Научная статья на тему 'MALAKALI FUTBOLCHI QIZLARNINING RAQAMLI TA’LIM TARAQQIYOTIDA UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIK DINAMIKASINI ANIQLASH'

MALAKALI FUTBOLCHI QIZLARNINING RAQAMLI TA’LIM TARAQQIYOTIDA UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIK DINAMIKASINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yuqori malakali futbolchilar / funksional tayyorgarlik / tezkorlik / chidamlilik / chaqqonlik / mashg'ulotlarini rejalashtirish / nazorat mashqlari / umumiy jismoniy tayyorgarlik / amplua / dinamika.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodirov Bekzod Holiqjonovich

Mazkur maqolada musobaqa oldi tayyorgarlik davrida shug’ullanuvchi yuqori malakali futbolchi qizlarning harakat tayyorgarlik (tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, texnik) shug’ullanuvchilarning o’yin ampluasi va individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiq etilgan. Shu bilan birgalikda Navbahor-W (Namangan shahar) va AGMK-W (Olmaliq shahar) jamoalarida shug’ullanuvchi futbolchi xotin-qizlarning harakat tayyorgarlik natijalari qiyosiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MALAKALI FUTBOLCHI QIZLARNINING RAQAMLI TA’LIM TARAQQIYOTIDA UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIK DINAMIKASINI ANIQLASH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

MALAKALI FUTBOLCHI QIZLARNINING RAQAMLI TA'LIM TARAQQIYOTIDA UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIK DINAMIKASINI ANIQLASH

Nodirov Bekzod Holiqjonovich

Namangan davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Sport faoliyati kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10035316

Annotatsiya. Mazkur maqolada musobaqa oldi tayyorgarlik davrida shug'ullanuvchi yuqori malakali futbolchi qizlarning harakat tayyorgarlik (tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, texnik) shug'ullanuvchilarning o'yin ampluasi va individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiq etilgan. Shu bilan birgalikda Navbahor-W (Namangan shahar) va AGMK-W (Olmaliq shahar) jamoalarida shug'ullanuvchi futbolchi xotin-qizlarning harakat tayyorgarlik natijalari qiyosiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: yuqori malakali futbolchilar, funksional tayyorgarlik, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, mashg'ulotlarini rejalashtirish, nazorat mashqlari, umumiy jismoniy tayyorgarlik, amplua, dinamika.

Аннотация. В данной статье исследуется двигательная активность (скорость, выносливость, ловкость, техничность) высококвалифицированных шахматисток в период предтурнирной подготовки на основе игровой ампулы и индивидуальных особенностей участниц. При этом был проведен сравнительный анализ тренировочной готовности игроков-женщин команд «Навбахор-Ж» и «АГМК-Ж».

Ключевые слова: игроки высокой квалификации, функциональная подготовка, ловкость, выносливость, ловкость, планирование тренировки, контрольные упражнения, общая физическая подготовка, динамика.

Abstract. This article examines the motor activity (speed, endurance, dexterity, technicality) of highly skilled female chess players during the pre-tournament preparation period based on the game ampoule and the individual characteristics of the participants. At the same time, a comparative analysis of the training readiness offemale players of the Navbakhor-W and AGMK-W teams was carried out.

Keywords: highly qualified players, functional training, agility, endurance, dexterity, training planning, control exercises, general physical training, dynamics.

O'zbekistonda futbolni aholi o'rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot jarayonlarini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo'yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida jahon va qit'a birinchiliklarini o'tkazishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887-sonli farmoni, 2018-yil 16-martdagi "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3610-sonli qaror va farmonlari yurtimizda futbolga ayniqsa xotin-qizlar sportiga qaratilayotgan e'tibor yuksak darajada ekanligidan dalolat beradi[1,2].

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

So'nggi yillarda gender tenglikni ta'minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo'yicha ishlar bir necha yo'nalishlarda olib borilmoqda:

• ayollar huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

• ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;

• aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to'g'risida xabardorligini oshirish;

• huquqni qo'llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta'minlash uchun mas'ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me'yorlar asosida o'qitish.

O'zbekistonda bir qator qonun hujjatlari, jumladan, Prezidentning xotin-qizlar huquqlarini ta'minlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zo'ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish to'g'risidagi farmon va qarorlari qabul qilingan.

Gender tengligini joriy qilish nuqtayi nazaridan ta'limdagi ijobiy siljishlarni alohida ta'kidlash kerak. Ya'ni, 2017-yildan boshlab aksariyat oliy o'quv yurtlarida turli mutaxassisliklar bo'yicha sirtqi bo'limlar faoliyati tiklandi. Ta'limning ushbu shakli yosh ayollarga bolalarni parvarish qilish va boshqa oilaviy majburiyatlarni bajarishga xalal qilmasdan oliy ma'lumot olish imkoniyatini beradi [3].

Futbol nazariyasi va amalyotidan bizga ma'lumki, yuqori malakali futbolchi qizlarni tayyorlash, o'ziga xos xususiyatlarga ega jarayon hisoblanadi. Yuqori malakali futbolchi qizlarni funksional tayyorgarligini aniqlashda bir qator olimlar jumladan: P.P.Viktorovich [2020] yuqori malakali futbolchilarning mavsumoldi funksional tayyorlov dasturi bo'yicha umumiy va maxsus tayyorgarlik, yillik o'quv sikllari bo'yicha, [4; 7-8 b], D.V.Viprikov [2008] futzal bo'yicha malakali futbolchilar o'quv-mashg'ulot yuklamalarini har tomonlama baholash maqsadida o'quv yuklamalarini tayyorgarlik davrining turli bosqichlariga tadbiq qilishni, [5; 6-7 b], A.Stula, G.Vladimir [2015] futbolda mashg'ulot yuklamalarini rejalashtirish va boshqarishning ixtisoslashgan, kengaytirilgan hamda uzoq muddatli rejalashtirish bosqichlari bo'yicha, [6; 36. b], E.I.Ivanchenko [2019] sport mashg'ulotlarini rejalashtirish bo'yicha o'qitish jarayonining umumiy tuzilishi hamda sportchilarning ish qobiliyati dinamikasining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq holda mashg'ulotlar jarayonida turli xarakter va yo'nalishdagi ishlar taqsimlashini atroflicha yoritib o'tgan [7; 19-20 b], N.M.Yusupov yuqori malakali futbolchi qizlarni tezkor-kuch tayyorgarligining rivojlantirish uslublari bo'yicha tadqiqot ishlarni olib borgan [8; 36 b]. Biroq yuqori malakali futbolchi qizlarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha yuklamalarni me'yorlashda menustral davrini yetarlicha o'rganilmaganligini ko'rishimiz mumkin.

Xozirgi kunga kelib mashg'ulot yuklamalarini me'yorlashda yuqori malakali futbolchi qizlarni, menustral davrida mashg'ulot jarayonini to'g'ri tashkil qilish maqsadida umumiy va maxsus jismoniy, texnik tayyorgarlik bosqichida sportchilarning tashqi muhit sharoitlarini inobatga olgan holda yuklamalarni me'yorlashtirish tadqiqot ishimizning dolzarbligini belgilab berdi.

Tadqiqot maqsadi: musobaqa oldi tayyorgarlik davrida shug'ullanuvchi yuqori malakali futbolchi qizlarning harakat tayyorgarligi dinamikasini aniqlash.

Tadqiqot vazifalar: yuqori malakali futbolchi qizlarning harakat tayyorgarligi xususiyatlarini aniqlash;

yuqori malakali futbolchi qizlarning harakat tayyorgarlik dinamikasini o'zaro qiyosiy tahlil

qilish;

yuqori malakali futbolchi qizlarning o'yin ampluasini inobatga olgan holda tahlil qilish;

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Tatqiqod usullari: ilmiy uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, suhbat, pedagogik test, matematik statistik usullaridan foydalanildi.

Tatqiqod obekti: yuqori malakali futbolchi qizlarning o'quv-mashg'ulot jarayoni xisoblanadi.

Tatqiqod predmeti: futbolchi qizlarning musobaqa oldi tayyorgarligini rivojlantirish vosita va metodlari.

Tadqiqotni tashkillashtirish: tajriba 2020-yildan 2021-yilgacha bo'lgan davr davomida pedagogik tajriba o'tkazildi. Ushbu tajribada oliy liganing "Navbahor-W" (Namangan shaxar) va "AGMK-W" (Olmaliq shaxar) jamoalarida to'p surayotgan yuqori malakali futbolchi qizlarning umumiy jismoniy va texnik tayyorgarlik holatlarini aniqlash jarayonida olib borildi.

Tajribada 20 nafar futbolchi xotin-qizlar ishtirok etdi shulardan (8 nafar himoyachilar; 8 nafar yarim himoyachilar; 4 nafar hujumchilar).

Zamonaviy futbol uchun o'yinchilarning harakatlarga tegishli faollik darajasi yuqoriligi va bajariluvchi ishlar, dam olishning ritmik bo'lmagan (aritmik) tarzdagi tavsiflarga egaligi xos xususiyat hisoblanadi. Harakatlarga tegishli faoliyatda eng katta o'rinni yugurishlar egallaydi. Bunda yugurishning tezligi sekindan maksimal darajagacha variatsiyalanadi. Futbolda tezlik muhim hisoblanadi - yaxshi darajadagi tezlik imkoniyatlariga ega bo'lgan o'yinchi joyni egallash va vaqtdan yutishda o'z raqibi oldida ustunlikka ega bo'lishi aniq, demak bu holatda u o'z oldiga qo'yilgan taktik vazifani muvafaqqiyatli hal qilishi mumkin. Futbolda tezlik bu nafaqat masofaga tezkorlikda yugurib o'tishgina emas, balki fikrlash tezkorligi, to'p bilan ishlash tezkorligini ham o'zida ifodalaydi [9; 168-169. b].

Yuqori malakali futbolchi qizlarning umumiy jismoniy, texnik tayyorgarligi darajasini aniqlash hamda monitoring qilish maqsadida AGMK-W va Navbahor-W jamoasi futbolchi qizlarning (amplua) bo'yicha tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik sifatlari va texnik tayyorgarlik qobilyatini o'zaro qiyosiy statistik tahlil qilindi (1-jadvalga qarang).

Yuqori malakali futbolchi qizlarning belgilangan 30 m. ga yuqori startdan yugurish bo'yicha Navbahor-W jamoasi himoyachilarining o'rtacha 5,14 soniyaga teng ekanligi aniqlandi. AGMK-W jamoasi himoyachilarini tezlik ko'rsatkichi 4,94 soniya, Navbahor-W jamoasiga nisbatan AGMK-W jamoasi 0,15 soniyaga yaxshi natija ko'rsatganini ko'rishimiz mumkin. Yuqori malakali futbolchi qizlarning mashg'ulotlar jarayonida tezkorlik sifatini rivojlantirishda menustral davrini inobatga olib yuklamalar berish tavsiya etiladi.

Chidamlilik - insonning biron harakat faoliyatini uzoq vaqt davomida uning samarasini pasaytirmasdan bajarish qobiliyati. Ishning davomiyligi oxir oqibat charchash bilan chegaralanganligi munosabati bilan chidamlilikni organizmning charchashga bardosh berish imkoniyati deb ham ifodalash mumkin. Charchash - uzoq vaqt davomidagi og'ir faoliyat natijasida organizmning mehnat layoqati pasayishi bilan tavsiflanadigan holati. U, ish boshlangandan so'ng ma'lum vaqt o'tishi bilan paydo bo'ladi va faoliyatni avvalgi samara bilan bajara olmaslikda namoyon bo'ladi.

Chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo'yocha futbolchi qizlardan 4x10 m. ga mokisimon yugurish natijasiga etibor qaratsak Navbahor-W jamoa himoyachilari 10, 67 soniyaga, AGMK-W jamoa himoyachilari esa 10,37 soniyaga kelgani va Navbahor-W jamoasi bilan o'zaro farqi 0,29 soniyaga yaxshi natijada ekanligi aniqlandi.

1-jadval

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Yuqori malakali futbolchi qizlarning umumiy jismoniy tayyorgarlik dinamikasini tahlil qilish (n=20)

30 m. fishk alar orasi To'pni karidor bo'ylab uzoqqa tepish (m)

T/ r F.I.Sh Ampula 30 m.ga yuqori startd an yuguri sh (s) Mokis imon yuguri sh 4x10 (s) To'p bilan oldi nga tez yugu rish. 30 m. (s) dan to'p ni olib yuris h va 16 m. dan darv ozag a zarb a beris h (s) o'ng chap To'p ni o'yn atish (jan glor) soni

1 M-va M himoya N-W 4,86 10,90 6,40 7,21 22 19 26

I-va G A-W 4,71 10,16 6,55 7,06 24 33 39

2 A-va M himoya N-W 5,29 10,76 5,85 5,10 20 32 179

U-va R A-W 4,91 10,34 6,12 6,12 26 37 193

3 N-va Sh himoya N-W 5,19 10,70 5,89 5,95 30 20 27

S-va J A-W 4,84 10,48 6,08 5,47 26 34 87

4 M-va N himoya N-W 5,22 10,34 6,13 6,83 29 14 63

N-va S A-W 5,31 10.54 5,96 6.24 31 19 59

5 S-va R yarim N-W 4,64 10,82 6,12 6,56 24 11 26

Q-va S himoya A-W 4,50 10,38 5,68 6,42 28 17 98

6 D-va Ch yarim N-W 5,16 10,58 5,68 5,39 32 8 41

O-va A himoya A-W 4,82 9,90 5,76 5,18 29 27 69

7 K-va S yarim himoya N-W 5,13 10,98 6,17 5,97 34 19 94

A-va L A-W 5,41 10,64 6,24 5,84 21 26 87

8 K-va Sh yarim N-W 4,78 9,99 5,79 6,55 35 21 167

Q-va K himoya A-W 4,83 10,24 6,12 6,34 29 25 126

9 B-va Z hujum N-W 4,72 10,34 5,64 5,74 16 33 184

O-va L A-W 4,91 10,28 5,59 5,58 25 29 107

1 H-va G hujum N-W 5,00 10,21 5,80 6,46 27 16 56

0 R-va L A-W 4,75 10,58 5,24 5,14 31 23 98

Chaqqonlik sifatini ahamyati harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o'lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bolsa, harakat etarli darajada aniq boladi, harakat vazifalari harakatning aniqlik tushunchasini keltirib chiqaradi [9; 123.b].

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Keyingi ko'rsatkich bo'yicha 30 m. masofaga to'p bilan oldinga yugurishda chaqqonlik sifatini quyidagi test orqali aniqlandi. Mazkur amaliy testda 30 m. masofaga Navbahor-W jamoasi himoyachilari 6,06 soniyada kelgani va AGMK-W jamoasi himoyachilari 6,08 soniya ekanligini ko'rishimiz mumkin. To'p bilan oldinga xarakatlanish 30 m. masofaga yugurishda Navbahor-W terma jamoasi a'zosining AGMK-W terma jamoasi himoyachilarining chaqqonlik sifati 0,1 soniyaga yaxshi ekanligini ko'rishimiz mumkin.

30 m. masofaga fishkalar orasidan to'pni olib yurish va 16 m. dan darvozaga zarba berish amaliy test ko'rsatkichi bo'yicha Navbahor-W himoyachilari 6,27 soniyaga, AGMK-W jamoasi a'zolari esa 6,22 soniya va oradagi o'zaro farq 0,05 soniyaga AGMK-W jamoasi yaxshi natija ko'rsatgani aniqlandi (1 - rasmga qarang).

1-rasm. Narbaxor-W va AGMK-W jamoasi himoyachilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik dinamikasi o'zaro farqini ifodalovchi diagramma

Izoh: 1-(n m) navbatdagi mashq 30 m. ga yuqori startdan yugurish (s), 2-n m 4x10 m. ga mokisimon yugurish (s), 3-n m 30 m. ga to'p bilan oldinga tez yugurish (s), 4-n m 30 m. ga fishkalar orasidan to'pni olib yurish va 16 m. dan darvozaga zarba berish (s).

Umumiy jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ikki jamoa himoyachilarini farqlash natijasiga ko'ra 30 m. masofaga AGMK-W jamoasi 0,2 soniyaga yaxshi natija ko'rsatgani va 4X10 m. ga mokisimon yugurish amaliy testi bo'yicha 0,29 soniyaga, 30 m. ga to'p bilan yugurish testi bo'yicha 0,11 soniyaga, 30 m. masofaga fishkalar orasidan to'pni olib yurish va 16 m. dan darvozaga zarba berish bo'yicha 0,05 soniyaga Navbahor-W jamoasiga nisbatan AGMK-W jamoasining umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi yaxshi ekanligini ko'rishimiz mumkin

(2-rasmga qarang).

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

1 - nmNav-W ynui him.3n AGMK-W4 yanim him. ■ O'rtacha farqi

2-rasm. Narbaxor-W va AGMK-W jamoasi yarim himoyachilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik dinamikasi o'zaro farqini ifodalovchi diagramma

Izoh: 1-(n m) navbatdagi mashq 30 m. ga yuqori startdan yugurish (s), 2-n m 4x10 m. ga mokisimonyugurish (s), 3-n m 30 m. ga to'p bilan oldinga tezyugurish (s), 4-n m 30 m. gafishkalar orasidan to'pni olib yurish va 16 m. dan darvozaga zarba berish (s).

Navbahon-W va AGMK-W jamoa yarim himoyachilari 30 m.ga yuqori startdan yugurish bo'yicha 0,03 soniyaga, 4x10 m. masofaga mokisimon yugurish bo'yicha 0,3 soniyag, 30 m. ga to'p bilan oldinga tez yugurishda 0,01 soniyaga, 30 m. masofaga fishkalar orasidan to'pni olib yurish va 16 m. dan darvozaga zarba berishda esa 0,17 soniyaga AGMK-W jamoasi yarim himoyachilari yaxshi natija ko'rsatgani aniqlandi. Ikki jamoa tayanch yarim himoyachilarini umumiy jismoniy tayyorgarligi bo'yicha o'zaro farqlari ko'rib chiqildi (3-rasmga qarang).

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

3-rasm. Narbaxor-W va AGMK-W jamoasi hujumchilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik dinamikasi o'zaro farqini ifodalovchi diagramma

Izoh: 1-(n m) navbatdagi mashq 30 m. ga yuqori startdan yugurish (s), 2-n m 4x10 m. ga mokisimonyugurish (s), 3-n m 30 m. ga to'p bilan oldinga tezyugurish (s), 4-n m 30 m. gafishkalar orasidan to'pni olib yurish va 16 m. dan darvozaga zarba berish (s).

Narbaxor-W va AGMK-W jamoasi hujumchilaridan olingan test natilariga etibor qaratadigan bo'lsak Navbahor-W jamoasi hujumchilari 30 m. masofaga yuqori startdan yugurish bo'yicha AGMK-W jamoasi hujumchilariga nisbatan 0,03 soniyaga yaxshi natija ko'rsatgani, 4x10 m. ga mokisimon yugurishda esa 0,16 soniyaga, 30 m. ga to'p bilan oldinga yugurish amaliy testi bo'yicha 0,31 soniyaga, 30 m. masofaga fishkalar orasidan to'pni olib yurish va 16 m. dan darvozaga zarba berish bo'yicha 0,2 soniyaga AGMK-W jamoasi hujumchilari Navbahor-W jamoasi hujumchilariga nisbatan yaxshi natijada ekanligi aniqlandi (4-rasmga qarang).

100 90 80 70 60 50 40 30 20 10 0

■ Nav-Wnhimoyachilar AGMK-W himoyachilar O'rtacha farqi

4-rasm. Narbaxor-W va AGMK-W jamoasi himoyachilarining texniktayyorgarlik dinamikasining o'zaro farqini ifodalovchi diagramma

Izoh: 1-(n m) navbatdagi mashq To'pni koridor bo'ylab uzoqqa tepish (m), 2-n m To'p o'ynatish (janglor) martta.

Yuqori malakali futbolchi qizlarning (amplua) lari bo'yicha texnik tayyorgarlik ko'rsatkichlarini umumlashtirib quyidagi testlar yordamida aniqladik.

Navbahor-W va AGMK-W jamoa himoyachilari to'pni karidor bo'ylab uzoq masofaga aniq yetkazib berish bo'yicha AGMK-W jamoasi himoyachilari 11 m. masofaga raqiblaridan yaxshi natijada ekanliklarini ko'rishimiz mumkin.

To'p o'ynatish (janglor) amaliy test bo'yicha 11 ta farq bilan AGMK-W jamoasi yaxshi natijada ekanligi aniqlandi (5-rasmga qarang).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yil

5-rasm. Narbaxor-W va AGMK-W jamoasi yarim himoyachilarining texnik tayyorgarlik dinamikasining o'zaro farqini ifodalovchi diagramma

Izoh: ¡-(n m) navbatdagi mashq To'pni koridor bo'ylab uzoqqa tepish (m), 2-n m To'p o'ynatish (janglor) martta.

Mazkur amaliy test bo'yicha Navbahor-W va AGMK-W jamoasi yarim himoyachilari to'pni karidor bo'ylab uzoq masofaga aniq yetkazib berish bo'yicha o'zaro farqi 4,5 m. ga, to'pni o'ynatish (janglor) 11 ta farqi bilan AGMK-W jamoasi yaxshi natijada ekanligi o'z isbotini topdi (6-rasmga qarang).

■ Nav-W hujumchilar AGMM-W hujumchilar O'rtacha farqi

6-rasm. Narbaxor-W va AGMK-W jamoasi hujumchilarining texniktayyorgarlik dinamikasining o'zaro farqini ifodalovchi diagramma

Izoh: ¡-(n m) navbatdagi mashq to'pni koridor bo'ylab uzoqqa tepish (m), 2-n m. to'p o'ynatish (janglor) martta.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Texnik tayyorgarlik bo'yicha Navbahor-W va AGMK-W jamoa hujumchilarini o'zaro farqlash natijasiga ko'ra to'pni koridor bo'ylab uzoq masofaga uzatish bo'yicha AGMK-W jamoasi 8 m. ga, to'pni o'ynatish (janglor) testi bo'yicha 18 ta, AGMK-W jamoasini texnik tayyorgarlik darajasi yaxshi ekanligi aniqlandi.

Xulosa: xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-uslubiy adabiyotlarini o'rganish jarayonida, yuqori malakali futbolchi qizlarning tayyorlash tizimi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish natijalariga ko'ra quyidagi xulosalarga keldik;

- yuqori malakali futbolchi xotin-qizlarning jismoniy va texnik tayyorgarliklari bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida 5 bosqichli menstrual davrlari yetarli darajada tatqiq qilinmagan;

- yuqori malakali futbolchi qizlarning maydondagi ampluasini inobatga olgan holda jismoniy tayyorgarligi bo'yicha mashg'ulot yuklamalarini me'yorlashda (menstrual, postmenstrual, ovulyatsiya, postovulyatsiya, predmenstrual) davrlarini inobatga olish kerakligi aniqlandi;

-yuqori malakali futbolchi qizlarning mashg'ulot jarayonida yuklamalar shiddatini rejalashtirish va me'yorlash bo'yicha 5 bosqichli menustrual davrini to'g'ri tashkil qilish ijobiy samara beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887-sonli farmoni. LEX.Uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ 3610-sonli qarori.

3. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi Xelena FREYZER, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi doimiy vakili 2020 yil 8-yanvar.

4. П.П.Викторович программа функциональной подготовки высококвалифицированных футболистов в процессе предсезонных сборов по системе «осень-весна» автореферат-москва 2020.Й 7.- с.

5. В.Д.Викторович Построение учебно-тренировочного процесса на основе комплексной оценки нагрузок квалифицированных спортсменок в мини-футболе. Автореферат-Малаховка 2008. й. 6.- с.

6. А.Стула и Г.Владимир Методология подготовки юных футболистов Книга. 2015. й.

7. Е.И. Иванченко Основы планирования спортивной подготовки Пособие-Минск БГУФК 2019. й 19-20.-с.

8. N.M.Yusupov Yuqori malakali futbolchi qizlarni tezkor-kuch tayyorgarligining rivojlantirish uslubini takomillashtirish. Dissertatsiya. Chirchiq 2018.y 126.-b.

9. Iseyev Sh.T. Futbolchilarni yillik siklda tayyorlashni rejalashtirish. O'quv qo'llanma Toshkent 2014. y. 460 b.

10. M.J.Abdullaev Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (1-qism) DARSLIK Buxoro -2020. y.54-117-132.-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.