Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI METODISTLARINING OYLIK ISH REJASI MAZMUNI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI METODISTLARINING OYLIK ISH REJASI MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
uzluksiz metodik xizmat / 99-sonli buyruq / ish jurnali / oylik ish reja / pedagog-kadrlar bilan ishlash / tashkiliy-pedagogik ishlar / hamkorlik ishlari / tadbirlarga tayyorgarlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fayzullayeva Malika Zakirovna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida metodist faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha ta’lim Agentligining 2023 yil 28 avgustdagi “Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 99-sonli buyrug‘i asosida metodistining oylik ish rejasining mazmunini yoritishga oid ma’lumotlar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI METODISTLARINING OYLIK ISH REJASI MAZMUNI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI METODISTLARINING OYLIK ISH REJASI MAZMUNI

Fayzullayeva Malika Zakirovna

Ozbekiston, MTTDMQTMOI Maktabgacha ta'lim kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11275594

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotida metodist faoliyatini samarali tashkiletishmaqsadida Maktabgacha ta'lim Agentligining2023yil28avgustdagi "Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 99-sonli buyrug'i asosida metodistining oylikish rejasiningmazmuniniyoritishga oid ma'lumotlar berildi.

Kalit so^zlar: uzluksiz metodik xizmat, 99-sonli buyruq, ish jurnali, oylik ish reja, pedagog-kadrlar bilan ishlash, tashkiliy-pedagogik ishlar, hamkorlik ishlari, tadbirlarga tayyorgarlik.

Аннотатция: В данной стате представлена информация по освещению содержания месячного плана работы методиста на основании приказа Агентства по дошколному образованию от 28 августа 2023 года № 99 "Об утверждении рабочей документации педагогов дошколной образователной организации" в селях эффективной организации деятельности методиста в дошкольной образовательной организации.

Ключевые слова: непрерывная методическая служба, приказ 99, журнал работ, ежемесячный план работы, работа с педагогическим персоналом, организатционно-педагогическая работа, совместная работа, подготовка к мероприятиям.

Abstract: In this article provides information on the coverage of the content of the monthly work plan of the methodologist on the basis of the order of the Agency for Preschool Education dated August 28, 2023 No. 99 "On approval of the working documentation of teachers of a preschool educational organization" in order to effectively organize the activities of a methodologist in a preschool educational organization.

Keywords: continuous methodological service, order 99, journal of works, monthly work plan, work with teaching staff, organizational and pedagogical work, teamwork, preparation for events.

Maktabgacha ta'lim tizimida metodik xizmatni tashkil etish bilan ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, kasbiy mahoratini o'stirish hamda metodik ishlarga tez moslashuvchanlikni ta'minlaydi.

Metodist - bu ta'limning ma'nosini tushunishga yordam beradigan, mashg'ulotlarni yaratadigan, motivatsiyani oshiradigan va natijalar uchun javobgarlikni oshiradigan, tashkilotning ta'lim-metodik faoliyatini samarali tashkil etadigan, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish yuzasidan pedagog kadrlar bilan ishlash, ularga metodik maslahatlar berib boradigan zamonaviy pedagog.

Maqolada metodistlarga maktabgacha ta'lim tashkilotida metodistning oylik ish rejasini yozishga ko'mak berish maqsadida metodistning bir oyga mo'ljallangan vazifalarini kundalik faoliyatiga muqobillashtirish tamoyili asosida yuritish uchun olinadigan vazifalarni namuna sifatida ilova qilindi.

Metodistning oylik rejasi quyidagi yo'nalishlami o'z ichiga oladi:

1. Pedagog-kadrlar bilan ishlash.

2. Tashkiliy-pedagogik ishlar.

3. Hamkorlik ishlari.

4. Tadbirlarga tayyorgarlik.

Metodistning oylik rejasida har bir yo'nalishga oy davomida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar olinib, ularning bajarilish vaqti haftadagi sanalar asosida belgilanadi.

Metodistning oylik rejasining yo'nalishlari bo'yicha olinadigan namunaviy vazifalar

Pedagog-kadrlar bilan ishlash

• Pedagoglarning shaxsiy ish hujjatlarini o'rganish va tavsiyalar berish;

• "Pedagogik kouching" hamkorligi faoliyatini tashkil etish;

• Xodimlarning ma'naviy-siyosiy darajasini, malakasini oshirish: Ma'naviyat kunlarini tashkil etish, siyosiy o'qish soatlarini o'tkazish;

• Malaka oshirish kursidan keyingi hisobotini tinglash( jamoa oldida hisobot berilishini tashkil etish);

• Psixologga pedagoglar bilan hamkorlik ish rejasi asosida tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish mavzusida tavsiyalar berish

• Barcha guruhlarda rivojlanish markazlarida ta'limiy jarayonlarni tashkil etish va o'tkazish mavzusida tavsiyalar berish

• Tarbiyachilarga rivojlanish markazlarida ishlashda tarbiyachi, yordamchi tarbiyachi, ota-onalar hamkorligi bo'yicha tavsiyalar berish

• ......................kuniga bag'ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbirni tashkil etish mavzusida

tavsiyalar berish

Tashkiliy-pedagogik ishlar.

• Oylik ish rejada yillik ish reja asosida: pedagogik kengashlar, nazariy va amaliy seminarlar, ochiq pedagogik jarayonlarni kuzatish, maslahat soatlarini o'tkazish;

• nazorat ishlari - frontal, mavzuli va qiyosiy nazorat turlarini amalga oshirish;

• innovatsion faoliyatni targ'ibot etish ;

• Ta'lim-tarbiyaviy va pedagoik jarayonlarni kuzatish; Pedagoglarning ish rejalari bilan tanishish;

• "Pedagogik kouching" hamkorligi faoliyati ishiga maslahatlar berish;

• ko'rik tanlov, bayram va sport tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish kabilar rejalashtiriladi.

Ota-onalar bilan ishlash.

• Ota-onalar o'rtasida mavzu asosida olib boriladigan targ'ibot-tashviqot ishlari;

• Kuzatuv kengashi raisi bilan dolzarb masalalar yuzasidan uchrashish;

• Ota-onalar o'rtasida so'rovnomalarni o'tkazish va ularni tahlil qilish;

• Ochiq eshiklar kunini o'tkazish;

• Ota-onalar uchun stendlar, bukletlar, eslatmalar ishlab chiqish;

• Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan farzandlarining ta'lim-tarbiyasi va sog'lomlashtirish kabi masalalar yuzasidan suhbatlashish va hakozo.

Maktab, mahalla va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari.

• Maktab, mahalla va ota-onalar bilan hamkorlik yillik ish rejasi asosida belgilangan tadbirlarni bajarish;

• Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash yuzasidan maktab rahbari va pedagoglari bilan uchrashuvlar tashkil etish, tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining maktabga sayohatini uyushtirish;

• Maktab o'quvchilarining tashkilotda o'tkaziladigan bayram, ko'rik tanlov va sport musobaqalarida ishtorik etishlari, tashkil etishdagi jamoatchilik ishlarini olib borishga imkoniyat yaratish;

• hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalar ro'yxatini shakllantirish, maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni aniqlash, tahlil etish va ularni maktabga tayyorlash maqsadida maktabgacha ta'lim tashkiloti yoki tayyorlov guruhlariga jalb etish choralarini ko'rishda MFY bilan hamkorlik qilish;

• Tashkilotda olib boriladigan tadbirlarda mahalla faollari, maktab va keng jamoatchilik ishtirokini ta'minlash;

• Tashkilotda ta'lim-tarbiyaviy va tashkiliy ishlarni, ta'mirlash ishlarini olib borish yuzasidan homiylar bilan uchrashish va boshqa shu kabilar.

Tadbirlarga tayyorgarlik

• Buyuk alloma................. tavallud topgan kun" mavzusida ....... guruhda ochiq

mashg'ulotga tayyorgarlik

• Ochiq mashg'ulotga tayyorgarlik

• Pedagogik kengashni o'tkazishga tayyorgarlik ishlari

• Maslahat soatlarini o'tkazishga tayyorgarlik ishlari

Ta'lim-tarbiya jarayonini kuzatish. (Kuzatish kunlarining sanasi yozib chiqiladi)

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori.

2. Grosheva I.V., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/". Toshkent, 2022 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 391-sonli qarori.

4. Maktabgacha ta'lim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi "Maktabgacha ta'lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to'g'risida" 128-sonli buyrug'i

5. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim Agentligining 2023-yil 28-avgustdagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 99-sonli buyrug'i.

6. Grosheva I.V., Olimov K.T., Nazarova V.A, Djanpeisova G.E., Mikailova U.T., Kenjabaeva D.A., Gulyamova N.B., Miftaeva N.A. "Kuzatish va baholash". T.:2020 y.

7. Maktabgacha ta'lim agentligi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun kun tartibini va ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish" yo'riqnoma. T.:2024 y.

8. Kalmuratov T.N. Norboev A. Expansion of the network of non-public preschool educational institutions on the basis of publicprivate partnership: experience of Uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 8, 2020 Part III ISSN 2056-5852 Bet. 98 102.5 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.