Научная статья на тему 'MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIK CHORALARINI OPTIMALLASHTIRISH'

MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIK CHORALARINI OPTIMALLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Xavf darajalari / samaradorlik / raqamli platforma / ilg‘or axborot-kommunikasiya texnologiyalari / tahlil / optimallashtirish / soliq imtiyozlari / soliq stavkasi.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Abdullazoda Shukrullo Elmurod O‘G‘Li

Mazkur maqola, so‘ngi yillarda yurtboshimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelinayotgan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda biznes doiralarining ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yoritilgan. Shu bilan birga, Mamlakat iqtisodiyotida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yish, tadbirkorlik faoliyatlarining yashirin aylanma mablag‘lari harakatini cheklashga doir savdo va xizmat ko‘rsatish kabi sohalar o‘rganilib, mamlakatimizda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun optimal javobgarlik choralarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIK CHORALARINI OPTIMALLASHTIRISH»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH YOLIDA SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIK CHORALARINI OPTIMALLASHTIRISH

Abdullazoda Shukrullo Elmurod o'g'li

Soliq qo'mitasi huzuridagi Fiskal institut o'qituvchisi. Elektron pochta: abdullazodashukrullo0207@gmail.com Tel:+998977760207 https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10525978

ARTICLE INFO

Received: 10th January 2024 Accepted: 17th January 2024 Online: 18th January 2024

KEY WORDS Xavf darajalari, samaradorlik, raqamli platforma, ilg'or axborot-kommunikasiya texnologiyalari, tahlil,

optimallashtirish, soliq

imtiyozlari, soliq stavkasi.

ABSTRACT

Mazkur maqola, so'ngi yillarda yurtboshimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilib kelinayotgan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlaryaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda biznes doiralarining ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar yoritilgan. Shu bilan birga, Mamlakat iqtisodiyotida xojalik yurituvchi subyektlarning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo'yish, tadbirkorlik faoliyatlarining yashirin aylanma mablag'lari harakatini cheklashga doir savdo va xizmat ko'rsatish kabi sohalar o'rganilib, mamlakatimizda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun optimal javobgarlik choralarini qo'llash bo'yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.

Kirish.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda avvalombor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizimini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. Shu boisdan ham so'ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar prizidentimiz takidlab o'tganliklaridek "Inson qadri uchun" ta'moyili asosida amalga oshirilmoqda. Ya'ni amalga oshirilayotgan islohotlar aholini turmush darajasini yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi va tadbirkorlik subyektlarini faoliyat yuritishlari uchun barcha shart sharoit yaratishga xizmat qilmoqda. Ularning faoliyati davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Bu holat, bir tarafdan mamlakat rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishning o'sishiga olib kelsa, ikkinchi tarafdan iqtisodiy sohada yangi ko'rinishdagi qonun buzilishlari va huquqbuzarlik holatlarini keltirib chiqarmoqda. Jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning tavar aylanma mablag'lari hisobini yashirish yoki kamaytirib ko'rsatish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to'lashdan bo'yintovlash, ishchi xodimlar sonini yashirib ko'rsatish va shu kabi huquqbuzarliklarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. Iqtisodiy islohatlarni yanada erkinlashtirsh va chuqurlashtirish jarayonida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar

é

Ws,

UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

berish, ularning faoliyatini qo'llab quvvatlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lib hisoblanadi. So'ngi yillarda yurtboshimiz tomonidan birqator tashabbuslar ilgari surilib kelinmoqda. Misol tariqasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kunidagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategisasi to'g'risida"gi 60-sonli farmonini olishimiz mumkin. Ushbu qonun hujjatin doirasida quyidagicha vazifalar maqsad qilib olingan ya'ni "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.

Har yili O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni o'tkazish.

Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og'ir bo'lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.

Ilg'or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.

2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish.

Hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.

Tadbirkorlik subyektlari o'z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma'lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo'l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish"1. Shularni e'tiborga olgan holda mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash borasida juda ko'p chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar va ishbilarmonlarning faoliyatini qo'llab quvvatlash, rivojlanishi uchun imtiyozlar berish, soliq tekshiruvi turlari va nazorat shakllarini qisqartirish hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik holatlarini liberallashtirishga qaratilgan turli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, so'ngi yillarda mamlakatimizda soliq majburyatlaridan soliq to'lovchilarning bo'yin tovlash masalasi dolzarbligicha saqlanib qolmoqda.

Soliq qonunchiligiga ko'ra soliq to'lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa oid huquqbuzarliklarini oldini olish va sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan adolatlilik asosida javobgarlik holatlarini ishlab chiqish maqsadida prezidentimizning 2023-yil 4-sentiyabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 292-sonli qarori ishlab chiqildi va unga ko'ra soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini adolatlilik tamoyili asosida belgilashning qonun loyihasi belgilandi. Ya'ni: "Birinchi soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralarini, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar va ma'muriy jarimalarni to'liq xatlovdan o'tkazish. Ikkinchi soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun ham moliyaviy sanksiya, ham ma'muriy jarima ko'zda tutilgan

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni. 29-maqsad.

é

Ws,

holatlar bo'yicha bitta javobgarlik chorasini belgilash. Uchinchi savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini, shuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdorini huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zarar miqdoriga mutanosib ravishda belgilash"2.

Shuni alohida takidlash joizki, soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasining har tomonlama adolat me'zonlariga mos keladigan holda o'rnatish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda va iqtisodiyotni barqarorlashishida muhim o'rin kasb etadi. Shu boizdan qo'llaniladigan javobgarlik choralari qonuniy va adolatli bo'lishi lozim.

Tadqiqot metodologiyasi

Biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimi va infratuzilma yaratish hamda mulk huquqini ta'minlash bo'yicha izchil ishlar amalga oshirish. Tadbirkorlik subyektlarini mikro, kichik, o'rta va yirik toifalarga, tuman va shaharlarni 5 ta toifaga ajratish orqali tadbirkorlikni manzilli qo'llab-quvvatlash va soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olishga doir tizimli ishlarni tashkil etish va yo'lga qo'yish.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish yo'lida soliq idoralarining salmog'i yuqori hisoblanadi. Sababi, Davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar orqali shaklanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lamaslik oqibatida davlat xazinasiga sezilarli darajada zarar yetishi mumkin. Ushbu holatlar yuzaga kelishi soliqqa oid huquqbuzarlik deb nomlanadi va uning ilk ko'rinishi soliqlarni to'lamaslik yoki to'lashdan bo'yinlovlash natijasida yuzaga keladi. Mazkur huquqbuzarliklar davlatning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy manfaatlariga putur yetkazuvchi qonun buzilishi hisoblanadi. Shu kabi holatlarning yuzaga kelishiga qonun hujjatlari ijrosining o'z vaqtida ta'minlanmasligi, nazorat qilivchi hodimning funksional vazifalarining me'yordan ortiqligi, Soliq to'lovchi va soliqchi o'rtasidagi holatlarning mahalliychilikka yo'l qo'yilishi, tadbirkorlik subyetlari sonining ko'payishi va nazoratdan chetda qolishi va shu kabi boshqa holatlar sabab bo'lishi mumkin.

Huquqshunos olim L.B.Xvanning fikriga ko'ra; "soliq huquqbuzarligi huquqqa xilof, aybli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) hisoblanib, qonunchilik normalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlikda ifodalanadi hamda buning uchun turli huquq sohalari qonunchilik aktlati bilan yuridik javobgarlik nazarda tutilgan"3.

Soliq qonunchiligiga ko'ra soliqqa oid huquqbuzarlikning subyektlari jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarligi o'n olti yoshdan boshlab vujudga keladi. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun soliq kodeksida nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo'yicha va tartibda javogarlikka tortilishi mumkin. Faqat huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga qarab ma'muriy, ma'muriy javobgarlikning qaytadan qo'llanilishidan va ushbu jarayonni og'irlashtiruvchi holatlarning vujudga kelishi sababli jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari soliq kodeksining 27-29 boblari, Ma'muriy

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son Qarori

3 XvanL.B. Soliq huquqi. - T.: Konsauditinform, 2001. - B.116-118.

é

Ws,

javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 159-1, 168, 174, 175, 215-moddalari va Jinoyat kodeksining 184-moddasida keltirib o'tilgan hamda har bir qonun hujatining soliqqa oid huquqbuzarlik bo'yicha alohida yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlari mavjud. Shu boisdan tadbirkorlik subyektlarini qo'llab quvvatlash maqsadida birqator yengillashtiruvchi holatlar joriy qilindi va amaliyotga tadbiq etildi.

So'ngi yillarda yurtboshimiz tashabbuslari bilan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning natijasida yangitdan tashkil etilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning soni ham kundan-kunga ortib bormoqda hamda shunga mutanosib tarzda soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari ham ortganligini ko'rishimiz mumkin. Xususan, soliqqa oid huquqbuzarliklar to'g'risida "Soliq mobil ilovasi" orqali kelib tushgan murojaatlar 2022-yil davomida 134 451 tani tashkil etgan bo'lsa 2023-yil davomida 112 480 tani tashlik etgan. Bundan soliqqa oid huquqbuzarlik holati bo'yicha ushbu yillarni solishtirganimizda 2023-yilda 2022-yilga nisbatan murojaatlar son jihatdan kamayganligini ko'rishimiz mumkin. Ammo hududiy nuqtai-nazardan taqqoslaganimizda ayrim hududlarda buning aksini ko'rishimiz ham mumkin. Ya'ni ushbu holatlarni hududlarda sodir etilayotgan soliqqa oid huquqbuzarlikni ushbu hudud ahalisining soliqqa oid bilib darajasining qay darajada shakillanganligini hisobga olib, salbiy yoki ijobiy tarzda baholashimiz mumkin. Quyidagi jadvalda o'tgan yillar davomida sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlarini tahlil qilishimiz mumkin.

Quyidagi keltirilgan jadval ma'lumotlariga asosan, so'ngi ikki yilda respublikamiz hududlarida sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlarini tahlil qiladigan bo'lsak, avvalo ushbu hududlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlarining sodir etilish salmog'idan kelib chiqib tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya'ni soliqqa oid huquqbuzarliklar to'g'risida "Soliq hamkor" tizimi orqali 2022-yil davomida jami 134 451ta, 2023-yilda 112480 murojaat kelib tushgan bo'lib, Shundan 2022-tilda 69102 ta, 2023-yilda 45117 ta xo'jalik yurituvchi subyektlarda huquqbuzarlik holatlari tekshirilgan. Shundan 1-dekabr holatiga ko'ra 2022-yilda 58170 ta, 2023-yilda 45060 ta tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv o'tkazilgan. Ushbu yillarda jami murojaatlarning 2022-yilda 65349 nafari, 2023-yilda 62040 nafari takroriy yoki tekshiruv o'tkazilayotganligi sababli qaytarilgan.

2022-2023 yillarda soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to'g'risida 1-dekabr holatiga ko'ra ma'lumot4.

1-jadval

4 Soliq qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

é

Ws,

UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

mln. so'mda

№ Respublika hududlari Huquqbuzarlik sodir etgan subyektlar soni. O'tgan yilga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilish salmog'i (%da) Huquqbuzarlik yuzasidan qo'llanilgan moliyaviy jarima summasi.

2022y. 2023y. Farqi: 2022y. 2023y. Farqi:

0 1 2 3 4 5 6 7 8

1 Toshkent Sh. 20226 13610 -6616 67,3 75987 11970 -64017

2 Qoraqalpog'iston Res. 1302 525 -777 40,3 4142 316 -3826

3 Andijon vil. 2968 2079 -889 70,0 10503 1787 -8716

4 Buxoro vil. 3008 2548 -460 84,7 10424 1828 -8596

5 Farg'ona vil. 2722 2010 -712 73,8 9722 1594 -8128

6 Jizzax vil. 2074 1633 -441 78,7 7587 1256 -6331

7 Namangan vil. 2742 1814 -928 66,2 10767 1426 -9341

8 Navoiy vil. 2982 2506 -476 84,0 9907 2193 -7714

9 Qashqadaryo vil. 3738 3452 -286 92,3 13120 2909 -10211

10 Samarqand vil. 4274 5488 1214 128,4 15284 4501 -10783

11 Sirdaryo vil. 1459 1129 -330 77,4 5394 841 -4553

12 Surxondaryo vil. 2529 2458 -71 97,2 8540 2022 -6518

13 Toshkent vil. 5526 3923 -1603 71,0 18947 2865 -16082

14 Xorazm vil. 2620 1885 -735 71,9 9474 1323 -8151

Jami: 58170 45060 -13110 77,5 209798 36831 -172967

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asosan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlarini 2022-yilga nisbatan 2023-yildagi salmog'ini uchta toifaga bo'lib o'rganishimiz mumkin. Ya'ni: 1 foizdan 29 foizgacha - past toifali, 30 foizdan 70 foizgacha - o'rta toifali, 71 foizdan 100 foizgacha - yuqori toifali.

Yuqoridagi mezonlarga asosan respublika miqyosida 2023-yilda soliqqa oid huquqbuzarlik holatlarining sodir etilish salmog'i 77,5 foizni tashkil etib, yuqori toifani tashkil etganligini hamda huquqbuzarlik holatlarining sodir etilishi xavfli ko'rinishga egaligini ko'rishimiz mumkin.

1 -rasm

2023-yilda 2022-yilga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilish salmog'i

(%da)

I . I I I I I I I I I I I I

140,0 120,0 100,0 80,0 60,0 40,0 20,0 0,0

xs /

cP

rv

À*-

&

çf

) _o ,o .o

^ y

Soliqqa oid huquqbuzarliklarning 2022-2023 yillarda sodir etilishi salmog'ining taqqoslanma diagrammasi5.

; Muallif tomonidan soliq qo'mitasi ma'lumotlariga asosan mustaqil tayyorlandi.

é

Ws,

Tahlillardan shuni ko'rishimiz mumkinki; 2023-yilda huquqbuzarlik sodir etilishi ko'rsatgichi bo'yicha past toifali hudud mavjud emas. Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlarida o'rta toifali ko'rsatkich qayd etilganligi sababli, ushbu hududlarda ijobiy natijalarga erishilganligini yuqorida keltirilgan diagramma orqali ma'lumot olishimiz mumkin. Xulosa.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev takidlaganlaridek, tadbirkorlik subyektlarini qo'llab quvvatlash va ularga qulay shart sharoyit yaratish yo'lida, ular tomonidan to'lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdagi soliq yuki hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik holatlarini optimallashtirish muhum hisoblanadi. Ya'ni tadbirkorlik subyektlarining respublikamizning qaysi hududda joylashganligi va u to'lashi lozim bo'lgan soliqlarning ahamiyati, tadbirkorlik subyektining o'z faoliyati davomida topayotgan daromad manbasiga bevosita bog'liq hisoblanadi. Qachonki!? Tadbirkor o'zi topayotgan daromad manbayidan kelib chiqib, munosib tarzda soliqlarni to'lasa va ushbu jarayondan rozi bo'lgan taqdirdagina soliqqa oid huquqbuzarlik holatlariga yo'l qo'ymasligi mumkin.

Taklif sifatida shuni aytib o'tmoqchimanki, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabr kunidagi "Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo'llab -quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-287-sonli farmoniga asosan respublikamiz hududlari ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitlardan kelib chiqib 5 ta toifalarga ajratilgan. Shundan kelib chiqib, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralarini tabaqalashtirilgan javobgarlik choralariga yaratilishini va O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksi hamda ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish lozim deb hisoblayman.

References:

1. Soliq kodeksi-2023 yil.

2. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni. 29-maqsad.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son Qarori

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni.

6. Xvan L.B. Soliq huquqi. - T.: Konsauditinform, 2001. - B.116-118.

7. Soliq qo'mitasining rasmiy sayti: www.soliq.uz

8. Soliq qo'mitasining fiskal tahlillar telegram kanali.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Statistika qo'mitasi rasmiy sayti: www.stat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.