Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM GURUHLARIDA TO‘PLAM HAQIDA TUSHUNCHA BERISH METODIKASI'

MAKTABGACHA TA’LIM GURUHLARIDA TO‘PLAM HAQIDA TUSHUNCHA BERISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
guruh / to‘plam / tushuncha / metodika / ta’rif / misol / izoh / bola. / группа / установка / понятие / методика / определение / пример / объяснение / ребенок.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N. Xolmirzayev

ushbu maqola mtm guruhlarida to‘plam haqida tushuncha berish metodikasi haqida yozilgan. To‘plam ta’riflanmaydigan tushuncha bo‘lib, misollar asosida izohlanadi, masalan, Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar to‘plami, qo‘ldagi barm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE METHODOLOGY OF FORMING AN IDEA OF RECRUITMENT IN PRESCHOOL GROUPS

в данной статье написана методика обеспечения понимания коллекции в группах МТМ. Набор – это неопределимое понятие, которое объясняется на основе примеров, таких как набор детей в дошкольном учреждении, набор пальцев на руке или набор слов в предложении.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM GURUHLARIDA TO‘PLAM HAQIDA TUSHUNCHA BERISH METODIKASI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© N. Xolmirzayev1^_

1Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Denov, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqola mtm guruhlarida to'plam haqida tushuncha berish metodikasi haqida yozilgan. To'plam ta'riflanmaydigan tushuncha bo'lib, misollar asosida izohlanadi, masalan, Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi bolalar to'plami, qo'ldagi barmoqlar to'plami yoki gapdagi so'zlar to'plami kabi tushuntirishi haqida to'liq yoritilgan.

MAQSAD: maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan rivojlantirishda ularning tug'ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishga tayyorlashdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: adabiyotlarni o'rganish; tadqiqot va kuzatish; intervyular; mashg'ulotlar ishtirokchilari bilan intervyular o'tkazildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: pedagog (tarbiyachi) odobli, hulqi namunali bolalarni maqtaydi va ularning bu fazilatlari nimada ekanligini aniq tushuntirib beradi.Yosh bola gavdasini uzoq vaqt bir xil holatda saqlay olmaydi, bir xil ishni uzoq vaqt bajara olmaydi, shuning uchun tarbiyachi bolalarning qisqa muddatli damolishlariga imkon beradi. ,,Jim o'tir", - deb ularni tergayvermaydi va boshqalar. Kichik guruhda bolalar tarqatma material bilan ishlashning dastlabki ko'nikmalarini egallaydilar. Didaktik material har bir bolaga alohida qutichada, alohida to'plami bilan beriladi.

XULOSA: talmiy faoliyat boshlangunga qadar u bolalar qo'lida bo'lishi kerak, ana shunda bolalar diqqatini o'rganilayotgan narsalarga jalb etish osonroq bo'ladi. Bolalarning foydalanishlari qulay bo'lishi uchun o'yinchoqlar va boshqa buyumlar haddan tashqari kichkina hamda og'ir bo'lmasligi kerak. Kichkintoylar qo'llanmalarni ehtiyotlik bilan ishlatishga, ishlatib bo'lgandan keyin esa qutichaga terib, ko'rsatilgan joyga olib borib qo'yishga o'rgatiladi.

Kalit so'zlar: guruh, to'plam, tushuncha, metodika, ta'rif, misol, izoh, bola.

Iqtibos uchun: Xolmirzayev N. Maktabgacha ta'lim guruhlarida to'plam haqida tushuncha berish metodikasi. // Inter education & global study. 2024. №5. B.132-139.

МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ О НАБОРЕ В ДОШКОЛЬНЫХ ГРУППАХ_

© Н. Холмирзаев1^

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY 1 Институт предпринимательства и педагогики Денова, Денов, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье написана методика обеспечения понимания коллекции в группах МТМ. Набор - это неопределимое понятие, которое объясняется на основе примеров, таких как набор детей в дошкольном учреждении, набор пальцев на руке или набор слов в предложении.

ЦЕЛЬ: основными задачами воспитания дошкольников являются подготовка детей к систематическому обучению на основе национальных и общечеловеческих ценностей с учетом их врожденных способностей, интересов, потребностей и возможностей в физическом, умственном и духовном развитии.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: исследования литературы; исследования и наблюдения; интервью с участниками тренингов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ воспитатель (воспитатель) хвалит вежливых, примерных в поведении детей и четко объясняет, в чем заключаются эти их качества.Маленький ребенок не может долго держать туловище в одном и том же положении, долго выполнять одну и ту же работу, поэтому воспитатель допускает кратковременный отдых детей. ,, Сиди тихо", - не расследует их и т. д. В младшей группе дети приобретают первые навыки работы с раздаточным материалом. Дидактический материал дается каждому ребенку в отдельной коробке, с отдельным набором.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ до начала учебной деятельности она должна находиться в руках детей, именно тогда легче будет привлечь внимание детей к изучаемому предмету. Игрушки и другие предметы не должны быть слишком маленькими и тяжелыми, чтобы детям было удобно ими пользоваться. Малышей учат обращаться с направляющими осторожно, а после использования набирать их в коробку и отнести в указанное место.

Ключевые слова: группа, установка, понятие, методика, определение, пример, объяснение, ребенок.

Для цитирования: Холмирзаев Н. Методика формирования представления о наборе в дошкольных группах. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 132139.

THE METHODOLOGY OF FORMING AN IDEA OF RECRUITMENT IN PRESCHOOL GROUPS_

© Nomoz Xolmirzayev1®

1Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, Denov, Uzbekistan_

Annotation

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTRODUCTION: This article is written about the methodology of providing an understanding of the collection in mtm groups. A set is a non-definable concept that is explained on the basis of examples, such as a set of children in a preschool, a set of fingers on a hand, or a set of words in a sentence.

AIM The main tasks of preschool education are to prepare children for systematic education based on national and universal values, taking into account their innate abilities, interests, needs and opportunities in physical, mental and spiritual development.

MATERIALS AND METHODS: literature research; research and observations; Interviews; Interviews with training participants.

DISCUSSION AND RESULTS: the educator (educator) praises polite, exemplary children and clearly explains what these qualities are.A small child cannot keep his torso in the same position for a long time, perform the same work for a long time, therefore, the educator allows short-term rest for children. "Sit quietly" does not investigate them, etc. In the younger group, children acquire the first skills of working with handouts. Didactic material is given to each child in a separate box, with a separate set.

CONCLUSION before the start of educational activities, it should be in the hands of children, then it will be easier to attract children's attention to the subject being studied. Toys and other objects should not be too small and heavy for children to use them comfortably. Kids are taught to handle the guides carefully, and after use, put them in a box and take them to the specified location.

Key words: group, set, concept, methodology, definition, example, explanation,

child.

For citation: Nomoz Xolmirzayev. (2024) 'The methodology of forming an idea of recruitment in preschool groups', Inter education & global study, (5), pp. 132-139. (In Uzbek).

To'plam biror narsaning yig'indisini anglatuvchi so'zlar o'rnida qo'llanadi, masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig'indida bitta element bo'lishi yoki birorta ham element bo'lmasligi mumkin. To'plamni turli usullar bilan berish mumkin, masalan, 2 va 0 sonlari orasidagi butun sonlar to'plami, bog'cha hovlisidagi daraxtlar to'plami, viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlar to'plami va hokazo, umuman to'plamni berish elementlarni sanash yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi. Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo'lgan bitta belgi asosida bir guruhga birlashtirish sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga o'tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (,,barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol" va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi.

Universal to'plam. «Ko'p» va «Bitta», «Ko'p» va «kam» o'rtasidagi o'zaro munosabat bilan tanishtirish va butunni elementlarga ajratish. Maktabgacha yoshdagi bolalarga predmetlar to'plami bilan bog'liq tushunchalarni o'rgatishda didaktik materiallarga asoslangan «mantiqiy bloklardan» foydalanish qulaydir. Bu bloklarning «mantiqiy» deb

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

atalishi shuning uchunki, har xilini modellashtirish, aniq tashkil qilingan holatlar yordamida mantiqiy masalalarni yechish, ya'ni 4-6 yoshdagi bolalarni erta mantiqiy amallar usulida ishlatish mumkin. Jamlama (universial to'plam) 49 yog'och yoki plastmassa bloklardan iborat. Har qaysi blok 4 xossadan iborat, ya'ni to'rtta xossani bildiradi, bular tuzilishi, rangi, kattaligi va qalinligi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo'lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta'minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda miqdor va son, buyumlarning katta ligi va shakli, geometrik figuralar haqidagi tushunchalarni shakllantirish uchun bir xil harakat usullarini har xil vaziyatlarda va turli ko'rgazmali materiallar bilan ko'p martalab aytib ko'rsatish ularni bolalar o'zlashtirishlariga imkon beradi. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishi, ularning idrokini, ya'ni sensor tuyg'ularini o'stirish bilan bevosita bog'liqdir.

Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni birbiriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o'sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida barcha o'quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog'liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o'rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e'tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo'lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo'lishini ta'minlaydi.

To'rtta shakl mavjud: doira, kvadrat, uchburchak, to'g'ri to'rtburchak. Uch xil rang: qizil, ko'k, sariq. Ikkita miqdor: katta va kichik. Ikkita qalinlik: qalin 14 va ingichka. Bu didaktik materialning «fazoviy varianti». Maktab yoshidagi bolalarni o'qitishda «tekislik varianti»ning imkoniyatlari katta, buni biz qisqacha «figura»lar deb ataymiz. Jamlama (universial to'plam) figuradan iborat bo'lib, ular qalin qog'oz varag'iga tushirilgan. Tarbiyachi ko'rsatmasiga asosan bolalar ularni qirqadilar. Figuralarning har biri uchta xossasi bilan to'liq aniqlanadi: rangi bilan: qizil, ko'k, sariq ( q, k, s), kattaligi jihatidan: katta, kichik (k, k). qalinligi jihatidan figuralar bir xil. Shunday qilib, har qaysi figuraning nomi uchta harf nomidan iborat (shakli, rangi, kattaligi). Har xil o'yinlarni o'tkazish va masalalarni yechish uchun blok (yoki) figuralardan foydalanishdan oldin, blok (yoki figuralardan) universial to'plamning har bir elementini bilish, ya'ni uning to'liq nomini bilish lozim. To'plam osti.

To'plamni to'ldiruvchi va ifodani inkor qilish. Quyida universal to'plamdagi muayyan elementlarning namoyon bo'lish xossalaridan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Universial

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

to'plamdan «qizil Ibo'lish» xossasini to'plam osti qizil bloklar va shakllarni ajratadi. «Aylanma bo'lish» xossasi esa shu to'plamdagi boshqa to'plam osti - aylanali bloklar (shakllarni) ajratadi. «To'plam osti» atamasi matematikada «to'plam qismi» ma'nosini anglatadi. Bunda ikki xossa istisnodir: qachonki to'plam qismlari (to'plam osti) barcha to'plamga mos, ya'ni to'plamning hamma elementlari ko'rilayotgan xossani namoyon etadi yoki bu qism birorta elementni mujassam etmaydi. Masalan, birorta blok «yashil bo'lish» xossasini namoyon etmaydi. Oxirgi holatni bo'sh to'plam deyiladi. Bu holatlarni bloklar «shakllar» yordamida aniq moslashtirish mumkin.

O'yinni ikki aylana bo'yicha yozib chiqamiz. Tekislikda ikkita aylana kesishgan holda joylashtiriladi (deylik, qizil va qora). Kesishgan joyida ikkita aylanaga mansub umumiy qism hosil qilinadi. Bolalarga shunday vazifa beriladi: masalan, qizil aylana ichida qizil bloklar. Qora aylana ichida hamma yumaloq bloklar. Avvalda ayrim bolalar xatoliklarga yo'l qo'yishadi. Qizil aylana ichiga qizil bloklar bilan qizil aylanalarni ham joylashtirish oqibatida, yumaloqlari qora aylanadan tashqarida bo'lib qoladi, hamma yumaloq bloklar qora aylana ichiga joylashtiriladi. Natijada ikki aylana uchun umumiy bo'lgan qism bo'sh qoladi. Ayrim bolalar hamma yumaloq bloklarni qora aylana ichidami, deb so'rashadi. 15 Javobini eshitgandan so'ng o'z xatolarini topadi va qizil yumaloq bloklarni umumiy qism ichiga joylashtiradi, nima uchun ular umumiy qismda (qizil aylana ichida qizillar, qora aylana ichida yumaloq bo'lgani uchun).

Mazkur amaliy vazifani bajarishgandan so'ng, bolalar ikki aylana yordamida quyidagi to'rt savolga javob topadilar: l) ikki aylana ichida qora aylanadan tashqari, qizil aylana ichida; 3) qizil aylana tashqarisida, qora aylana ichida; 4) ikki aylana tashqarisida «qanday bloklar turibdi?» Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bloklarni shakli, rangiga qarab izohlash lozim. Odatda, birorta xossalar bilan aniqlangan predmetlar oldindan berilgan asosiy yoki universal to'plamlardagi predmetlardan ajralib turadi (shu xususiyatga ega bo'lgan predmetlarning to'plami), masalan, Navoiy ko'chasida yashovchi bolalarning to'plamidan biz anig'ini (konkret, bizga ma'lum) guruhini (to'plamini) xossalarga qarab ajratdik. Bu holda bu guruhning hamma bolalarning to'plami universal to'plam sifatida rol o'ynaydi. Agar universal to'plam sifatida shu bog'chaning hamma bolalarini olsak (faqatgina bitta guruhni emas), Navoiy ko'chasida yashovchi bolalar to'plami boshqalar bo'lishi mumkin.

Hamma to'plamlarga bog'liq bo'lgan masalalar (to'plamlar ustidagi amallar, ular orasidagi munosabatlar, to'plamlarning sinflarga bo'linishi va boshqalar), odatda, oldindan berilgan yoki nazarda tutilgan to'plamning ichida yechiladi. Miqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirish vazifalari. To'plam, uning ayrim elementlarini ajratish, elementlarini to'plamga birlashtirish yo'li bilan bolalar to'plamni uning elementlari birdan bir butun narsa deb idrok etishga o'rganadilar. Kichkintoylarga to'plamlarni taqqoslash va to'plam tarkibiga kiruvchi elementlarni miqdoriga ko'ra teng quvvatliligini aniqlash usullari o'rgatiladi (,,echkilar qancha bo'lsa, qo'ylar ham shuncha", ,,ruchkalarga qaraganda qalamlar ko'p"). Bolalar ustma-ust yoki yonma-yon qo'yish usullari yordamida to'plam elementlari o'rtasida o'zaro bir qiymatli moslik bor yoki yo'qligini aniqlaydilar.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ikki to'plam uchun o'zaro bir qiymatli moslik tushunchasi shundan iboratki, birinchi to'plamning har bir elementiga ikkinchi to'plamning faqat bitta elementi mos keladi yoki aksincha (taqsimchalar qancha bo'lsa, piyolalar ham shuncha; qiz bolalar qancha bo'lsa, o'g'il bolalar ham shuncha va hokazolar chekli to'plamlardir). Natural son tushunchasi taqqoslanayotgan to'plamlarning elementlari o'rtasidagi bir qiymatli moslik o'rnatish asosida tarkib toptiriladi. Kichkintoylarga narsalar bilan turli xil ishlarni bajartirib, ularni sanoqni o'zlashtirishga o'rgatiladi, ularda natural son haqida tushuncha paydo qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Kichik guruhda narsalarni bo'yiga, eniga, balandligiga, hajmiga qarab taqqoslash mashqlariga katta e'tibor beriladi. Bolalarda katta (hajm) va uning xususiyatlari to'g'risida dastlabki tasavvur hosil qilinadi, ular figuralar bilan tanishtiriladi, doira, kvadrat uchburchak shaklidagi narsalarning rangi va katta-kichikligidan qat'iy nazar, bir-biridan farq qilishga, ularning nomini aytish bu shakllarning modelini tanlay olishga o'rgatiladi. Bolalar narsalarning o'rnini (oldinda, orqada, chapda, o'ngda) bilishga va shuningdek, vaqtni to'g'ri aniqlashga, tong, kun, kech, tun so'zlarini to'g'ri, o'rinli qo'llashga o'rgatiladi.

Bajariladigan ishlar 2-sentabrdan bolalarni (6-8 bola) guruhlarga bo'lib va oktabr oyidan boshlab rejaga ko'ra butun guruh bilan baravariga matematikadan ta'limiy faoliyatlarda olib boriladi. Ishni bolalarning nimalarni bilishlarini va nimalar qila olishlarini bilgan holda, ularga yangi bilimlar oz-ozdan, asta-sekin berish bilan tashkil qilinadi. Ish hajmini taqsimlashda bolalarning imkoniyatiga yetarlicha baho bermaslikka yoki ortiqcha baho berib yuborishga yo'l qo'ymaslik muhim ahamiyatga ega, chunki har ikkala hol ham muqarrar sur'atda kichkintoylarni mashg'ulotlarda faoliyatsizlikka olib kelishi mumkin. Bilimlarni puxta o'zlashtirishga mashqlarni bir necha marta takrorlash orqali erishiladi so'ngra ko'rgazma material almashtirilib, ish usullari o'zgartirib turiladi. Kichkintoylar faoliyatining xarakterini o'zgartirib turish ularning faolliklarini saqlashga va charchab qolishlarining oldini olishga imkon beradi: bolalar pedagog yoki tarbiyachini tinglaydilar, uning ishlarini kuzatadilar, o'zlari ba'zi bir ishlarni bajaradilar, umumiy o'yinda ishtirok etadilar. Bolalarga 2-3 tadan ortiq bo'lmagan bir xil va 2 tadan 4 tagacha har xil vazifa beriladi. Bu vazifalarning har biri ko'pi bilan 2-3 marta takrorlanadi. Bolalar yangi material bilan 10-12 daqiqa davomida tanishishlari mumkin, chunki yangi materialni o'zlashtirish kichkintoylardan ancha diqqat-e'tibor va kuch talab qiladi; takrorlash mashqlari o'tkaziladigan mashg'ulotlarni 15 minutgacha davom ettirish mumkin.

Tarbiyachi mashg'ulot vaqtida bolalarning fe'l-atvorini kuzatib boradi va ularda charchaganlik alomatlari (tez-tez boshqa narsalarga chalg'ish, ilgari o'zlari to'g'ri javob bergan savollarga noto'g'ri javob berish, hayajonga tushish kabi hollar) paydo bo'lishi bilanoq mashg'ulotni to'xtatadi, o'z navbatida kichkintoylarning kayfiyatini ko'taradi. Kichik guruh bolalarini o'qitish ko'rsatmali amaliy tusda olib boriladi. Bola yangi bilimlarni tarbiyachining harakatini kuzatayotganida, uning tushuntirish va ko'rsatmalarini tinglab turganida hamda didaktik material bilan o'zi ishlagan vaqtida bevosita idrok etish asosida o'zlashtiradi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ta'limiy faoliyatlar ko'pincha o'yin elementlari - to'satdan o'yinchoqlar, buyumlar paydo bo'lishi, ,,mehmonlar" kelib qolishi va boshqalar bilan boshlanadi. Bunday vaziyat kichkintoylarni qiziqtiradi va faollashtiradi. Matematik xossalarni aniqlash o'zining o'xshash yoki qarama-qarshi xossalari (uzun-qisqa, yumaloq-yumaloq emas va shu kabilar) bilan bir-biridan farq qiluvchi narsalarni taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Bilish mumkin bo'lgan, xossasi yaqqol ko'rinib turgan, bolalarga yaxshi tanish, ko'pi bilan 1-2 belgisi bilan farq qiladigan predmetlardan foydalaniladi. Belgilarni aniq idrok etishga harakatlar (qo'l harakatlari) yordam beradi, biror figura modeli atrofida barmoqni aylantirib yurgizib chiqish uning shaklini aniqroq bilib olishga yordam beradi, qo'lni, masalan, sharf yoki tasma ustidan bo'yiga yurgizib chiqish esa (uzunlikni taqqoslashda) predmetlarning huddi shu uzunlik belgisi bo'yicha o'zaro munosabatini bilishga yordam beradi.

Kichkintoylarni buyumlarning bir xil xossalarini ajratib ko'rsatish va taqqoslashga asta-sekin o'rgatib boriladi (Bu nima? Rangi qanaqa? Kattaligi qanday?) Taqqoslash, solishtirishning amaliy usullari, ya'ni ustma-ust yoki yonma-yon qo'yish asosida bajariladi. Bolalarning didaktik materiallar bilan ishlashiga katta ahamiyat beriladi. Kichkintoylar endi ancha murakkab harakatlarni ma'lum izchillikda bajara oladilar (suratlar va namuna-kartochkalar ustiga predmetlarni qo'ya oladilar). Agar bola 18 topshiriqni uddalay olmasa, unumli ishlay olmasa, u mashg'ulotga bo'lgan qiziqishini tezda yo'qotadi, charchaydi va ishdan chalg'iydi. Pedagog buni e'tiborga olib, bolalarga namuna tariqasida ishning har bir yangi usulini avval bajaradi. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarning oldini olishga intilib, u ishning hamma elementlarini ko'rsatib beradi va ishdagi harakatlarni boshidan oxirigacha birma-bir tushuntiradi.

Bu tushuntirishlar nihoyatda aniq, ravshan bo'lishi va yosh bola idrok eta oladigan tezlikda bayon qilinishi kerak. Agar pedagog shoshib so'zlasa, bolalar uning gapini tushunmay qoladilar va diqqatlari bo'linadi. Pedagog kichkintoylar diqqatini har gal yangi detallarga jalb qilib, harakatning eng murakkab usullarini 2-3 marta namoyish qiladi. Ko'rsatma materialni almashtirib turib, ayni bir harakat usulining o'zini turli vaziyatlarda ko'p marta ko'rsatish va nomini atash bolalarning shu harakatni o'zlashtirib olishlariga imkon beradi. Tarbiyachi ish davomida bolalarga ularning xatolarini ko'rsatadi va bu xatolarning sababini aniqlaydi. Barcha xatolar didaktik material bilan bevosita ishlash jarayonida to'g'rilanadi. Tushuntirishlar charchoq hosil qiladigan, uzundan-uzoq bo'lmasligi kerak.

Ayrim hollarda kichkintoylarning xatosi umuman hech qanday tushuntirishlarsiz tuzatiladi (o'ng qo'lingga ol, mana bunisiga! Mana bu kosani yuqoriga qo'y, ko'rdingmi, u piyoladan katta! va hokazo). Bolalar harakat usulini o'zlashtirib olganlaridan so'ng, uni ko'rsatib o'tirishning hojati qolmaydi. Endi kichkintoylarni vazifa bajarishga faqat og'zaki ko'rsatmalar bilan undash kifoya. Yanvar oyidan boshlab bolalarga yangi bilimlarni o'zlashtirib olishlariga imkon beruvchi aralash mashqlar berish hamda ilgari o'zlashtirganlarini mashq qildirish mumkin (qaranglar-chi, qaysi archa pastroq, ana shu archaning tagiga bitta qo'ziqorin qo'ying. Qaysi archa baland? Uning tagiga ko'p qo'ziqorin qo'ying!). Kichik yoshdagi bolalar his-tuyg'u (emotsiya) orqali idrok etilgan materialni ancha yaxshi o'zlashtiradilar. Ularning xotirasi ataylab eslab qolish xususiyati bilan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

xarakterlanmaydi. IShuning uchun ta'limiy faoliyatlarda o'yin usullari va didaktik o'yinlar keng qo'llanadi. O'yinlarni shunday tashkil etish kerakki, iloji 19 boricha hamma bolalar navbat kutib qolmay o'yinda bir vaqtda baravar ishtirok etsinlar. Tezkor harakatlar orqali yurish va yugurish bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar o'tkaziladi. Pedagog o'yin usullaridan foydalanganda bu usullar bolalar diqqatini eng muhim ish (eng oddiy, lekin matematikaga doir bo'lgan ish) dan chetga tortishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Fazoviy va miqdoriy munosabatlar faqat so'zlar yordamida ifodalangan bo'lishi mumkin.

Birinchi mashg'ulotlardanoq kichik guruh bolalarida o'quv faoliyati ko'nikmalari shakllantiriladi. Kichkintoylar o'z o'rinlarini egallashga, tinch o'tirishga va tarbiyachining taklifi bilangina o'rinlaridan turishga o'rgatiladi. Bola pedagog (tarbiyachi)ning ko'rsatma va tushuntirishlarini tinglashga, ko'rsatayotgan narsasini idrok etishga va uning aytganlarini bajarishga, savollarga javob berishga o'rganishi kerak. Kichkintoylarda birgalikda shug'ullanish, bir-birlariga halaqit bermaslik, ishni bir vaqtda boshlash va tugatish, zarur bo'lib qolganida o'z navbatlarini sabr bilan kutish ko'nikmalari tarbiyalanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. -T.: Ilm ziyo, 2006.

2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., косимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. - Т.: Укитувчи, 1995 й.

3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. - T., 2007.

4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей дошкольного возраста. - Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург, 2008.

5. Asqarova D.Q. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi. NAMANGAN-2020.

6. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. Tuzuvchilar: Grosheva I.V., Evstafeva L.G., Mahmudova D.T., va boshqalar. Toshkent, 2018 yil.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HNomoz Xolmirzayev, o'qituvchi, ^omo3 Холмирзаев, преподаватель], [Nomoz Xolmirzayev, teacher]; manzil: O'zbekiston Denov 190507 Sharof Rashidov ko'chasi 360-uy [адреа ул. Шарофа Рашидова, 360, Денов 190507 Узбекистан], [address: Sharof Rashidov Street 360, Denov 190507 Uzbekistan]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.