Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMGA YANGICHA YONDASHUV'

MAKTABGACHA TA’LIMGA YANGICHA YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
175
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta`lim / ma`naviy muhit / rivojlanish asoslari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yuldasheva Dilafruz, Jabborova Marifatxon, Eraliyeva Zamira Rasuljonovna, Maziyayeva Muqaddasxon

Mazkur maqolada maktabgacha ta`limda ustuvor bo`lgan masalalar haqida fikr yurilgan. Sohaga innovatsion yondashuv masalalari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMGA YANGICHA YONDASHUV»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

MAKTABGACHA TA'LIMGA YANGICHA YONDASHUV

Yuldasheva Dilafruz, dotsent, Jabborova Ma'rifatxon, oqituvchi, Eraliyeva Zamira Rasuljonovna, magistr, Maziyayeva Muqaddasxon, magistr, Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada maktabgacha talimda ustuvor bo'lgan masalalar haqida fikr yurilgan. Sohaga innovatsion yondashuv masalalari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha talim, manaviy muhit, rivojlanish asoslari

Аннотация: В данной статье рассматриваются приоритеты дошкольного образования. Анализируются вопросы инновационного подхода к отрасли.

Ключевые слова: дошкольное образование, духовная среда, основы развития.

Annotation: This article discusses the priorities of preschool education. The issues of innovative approach to the field are analyzed.

Keywords: preschool education, spiritual environment, basics of development.

Jamiyat hayotda sog'lom ma'naviy muhit barqarorligi barcha jabhada rivojlanishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Kelajak avlodimizning teran fikrli, bilimli, salohiyatli, har tomonlama yetuk shahs bo'lib rivojlanishlari uchun, farzandlarimizga to'g'ri ta'lim-tarbiyani go'daklik davridan berishni boshlashimiz kerak. Zero, Maktabgacha talim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otadi va tizimli o'qitishga tayorlab boradi. Lekin fanda ilmiy asoslangan shunday tushuncha borki, inson butun umri davomida oladigan axborot hajmini yuz foiz deb hisoblasak, olti-yetti yoshgacha olgan informasiyasi uning ellik foizdan ko'prog'ini tashkil qilar ekan. Shu haqiqatni har bir oilaga, har bir ota-onaga tushuntirib bera olsak, juda kata ishni amalga oshirgan bo'lamiz" -deya alohida ta'kidlagan. Hozirgi kungacha mustaqil O'zbegostonimizda farzandlarimiz ravnaqi uchun juda ko'p ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shular qatorida, Maktabgacha ta'lim muassasalariga ham katta etibor qaratilgan. Prezidentimiz Savkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yo'lga qo'yilgan "2017-2021 yillarda mamlakatni yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi"ning to'rtinchi yo'nalishini asosiy bir bo'g'ini, ta'lim madaniyat, ilm-fan, adabiyot sanat va sport sohalariga e'tibor qaratilib, unda Maktabgacha ta'lim muassasalarini takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalarini tarmog'ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash,

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va tehnologiyalarini tadbiq etishni o'z ichiga qamrab olgan. O'zbegiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarorida ta'kidlanishicha, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim- tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

- Maktabgacha ta'lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayorlash bo'yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish

- Bolalarni maktabga tayorlashning muqobil shakli bo'lgan qisqa muddatli guruhlar tashkil etilishi natijasida 305 ming nafar 5-6 yoshdagi kichkintoylar har yili ushbu guruhlarda maktab ta'limiga tayorlash

- Qisqa muddatli guruhlar uchun O'zbegiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O'zbekistondagi xalqaro bolalar fondi (UNICEF) tomonidan ishlab chiqilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi bunga asos bo'la oladi. Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha yoshdagi bo'lgan bolalarda quyidagilarni ta'minlashni ko'zda tutadi:

• Zarur bo'lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish;

• 5-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan qisqa muddatli guruhlar bolalarini to'liq kunlik maktabgacha ta'lim muassasasiga berish imkoniyatiga ega bo'lmagan yoki muayyan sabablarga ko'ra bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirish;

• 5-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofíq, 5 muhim soxada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi zarur ;

• Maktab ta'limiga umumiy psixologik tayorgarlik.

"Ilk qadam" davlat o'quv dasturida 5-7 yoshli bolalarni o'qitish qisqa muddatli guruhlari dasturi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta'lim sektori rejasi, maktabgacha ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi, maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo'naltirilgan sifatli pedagogik prinsiplarga asoslangan.

Qisqa muddatli guruhlarning kun tartibida;

• Har bir kun erkin faoliyat bilan boshlanadi. Bunda bolalar o'z qiziqishlari bo'yicha shug'ullanadilar. (o'ynash, rasm chizish, qurish-yasash bo'yicha biror nima yasash, rasmli kitoblar tomosha qilish va h.k.) O'yin faoliyatini shakllantirish maqsadida bir necha kichik guruhlar bilan birgalikda o'ynaydilar (7-10 daqiqa).

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

• Barcha bolalar taklif etiladigan muloqot, suhbat o'tkaziladi. Pedagog muhokama uchun badiiy matndan foydalanishi- ma'naviy-axloqiy mazmunga ega qisqagina hikoya, ertak, sher o'qib berishi, bolalar bilan birgalikda kitobdagi hamda ularning hayotidagi voqealarni o'zaro taqqoslashi mumkin.

• Haftaning muayyan kuniga mos ravishda o'tkaziladigan ikki mashg'ulot o'tkaziladi. Musiqa yoki sport zaliga o'tganda bolalar musiqa xodimi, trener bilan muloqot yuritadi. Har kuni guruh xonasidan tashqariga chiqish bolalar hayotiga rang-baranglik olib kiradi.

• Yengil nonushta tayorlash ( agarda u ota- onalar iltimosi bilan tashkil etilayotgan bo'lsa). Nonushta paytida erkin, qulay muhitni vujudga keltirish, bolalarning bir-birlari bilan bemalol fikr almashishiga imkon beradi.

• Kun bolalarning erkin faoliyati bilan yakunlanadi. Pedagog haftada ikki marta bir necha bolani ( qo'shimcha mashg'ulot zarur bo'lganlarni) kommunikativ treningga taklif etadi.( 10 daqiqa)

Qisqa muddatli guruhlarning ko'plab afzallik tomonlari bor. :

• Bolaning oilaviy sharoitidagi vaqti hisobga olinadi. Qisqa muddatli guruh kunning birinchi yoki ikkinchi yarmiga belgilanadi.

• Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar qatori ta'lim-tarbiya oladi. "Davlat talablari" va "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida mashg'ulotlar tashkillanadi.

• Bolaning bir mahal ovqatlanishi, ota-ona uchun arzon va qulay narxlarda tashkil etiladi.

Bunday qulayliklarni hisobga olgan holda, 5-7 yoshli bolalarning to'liq kunlik maktabgacha ta'lim muassasasiga berish imkoniyatiga ega bo'lmagan yoki muayyan sabablarga ko'ra bunga intilmaydigan ota-onalarini qisqa muddatli guruhlarga jalb etish va farzandlarini ta'lim olish imkoniyatidan mahrum etmasliklarini so'rab qolaman.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Y.D. Maxamadalievna. On Lingvofolcloristic Units. - International Journal of ..., 2021 - ijcm.academicjournal.io

2. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зохддова, М. (2021). Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences, 2(2).

3. Y.D.Maxamadaliyevna, ÔF Ôljayevna...Pedagogical Features Of Mental Development Of Preschool Children. - Solid State ..., 2020 -solidstatetechnology.us

4. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ А^АМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ,, 2(1).

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

5. Kodiraliyevna, J. M. (2022). TARBIYACHI KASBINING MA'NAVIY AXLOQIY NEGIZLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 64-70.

6. Isroilov, M. (2022). The system of education and its interaction with the concept of spirituality. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(1), 88-93.

7. Ismoilovich, I. M. (2021). THE SOCIETY IS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT PRIORITY IN EDUCATION SYSTEM REFORM FUNCTIONS.

8. Ismoilovich, I. M. (2021, July). ISSUES OF TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES. In Euro-Asia Conferences (pp. 227-239).

9. Karimov, U. U. (2021). Scientific and Theoretical Foundations of the Formation of the Social Environment in the Family. Oriental Journal of Social Sciences, 37-40.

10. Jabborova, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономика и социум, (6-1), 129-132.

11. Karimov, U., & Abdurakhmon, A. (2017). INNOVATIVE INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION. Форум молодых ученых, (5), 9-12.

12. Каримов, У., & Каримова, Г. (2018). ГЕОПОЛИТИЧЕСКАЯ КОНКУРЕНЦИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ПРОСТРАНСТВЕ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) (pp. 1368-1372).

13. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 1(1).

14. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.

15. Кипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕХНАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

16. Кипчакова, ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОЕЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АХДМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.

17. Abdumalikov, A. A. (2019). ENVIRONMENTAL ECOLOGICAL POLICY IN UZBEKISTAN AND NECESSITY OF FORMATION OF RATIONAL COMMUNICATION TO NATURE. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 94-101.

18. Khakimovich, K. N., & Abdullazhanovich, A. A. (2021). JOINT INTERNATIONAL EDUCATIONAL PROGRAM AS AN IMPORTANT FORM OF

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. TRAINING BACHELORS IN THE CONDITIONS OF A NEW STAGE OF DEVELOPMENT.

19. Tojaliyev, A. A. (2020, December). The Role Of Innovative Activities Of Highly Qualified Personnel In The Strategic Development Of The Regions. In International scientific and current research conferences (pp. 154-156).

20. Tojaliyev, A. A. (2019). The necessite of using innovations in new developing process higher education. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(4), 132136.

21. Абдумаликов, А. А. (2020). VIOLATION OF CONTRADICTIOONS BETWEEN SOCIETY AND NATURE AS A GLOBAL CIVILIZATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 218-224.

22. Абдумаликов, А. А. (2019). HUMAN AND NATURAL HARMONY IN THE HISTORICAL PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(5), 205-209.

23. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

24. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

25. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

26. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

27. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

28. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.