINI IDROK QILISH VA MUSTAQIL JANR SIFATIDA TABIAT MANZARASINI TASVIRLASH USLUBI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
102
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Изобразительное искусство / цветное изображение / перспектива / этюд / пейзажное изображение / композиция. / fine Art / Color Image / perspective / ethyud / landscape image / composition.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — F.A. Berdiev

hozirgi zamon talablariga binoan oliy oʻquv yurtlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri jahon standartlari talablariga javob bera oladigan bilimli, zukko va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Maʻlumki sanʻatning turlari nihoyatda ko’p bo’lib ularning eng asosiylari adabiyot, kino, teatr, memorchilik, amaliy bezak sanʻati, sirk, televidenie, tasviriy sanʻat kabilar alohida eʻtiborga ega. Tasviriy sanʻat ham shu sanʻat turlaridan biri hisoblanib, tabiatni rangtasvirda tabiat manzarasini tasvirlash xalqlar tarixini o’rganishga xizmat qiladi.Tasviriy sanʻatning paydo bo’lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Ayniqsa tarixiy mavzudagi sanʻat asarlarini tomosha qilganda o’sha davrdagi tabiat manzaralari narsa buyumlar mehnat va jangovor qurollari kishilar hayoti ularning kiyimlari, urf odatlari, qurilishlar, binolari haqida tasavvurga ega bo’lamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LANDSCAPE-A WAY OF PERCEIVING THE MAIN COLOR RELATIONS IN PAINTING AND DEPICTING THE LANDSCAPE OF NATURE AS AN INDEPENDENT GENRE

o the requirements of the present time is the training of knowledgeable, resourceful and competitive specialists who can meet the requirements of world standards. It is known that the types of art are extremely numerous, the main of which are literature, cinema, theater, memorialization, applied decorative arts, circus, television, fine arts, among others, with special attention. Fine art is also considered one of these types of art, and depicting nature in painting serves to hit the history of the chalks. The emergence of fine art dates back to the era of the primitive community. Especially when watching works of art with a historical theme, the natural landscapes of that time are objects of Labor and weapons of war people's lives we get an idea of their clothes, customs, constructions, buildings.

Текст научной работы на тему «MANZARA – RANGTASVIRIDA ASOSIY RANG MUNOSABATLARINI IDROK QILISH VA MUSTAQIL JANR SIFATIDA TABIAT MANZARASINI TASVIRLASH USLUBI»

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DOI : 10.24412/2992-9024-2024-1-45-54

© F.A. Berdiev 1B_

1 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Toshkent

Annotatsiya

KIRISH: hozirgi zamon talablariga binoan oliy o'quv yurtlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri jahon standartlari talablariga javob bera oladigan bilimli, zukko va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Ma'lumki san'atning turlari nihoyatda ko'p bo'lib ularning eng asosiylari adabiyot, kino, teatr, memorchilik, amaliy bezak san'ati, sirk, televidenie, tasviriy san'at kabilar alohida e'tiborga ega. Tasviriy san'at ham shu san'at turlaridan biri hisoblanib, tabiatni rangtasvirda tabiat manzarasini tasvirlash xalqlar tarixini o'rganishga xizmat qiladi.Tasviriy san'atning paydo bo'lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Ayniqsa tarixiy mavzudagi san'at asarlarini tomosha qilganda o'sha davrdagi tabiat manzaralari narsa buyumlar mehnat va jangovor qurollari kishilar hayoti ularning kiyimlari, urf odatlari, qurilishlar, binolari haqida tasavvurga ega bo'lamiz.

MAQSAD: tasviriy san'atning amalda bajarish bilan birgalikda nazariyasini ham muntazam o'rganish ushbu ta'limni muvofaqiyatli o'zlashtirishning asosi hisoblanadi. Rang tasvir qonun qoidalarini puxta egallagan talaba amaliy ijodda samarali yutug'larga erishishi mumkin. Bu borada rang tasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan bog'liq holda amalga oshirish zaruriyatini anglagan holda darslarni to'g'ri maqsadli tashkillashtirishni nazarga tutilgan.

MATERIALLAR VA METODLAR: manzaraning rangtasviri - rangtasvir dasturining kerakli bo'limi bo'lib, rassom-pedagoglarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tabiat benihoyat jozibali va go'zaldir. Quyosh nuri va atrof muhit cheksiz turli ranglarni hosil qiladi. Manzara tasviri esa san'atning eng hissiyotli janrlaridan biri hisoblanadi. Go'zal manzara asarlari o'zining nafosatli ta'siri bilan insonni ma'naviy boyitishga erishadi.

Ona tabiat qo'ynida bo'lish ijodiy fikrlar tug'ilishi va ruhlanishni o'zgarmas manbai hisoblanadi. Rassom biror bir joyni tasvirlashda o'sha muhitni chuqur o'rganmay, tahlil etmay xayolan tasvirlasa bu ish soxta chiqib tomoshabinni o'ziga jalb eta olmaydi. Muntazam ijod etish rassomni nozik sezishga va tabiatni ma'lum holatini rangli va tusli xususiyatlarini to'laqonli etkazishga o'rgatadi.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Dala amaliyotida ijod qilish xona ichkarisidagi ishlash sharoitidan farqlanadi. Kuchli yorug'likni hosil qiluvchi yorug'likni ko'pligi, reflekslarni turli-tumanligi, manzara ob'ektlarini kuzatuvchidan yiroqligi, yoritilishning tezlik bilan almashuvi, yil fasli va ob - havoni turli holati buning hammasi yosh rassomga yangi va odatlanmagan sharoitdir.

Manzara etyudining muhim afzalligi - tabiatning ma'lum holatini, yoritilganligini havoiy muhit ta'sirini ma'noli makonni etkazishdir. Manzara tasvirini bunday sifatlariga rassom havo perspektiva qonuniyatlariga amal qilish, rang munosabatlari bilan ishlash metodi, umumiy tus va rang holatini to'g'ri topish yordamida erishadi. Manzara ob'ektlari va narsalarni rang, och-to'qligi va to'yinganligi bo'yicha taqqoslash, solishtirish ularning naturadagi farqlarini belgilash - bular etyudning rangli munosabatlarini to'g'ri ifodalashda asos qilib olinadi.

Qalam yoki rang uchun ishlatiladigan qog'ozni kartonga elimlanadi. Elim surtilgach elimdan namlangan qog'oz qurish jarayonida karton qog'oz tomonga bukiladi va qurigach egilib qoladi. Buni tuzatish uchun quyidagilarni qo'llaymiz.

1. Agar karton qurigandan so'ng bukilib qolsa, uning orqa tomoniga yupqa qog'oz varog'i yopishtiriladi;

2. Kartonni orqa tomoniga qog'ozni elimlashdan oldin uni bir tekis va mo'l suv bilan namlanadi. Karton to'g'rilangandan so'ng, qog'oz elim bilan surtilib kartonning old tomoniga yopishtiriladi. Asos sifatida turli zig'ir tolasidan tayyorlangan mato va ip gazlamalardan foydalanish mumkin. Materialni old tomonidagi g'adir-budur, tugunchalar olib tashlanadi. Bu jarayonni tartibi quyidagicha:

a) tekis taxta ustiga gazlama tortilib chetlari mix bilan qotiriladi;

b) Gazlama suv bilan to'liq shimilguncha ho'llanadi;

c) Gazlama qurigandan so'ng qaytadan tarang tortib bir sidra quyuq kraxmal elim bilan qoplanadi;

d) Elimlanadigan qog'ozni orqa tomoniga elim surtiladi va gazlama ustiga qo'yib tekis tortiladi;

e) Yuza to'liq qurigach mixlar sug'urib olinadi. Qalin qog'ozga masalan, vatmanga, elim surtishdan oldin ikki tomoni suv bilan namlanadi, so'ngra toza latta bilan ortiqcha suyuqlik sidirib tashlanadi.

3. Bo'yoqlarni astoydil aralashtirib tayyorlash uchun chinni idishlardan foydalangan ma'qul.

4. Qoida bo'yicha avvalo yorug' tusli bo'yoqlar undan so'ng to'qrog'i surtiladi, ya'ni suyuq bo'yoqlar, keyin esa quyuqroqlari beriladi. YAxshi akvarel' bo'lishi uchun suvli qilib yorqin bo'yoqda yozish kerak. Buyumni bo'yashdan oldin yorug'lik kuchli tushib turgan qismi saqlab qolinadi.

Katta mo'yqalamda bir xil rangda yopish uchun bo'yoqni idishdagi suvda aralashtirib olgach, unga besh-o'n daqiqa vaqt berib tindiriladi. Keyin yangi idishga toza oq mato orqali suzilgach mo'yqalam bo'yoq bilan shimdiriladi. Qog'ozni qiya holatda ushlab, yuqoridan pastga qarab mo'yqalam bilan rang beriladi. Maboda bo'yoq idish tagida cho'kib qolsa «eritma»ni ishlatishdan oldin har safar biroz chayqatib (boshqa mo'yqalam bilan), biroz fursat davomida tindirishga imkon berish kerak.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Berdiev F. A. Manzara - rangtasvirida asosiy rang munosabatlarini idrok qilish va mustaqil janr sifatida tabiat manzarasini tasvirlash uslubi // Inter education & global study. 2024. № 1. Б. 45-54.

ПЕИЗАЖ-ВОСПРИЯТИЕ ОСНОВНЫХ ЦВЕТОВЫХ ОТНОШЕНИИ В ЖИВОПИСИ И СПОСОБ ИЗОБРАЖЕНИЯ ПЕЙЗАЖА ПРИРОДЫ КАК САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ЖАНРА_

© Ф.А. Бердиев 1Н

1 Ташкентский архитектурно-строительный университет, Ташкент_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: согласно современным требованиям, одной из важнейших задач, стоящих перед высшими учебными заведениями, является подготовка знающих, умных и конкурентоспособных специалистов, способных соответствовать требованиям мировых стандартов. Известно, что существует множество видов искусства, среди которых важнейшими являются литература, кино, театр, архитектура, декоративно-прикладное искусство, цирк, телевидение, изобразительное искусство. Изобразительное искусство, включая изображение природы на картине, служит изучению истории народов. Появление изобразительного искусства восходит к временам первобытных общин. Особенно, когда мы рассматриваем произведения искусства на историческую тему, мы получаем представление о сценах природы, предметах труда и боевом оружии, жизни людей, их одежде, обычаях, зданиях и постройках того времени.

ЦЕЛЬ: регулярное изучение теории изобразительного искусства вместе с практическим применением является основой успешного освоения этого направления образования. Студент, овладевший правилами цветового изображения, может достигнуть значительных успехов в практическом творчестве. При этом в области цветного изображения учитывается, что практика всегда должна сочетаться с крепкой теоретической базой, а занятия должны быть организованы грамотно.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: пейзажная живопись - необходимый раздел живописной программы, приобретающий важное значение в процессе подготовки художников-педагогов.

Природа безупречно привлекательна и прекрасна. Солнечный свет и окружающая среда создают бесконечное разнообразие цветов. Пейзаж, с другой стороны, считается одним из самых эмоциональных жанров изобразительного искусства. Прекрасные пейзажные произведения своим изысканным эффектом достигают духовного обогащения человека.

Важным преимуществом ландшафтной проработки является передача осмысленному пространству определенного состояния природы, освещенности, воздействия воздушной среды. Этих качеств пейзажного изображения художник достигает, следуя законам воздушной перспективы, приему работы с цветовыми

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

отношениями, правильно находя общий тон и цветовое состояние. Сравнение пейзажных предметов и вещей по цвету, светлоте и насыщенности, определение их различий в природе - вот основа правильного выражения цветовых отношений этюда.

К картону приклеивается бумага для карандашей или цветная. После нанесения клея, в процессе смачивания бумаги клеем, картон прогибается к бумаге, а при высыхании - изгибается. Чтобы исправить это, мы используем следующее:

1. Если картон после высыхания прогибается, к его обратной стороне приклеивают тонкий лист бумаги;

2. Прежде чем приклеивать бумагу к обратной стороне картона, равномерно и обильно смочите ее водой. После расправления картона бумага наносится клеем и приклеивается к лицевой стороне картона. В качестве основы можно использовать ткани и пряжу из разных льняных волокон. Убираются неровности и сучки на лицевой стороне материала. Порядок этого процесса следующий:

а) Ткань растягивают на ровной доске и закрепляют края гвоздями;

б) Ткань замачивают водой до полного размокания;

в) После высыхания ткани ее снова растягивают и покрывают густым крахмальным клеем;

г) Клей наносится на обратную сторону склеиваемой бумаги, кладется на ткань и растягивается;

д) Когда поверхность полностью высохнет, гвозди выдергивают. Перед нанесением клея на плотную бумагу, например, ватман, обе стороны смачивают водой, а затем промокают лишнюю жидкость чистой тканью.

3. Для приготовления красок лучше использовать фарфоровые емкости, старательно перемешивая содержимое.

4. Как правило, сначала наносятся светлые цвета, затем более темные. Чтобы получить хорошую акварель, необходимо писать водянистой и яркой краской. Перед покраской объекта необходимо оставить непокрытой ту часть, на которую сильно падает свет.

После смешивания краски в миске с водой и покрытия ею поверхности с помощью большой кисти, краске дают настоятся в течение пяти-десяти минут. Затем, процедив через чистую белую ткань в новую емкость, кисть обмакивают в краску. Держа бумагу в наклонном положении, кистью наносят цвет сверху вниз. Если краска оседает на дно емкости, необходимо каждый раз встряхивать краску другой кистью и давать ей немного постоять перед использованием.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Пребывание на лоне матери-природы-неизменный источник зарождения творческих мыслей и вдохновения. Когда художник, изображая место, иллюзорно изображает эту среду, не углубляясь в нее и не анализируя, эта работа не может выйти за рамки подделки и привлечь зрителя. Регулярное творчество учит художника тонко чувствовать и полноценно передавать колористические и колористические особенности определенного состояния природы.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Творчество в полевой практике отличается от условий работы в помещении. Обилие света, генерирующего интенсивный свет, разнообразие рефлексов, удаленность объектов пейзажа от наблюдателя, быстрота смены освещения, разнообразие времен года и погоды-все это новые и непривычные условия для молодого художника.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: важным достоинством пейзажного этюда является передача определенного состояния природы, осветления, влияния воздушной среды на смысловое пространство. Таких качеств пейзажной живописи художник достигает с помощью соблюдения законов воздушной перспективы, метода работы с цветовыми отношениями, правильного нахождения общего тона и цветового состояния. Сопоставление предметов и предметов пейзажа по цвету, светло-насыщенности и насыщенности, сопоставление обозначение их различий в натуре - они берутся за основу при правильном выражении цветовых соотношений этюда.

Ключевые слова: Изобразительное искусство, цветное изображение, перспектива, этюд, пейзажное изображение, композиция.

LANDSCAPE-A WAY OF PERCEIVING THE MAIN COLOR RELATIONS IN PAINTING AND DEPICTING THE LANDSCAPE OF NATURE AS AN INDEPENDENT GENRE_

© Fazliddin A. Berdiev 1H

1 Tashkent University of architecture and construction, Tashkent_

Annotation

INTRODUCTION: one of the most important tasks facing higher education institutions according to the requirements of the present time is the training of knowledgeable, resourceful and competitive specialists who can meet the requirements of world standards. It is known that the types of art are extremely numerous, the main of which are literature, cinema, theater, memorialization, applied decorative arts, circus, television, fine arts, among others, with special attention. Fine art is also considered one of these types of art, and depicting nature in painting serves to hit the history of the chalks.

The emergence of fine art dates back to the era of the primitive community. Especially when watching works of art with a historical theme, the natural landscapes of that time are objects of Labor and weapons of war people's lives we get an idea of their clothes, customs, constructions, buildings.

AIM: the systematic study of The Theory of Visual Art in combination with the implementation of it in practice is the basis of the successful assimilation of this education. Color Image A student who has mastered the rules of the law can achieve effective achievements in practical creativity. In this regard, practice in the field of color imaging has

Для цитирования: Бердиев Ф. А. Пейзаж-восприятие основных цветовых отношений в живописи и способ изображения пейзажа природы как самостоятельного жанра // Inter education & global study. 2024. № 1.С. 45-54.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

always looked at the correct purposeful Organization of classes, realizing the need to carry out in connection with a strong theory.

MATERIALS AND METHODS: the painting of the landscape is the necessary section of the painting program and is important in the process of training artist -educators.

Nature is unattractive and beautiful. Sunlight and the environment produce infinitely different colors. Landscape painting, on the other hand, is considered one of the most sensual genres of art. Beautiful landscape works achieve spiritual enrichment of a person with their breathtaking influence.

DISCUSSION AND RESULTS: Being in the bosom of Mother Nature is an irreplaceable source of creative thoughts and uplifting. This work cannot be faked out and captivate the viewer if the artist imagines that he does not delve deeply into and analyze that environment when describing a place. Regular creativity teaches the artist to perceive delicately and to fully convey the color and tonal characteristics of a certain state of nature.

CONCLUSION: In field practice, creativity differs from the conditions of work inside the room. The abundance of light that produces strong light, the variety of reflexes, the distance from the observer of landscape objects, the speed alternation of lighting, the different state of the year and the weather all this is a new and unaccustomed condition for the young artist.

Keywords: fine Art, Color Image, perspective, ethyud, landscape image, composition.

For citation: Fazliddin A. Berdiev. (2024) 'Landscape-a way of perceiving the main color relations in painting and depicting the landscape of nature as an independent genre', Inter education & global study, (1), pp. 45-54. (In Uzbek).

Har qanday tasvir mayda qismlardan emas, yaxlitlikdan boshlanadi. Dastlab katta umumiy shakl topiladi, keyin esa mayda bo'laklari ishlanadi. Shu munosabat bilan tasvirlash jarayoni qoidasi mavjud: umumiydan-mayda bo'laklarga va yana umumlashtirishga. Manzara etyudini ishlash yaxlit asosiy munosabatlarni qurishdan manzaraning asosiy ob'ektlari (osmon, er, suv, old, o'rta va olisdagi ko'rinishlari bilan) orasidagi rang farqlaridan boshlanadi.

Manzaraning ob'ektlaridagi asosiy munosabatlarni to'g'ri olinishi keyingi rang qurilishi, mayda bo'laklarni tasvirlashda ishni osonlashtiradi. Agarda asosiy rang munosabatlari noto'g'ri topilgan bo'lsa, reflekslar va ranglardagi nozik farqlar, mayda qismlarni qanchalik sinchiklab (astoydil) bajarilmasin, mazmunli tasvir hosil bo'lmaydi.

Plenerda boshlang'ich ishlar jarayonida kichik etyudlar (15x10sm) bajarish zarur. Qo'yilmadagi keskin kontrastlar (tusli va rangdorlik) ko'rish taassurotlari bo'yicha taqqoslanadi. Birinchi navbatda old ko'rinish munosabatlari olisdagiga nisbatan aniqlashtiriladi. Qoida bo'yicha kichik o'lchamdagi etyudlarda maydalangan qismlarni idrok etish mumkin emas. Yosh rassom naturani aynan «ko'chirmasdan», balki yaxlit rang munosabatlarida tasvirlaydi.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tus va rang munosabatlari metodi bilan etyudni bajarish aslida naturadagi och-to'qlik, intensiv va to'q rang dog'larni aniqlashdan boshlanadi. Ular oraliqdagi tus va rang dog'larini kuchi jixatdan taqqoslanadi. Manzarada, masalan, quyosh nuri bilan yoritilgan yashil yalanglik eng yorug' va rang bo'yicha yorqin bo'lishi, to'q tusda esa old ko'rinish.

Manzaraning umumiy rang munosabatlarini topish maqsadida talaba vazifani etarli darajada savodli uddalay olmasa qisqa vaqtli etyudlarni ko'p marta takrorlash zarur. Dastlab tasvirlash uchun uncha murakkab bo'lmagan yopiq kenglikli syujetlar (masalan, qisman hovlili uyni va h.k.), ob'ektlar bo'lib xizmat qilishi mumkin. Keyin vazifani biroz murakkablashtirib, bir nechta ko'rinishga (old, o'rta va uzoq) ega bo'lgan ochiq kenglikdagi manzarani tanlash zarur. Bu etyudlarda esa e'tiborni havoiy perspektivaga, osmon rangi, manzaraning barcha ob'ektlarini nozik farqlari bo'yicha och-to'qligi va to'yingan ranglarining o'zgarishlariga qaratish kerak. Ularni baravar idrok qilishda manzarani barcha ko'rinishlarini taqqoslash yo'li bilan sezish mumkin. Masalan, old ko'rinishdagi daryo qirg'og'ini ikkinchi va yiroqdagi ko'rinishlari bilan bir vaqt o'zida osmonning suvdagi aksi bilan ham qiyoslanadi. Etyudning rangdor munosabatlari yaxlit belgilanmaguncha uning bir qismini tugatish mumkin emas. Har bir etyud 30 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi.

Manzara etyudida echiladigan muhim vazifa turli ob-havoda, kunning istagan vaqtini yoritilgan holatini tasvirlashdir. Professional tilda buni umumiy tus va rang holatini ko'rsatishga aytiladi. Xoxlagan etyudning rang qatori faqat narsalarning ranglaridagi tus va rang munosabatlariga mos bo'lmasligi kerak. etyudning rang farqlari albatta naturaning yoritilgan holatini hisobga olib qurilishi kerak.

Bulutli kunda ko'katlar rangi ancha quyuq (qoramtir) va kam to'yingan bo'ladi. Qosh qorayganda hamma narsalar to'qlashadi, qizil, zarg'aldoq va sarig' ranglar to'yinganligi jihatidan xiralashadi, yashil bilan zangori rang esa faollashadi. Shuning uchun bunday holatlarni hisobga olmasdan manzarani tasvirlab bo'lmaydi. Kunning istalgan vaqtida yoki turli ob-havo sharoitida tasvirlangan etyudlar, umumiy tus va rang jixatdan bir-biridan farq qilishi lozim.

Manzara ko'rinishlarini yuqori yoki past darajada yoritilgan holatini tasvirlash uchun to'liq diapazonli och-to'q, yorqin va qoramtir bo'yoqlardan rassom har doim ham foydalana olmaydi. Ishni boshlashdan oldin rassom etyudda naturaning eng yorqin va intensiv qismlarini qanchalik yorug' va rang kuchlariga ega ekanligini aniqlaydi. Quyoshli kunda etyud bajarishda palitradagi yorqin va jozibali diapazonini to'liq ishlatadi. Kechqurun yoki bulutli kunda etyuddagi rang munosabatlari to'qroq va kam to'yingan bo'yoqlar bilan ifodalanadi. Rangtasvirchi shunday qilib tus va rang ko'lamini saqlab qoladi. Manzara etyudining yoritilishi holatini puxta o'rganish uchun bulutli, quyoshli kunda yoz va qishda aynan bir mavzuni tasvirlash juda foydali. Qator bajarilgan etyudlarni solishtirib, manzaraning turli holatini jozibali xususiyatlarini sezish mumkin: barcha etyudlarda eng yorqin va ravshan dog'lar palitraning yorqin to'yingan bo'yoqlarida tasvirlangan.

Ertalabki quyosh barcha narsalarga va manzara ob'ektlariga pushti sariq nozik rangni, kunduzgi quyosh esa - oltinsimon, kechqurungisi to'q sariq yoki qizil rangni baxsh etadi. Tungi oy yorug'ligi narsalar rangini ko'kimtir yashil tomonga o'zartiradi. elektr

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

chirog'ida narsalar och-to'q sariqni, sham esa to'q sariq bo'yoqni xadya etadi. Demak, yoritilishning o'zgaruvchan sharoitida narsalar rangi yoritilish manbai ta'sirida bo'ladi.

Yoppasiga bulutlar quyuni bilan qoplanib yorug'ligi tarqatilgan osmonda narsaning shaxsiy rangi ko'proq namoyon bo'ladi. Bulutli kunning engil tekis yorug'ligi narsalarning shaxsiy ranglaridagi xarakter va xususiyatlarini aniqlashga imkon tug'diradi.

Manzarali rangtasvirning keyingi bosqichida ko'p seansli davomli etyud mashqlari bo'lib ilgari o'zlashtirilgan nazariy qoidalarni eslash, amaliy ko'nikmalarni qo'llash hamda yangilarini o'zlashtirish kerak.

Uzoq vaqtli etyudlarda shakllar puxta ishlanishi bilan farqlanishi kerak. Ularni bajarish vaqti 2-4 soatdan (bir seansli) bir necha o'n soatgacha (ko'p seansli), davom etishi mumkin. Ko'p seansli etyud quyoshda ham, bulutli ob-havoda ham belgilangan bir vaqtda bajarilishi lozim.

Manzara mazmuni uning hayotiy mavzusi naturaning yaxlit ko'rinishi plastik-kompozitsiya munosabatlarida ham, koloritda ham asosiy aniqlash kompozitsiyaning ajralmas qismidir. Shuning uchun davomli etyud bajarish jarayonida kompozitsiya syujetini puxta o'ylash, tahlil etish va uni tasvirlash muhimdir. Tasvirlash tekisligida ob'ektlar va narsalar joylashuvini mukammal tasavvur qilish zarur. Manzara ob'ektiga yaqinlashib yoki uzoqlashib joyni xususiyatlarini o'rganish, ko'rish nuqtasini topish mumkin. Kompozitsiyada osmon bilan er va boshqa ob'ektlar orasidagi munosabatlarni aniqlash juda ham muhimdir.

Naturadan manzara kompozitsiyasini yaratish, natyurmort qo'yilmalari uchun narsalar tanlash bilan ayrim o'xshashlikka egadir. Etyud kompozitsiyasini yaratishda rassom chuqur fikrlashi, joyni tanlay bilishi, perspektiva qoidalariga amal qilishi va eng muhimi fazoviy kenglikni mohirona tasvirlay olishi zarur. Manzara mavzusini tanlashda did, badiiylik va kompozitsiyani asarda maromiga etkazib tasvirlash, rang va tus munosabatlarida ishni yaxlit yakunlay olish rassomning professional mahoratiga bog'liq.

Ma'lumki, narsalar katta masofada xajmliligini, rel'efligini yo'qotib siluetli tekislik xarakteriga ega bo'ladi. Old ko'rinishdagi narsalar ancha xajmli, soya-yorug'i kontrast bo'lib ko'rinadi. Yaqinda joylashgan yashil dala masofa uzoqlashgan sari yashil rangdor bo'yog'i asta-sekin moviyga o'tadi. Olisdagi to'q narsalar ochroq va ko'kimtir bo'lib ko'rinadi. Quyosh nurida bulutlar va uzoqdagi qorli tog' cho'qqilari ham qizil to'qsariq ranglarga kiradi.

Tuman, chang yoki tutun bilan to'yingan fazoda narsalarning siluet aniqligi pasayadi. Toza havoda masofadagi shaklning aniq tashqi ko'rinishi ozgina o'zgaradi.

Old ko'rinishlarni tasvirlashda narsalarning shaxsiy ranglari uzoqdagilarda esa shartli rang muhim o'rinni egallaydi. Havoiy muhitda shartli ranglar narsalarni uzoqlashtiradi va aksincha, shaxsiy narsalarning rangi ularni xuddi old ko'rinishga olib kelayotganday tuyuladi. Ish jarayonida old ko'rinishga biron-bir narsani «Yaqinlashtirish» zaruriyati bo'lsa uncha lokallik (narsa) mohiyatini rangga qaratish lozim. Etyudning qandaydir qismini «uzoqlashtirish» zaruriyati tug'ilsa unda shartli ranglarni qo'llash kifoya.

Fazoviy sifatlarni aniqlashda zarur mashqlar bo'lib mavzuli manzarani ochiq fazoviy olislari bilan tasvirlash, masalan, tog'lardagi ko'p ko'rinishli dara yoki egri-bugri ariqli vodiy

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

va old ko'rinishda daraxtli o'rmon va bir necha daraxtlar ko'rinishi bilan o'tloq (ko'kalamzor) xizmat qiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Uzoq ko'rinishdagi och-to'qligi va rang tusini to'g'ri aniqlash uchun hammasini yaxlit ko'rib mayda qismlarga e'tibor bermasdan qarash muhimdir. Faqat shundagina old, o'rta va olis ko'rinishdagi rang farqlarini to'g'ri aniqlab tasvirlash mumkin.

Manzaraning fazoviy kengligini masalan, faqat havo perspektivasi tufayli ranglar o'zgarishini ko'rsatib beruvchi rangli dog'lar emas, balki er yuzasida joylashgan narsalar va ob'ektlar: daraxtlar, qurilishlar, to'g'ri to'rtburchakli va notekis maydonlarni o'lchamlari va chiziqlar aniqligi ranglarda o'zgarib manzaraning fazoviy uzoqlashishini yaratadi. Tog'larni, masalan, ikkinchi va olis ko'rinishda umumiy rang dog'larida ifoda etish mumkin emas. Rang bilan ularning rel'efini va o'simliklar tuzilishini tasvirlash kerak.

Ishning yakunida natyurmort, manzara yoki portretning u yoki bu joylari kerakli yorqinlikni olmay qolgan bo'lishi mumkin yoki aksincha, xaddan tashqari tusi va rangi bo'yicha kuchli, umumiy rang tusidan «ajralib» ko'rinishi mumkin. Yoritilgan joylar tusi bo'yicha o'ta keskin bo'lib, qog'oz yoki mato yuzasidan «chiqib» ketishi mumkin. Ba'zan, soyali joylar sezilarli mayda detallarga ega bo'lib, maydalashib ko'rinadi. Bu holatlarning hammasida ham umumlashtirish masalasi hal etiladi: mayda bo'laklarning keskin chegaralari mayinlashtiriladi, buyumlarning rangdorligi kuchaytiriladi yoki xiralashtiriladi, keskin tuslar ochlashtiriladi yoki to'qlashtiriladi.

Umumlashtirish bosqichida naturaga yaxlitligicha qarash, hamma narsani birdaniga ko'rish ya'ni «tikilib qarash» kerak. Buyumlar guruxining barchasi tarqoq bo'lib tuyuladi, ammo shu paytda tus munosabatlarini, natura yaxlitligini tezroq tushunish mumkin. Navbatma-navbat naturaga ham, etyudga ham yaxlit qarash kerak, shunda qaerda qanday xatoga yo'l qo'yilganligini ilg'ab olish mumkin. Butunligicha, yaxlitligicha ko'ra olish qobiliyati, ishni umumiydan xususiyga qarab va undan yana umumlashtirishga tomon boriladi. Ish jarayonida yaxlit ko'rish - rangtasvir ishlash mahoratining asosidir. Faqatgina shu malakaga ega bo'lgan rassom, naturani obrazli ko'rinishini to'g'ri ifoda etishi, undagi asosiy va har bir bo'lakning o'z o'rnini topishini, ishning yakuniy darajasini hamda kompozitsiyaviy markazga bo'ysundirishni samarali bajara oladi.

Xulosa sifatida ijodiy kompozitsiyani tuzish rangtasvir sohasini muvaffaqiyatli o'zlashtirish va manzara kompozitsiyasini tuzish bo'yicha mukammal bilim, ko'nikma va samarali o'zlashtirish, kompozitsion fikrlash tasviriy san'ati bo'yicha ishlarni bajarish jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Keyinchalik tematik kompozitsiyalardan chizma va asarlarni bajarishda ijodiy qobiliyat, shuningdek talabalarning ijodiy salohiyati rivojlanadi.

Ushbu uslubiy tizimdan foydalanish rangtasvir sohasida kompozitsiyasini tuzishning uslubiy shartlariga rioya qilish, talabalarning ijodkorlik tafakkurini muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradi va kelajakdagi badiiy-ijodiy salohiyatini oshiradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Majidov J. Tasviriy san'atdan sinfdan tashkari ishlar. T., «O'qituvchi»,1983.

2. Abdullaev N.U. «San'at tarixi» - 2/1 Toshkent; San'at, 2001.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Azimova B.Z. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi. Toshkent: O'qituvchi, 1984.

4. Bakayev Sh.Sh. Multidisciplinary Journal of Science and Technology Vol. 3 No. 5 (2023) https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/421/1187

5. Nashvanova M., Bakayev Sh. Определённый вид препятствий в прикладном искусстве трёх цветов в системе настроение контура в создании композиции SCIENCE AND EDUCATION scientific journal ISSN 2181-0842 volume 4, issue 11 november 2023 https://drive.google.com/file/d/1wq8Ej Ovu1kRB5Q h8I7O-aC2wXML4AB/view

6. S.S. Abdullaev, Sh.Sh. Bakaev, G.R. Ostonova, Sh.Sh. Sharipov. Ornamental symbolism in the folk arts and crafts of Bukhara. European science, 17-19

7. VR Tukhsanova, ShSh Bakaev. The art of gold embroidery in the city of Bukhara.Academy, 62-65

8. "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz November 2023 / Volume 4 Issue 11 ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848 277

7. Sh.Sh. Bakaev, Sh.N. Avezov. Development of the creative potential of students through folk art // EUROPEAN SCIENCE. - 2020. - No. 4 (53).

9. JS Botirov, SS Bakayev, MM Avliyakulov, AL Shirinov, SS Abdullaev. The

same goes for art classes in private schools specific properties. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol 27 (2)

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Berdiev Fazliddin Abdug'afforovich, katta o'qituvchi [Бердиев Фазлиддин Абдугаффорович, старший преподаватель], [Fazliddin A.Berdiev, Senior Lecturer]; [manzil: O'zbekiston, 100187, Toshkent sh. Qorasuv m. Alanga 16 uy [адрес: Узбекистан, 100187, г. Ташкент. Qorasuv. Alanga 16 дом], [address: Uzbekistan, 100187, Tashkent City. Karasuv m. Alanga 16 house]; ORCID: https://orcid.org/0000-0002-7256-4598; e-mail: fazliddinberdiyev@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.