Научная статья на тему 'MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BUDJETLARARO TRANSFERTLAR SHAKLLARI MAZMUNI VA MAHALLIY BUDJETLAR DAROMADLARI VA XARAJATLARINI TAHLIL QILISH'

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BUDJETLARARO TRANSFERTLAR SHAKLLARI MAZMUNI VA MAHALLIY BUDJETLAR DAROMADLARI VA XARAJATLARINI TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
82
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Forms of interbudgetary transfers / equalizing interbudgetary transfers / revenues and expenditures of local budgets / AppSheet platform / cloud technologies / no-code programming.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Ilxomov Baxodir Ilxom Oʻgʻli

This article describes the content of the basic concepts of the forms of inter-budget transfers and the use of cloud technologies in the analysis of revenues and expenditures of local budgets. The content of the AppSheet platform is also covered, which is carried out by organizing practical classes based on the capabilities of the AppSheet platform, writing applications without code (no-code), mobile and web applications.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BUDJETLARARO TRANSFERTLAR SHAKLLARI MAZMUNI VA MAHALLIY BUDJETLAR DAROMADLARI VA XARAJATLARINI TAHLIL QILISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BUDJETLARARO TRANSFERTLAR SHAKLLARI MAZMUNI VA MAHALLIY BUDJETLAR DAROMADLARI VA XARAJATLARINI TAHLIL QILISH

Ilxomov Baxodir Ilxom o'g'li

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi o'quv markazi, "Davlat moliyasi" kafedrasi dotsenti v.v.b., (PhD), ilxomovb2020@gmail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7856356

Abstract. This article describes the content of the basic concepts of the forms of interbudget transfers and the use of cloud technologies in the analysis of revenues and expenditures of local budgets. The content of the AppSheet platform is also covered, which is carried out by organizing practical classes based on the capabilities of the AppSheet platform, writing applications without code (no-code), mobile and web applications.

Keywords: Forms of interbudgetary transfers, equalizing interbudgetary transfers, revenues and expenditures of local budgets, AppSheet platform, cloud technologies, no-code programming.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan soliq-budjet siyosati avvalo "Inson qadri uchun" tamoyili asosida farovonlikni yanada oshirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, soliq yuki va budjet xarajatlarini kamaytirishni, budjet ma'lumotlaming ochiqligi, shaffofligini ta'minlashni nazarda tutadi. Davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yo'naltirilgan islohotlarni, davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat moliyasini isloh qilishning muhim yo'nalishlaridan biri bu - mahalliy budjetlar daromadlar bazasini kengaytirish, budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish hisoblanar ekan, 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha dasturlar asosida har yili barcha tuman va shaharning muammo va imkoniyatlarini chuqur o'rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqilishi nazarda tutildi.

Iqtisodiyotning rivojlanishi moliya tizimining rivojlanish darajasiga, shu jumladan davlat moliyasining rivojlanish va boshqarilish darajasiga bevosita bog'liq bo'lib, davlat moliyasi davlatni iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining bajarilishida, davlat mablag'larini qayta taqsimlash va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida fuqarolarga teng ijtimoiy himoyani va ijtimoiy huquqlari kafolatlanishini ta'minlash, ya'ni mamlakatning barcha hududlarida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta'minlash budjetlararo munosabatlarning maqsadlari hisoblanadi. Budjetlararo munosabatlar davlat boshqaruv tizimida yuzaga keladi va budjet tizimidagi budjetlarning o'zaro aloqalari budjetlararo munosabatlar mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasigi ko'ra budjetlararo transfertlar - O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, davlat maqsadli jamg'armalariga hamda buning aksicha o'tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga hamda buning aksicha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

o'tkaziladigan mablag'lar tushuniladi. Budjetlararo transfertlar subvensiyalar, o'tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, budjet ssudasi o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha mablag'lar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi. Budjetlararo transfertlar shakllari va xususiyatlariga qisqacha to'xtalib o'tsak.

O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq subvensiya - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag'laridir. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 135 -moddasiga muvofiq subvensiyalar asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi. Foydalanilmagan subvensiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak.

Navbatdagi budjetlararo transfertlar shakllaridan biri o'tkazib beriladigan daromadlar bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq o'tkazib beriladigan daromadlar -tegishli ma'muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi budjetga o'tkaziladigan, ular qayerda shakllangan bo'lsa, keyinchalik o'sha ma'muriy-hududiy birlik budjetiga o'tkazib beriladigan daromadlardir. O'tkazib beriladigan daromadlar tegishli ma'muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi budjetga o'tkaziladigan daromadlar ular qaysi ma'muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo'lsa, o'sha ma'muriy-hududiy birlik budjetiga o'tkazib berilishi mumkin.

Budjetlararo transfertlarning 2012-yilgacha keng qo'llanilgan va hozirgi sharoitda yuqori budjetdan o'rta bo'g'in budjetlarga (QQR, Toshkent shahar va viloyatlar budjetlari) ajratish amaliyoti mavjud bo'lmagan shakli dotatsiyalar hisoblanib, O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq dotatsiya - budjet tizimi budjetlariga ularning o'z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o'rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag'laridir.

O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining "Budjetlararo o'zaro hisob-kitoblar" deb nomlangan 138-moddasiga ko'ra budjetlararo o'zaro hisob-kitoblar - moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari o'zgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar o'rtasida yuzaga keladigan o'zaro pul munosabatlaridir. Budjetlararo o'zaro hisob-kitoblar qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi, budjet tashkilotlari va budjet mablag'lari oluvchilarning bo'ysunuvi o'zgarganda xarajatlar bir budjetdan boshqa budjetga o'tkazilganligi, kapital qo'yilmalar limitlari budjetlar darajalari o'rtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi.Budjetlararo o'zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim bo'lgan summa yuqori turuvchi moliya organi tomonidan aniqlanadi.

Navbatdagi budjetlararo transfertlar shakllaridan biri maqsadli ijtimoiy transfertlar bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 138*-moddasiga ko'ra maqsadli ijtimoiy transfertlar - yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga ta'lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq bo'yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak.

Bugungi kundagi amaldagi budjetlararo transfertlar shaklli tartibga soluvchi daromadlar bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq tartibga soluvchi daromadlar -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

budjet tizimi budjetlari o'rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to'lovlar, shuningdek soliq bo'lmagan to'lovlar. Soliq bo'lmagan to'lovlarga budjet tizimi budjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'lmagan to'lovlar kiradi. Shuningdek, O'zbekston Respublikasi Budjet kodeksining 1382-moddasiga ko'ra tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar - qaytarilmaslik sharti bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari xarajatlarining tegishli daromadlar prognozlaridan oshgan qismini qoplash uchun beriladi. O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasiga muvofiq budjet ssudasi - qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag'laridir. Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert budjet manbalarining to'liq safarbar qilinishi tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini ta'minlamagan taqdirda, qaytarish sharti bilan foizsiz yoki foiz to'lash sharti bilan beriladi.

Malaka oshirish jarayonida mazkur budjetlararo transfertlarning shakllari va mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlarini tahlil qilishda tinglovchilarga bulutli texnologiyalar asosida dars jarayonlarini tashkil etish samarali bo'lib, bulut texnologiyasi yordamida ta'lim beruvchi dars faoliyati davomida an'anaviy, aralash va noan'anaviy ta'limni tashkil qilish imkoniga ega bo'ladi. Bunda ta'lim beruvchi ta'limni tashkil qilishi uchun alohida haq evaziga serverni ijaraga olishi yoki xosting xizmatidan foydalanish talab etilmaydi. Bunday vazifalarni bulut provayderi o'z zimmasiga oladi. Ta'lim oluvchilar uchun ham bulut texnologiyasi yordamida tashkil qilingan ta'lim turida bir qancha imkoniyatlar mavjud, bunday imkoniyatlar sirasiga ta'limga tegishli barcha fayllar bir joyda saqlanadi va bunda ta'lim oluvchi masalan kerakli adabiyotlarni internetdan qidirishiga hojat qolmaydi [4, 5].

Bulutli texnologiyalar (cloud technologies) - bu kompyuter resurslari va imkoniyatlari foydalanuvchiga Internet xizmati sifatida taqdim etiladigan ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir [3]. Oddiy qilib aytganda, bulutli texnologiyalar - bu axborot, dasturiy ta'minot va turli xil xizmatlarni saqlash va ulardan foydalanishda kompyuterning qattiq disklaridan foydalanishni nazarda tutmaydigan texnologik yechim. Ushbu disklar faqat bulutli xizmatlarga kirish uchun mijoz dasturlarini (asosan operatsion tizim) dastlabki o'rnatish uchun ishlatiladi.

Bulutli texnologiyalar hozirgi kunda keng qamrovli atama bo'lib, uning asosiy mazmuni -yuqorida keltirilganidek biror bir dastur yoki dasturlar majmuasini foydalanuvchi qurilmasida emas, balki internet tarmog'i orqali ishlatgan holda ma'lum turdagi dasturiy xizmatlarni taqdim etish. Misol uchun fayllarni saqlash, fayllarni tezkor topish, ishlov berish, ma'lumotlarni tahlil qilish va hokazo. Bulutli servislarning eng keng tarqalgani bu Dropbox - fayllarni saqlash xizmati, GoogleDocs - ofis ilovalari, AppSheet - kodsiz dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun platformani taqdim etadigan dastur, SalesForce - CRM hamda ERP tizimlaridir.

Bugungi kunda moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo'linmalari xodimlarini malakasini oshirish jarayonlarida AppSheet platformasida mobil va veb-ilovalarda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida budjetlararo transfertlarning shakllari va mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini tahlil qilishda foydalanilmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

Jumladan, tinglovchilar o'z hududlari bo'yicha tuman daromadlari va xarajatlari tarkibini tuman xalq deputatlari kengashlarining tuman budjetini tasdiqla sh bo'yicha qarori asosida tahlil qiladilar. Buning uchun dastlab tinglovchilar AppSheet platformasida ishlab chiqilgan "Hududlar moliyasi" mobil ilovasiga o'z mobil telefonlari orqali ulanib, o'zlarining viloyatlari yoki tumanlari bo'yicha xalq deputatlari kengashi qaroriga tezkor o'tishadi (1-rasm). Mobil ilovada tegishli viloyat va tumanlarning xalq deputatlari kengashlari qarorlari https://e-qaror.gov.uz elektron

o

Lj

2_Anfln>KOH bwjiohth

AcaKa Tyniann

BmioHT flAPOMAfl XAPA>KAT TPAHCOEPT

2.ÄHflH>KOH BM/IOflTH 1 63 628,76 361 821.32 198 192,5S^zlW j

BH/]OfiT 6iOAKeTHHM

KMPMTMID

TyMaH(ujax) öhOAJKeTH.HM KHPMTMIII

TEK2DASHB

1-rasm."Hududlar moliyasi" mobil ilovasi oynasi

tizimi (Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimi) orqali bog'langan bo'lib, tegishli qaror ochiladi. Tinglovchilar o'z hududlari bo'yicha viloyat yoki tuman budjetining tarkibini daromadlari va xarajatlari mablag'larini tahlil qilishadi va "Hududlar moliyasi" mobil ilovasining tegishli oynasida o'z tahlil javoblarini tekshirishadi (2 -rasm). Agar javoblar mobil ilovaga to'g'ri hisoblanib kiritilgan bo'lsa, javob to'g'ri topilganligi yuzasidan rag'bat beriladi, agar javobda xatolik bo'lsa aynan daromadlar yoki xarajatlar summasida qancha miqdorda xatolik borligi ko'rinadi.

Mazkur AppSheet platformasida ishlab chiqilgan "Hududlar moliyasi" mobil ilovasi asosida amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish natijasida:

-tinglovchilarning har birida o'z hududlari, tuman(shahar)lari bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarorlarini tahlil qilish va topshiriqlarni bajarish imkoniyati yaratiladi.

-viloyat, tuman(shahar) darajalarida hududlar budjeti ma'lumotlarini tezkor topish imkoniyati bo'ladi.

-tinglovchilarda topshiriq natijalarini mustaqil ravishda tekshirish va o'z xatosini tushungan holda to'g'rilash imkoniyati bo'ladi.

-ta'lim beruvchida barcha tinglovchilar bilan bir vaqtning o'zida turli topshiriqlar bilan ishlash imkoniyati bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

-tinglovchilar bajargan topshiriqlar onlayn bazada saqlanib qoladi va ular malaka oshirishdan o'z ish joylariga qaytganlaridan so'ng ham mazkur ma'lumotlardan foydalanishlari mumkin bo'ladi.

2-rasm."Xududlar moliyasi" mobil ilovasi oynasi

Shu o'rinda AppSheet platformasi haqida quyidagilarni aytib o'tish mumkin. AppSheet platformasi kod yozmasdan foydalanuvchilarga bulutli jadvallar va ma'lumotlar bazalaridan mobil va veb-ilovalarni ishlab chiqish imkonini beruvchi platforma bo'lib, mazkur platformada Google Tablitsalar, Excel, Cloud SQL, Salesforce va boshqa shu kabi ma'lumotlar manbalari asosida mobil va veb-ilovalarni yaratish mumkin. AppSheet platformasi bilan mos keladigan ma'lumot manbalariga quyidagilar kiradi: Google tablislar, Google formalar, Microsoft Excel v Office 365, Microsoft Excel, Dropbox, Microsoft Excel, Smartsheet, Microsoft SQL-server, MySQL, PostgreSQL va boshqalar. Shuningdek, dars jarayonlarida jamoaviy vazifalarni bajarishda mobil qurilmalarda ham, shaxsiy kompyuterlarda ham foydalanish mumkin bo'lgan hamkorlik muhitini yaratishda AppSheet platformasi ta'lim beruvchilarga yaxshi vosita bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksini tasdiqlash to'g'risida" gi 360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan "2020 - 2024-yillarda O'zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi".

3. Н.В.Шпарута, М.Б.Медведева, Л.И.Долинер. Облачные технологии как средство сетевого взаимодействия педагогов и обучающихся. Методические рекомендации // Екатеринбург, ГАОУ ДПО СО «ИРО», - 60 с. -2018

4. Емельянова О. А. Применение облачных технологий в образовании // Молодой ученый. - 2014. - №3. - С. 907-909.

5. Поздеева Г. П. Cloud Computing in Education // Молодой ученый. - 2015. - №11. - С. 1450-1452.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.