Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN GIMNASTIKA VA ASOSIY HARAKATLAR'

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN GIMNASTIKA VA ASOSIY HARAKATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
gimnastika / asosiy xarakatlar / tarbiya jismoniy vositalar / gimnastika turlari / metod. xarakat turlari / asiklik xarakat / siklik xarakat / yosh davrlari / tarbiya / shaxs / rivojlanish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunov Mirkamol Turdaliyevich

Ushbu maqolada gimnastika jismoniy tarbiya vositasi va metodi sifatida, gimnastika turlari va ularning xarakteristikasi, asosiy harakat turlarini rivojlantirish,asosiy harakat turlarining ta’rifi tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN GIMNASTIKA VA ASOSIY HARAKATLAR»

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN GIMNASTIKA VA ASOSIY HARAKATLAR

Tursunov Mirkamol Turdaliyevich

Qo'qon DPI o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11211834 Annotatsiya. Ushbu maqolada gimnastika jismoniy tarbiya vositasi va metodi sifatida, gimnastika turlari va ularning xarakteristikasi, asosiy harakat turlarini rivojlantirish,asosiy harakat turlarining ta'rifi tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: gimnastika, asosiy xarakatlar, tarbiya jismoniy vositalar, gimnastika turlari, metod. xarakat turlari, asiklik xarakat, siklik xarakat, yosh davrlari, tarbiya, shaxs, rivojlanish

Аннотация. В данной статье гимнастика как средство и метод физического воспитания, виды гимнастики и их характеристики, развитие основных видов движения, научно-теоретическая значимость введения определения основных видов движения, уровень его изучения и подчеркивается ее значение в настоящее время.

Ключевые слова: гимнастика, базовые движения, тренировка физических средств, виды гимнастики, методика. типы поведения, ациклическое поведение, циклическое поведение, возрастные периоды, образование, личность, развитие

Abstract. In this article, gymnastics as a means and method of physical education, the types ofgymnastics and their characteristics, the development of the main movement types, the scientific theoretical importance of introducing the definition of the main movement types, the level of its study and its significance at the present time are highlighted.

Keywords: gymnastics, basic movements, training physical tools, types of gymnastics, method. types of behavior, acyclic behavior, cyclic behavior, age periods, education, personality, development.

Gimnastika tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishning maxsus vositalariga ega: u harakatlarni oldindan shartlashilgancha aniq bajarilishini talab kiladi; mashg'ulotlarning kun tartibiga, harakatlarning ongliligi va mustaqilligini, ijodiy tashabbusni ko'zda tutadigan ta'lim jarayonini tashkil etishning o'ziga xos uslubiga ega. Bularning hammasi intizomni, diqqatni tarbiyalashga xizmat qiladi, iroda va xarakterni mustahkamlashga yordam beradi.

Gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etishga, jismoniy mashqlarni shug'ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga muvofiq qo'llashga hamda jismoniy tarbiyaning sog'lomlashtirish va ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.

Umumrivojlantiruvchi gimnastikaning vazifasi salomatlik, umumjismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashdan iboratdir. U harakat ko'nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlashga, to'g'ri qad-qomatni tarbiyalashga, yurak-tomir va nafas olish faoliyatini yaxshilash hamda organizmni chiniqtirishni ta'minlashga qaratilgan.

a) Asosiy gimnastika tarkibiga saflanish, umumrivojlan-tiruvchi va asosiy harakatlar kiradi. Mashqlarni bajarishda jismoniy jihozlardan foydalaniladi. Asosiy gimnastika kishi organizmidagi funksional jarayonning kuchayishiga, uning jismoniy rivojlanishiga, xilma-xil harakat ko'nikmalarining takomillashuviga, jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga, o'zlashtirilgan harakat faoliyatidan turli hayotiy vaziyatlarda mustaqil va ijodiy foydalana olishga, o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholay bilishga, harakat faoliyatining asosiy qonuniyatlarini anglashga,

egallangan bilim va ko'nikmalarning hayot va faoliyat uchun ahamiyatini tushunishga yordam beradi.

B) Gigienik gimnastika - kishi salomatligini mustahkamlash va saqlashga, to'g'ri qad-qomatni tarbiyalashga, organizmning asosiy tizimlar funksiyasini (nafas olish, qon aylanish, almashinish jarayonlarining faollashishi) takomillashtirishga qaratilgandir. Umumrivojlantiruvchi va amaliy mashqlar suv muolajalari, massaj hamda organizmni chiniqtirish bilan qo'shilgan holda gigienik gimnastika vositalari sifatida foydalaniladi. Gigienik gimnastika barcha yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi.

Sport yo'nalishidagi gimnastika.

Sport gimnastikasining vazifasi umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish va saqlashdan iboratdir.

Badiiy gimnastika - harakatlarni takomillashtirishni ko'zda tutadi va u sport xarakteriga egadir. Badiiy gimnastikaning asosiy mashqlari yuksak plastiklik, xarakatlar koordinasiyasi va ifodaliligini egallashga yordam beruvchi musiqa bilan organik bog'liqdir.

Amaliy gimnastika.

Professional-amaliy gimnastika muayyan mutaxassislikni (balandlikda ishlovchi montajchi, konchi, transport haydovchi...) egallashga yordam beruvchi harakat ko'nikmalari va sifatlarini rivojlantiradi va takomillashtiradi.

Ishlab chiqarishdagi gimnastika.

Ishlab chiqarishdagi gimnastika - kishilarning ish qobiliyatini oshirish va saqlash maqsadida tashkil etiladi. U ish kuni tartibiga kiradi: kirish gimnastikasi ish oldidan, jismoniy pauza ish kuni jarayonida, tanaffuslarda o'tkaziladi.

Davolash gimnastikasi - davolash fizkulturasiga mansub bo'lib, sog'liq va ish qobiliyatini tiklashga qaratilgandir. U barcha kasalliklarda qo'llaniladi va noixtisosli funksional terapiya vositasi hisoblanadi. Masalan, harakat apparati funksiyalarini jarohat va kasalliklardan so'ng tiklash, gavda tuzilishidagi nuqsonlar (turli deformasiyalar) ni tuzatishda qo'l keladi. Davolash gimnastikasi bemor kishilarning nerv tizimi holati va ahvolini yaxshilashga, ular kayfiyatini ko'tarish hamda salbiy emosiyalardan xalos etishga qaratilgandir.

Shunday qilib, gimnastika jismoniy tarbiya vositalari biri sifatida turli o'quv-tarbiyaviy davolash muassasalarida va jamoalarda (korxonalar, muassasalar, fabrikalar, zavodlarda) hamda individual mashg'ulotlarda bolalar, o'smirlar va kattalarni jismoniy tarbiyalashning barcha davlat dasturlarining ajralmas qismini tashkil etadi.

Gimnastika har tomonlama jismoniy tarbiyalash ishining asosiy vosita va metodlaridan biri sifatida belgilanadigan keng tushunchadir. U baza sifatidagi jismoniy tarbiyaning zaruriy komponentidir. Gimnastika kishi organizmiga har tomonlama ta'sir etadigan, uning asosiy fiziologik jarayonlarini kuchaytiradigan, garmonik rivojlanishiga yordam beradigan maxsus tanlangan mashqlar tizimdir. Gimnastika mashqlari tufayli hayotiy zarur harakat ko'nikmalari, xarakatlarning go'zalligi va aniqligi shakllanadi, asosiy jismoniy sifatlar — chaqqonlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik rivojlanadi. Gimnastika ilk bolalik chog'idan qo'llaniladi va kishi hatyotining barcha yosh davrida davom ettiriladi.

Kishi sog'lig'ini mustahkamlash jismoniy kamolotini takomillashtirish va uning rang-barang faoliyati uchun har tomonlama jismoniy tayyorgarlik ko'rishini ta'minlash gimnastikaning vazifasi hisoblanadi bundan tashqari gimnastika oldida quyidagi maxsus vazifalar ham mavjud: to'g'ri qad-qomatni shakllantirish, gavdadagi turli nuqsonlarni to'g'rilash va oldini olish,

jarohatlardan so'ng harakat apparatinpng ish qobiliyatini tiklash, o'z harakatlarini boshqara olish malakasini tarbiyalash.

Gimnastikada har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarini hal etishga yordam beradigan xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish mumkin. Unda pedagogik vazifalar va organizmning psixologik xususiyatlariga mos keluvchi istalgan harakat va harakat faoliyati qo'llanilishi mumkin. Gimnastikada organizm qurilishi va funksiyasiga nisbatan aniqroq tanlanma ta'sirni amalga oshirish mumkin. Gimnastikaga xos metodik usullar jismoniy mashqlar yordamida ayrim organlar va ayrim muskul guruhlariga, shuningdek turli jismoniy sifatlarning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatish imkonini beradi.

Gimnastikada jismoniy yuklamani nisbatan aniq dozalash mumkin: hilma-xil mashqlar shug'ullanuvchilarning tayyorgarligi va bu mashqlarning organizmga ta'sirini qat'iy hisobga olgan holda belgilanadi va foydalaniladi.

Mashg'ulotlarning emosionalligini oshirish, estetik hisnn tarbiyalash, harakatlarning ritmliligini, aniqligi va ifodalanishiga erishish maqsadida gimnastika vaqtida musiqadan: foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ta'lim jarayonida o'z harakat imkoniyatlarini baholash, harakat faoliyatining umumiy qonuniyatlarini tushuna olish malakasi tarbiyalanadi. Bunga o'quv topshiriqlarini taqsimlash, harakatlarning analiz va sintezini qo'llash, harakatlarni yangi harakat faoliyatiga qo'shish va hilma-xil jismoniy mashqlarni o'rganish orqali erishiladi.

Gimnastika tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishning maxsus vositalariga ega: u harakatlarii oldindan shartlashilgancha aniq bajarilishini talab qiladi; mashg'ulotlarning reglamentlangan kun tartibiga, xarakatlarning ongliligi va mustaqilligini, ijodiy tashabbusni ko'zda tutadigan ta'lim jarayonini tashkil etishning o'ziga xos uslubiga ega. Bularning hammasi intizomni, diqqatni tarbiyalashga xizmat qiladi, iroda va xarakterni mustahkamlashga yordam beradi.

SHunday qilib, gimnastika metodlari umumiy jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etishga, jismoniy mashqlarni shug'ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga muvofiq qo'llashga hamda jismoniy tarbiyaning sog'lomlashtirish va ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.

Gimnastika turlari va ularning xarakteristikasi: Jismoniy tarbiya tizimning rivojlanish jarayonida gimiastikaning vazifalari asta-sekin aniqlandi va uning asosiy turlari belgilandi, Chunonchi: 1) umumrivojlantiruvchi gimnastika, bunga asosiy, gigienik gimnastika va boshqalar kiradi; 2) sportning ko'rinishlaridan biri sifatidagi sport yo'nalishidagi gimnastika. U umumiy jismoniy tayyorgarlikning ommaviy darajaga erishuvini, o'sishi va saqlanishini ta'minlaydi. Bu turga sport gimnastikasi, atletika, badiiy gimnastika va boshqalar kiradi; 3) amaliy turi — profession-alamaliy, davolash gimnastikasi va boshqalar.

Umumrivojlantiruvchi gimnastikaning vazifasi sog'lomlashtiruvchi bo'lib,

umumjismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashdan iboratdir. U harakat ko'nikmalariki takomillashtirish va mustahkamlashga, to'g'ri qad-qomatni tarbiyalashga, yurak-tomir va nafas olish faoliyatini yaxshilash hamda organizmni chiniqtirishni ta'minlashga qaratilgan.

Asosiy gimnastika tarkibiga saflanish, umumrivojlantiruvchi va asosiy harakatlar kiradi. Mashqlarni bajarishda gimnastika snaryadlari va mayda jismoniy tarbiya inventarlaridan foydalaniladi. Asosiy gimnastika kishi organizmidagi funksional jarayonning kuchayishiga, uning jismoniy rivojlanishiga, hilma-xil harakat ko'nikmalarining takomillashuviga, jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga, o'zlashtirilgan harakat faoliyatidan turli hayotiy vaziyatlarda

mustaqil va ijodiy foydalana olishga, o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholay bilishga, harakat faoliyatining asosiy qonuniyatlarini anglashga, egallangan bilim va ko'nikmalarning haYot va faoliyat uchun ahamiyatini tushunishga yordam beradi,

Gigienik gimnastika kishi salomatligini mustahkamlash va saqlashga, to'g'ri qad-qomatni tarbiyalashga, organizmning asosiy sistemalari funksiyasini (nafas olish, qon aylanish, almashinish jarayonlarining aktivlashishi) takomillashtirishga qaratilgandir. Umumrivojlantiruvchi va amaliy mashqlar suv muolajalari, uqalash hamda organizmni chiniqtirish bilan qo'shilgan holda gigienik gimnastika vositalari sifatida foydalaniladi. Gigienik gimnastika barcha yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi.

Badiiy gimnastika harakatlarni takomillashtirishni ko'zda tutadi va u sport xarakleriga egadir. Badiiy gimnastikaning asosiy mashqlari yuksak plastiklik, harakatlar koordinasiyasi va ifodaliligini egallashga yordam beruvchi muzika bilan organik bog'liqdir.

Badiiy gimnastika tarkibini saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va ba'zi asosiy harakatlar, shuningdek musiqa ostida buyumlar bilan hamda buyumlarsiz bajariladigan turli raqs kombinasiyalari tashkil etadi.

Profession-alamaliy gimnastika muayyan mutaxassislikni (balandlikda ishlovchi montajchi, konchi, transport haydovchi va boshqalar) egallashga yordam beruvchi harakat ko'nikmalari va sifatlarini rivojlantiradi va takomillashtiradi.

Ishlab chiqarishdagi gimnastika kishilarning ish qobiliyatini oshirish va saqlash maqsadida tashkil etiladi. U ish kuni tartibiga kiradi: kirish gimnastikasi — ish oldidan, jismoniy tarbiya pauzasi — ish kuni jaraYonida, tanaffuslarda o'tkaziladi.

Davolash gimnastikasi davolash jismoniy tarbiyasiga mansub bo'lib, sog'liq va ish qobiliyatini tiklashga qaratilgandir. U barcha kasalliklarda qo'llaniladi. Masalan, harakat apparati funksiyalarini jarohat va kasalliklardan so'ng tiklash, gavda tuzilishidagi nuqsonlar (turli deformasiyalar) ni tuzatishda qo'l keladi. Davolash gimnastikasi bemor kishilarning nerv tizim holati va ahvolini yaxshilashga, ular kayfiyatini ko'tarish hamda salbiy emosiyalardan halos etishga qaratilgandir.

SHunday qilib, gimnastika jismoniy tarbiya vositalari va metodlaridan biri sifatida turli o'quv-tarbiyaviy davolash muassasalarida va muassasalarda (korxonalar, fabrikalar, zavodlarda) hamda individual mashg'ulotlarda bolalar, o'smirlar va kattalarni jismoniy tarbiyalashning, barcha davlat dasturlarining ajralmas qismini tashkil etadi.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna. "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.