Mаmlаkаtimizdаgi аsfаltbеtоn qоplаmаli аvtоmоbil yо,llаridа ilnshish kоеffitsiеntini yо,l qоplаmаsigа tа,sirini bаhоlаsh
Olmos Zafarov Abdujlol Abdumo'minov Begzod Sanaqulov Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya: Zamonaviy avtomobil yo'llari murakkab muxandislik inshootlari hisoblanib, transport oqimining yuqori tezlikda harakatlanishini ta'minlaydi. Avtomobil yo'llarini ta'mirlash va saqlash ishlari sifati avtomobil yo'lining xizmat muddatlarini, o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshishiga va yo'ldagi harakat xavfsizligini ta'minlanishiga kafolat bo'ladi.
Kalit so'zlar: asfaltobeton qoplamasi, avtomobil yo'llari, ilashish koeffiitsiyenti, transport oqimi
Evaluation of the influence of the adhesion coefficient on the road surface on asphalt-concrete roads in our country
Almas Zafarov Abdujlal Abdumominov Begzod Sanakulov Jizzakh Polytechnic Institute
Abstract: Modern highways are complex engineering structures that ensure high-speed movement of traffic. The quality of road repair and maintenance work is a guarantee of increasing the service life of the road, the carrying capacity and ensuring the safety of traffic on the road.
Keywords: asphalt-concrete pavement, highways, cohesion coefficient, traffic
flow
Avtomobilning g'ildiraklaridagi tortish kuchi dvigatelning quvvatiga bog'liq bo'lib, undan yetakchi g'ildiraklar bilan yo'l orasida yetarlicha ilashish mavjud bo'lganidagina to'liq foydalanish mumkin. G'ildirakdagi eng katta tortish kuchi Rg' ning yo'l qoplamasiga tushgan vertikal yuklama Gg' ga nisbati ilashish koeffitsienti deb ataladi va 9 harfi bilan belgilanadi.
G'ildirakka ta'sir etadigan siljituvchi kuchning yo'nalishiga qarab, ilashish koeffitsientining ikki turi bo'ladi:
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 84 LME^^fi]
1. Bo'ylama ilashish koeffitsienti Bu koeffitsientning qiymati g'ildirakka yon kuchlar ta'sir etmagandagi g'ildirash yoki tormozlanishda harakatlanayotgan g'ildirakning shataksirashi yoki sirpana boshlanishiga to'g'ri keladi. Undan shoshilinch tormozlashda avtomobil bosib o'tadigan yo'lni hisoblashda va avtomobilning joyidan qo'zg'alish imkoniyatini baholashda foydalaniladi.
2. Tajribalarning ko'rsatishicha, ilashish koeffitsienti tormozlangan g'ildirakning g'ildirash tekisligiga burchak hosil qilib harakatlanishida amalda o'zgarmaydi, ko'ndalang ilashish koeffitsienti - yonlama kuch ta'sirida g'ildirayotgan yetakchi g'ildirak g'ildirash tekisligiga nisbatan burchak xosil qilib siljigandagi (bunda g'ildirak aylana turib, yon tomonga sirpanadi) ilashish koeffitsientining ko'ndalang tashkil etuvchisi. koeffitsienti avtomobilning kichik radiusli egri joydan o'tishidagi turg'unligini ifodalaydi.
Ko'p sonli tajribalarning ko'rsatishicha, ilashish koeffitsientlarining qiymatlariga yo'l qoplamasining holati qoplamalarning turiga nisbatan ko'proq ta'sir ko'rsatadi.
Har qanday qoplamalarda ularning ustidagi qattiq mineral zarralar qoplamani g'adir-budur qiladi, ularning ustidan o'tgan g'ildirak protektorining rezinasiga botib kiradi. G'ildirak sirpanganida ular rezinani elastik deformatsiyalaydi, rezinaning qarshiligi g'ildirakning qoplama sirtida siljishiga qarshilik qilishining asosiy sababchisi bo'ladi. Qoplamaning yeyila borishi bilan uning g'adir-budurligi kamayadi, binobarin, qoplamaning g'ildirakka ilashuvi ham kamayadi.
Qoplamaning sirtidagi g'adir-budur chiqiqlar o'rtasidagi botiqliklar namlanganida loy, chang, shinalarning yoyilish mahsulotlari bilan to'ladi, bu esa chiqiqlarning rezinaga botib kirishini kamaytiradi. Nam pardasi shina bilan qoplamaning urinish qismini namlab, rezina bilan qoplamani ajratib turuvchi moy rolini o'ynaydi. Bularning hammasi ilashish koeffitsientini kamaytiradi. Katta tezlikdagi harakatda shina to'liq deformatsiyalanib ulgirmaydi, chunki qoplama bilan urinish davomiyligi buning uchun yetarli bo'lmaydi, binobarin, qoplamaning notekisliklari shinaga unchalik botib kirmaydi. Tezlik ortishi bilan ilashish koeffitsienti kamayadi. Ilashish koeffitsienti tezlik oshishi bilan quruq qoplamalarda nam joylardagiga qaraganda unchalik ortiq kamaymaydi.
Protektor elementlari juda yoyilib ketganida yoki balandligi kamayib, bo'linib ketganida ho'l qoplamada akvaplanlanish hodisasi yuz berishi mumkin. Bunday hodisa shina bilan qoplama o'rtasida urinish zonasining boshlanishida chetga siqib chiqarishga ulgirmagan suv to'planganda sodir bo'ladi. Shina ostida suv ponasi hosil bo'lib, u g'ildirakning qoplamaga bosimini kamaytiradigan gidrodinamik ko'tarish kuchini hosil qiladi. Qoplamadagi suv qatlamining qalinligi bir necha millimetr bo'lganida 80-100 km/soat ga yaqin tezliklarda oldingi g'ildirak bilan qoplamaning o'zaro urinishi yo'qolib, avtomobil boshqarilmaydigan bo'lib qoladi.
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 85 LME^^fi]
Silliq nam sementbeton qoplamalarda kam yeyilgan protektorli to'la blokirovkalangan (muhosaralangan) shinalarning bo'ylama ilashish koeffitsienti фь ni tezlikka o'rtacha hisobda quyidagi 1-jadvaldagi ko'rsatkichlarga bog'liq deb hisoblash mumkin:
1-jadval
Tezlik, km/soat 30 40 60 80 100 120 150 175
Ilashish koeffitsienti 0,50 0,45 0,39 0,35 0,32 0,29 0,26 0,24
Bo'ylama ilashish koeffitsientlaгi 60 km/soat tezlikda qoplamaning holatiga qarab quyidagi 2-jadval qiymatlarga ega bo'ladi:
2-jadval
Qoplama фь ning qiymati
Quruq, g'adir-budur 0,7 va undan ortiq
Quruq, silliq 0,6
Nam 0,5
Ho'l 0,4-0,3
Loyli 0,2-0,3
Muzlagan 0,1-0,05
Pnevmatik shinalarning yo'l sirti bilan ilashish sharoiti ob-havo sharoitlariga bog'liq. Ilashish koeffitsientlarining qiymatlari yil davomida keng chegaralarda o'zgarib turadi, yozda ortadi va qishki toyg'oq sharoitlarda ancha kamayib ketadi, bu davrda yo'lning ilashishini oshirish uchun yo'llarga toyg'oqlikka qarshi materiallar sepiladi yoki ba'zan avtomobil shinalariga tirnoqli shinalar kiydiriladi. Trassaning geometrik elementlarini asoslashda quruq toza qoplamada va 60 km/soat tezlikda harakatlanganda фь = 0,6 qabul qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Бoбoжoнoв Р. Т. и др. Pa3pa6oTKa cocraBa выcoкoпрoчнoro, Ka4ecTBeHHoro acфaльтoбeтoнa //Мoлoдoй учeный. - 2015. - №. 3. - С. 97-100.
2. Зaфaрoв О. З., Бoбoжoнoв Р. Т., Мaрдиeв А. Муx1aндиc-гeoлoгик кидирув ишлaрини тaшкил этиш //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 320327.
3. Бoбoжoнoв Р. Т., Турсушв З. Р. Шум TpaHenopTHoro cрeдcтвa KaK пoкaзaтeль cцeплeния пoвeрхнocти дoрoжнoгo шкрытия. - 2023.
4. Бoбoжoнoв Р. Т., Муртaзaeв Б. А. nporao3^oBaH^ eжeгoдных oбъёмoв вocтaнoвитeльных рaбoт Ha дoрoгaх //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 11. - С. 548-557.
5. Бoбoжoнoв Р. Т. Автoмoбиль йyллaри шйи кyтaрмaлaрини ён зax1ирaдaги грунтлaрдaн куриш тeхнoлoгик жaрaёнлaри хдшби //me' morchilik va qurilish muammolari. - 2019. - С. 85.
6. Товбоев Б. Х. и др. Проектирование цементнбетонных дорожных покрытий в условиях сухого и жаркого климата //Молодой ученый. - 2016. - №. 6. - С. 208-210.
7. Товбоев Б. Х., Юзбоев Р. А., Зафаров О. З. Влияние конструктивных решений на трещиностойкость асфальтобетонных слоев усиления //Молодой ученый. - 2016. - №. 1. - С. 227-230.
8. Амиров Т. Ж., Зафаров О. З., Юсупов Ж. М. Трещины на асфальтобетонных покрытиях: причины образования и отрицательные последствия //Молодой ученый. - 2016. - №. 6. - С. 74-75.
9. Olmos Z., Elbek U. Main parameters of physical properties of saline soils along highways //Problems of Architecture and Construction. - 2020. - Т. 2. - №. 4.
- С. 150-151.
10. Худайкулов Р. М., Каюмов А. Д., Зафаров О. З. Оценка влияния фильтрационного выщелачивания на свойства засоленных грунтов основании земляного полотна //Университетский комплекс как региональный центр образования, науки и культуры. - 2020. - С. 423-430.
11. Kayumov A., Zafarov O., Kayumov D. Water flow to the earth ground soil of automobile roads from atmospheric sediments //Problems of Architecture and Construction. - 2019. - Т. 2. - №. 1. - С. 103-107.
12. Зафаров О. З., Эргашев Х. Х. Влияние капиллярного увлажнения на плотность засоленных грунтов //Academy. - 2021. - №. 5 (68). - С. 3-5.
13. Hudaykulov R. et al. Filter leaching of salt soils of automobile roads //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 264. - С. 02032.
14. Каюмов А. Д., Зафаров О. З., Каюмов Д. А. Приток воды в грунт земляного полотна автомобильных дорог от атмосферных осадков //Me' morchilik va qurilish muammolari. - 2019. - С. 103.
15. Kayumov Abdubaki Djalilovic A. D., Zafarov O. Z., Saidbaxromova N. D. Basic parameters of physical properties of the saline soils in roadside of highways //Central Asian Problems of Modern Science and Education. - 2019. - Т. 4. - №. 2. -С. 30-35.
16. Зафаров О. З., Ирискулова К. Автомобиль йулларини лойихалашда мухандис-геологик кидирувларни узига хослиги //Science and Education. - 2022.
- Т. 3. - №. 1. - С. 180-186.
17. Зафаров О. З., Мустафокулов М. М. У., Окилов З. О. У. Йул пойининг ишончлилигини таъминлаш //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 305-311.
18. Зафаров О. З., Бобожонов Р. Т., Мардиев А. Мухдндис-геологик кидирув ишларини ташкил этиш //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 2. -С. 320-327.
18. Zafarov O. Z., Murtazaev B. A. Mamlakatimiz xududlaridagi avtomobil yo 'llarini zamonaviy ko 'kalamzorlshtirish //Science and Education. - 2022. - Т. 3. -№. 2. - С. 279-286.
19. Zafarov O. Z. et al. Avtomobil yo'llari maydonlarining zichlik standartlari //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 287-292.
20. Зафаров О. З., Махкамов З. Т. изучение влияния капиллярного увлажнения на плотность засоленных грунтов //Science and Education. - 2022. -Т. 3. - №. 2. - С. 328-333.
21. Irisqulova K. N., Zafarov O. Z. CONSTRUCTION OF HIGHWAYS IN SALINE SOILS //Academy. - 2021. - №. 8 (71). - С. 27-29.
22. Каюмов А. Д., Каюмов Д. А., Зафаров О. З. изучение влияния капиллярного увлажнения на плотность засоленных грунтов //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2019. - №. 1-2. - С. 119-124.
23. Zafarov O. Z., Irisqulova K. N. Q. Modern technologies of road construction //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 312-319.
24. Zafarov O., G'ulomov D., Murodov Z. Conducting engineering-geological researches on bridges located in our country and diagnosing their super structures, methods of eliminating identified defects //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - Т. 2789. - №. 1.
25. Bobojonov R., Zafarov O., Yusupov J. Soil composition in the construction of engineering structures, their classification, assessment of the impact of mechanical properties of soils on the structure //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - Т. 2789. - №. 1.
26. Maxkamov Z. et al. Conducting engineering and geological research on the design and construction of buildings and structures in saline areas //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - Т. 2789. - №. 1.
27. Kayumov A., Zafarov O., Kayumov D. Changes of mechanical properties in humidification saline soil based in builds and constructions //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - Т. 2789. - №. 1.
28. Olmos Z. et al. THE IMPORTANCE OF STUDYING THE PHYSICAL PROPERTIES OF SALINE SOILS ON HIGHWAYS //Yosh Tadqiqotchi Jurnali. -2022. - Т. 1. - №. 5. - С. 475-478.
29. Olmos Z. et al. CONSTURCTION OF A ROAD BASE FROM SALINE SOILS IN UZBEKISTAN //Yosh Tadqiqotchi Jurnali. - 2022. - Т. 1. - №. 5. - С. 479-482.
30. Makhkamov Z. T. et al. Project of the automobile roads //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 5. - С. 270-277.
31. ABDUBOKIEVICH D. K., UGLI A. K. I. Water-heat Order Development Dynamics Of Salined Ground Road //International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology. - Т. 7. - №. 11. - С. 79-81.
32. Kayumov D. A., Zafarov O. Z., Kayumova N. D. ISSUES OF CONSTRUCTION OF THE ROAD BASE FROM DIFFERENT SALINE SOILS IN THE NATURAL CONDITIONS OF UZBEKISTAN //Open Access Repository. -2022. - Т. 9. - №. 04. - С. 72-75.
33. Зафаров О. П., Ирискулова К. ПОВЫСИТЬ ДОЛГОВЕЧНОСТЬ ПРОТЯЖЕННЫХ МАГИСТРАЛЕЙ //Ta'lim fidoyilari. - 2022. - Т. 7. - №. 8. -С. 169-174.
34. Зафаров О. З., Ирискулова К. Н. К. ТРЕБОВАНИЯ К ГРУНТУ ДЛЯ СТРОИТЕЛЬСТВА ДОРОГ //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. - 2022. -Т. 2. - №. 5. - С. 78-82.
35. Зафаров О. З., Кучкоров С., Дусбеков А. М. У. Капиллярное увлажнение плотности засоленных грунтов //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 5. - С. 278-284.
36. Зафаров О. З., Мухаммадиев Б. А. АВТОМОБИЛЬ ЙУЛЛАРИ ЙУЛ ПОЙИНИ ТУРГУНЛИГИ ВА МУСТАДКАМЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ //ME' MORCHILIK va QURILISH MUAMMOLARI. - 2019. - С. 54.
37. Zafarov O. Z. et al. Jizzax viloyati Paxtakor tumani sho'rlangan hududlarida bino va inshootlarni loyihalash va qurishda muhandis-geologik qidiruv ishlarini olib borish, sho'rlangan gruntlarning namlinishi natijasida mustahkamlik ko'rsatkichlarining o'zgarishi //Science and Education. - 2023. - Т. 4. - №. 9. - С. 138-144.
38. Qodirov S. S. O. G. L. Ko'prik oraliq qurilmalarining dinamik parametlarini baxolash ussularini takomillashtirish //Science and Education. - 2023. - Т. 4. - №. 7. - С. 81-87.
39. Xudoyberdiyev J. Z. Mamlakatimizda loyihalanayotgan ko'priklar qurilish ashyolarini, innovatsion yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 263-270.