Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitobxonlik / madaniyat / shakl / usul / nutq / axloq / suhbat. / чтение / культура / форма / метод / речь / мораль / беседа.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X.Sh. Ochilova

mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish usullari dunyoni tanishish bilan birga, go ‘zallikka muhabbat uyg ‘otish va undan zavqlanish tuyg ‘usini beradi. Kitob kelajakda o ‘z kasbini mohir ustasi bo ‘lishda ham as qotadi.Zero, kitob avlodlar zanjirini mustahkamlovchi ma’naviy merosdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF FORMING LIBRARY CULTURE IN PRESCHOOL CHILDREN

в данной статье методы формирования культуры чтения у детей дошкольного возраста, наряду с познанием мира, дают чувство любви к красоте и наслаждению – духовному наследию, укрепляющему эту цепь.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

,JH}IOb

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

© X.Sh. Ochilova1^_

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish usullari dunyoni tanishish bilan birga, go 'zallikka muhabbat uyg 'otish va undan zavqlanish tuyg 'usini beradi. Kitob kelajakda o 'z kasbini mohir ustasi bo 'lishda ham as qotadi.Zero, kitob avlodlar zanjirini mustahkamlovchi ma'naviy merosdir.

MAQSAD: maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish usullari yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu ilmiy izlanishlarimizda "Muammoli pedagogik vaziyat", "A - 4", "Axborot almashish" interfaol metodlaridan samarali foydalandik. Shunga muvofiq ravishda mavzu bo'yicha muammoli vaziyat o'rganildi, savol-javob orqali axborot almashish orqali amalga oshirildi hamda turli muhokamali savollar o'rtaga tashlandi, aniq misollar yordamida fikr-g'oyalar yoritildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini oshirishda ertak kitoblardan, ko 'rgazmali materiallardan foydalanish orqali ta'lim-tarbiya berish va ertaklarning o'ziga xos xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyatini o'rganib,oilada ota-onalarning kitobxonligini, ertaksevarligini ommalashtirish hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilarning kitobxonlik haqidagi bilim, ma'lumotlarini boyitish.

XULOSA: maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy - axloqiy tarbiyalashda rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv metodikasini takomillashtirish usullari (suhbat, tushuntirish, hikoya, ertakterapiya, namuna ko'rsatish), ushbu jarayonda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda bolalarning so'z boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish, ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.

Kalit so'zlar: kitobxonlik, madaniyat, shakl, usul, nutq, axloq, suhbat.

Iqtibos uchun: Ochilova X.Sh. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish yo'llari. // Inter education & global study. 2024. №7. B.144-148.

ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ БИБЛИОТЕЧНОИ КУЛЬТУРЫ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА_

© Х.Ш. Очилова1Н

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье методы формирования культуры чтения у детей дошкольного возраста, наряду с познанием мира, дают чувство любви к красоте и наслаждению - духовному наследию, укрепляющему эту цепь.

ЦЕЛЬ: разработать методические рекомендации по методам формирования культуры чтения в обучении детей дошкольного возраста.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в нашем научном исследовании мы эффективно использовали интерактивные методы «Проблемная педагогическая ситуация», «А -4», «Обмен информацией», поднимались различные дискуссионные вопросы, уточнялись идеи с помощью конкретных примеров.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: повышать культуру чтения дошкольников путем использования сказочных книг и изобразительных материалов, а также путем изучения особенностей и воспитательного значения сказок, популяризации родительского чтения и любви к сказкам в семье и дошкольном учреждении. знания и информация педагогов о чтении в образовательных организациях.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: методика совершенствования методики комплексного подхода к компетенциям областей, развивающих духовно-нравственное воспитание детей дошкольного возраста (беседа, объяснение, рассказ, сказкотерапия, показ примера), в этом процессе, в Формировать культуру чтения, увеличивать словарный запас детей, развивать их речь, целесообразно формировать духовно-нравственные качества.

Ключевые слова: чтение, культура, форма, метод, речь, мораль, беседа.

Для цитирования: Очилова Х.Ш. Пути формирования библиотечной культуры у детей дошкольника. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 144-148.

WAYS OF FORMING LIBRARY CULTURE IN PRESCHOOL CHILDREN

© Xilola Sh. Ochilova1^

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: in this article, the methods of forming a reading culture in preschool children, along with knowledge of the world, give a feeling of love for beauty and pleasure - a spiritual heritage that strengthens this chain.

AIM: to develop methodological recommendations on methods of forming a reading culture in teaching preschool children.

MATERIALS AND METHODS: in our scientific research, we effectively used the interactive methods "Problem pedagogical situation", "A - 4", "Exchange of information", raised various debatable issues, clarified ideas with the help of specific examples.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DISCUSSION AND RESULTS: to improve the reading culture of preschoolers by using fairy tale books and visual materials, as well as by studying the features and educational value of fairy tales, popularizing parental reading and love for fairy tales in the family and preschool institution. knowledge and information of teachers about reading in educational organizations.

CONCLUSION: methodology for improving the methodology of an integrated approach to the competencies of areas that develop spiritual and moral education of preschool children (conversation, explanation, story, fairy tale therapy, showing an example), in this process, in Forming a culture of reading, increasing children's vocabulary, developing their speech, it is advisable to form spiritual and moral qualities.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi"Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ 'ib qilish bo 'yicha kompleks chora tadbiralr dasturi to 'g 'risida"gi PQ-3271 - sonli Qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ'ib qilishga qaratilgan tadbirlar ayni paytda davom etib kelmoqda.

Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev "Yoshlarni kitob o'qishga bo'lgan qishiqishlarini oshirishga, ularning kitob bilan do'st bo'lishiga, aholining kitbxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim"1 -degan edi. Yoshlarning ma'anaviy-ma'rifiy, badiiy-estetik hamda milliy va jahon adabiyotlarini mutolaa qilish madaniyatini yuksaltirish, talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari "Kitob - beminnat ustoz, bilim va ma'naviy yuksalishga erishishining eng asosiy manbai"2 deya ta'kidlagan bo'lsa, Sohibqiron Amir Temur "Kitob - barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning. Ilmu donishning asosidir. Hayot o'rgatuvchi murabbiydir"3 deya uqtirishgan.

Kitob kishilik jamiyatining ma'naviy taraqqiyotida va inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega bo'lganligi barchamizga qadimdan ma'lumdir.

U dunyoni tanishish bilan birga, go'zallikka muhabbat uyg'otish va undan zavqlanish tuyg'usini beradi. Kitob talabada ilmiy, ma'naviy dunyoqarashini o'zgartirishda ijobiy harakterini tarkib toptirish hamda hayot va turmush ziddiyatlarini qanday qilib echish yo'llarini o'rgatadi. Kitob kelajakda o'z kasbining mohir ustasi bo'lishida ham as qotadi. Bu xislatlarni egallab olgan har bir talaba, yuksak ma'anaviy tafakkurga ega bo'lgan, shaxs bo'lib kamolga etadi.

Zero, kitob avlodlar zanjirini mustahkamlovchi ma'naviy merosdir. Kitob inson ruhiyatiga ta'sir etib,ularni ma'naviy-axloqiy kamolatga etaklaydi, hissiyotiga ta'sir etadi va bilim olish bilan birga talabaga zavq bag'ishlaydi. Talabalarda kitobxonlik madaniyatini

For citation: Xilola Sh. Ochilova. (2024) 'Ways of forming library culture in preschool children', Inter education & global study, (7), pp. 144-148. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

oshirishda, badiiy, tarixiy asarlarni ko'proq o'qishi, mutolaa qilishga mehr uyg'otish va kitobxonlik saviyasini o'stirish dolzarb

Buyuk ajdodlarimiz avlod kamolotining uch sharti: badan tarbiyasi, ruh tarbiyasi va fikr tarbiyasiga alohida diqqat qaratgani ma'lum. Ulardan uchinchisi - fikr tarbiyasi aynan kitob mutolaasi jarayonida shakllanishi isbot talab qilmaydi. Ulug' ma'rifatparvar Ablulla Avloniy ta'biricha: "Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur". Zero, yosh avlod shuurida to'g'ri fikrlash, tahliliy tafakkur tarzi shakllanmas ekan, ular jamiyat oldida turgan dolzarb vazifa - milliy yuksalishni amalga oshirmog'i mumkin bo'lmaydi. Kitob inson hayotini butunlay o'zgartirib yuboradigan, unga o'zgacha ranglar qo'shadigan,insonni komillikka yetaklaydigan vositadir.Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqshi ham kamayabborayabdi.Yoshlarni bu borada davlatimiz rahbari turli islohotlar o'tkazayabdi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: «Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitobo'qimaganodamning ham, millatning ham kelajagiyo'q», - deya ta'kidlaydilar.

Maqolada bugungi kunda mamlakatimizda va balki butun dunyoda insonlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish va bu sohada yuksalishning sinalgan usullari va kitob o'qishdagi muammolar haqida so'z boradi. Kitob mutoola qilishda jamiyat, oila va maktabning ahamiyati-farzandning shaxsiy ijtimoiy moslashuviga ta'sirini o'rganib chiqamiz, yangi O'zbekiston ravnaqining poydevori bo'lib hizmat qiladigan farzandlar kelajagini to'g'ri shakllantirish yangi o'quv qo'lanmalar chop etish barcha shahar va viloyatlarda yosh kitobxon tanlovlarini tashkil etish va barcha hududlarda ahborot vositalarida tanishtirib borish haqida chora tadbirlar taklif etilmoqda.

"Kitob-bilim manbai'', deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat.Inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob orqali shakllanadi. Badiiy adabiyotlar o'qilganda insonning dunyoqarashi kengayadi. Zero kitob-qalb chirog'i, tafakkur qanoti. Dunyo bo'yicha kitoblarning asosiy qismini 45 yoshdan oshganlar sotib olishadi.Afsuski, zamonaviy yoshlarimiz bu borada ancha orqadalar. Biz hamma narsani yaxshilikka yo'yib o'rganganmiz, bu holatni ham ular elektron kitob o'qiydilar, shuning uchun kamdan-kam hollardagina kitob sotib oladilar, deb izohlamoqchimiz. Aslini olganda, kitobni qo'lingizda ushlab, salmog'ini, taftini his qilib o'qiganga nima yetsin.Kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng go'zal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan ma'naviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob o'qishga ehtiyojimiz bor.

Ba'zan odam moddiy manfaatlar, zamon yangiliklari, internet tizimi ichra kuni va tuni qanday o'tganini ham bilmay qoladi

Afsuski, xalqimiz orasida muntazam kitob o'qishi natijasida yuksak mavqelarga erishganlarga nisbatan deyarli o'qimaydiganlar ko'proq. E'tibor bersangiz, aynan shu toifa yurtdoshlarimiz o'rislarning hovli va ko'chalaridagi qorini kurab xor bo'lib yurishibdi. Ularga: "Ey kitob o'qimaydiganlar! Gap-so'zlaringizdan o'qimasligingiz sarimsoq

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

chaynaganday anqib turishini o'zingiz sezasizmi? O'qimasdan keksayish tubsiz zulmat qo'yniga kirib borish ekanini bilasizmi?", deging keladi. Illo, farzandini kitob o'qishga o'rgatmagan ota-ona aslida uni savodsiz qilib tarbiyalagan hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning usullari maqsad qilib olinar ekan , albatta, ertaklar tasvirlangan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi,ertakterapiya,suhbat, rasmlar asosida suhbatlar qilish orqali oshirmoq lozim.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Takomillashtirilgan Ilk qadam davlat o'quv dasturi.T.:-2022

2. O.Xasanboyeva. "Barkamol avlod ma'naviyati". T.:-2010

3. M.Jumaboyev. "O'zbek bolalar adabiyoti". T.: 2009

4. Махмутазимова, Ю. Р. (2019). Роль воспитателя в детском саду в формировании личности ребенка. Actual Problems of Applied Sciences Journal World, (3), 24-28.

5. Maxmutazimova, Y., & Amirova, M. (2023). Rivojlanish markazlarida 6-7 yoshli bolalarni mustaqil faoliyatini tashkil etish. Maktabgacha va maktab ta'limi jurnali, 1(2-3).

6. Махмутазимова, Ю. Р. (2020). Дошкольная образовательная организация и семья: взаимодействие ребенка и педагога. Вестник педагогики: наука и практика,25-126.

7. Махмутазимова, Ю. Р. (2024). БУЛАЖАК МТТ ТАРБИЯЧИЛАРИНИНГ КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯСИНИ АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ЁРДАМИДА РИВОЖЛАНТИРИШ ЗАРУРИЯТИ. Лучшие интеллектуальные исследования, 14(3), 98-103.

8. Юлдуз, М. (2024). ПУТИ РАЗВИТИЯ КОММУНИКАТИВНОГО ТВОРЧЕСТВА ДОШКОЛЬНИКОВ. Лучшие интеллектуальные исследования, 14(3), 94-97.

9. Babayeva, D. R., & Ochilova, X. S. (2022, October). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQ O 'STIRISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O 'RGATISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 8, pp. 21-23).

10. SHeraliyevna, O. X. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SUHBAT QURISH O 'RGALI NUTQINI O 'STIRISH USULLARI. Лучшие интеллектуальные исследования, 17(4), 82-85.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Ochilova Xilola Sheraliyevna, "Maktabgacha ta'lim texnologiyasi kaferdasi" o'qituvchisi, [Очилова Хилола Шералиевна, преподаватель факультета дошкольного образования «Технология дошкольного образования»], [Xilola Sh. Ochilova, teacher of the Faculty of Preschool Education "Technology of preschool education"] manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy; [адрес: Узбекистан, г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.