Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’lim tizimida kreativ tarbiyachilarni tayyorlashi ustuvor vazifa sifatida'

Maktabgacha ta’lim tizimida kreativ tarbiyachilarni tayyorlashi ustuvor vazifa sifatida Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
31
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ta’lim fidoyilari
Область наук
Ключевые слова
kreativlik / axloq / estetika / kreativ fikirlash / pedagogic kreativlik / kreativ pedagogika.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mahatova Davlatoy Dilmurodovna

Annotatsiya: Mazkur maqola mazmunida kreativlik tushunchasining mohiyati, kreativlik tushunchasining yaratilish tarixi,G’arb va Sharq davlatlari ilmida bu tushunchaning o’rganilishi hamda kreativ pedagogikaning nazariy asoslari haqida fikir yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’lim tizimida kreativ tarbiyachilarni tayyorlashi ustuvor vazifa sifatida»

2022-SENTABR/OKTABR

WWW REANOPUB UZ

Maktabgacha ta'lim tizimida kreativ tarbiyachilarni tayyorlashi ustuvor vazifa

sifatida.

Shahrisabz shahar Maktabgacha ta 'lim bo'limi tasarrufidagi 15-DMTT tarbiyachisi Mahatova Davlatoy Dilmurodovna

Annotatsiya:

Mazkur maqola mazmunida kreativlik tushunchasining mohiyati, kreativlik tushunchasining yaratilish tarixi,G'arb va Sharq davlatlari ilmida bu tushunchaning o'rganilishi hamda kreativ pedagogikaning nazariy asoslari haqida fikir yuritilgan.

Kalit so'zlar: kreativlik, axloq, estetika, kreativ fikirlash, pedagogic kreativlik, kreativ pedagogika.

Аннотация:

Сущность понятия творчества, история создания понятия творчества, изучение этого понятия в науке западных и восточных стран, теоретические основы творческой педагогики рассматриваются в содержании данной статьи.

Ключевые слова: творчество, этика, эстетика, творческое мышление, педагогическое творчество, творческая педагогика.

Annotation:

The essence of the concept of creativity, the history of the creation of the concept of creativity, the study of this concept in the science of Western and Eastern countries, and the theoretical foundations of creative pedagogy are discussed in the content of this article.

Key words: creativity, ethics, aesthetics, creative thinking, pedagogical creativity, creative pedagogy.

Tarixiy jarayonda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlanishda keng ko'lamdagi innovatsion tendentsiyalar, fan, madaniyat sohasidagi o'zgarishlar, axloq, estetika va san'atning boshqa turlaridagi nomutanosibliklar chuqur ta'sir ko'rsatdi va ta'sir ko'rsatish davom etmoqda. Bunday ta'sirlardan ta'lim sohasi ham chetda qolmayapti. XXI asrning birinchi o' n yilligi va undan keyin ham moddiy boylikning bilim, tajriba, ko'nikma, sog'liq, jismoniy rivojlanish darajasiga bog'liq bo'lib qolishi bashorat qilinmoqda. Binobarin, har bir jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda ilm-fan va madaniyat muhim o'rin tutadi. Jahondagi ilg'or mamlakatlar tajribasi bunga yaqqol misol

2022-SENTABR/OKTABR

WWW REANOPUB UZ

bo'la oladi. Zero, ta'lim-tarbiyaga ustuvor ahamiyat berish mamlakat va xalqning istiqbolini belgilab beradi.

AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar tajribasi ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tiborning qaratilishi, uning jamiyat tomonidan moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanishi soha rivojlanishini ta'minlashda yetakchi omil ekanligini tasdiqlamoqda.

Shu bois O'zbekistonda ham ta'lim tizimini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko'tarish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etildi va ana shu maqsadda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish ijtimoiy maqsad etib belgilandi.

Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.

"Kreativlik" tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar. Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar.

Ko'pgina pedagoglar o'zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin:

-birinchidan, aksariyat o'qituvchilar ham aslida "kreativlik" tushunchasi qanday ma'noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar;

-ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar. Ayni o'rinda shuni alohida qayd etib o'tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo'sh, o'qituvchilar o'zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o'rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: "Garchi o'zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida,

2022-SENTABR/OKTABR

WWW REANOPUB UZ

gap sizning ijodkor va kreativ bo'lganingiz yoki bo'lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g'oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir"

Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o'quv topshirig'i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko' p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to' g'ri yechimda to'xtaladi (bir tomonlama fikrlash).

Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. O'qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So'nggi yillarda ushbu holat "pedagogik kreativlik" tushunchasi bilan ifodalanmoqda.

Zamonaviy pedagogikada "kreativ pedagogika" tushunchasi qo'llanila boshlaganiga hali u qadar ko'p vaqt bo'lmadi. Biroq, o'qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo'lgan ehtiyoj "Kreativ pedagogika"ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta'minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o'qitish metodikasi, ta'lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g'oyalari tashkil etadi. "Kreativ pedagogika" fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi.

Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy jarayon tarzida namoyon bo'ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g'oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo'lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenezi -

2022-SENTABR/OKTABR

WWW REANOPUB UZ

tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq.

Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etadi.

Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur'ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog'liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lishini taqozo etadi.

So'nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida o'quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan "Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?" nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o'qituvchilar kreativlik asoslarini o'rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O'qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko'nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta'lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan'anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta'lim departamenti, 2013 y.).

Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko'pchilik o'qituvchilar hali hanuz shaxs (o'zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o'zlashtira olmayaptilar. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik" tushunchasining ma'nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui" sanaladi. Gardner esa o'z

2022-SENTABR/OKTABR

WWW REANOPUB UZ

tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: "kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim". Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik "muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo' lish" demakdir.

Ko'plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o'rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o'rtasida hech qanday bog'liqlik yo'q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog'liq ekanligini ta'kidlaydilar.

Bildirilgan fikrlardan anglanadiki, ta'lim tizimidagi ustuvor maqsad bo'lajak tarbiyachilarda kreativ sifatlarni tarbiyalashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Yo'ldoshev H.Q. "Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, MTM konsepsiyasi". T. 2004 y.

2.M. Maxmudova «Muloqot psixologiyasi» o'quv qo'llanma «Turon-iqbol» T.: 2006-

yil

3.U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog'omova «Pedagogika» metodik qo'llanma Toshkent-2012 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.