PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
www.in-academy.uz
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HARAKATLI O'YINLAR ORQALI JISMONIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Aripova Vasila Baxtiyarovna
PhD, katta o'qituvchi, Uzbekistan 2Faculty of Pedagogy, Department of Preschool Education Methodology, University of Applied Sciences, Gavhar
ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, Tashkent, Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.13292417 Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatli o'yinlardan va noan'anaviy gimnastika mashg'ulotlaridan foydalanish orqali jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishdan hamda "Quvnoq o'yinlar" dasturining mashg'ulot tuzilmasi bolalarning harakat faolligini oshirishdan iborat.
Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, maktabgacha ta'lim, chaqqonlik qobiliyati, chaqqonlik qobiliyatining o'zgaruvchanligi, chaqqonlik qobiliyatini rivojlantirish.
1 KIRISH
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifasi ularni erta ta'limga yo'naltirish va jismoniy faollikka bo'lgan extiyojini ta'minlashni talab qilmoqda. Dunyoda maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalariga bag'ishlangan ko'plab izlanishlarda harakat faolligini oshirishning innovatsion texnologiyalarini joriy qilish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, yoshga mos nazorat turlari va me'yorlarni ishlab chiqish muammolari o'rganilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatli o'yinlardan va noan'anaviy gimnastika mashg'ulotlaridan foydalanish orqali jismoniy qo'biliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
2 TADQIQOTNING METODOLOGIYASI
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni harakatli o'yinlarga o'rgatish bo'yicha ishlab chiqilgan "Quvnoq o'yinlar" dasturi va harakatli o'yinlar majmuasini ishlab chiqish;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni harakatli o'yinlarga o'rgatish bo'yicha ishlab chiqilgan "Quvnoq o'yinlar" dasturi va harakatli o'yinlar majmuasini amaliyotga tatbiq etish.
3 TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING MUXOKAMASI
6-7 yoshdagi bolalarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o'yinlardan foydalanish samaradorligi pedagogik tajribalar jarayonida amalga oshirildi. 6-7 yosh bolalarining jismoniy imkoniyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun egiluvchanlik, chaqqonlik, tezkorlik, koordinatsiya
imkoniyatlari eng ahamiyatli hisoblanadi. 6-7 yoshli bolalarda harakatlarni rivojlantirish muammolari dolzarbligini hisobga olib, biz harakatli o'yinlar orqali ushbu jarayonga rivojlantiruvchi, kompleks ta'sir ko'rsatish imkoniyatlarini o'rganib chiqishga kirishdik. 1-javal
Tt\ O'quv yili davomida
r Mashg hafta Bir 1yari 2yari Jja
'ulot da oyd m m mi
nomi a yillik yillik
1 Jismon 2 8 32 40 72
iy
tarbiya
№
Oy.
i.
.a
y
s
OJ
c/i
Jismoniy tadbirlar mazmuni
1 .Muvozanat saqlash-gimnastika
skameykasi bo'ylab bolaning ikki qadami oralig'ida qo'yilgan kubiklar ustidan qo'llarini belga qo'yib, xatlab o'tib yurish
2.Sakrash- poldan shiddat bilan itarilib, ikki oyoqda sakrab oldinga siljish.
3.Qatorda turib to'pni ikki qo'llab pastga otish(bolalar orasidagi masofasi 2,5m)
4.Harakatli o'yin "To'p kimda"
1. Gimnastika skameykasi bo'ylabqo'lni bosh bosh orqasiga qo'yib to'ldirma to'p ustidan xatlab o'tish.
2. Bir-biridan 40sm oralatib ("ilon izi" qilib) qo'yilgan buyumlar orasidan ikki oyoqda sakrab oldinga siljish
3. Qatorda turib polga urilib qaytganto'pni tashlash (tarbiyachining ishorasi bilan bolalar to'pni yerga urib uni ikki qo'llab ilib olib sherigiga tashlaydilar)
Harakatli o'yin "Tutuvchilar"
1. Sakrashlar- ikki oyoqda sakrash Sakrashni 4-6marta ketma-ket bajarish, keyin bir zum dam olish va tarbiyachining ishorasiga binoan yana sakrash
2. Kichik to'pni (diametri 6-8 sm) ikki qo'llab yuqoriga irg'itish
3. O'rtacha tezlikda yugurish (1,5 daqiqa)
4. Harakatli o'yin "Biz quvnoq bolalarmiz"
1. Joyida turib yuqoriga sakrash
2. To'pni yuqoriga otib, chapak chalish va uni ikki qo'llab ilib olish(10-15marta)
3. Buyumlar orasidan emaklab yurish va yugurishni navbatlashtirish(2-3marta)
4. Harakatli o'yin "Shakl yasa"_
1. Gimnastika skameykasi bo'ylab kaft va tizzalarda emaklash (2-3marta)
2. Arqon bo'ylab juftlama qadam bilan yonlamasiga yurish, qo'llar belda (2-3marta), bosh va govdani to'g'ri tutish
3. To'pni ikki qo'llab yuqoriga otish va uni ilb olish, to'pni yuqoriga otish va chapak chalib ilib olish (10-12marta)
4. Harakatli o'yin "Qarmoq"_
"Quvnoq o'yinlar" dasturining 9 oylik mashg'ulot tuzilmasi
(tayyorlov guruhi 6-7 yosh)
1
2
3
4
5
PPSUTLSC-2024
. . .E.jí.l PRACTICAL PROBLEMS AND SOU/TIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I ™ ^^ CENTURY
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
Quvnoq o'yinlar dasturi tarbiya-ta'lim jarayonini tuzishda asosiy harakatlarning qo'llanilishi va ularga muvofiq harakatli o'yinlarni tanlab olish ikoniyatini yaratadi. Dastur bolani sog'lig'i, jismoniy tayyorgarligi va rivojlanish darajasini hisobga olish bilan harakatli o'yinlar, sport o'yinlari va turli sport mashqlariga jalb qilgan holda uni har tomonlama jismonan rivojlantirishga yo'naltirilganligi, dastur o'z navbatida harakatli o'yinlarni boshqa jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish tadbirlari bilan birgalikda qo'llashni nazarda tutadi.
Dastur bo'yicha mashg'ulotlar tuzilmasiga ko'ra 9 oylik taqvimiy reja asosida mashg'ulotning maqsadi va rejasi berilgan. Ushbu namuna asosida maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir guruh kesimida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari tashkillashtirish tartibi yoritib berilgan.
Maktabgacha ta'limning zamonaviy rivojlanish bosqichida, amaliyotga aynan harakatli o'yinlar, raqs va sport-sog'lomlashtirish bilan bog'liq bo'lgan barcha sog'lomlashtirish texnologiyalari keng joriy etilayotganligini kuzatilmoqda. Toshkent shahrining o'ttizdan ortiq MTTlarida o'tkazilgan so'rov ma'lumotlariga ko'ra, jismoniy tarbiya instruktorlarining 64,6% harakatli o'yinlarni nafaqat jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida balki qo'shimcha ta'lim mashg'ulotlarida ham qo'llar zarurligini ko'rsatganlar. Biroq ularning amaliy ishlari tahlili shuni ko'rsatadiki ko'pchilik harakatli o'yinlarni tor doiradagi vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan yordamchi vositalar sifatida qo'llaydilar; ushbu dalil tizimli emas, balki bu jarayon ilmiy-uslubiy jihatdan kuchsiz yoritilganligi sababli to'satdan, o'z-o'zidan va lavhali tavsifga ega ekanligi o'rganib chiqildi.
6-7 maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun harakatli o'yinlar
2-javal
№ Harakatli o'yinlar * O'yinni davomiyl Me'yo ri Dam olish oralig' i hafta kunla ri
Egiluvchanlik qobiliyatini rivojlantirish uchun
1 URM majmuasi 2-3 daqiqa 1 marta 1-1,5 daqiqa Chorsh anba
Jiraf 5-6 daqiqa 2 marta 2-2,5 daqiqa
To'siqdan sakrab o'tish 5-7 daqiqa 1 marta 1,5-2 daqiqa
Chaqqonlik va tezkorlikni qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
2 URM majmuasi 2-3 daqiqa 1 marta 1-1,5 daqiqa Juma
Bo'sh o'rin 7-8 daqiqa 1 marta 1,5-2 daqiqa
Kun va tun 5-6 daqiqa 1 marta 2-2,5 daqiqa
Bir doiradan ikkichi doiraga sakrash 5-6 daqiqa 2 marta 1,5-2 daqiqa
Quvnoq 5-6 1 marta 1,5-2
www.in-academy.uz
estafeta | daqiqa |_| daqiqa
MAJMUASI
Izoh: xar bir o 'yinni o 'rgatish jarayonida yo 'riqchi bolalarga xato va kamchiliklarini aytib turishi hamda imkon qadar ularni joyida bartaraf etishga harakat qilishi lozim.
Nazorat guruhi 6-7yoshli o'g'il va qiz bolalarda jismoniy qobiliyatlarni rivojlanish ko'rsatkichlarining statistik xarakteristikalarini pedagogik tajriba davomida hamma o'rganilgan testlar bo'yicha nisbiy o'sishlarining o'rtachasi o'g'il bolalarda 17,71 foizni va qiz bolalarda 17,62 foizni tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlar NG dagi mos ko'rsatkichlarga (9,29 % va 9,34 % ga) nisbatan deyarli 2 marta, mos ravishda, 1,91 va 1,93 marta kattadir.
Pedagogik tajriba oxiriga kelib NG va TG bolalarining jismoniy qobiliyatlarni rivojlanish ko'rsatkichlarining statistik xarakteristikalarini nisbiy farqlari tajriba boshidagi mos ko'rsatkichlarga nisbatan ancha katta farqni tashkil etdi.
Tajriba guruhlari 6-7 yoshli o'g'il va qiz bolalarda jismoniy qobiliyatlarni rivojlanish ko'rsatkichlarining pedagogik tajriba davomida nisbiy o'sish dinamikasi (t=24)
Pedagogik tajriba oxiriga kelib NG va TG bolalarining jismoniy qobiliyatlarni rivojlanish ko'rsatkichlarining statistik xarakteristikalarini nisbiy farqlari tajriba boshidagi ko'rsatkichlarga nisbatan ancha katta farqni tashkil etdi. Jumladan bunday nisbiy farqlarning eng kattasi "Joyidan uzunlikka sakrash" vaqtida kuzatildi va u 12,72 % ni, eng kichigi esa "Gimnastika o'rindig'ida turib oldinga egilish" mashqida kuzatilib, u 4,85 % ga teng.
Ushbu va yuqorida keltirilgan faktlar, ya'ni NG bolalarining jismoniy qobiliyatlarini rivojlanish ko'rsatkichlarining pedagogik tajriba davomida nisbiy o'zgarish dinamikasiga nisbatan TGdagi mos ko'rsatkichlar ancha yuqori va statistik ishonchli o'zgarganligi tajriba guruhida qo'llangan "Quvnoq o'yinlar" dasturining samaradorligini isbotlab turibdi. Harakatli o'yinlar va o'yin mashqlaridan foydalanish va keng joriy etish samaradorligi va pedagogik tadqiqot natijalarining tahlili, uni bola shaxsiga nisbatan ijobiy ta'siri to'g'risida xulosa chiqarishga imkon berdi. Ushbu faoliyatning ijobiy ta'siri bolalarning jismoniy rivojlanishi holati va ijtimoiy sog'lomlik ko'rsatkichlarini yaxshilanishida aks etuvchi ularni salomatlik ko'rsatkichlarini (R<0,05)oshirilishida ifodalandi.
Ushbu ko'rsatkichlarni mantiqan o'zaro bog'liqligini ilmiy asoslash harakatli o'yinlar samaradorligini kompleks baholash imkonini beradi.
Mazkur nisbiy farqlarning statistik ishonchliligini Styudent taqsimoti kritik qiymatlari asosida baholash "Joydan uzunlikka sakrash" masofasi bo'yicha O'B (t=2,74; R<0,01) va QBlarda (t=2,07; R<0,05) hamda "10 metrga yugurish" testi bo'yicha O'Blarda (t=2,09; R<0,05) statistik ishonchli va qolgan barcha hollarda statistik ishonchsiz o'zgarishlar ekanligini ko'rsatdi. Shuning bilan birga, barcha 6 ta testlar bo'yicha NG
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz
bolalari ko'rsatkichlarining tajriba boshidagiga nisbatan nisbiy o'sishi o'rtacha 9,29 % ni, TG bolalarida mazkur ko'rsatkich 17,66 % ni (4-rasm) tashkil etdi.
Xulosalar. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki,maktabgacha ta'lim tizimida bolalarning jismoniy rivojlanishida va zarur harakat ko'nikmalarini egallash borasida yangicha ilmiy yondoshuvlarni amaliyotga joriy qilish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
XULOSA
Tajriba jarayonida "Quvnoq o'yinlar" dasturi MTTda mavjud bo'lgan ta'lim-tarbiya dasturiga nisbatan natijaviy ekanligi aniqlandi. Tahliliy natijalariga ko'ra buning yana bir sababi "Ilk qadam" davlat dasturi xorijiy tajriba asosida yaratilgan bo'lib, undagi asosiy e'tibor faollik ilm-fan va tabiat markazi, til va nutq markazi, syujetli-rolli o'yinlar va drama markazi, san'at markazi, qurilish, tuzish, matematika markazilarida ta'lim-tarbiya jarayonlariga yo'naltirilganligidadir. "Quvnoq o'yinlar" dasturi esa taqvimiy rejasi asosida (asosiy harakat turlarining rejasi) mashg'ulotlarni tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlikni rivojlantirish, barcha guruh bolalarini kun tartibida harakat faolligini 7-8% ga oshirishga, shu bilan birga harakat tanqisligini ahamiyatli darajada kamaytirishga erishildi.
ADABIYOTLAR:
1) Засиорский В.М., "Исследование переноса тренировонности в сиклических локомоциях". кан.диссертация. М.1961 г.
2) Лях В.И. "Основне закономерности
3) взаимосвязей показателей, характеризуюних координационне способности детей и молодежи: поптка анализа в свете концепции". Н.А. Бернштейна / В.И. Лях // Теория и практ. физич. културы. -1996. -№ 11. - С.20-25
4) Aripova V.B.Maktabgacha yoshdagi bolalarda asosiy harakat turlari va jismoniy qobiliyatlarini rivojlanish xususiyatlari. // Fan-sportga ilmiy nazariy jurnali. - Chirchiq, 2021. - №1. B. 49-51. [13.00.00 №16].
5) Арипова В.Б.Роль подвижных игр в развитии основных движений и воспитании детей. // Pedagogika ilmiy-nazariy va metodik jurnali. -Chirchiq, 2021. - №1. B. 85-88. [13.00.00 №16].