Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli rexnologiyalar / ta’lim / LCD prorektor / interaktiv elektron doska / faks modem / multimedia vositalari / mashg‘ulotlar / kompyuter.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baratova Sh.M

Maqolada raqamli axborot texnologiyalari haqida qisqacha tushunchalar, raqamli axborot texnologiya vositalari, raqamli axborot texnologiyalardan foydalanish usullari va imkoniyatlari kabi muhim amallar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Baratova Sh.M.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani DMTT-25 https://doi.org/10.5281/zenodo.11258062

Annotatsiya. Maqolada raqamli axborot texnologiyalari haqida qisqacha tushunchalar, raqamli axborot texnologiya vositalari, raqamli axborot texnologiyalardan foydalanish usullari va imkoniyatlari kabi muhim amallar to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Raqamli rexnologiyalar, ta'lim, LCD prorektor, interaktiv elektron doska, faks modem,multimedia vositalari, mashg'ulotlar, kompyuter.

Aннотация. В статье представлена информация о важных видах деятельности, таких как краткие понятия о цифровых информационных технологиях, инструментах цифровых информационных технологий, методах и возможностях использования цифровых информационных технологий.

Ключевые слова: Цифровые технологии, образование, ЖК проректор, интерактивная электронная доска, факс-модем, мультимедийные средства, обучение, компьютер.

Abstract. The article provides information on important activities such as brief concepts of digital information technology, digital information technology tools, methods and possibilities for using digital information technology.

Keywords: Digital technologies, education, LCD vice-rector, interactive electronic board, fax modem, multimedia tools, training, computer.

Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tizimini yaxlit uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida: Raqamli iqtisodiyotga o'tish eng ustuvor maqsadimiz bo'lishi barobarida bevosita ilm-ma'rifatni rivojlantirish bilan chambarchas bog'liqdir. Binobarin, bugungi tezkor zamonda raqamli iqtisodiyot ilg'or davlatlar iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida keng joriy etilmoqda. Hatto, ayrim mamlakatlar sun'iy intellektdan faol foydalanishga o'tganiga guvoh bo'lyapmiz.

Raqamli texnologiya bu -ta'lim yuritishning bir zamonaviy shakli bo'lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko'rinishdagi katta ma'lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an'anaviy ho'jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni, masofaviy meditsina xizmatlari ko'rsatishni, aqlli texnologiyalar

yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.

Raqamli axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, video ko'z, videokamera, LCD prorektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimédia vositalari, Internet tarmoqlari, mobil aloqa tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun'iy intellekt tizimlarini kiritish mumkin.

O'quv jarayonida raqamli texnologiyalardan asosan quyidagicha foydalanilmoqda:

- passiv qo'llash - kompyuter oddiy hisoblagich kabi;

- faol muloqot - kompyuter pedagogga yo'l - yo'riq berish va imtihon olishda;

- interfaol muloqot - kompyuter sun'iy intellekt sifatida, ya'ni o'quvchi bilan muloqot qilishda foydalaniladi.

Ta'limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:

- fan sohalarini axborotlashtirishni;

- o'quv faoliyatini intellektuallashtirishni;

- integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;

- ta'lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib

keladi.

Pedagogik ta'lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil

etish:

- masofaviy o'quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;

- pedagoglar o'rtasida vazifalarning taqsimlanishini;

- ta'lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.

MTTlarda raqamli axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonlariga joriy etilishi:

- o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o'zlashtirilishiga;

- o'quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga tinglovchining mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;

- interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o'qitish jarayonini individuallashtirish

- sun'iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali tinglovchining o'quv materiallarini o'zlashtirish strategiyasini egallashiga;

- axborot jamiyati a'zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;

- o'rganilaètgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, bolalarni mashg'ulotlarga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish quyidagi natijalarga olib

keladi:

- berilayotgan materialni chuqur va mukammal o'zlashtirish imkoniyati va uni ta'lim oluvchi xotirasida uzoq muddat saqlanishi va zarur bo'lganda amaliyotga qo'llash darajasi ortadi;

- axborotni turli shaklda (matn, video, ovoz, grafika, animatsiya ,...) berilishi ta'lim oluvchilarni diqqatini tortadi va ularni fanga qiziqishini uyg'otadi;

- kompyuter "nazoratchi" funksiyasini bajarib ta'lim oluvchining didaktik topshiriqlar, test savollari, muammoli vaziyatlarga bergan javoblarini, ya'ni o'zlashtirganlik darajasini aniqlab natijalarini monitorda ko'rsatadi;

- dars jarayonida ta'lim oluvchilar faoliyatini boshqaruvchi vosita bo'lib xizmat qiladi va bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlar soni keskin ortadi, buning natijasida egallanishi lozim bo'lgan bilimlar hajmining oshishiga olib keladi;

- o'quv mashg'ulotining tarkibiy tuzilishini modifikatsiyalash, ya'ni pedagog tomonidan bajarilayotgan ko'pgina tashkiliy ishlarni kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilib vaqt tanqisligi muammosi kamayadi;

- Ta'lim oluvchi faol ishtirokchiga aylanib, mustaqil ta'lim olish imkoniyati sohalari kengayadi va o'qituvchi bilan erkin hamda teng muloqotga kirisha oladigan hamkorga aylanadi.

Umumiy maqsadli amaliy dasturiy ta'minot — soha mutaxassisi bo'lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo'llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko'plab dasturlarni o'z ichiga oladi. Bular:

• kompyuterlarda ma'lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta'minlovchi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);

• matnli hujjatlarni avtomatik ravishda loyihalashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;

• grafik muharrirlar;

• hisoblashlar uchun qulay muhitni ta'minlovchi elektron jadvallar;

• taqdimot qilish vositalari, ya'ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo'ljallangan maxsus dasturlar.

REFERENCES

1. Mamarajabov M., Tursunov S. Kompyuter grafikasi va Web dizayn. darslik. - T.: «Cho'lpon», 2013.

2. Yuldashev U., Mamarajabov M., Tursunov S. Pedagogik Web-dizayn. O'quv qo'llanma - T.: "Voris", 2013.

3. Aripov M., Fayziyeva M., Dottoyev S. Web-texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.; "Faylasuflar jamiyati", 2013

4. D.Sayfurov, Fayziyeva M. Ta'limda ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi. 2017-y.

5. Kalmuratov T.N. O novoy forme gosudarstvenno-chastnogo partnerstva v oblasti doshkolnogo obrazovaniya. lxvi international correspondence scientific and practical conference «european research: innovation in science, education and technology/ Septembr 09-10, 2020 London, United Kingdom

6. Valiyeva Feruza Rashidovna, Raximova Surayyo Saloxiddinovna Innovative approaches to preschool education management// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS) ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 04 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.