Научная статья на тему 'MAKTAB GEOGRAFIYA TA’LIMIDA BERUNIY IJODIDAN FOYDALANISH'

MAKTAB GEOGRAFIYA TA’LIMIDA BERUNIY IJODIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

176
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
geografiya / Abu Rayhon Beruniy / Al Farg‟oniy / Al Xorazmiy / Mirzo Ulug‟bek / Zahriddin Muhammad Bobur / Alisher Navoiy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Surayyo Abdusalomovna Haydarova, Nilufar Erkinova

Umumiy o‟rta ta‟lim maktablarida o‟qitiladigan barcha fanlar qatori geografiya kursini o‟qitishda ham buyuk olimlarimizdan Abu Rayhon Beruniy ilmiy ishlaridan keng ko‟lamda foydalanib kelinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB GEOGRAFIYA TA’LIMIDA BERUNIY IJODIDAN FOYDALANISH»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

MAKTAB GEOGRAFIYA TA'LIMIDA BERUNIY IJODIDAN FOYDALANISH

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha fanlar qatori geografiya kursini o'qitishda ham buyuk olimlarimizdan Abu Rayhon Beruniy ilmiy ishlaridan keng ko'lamda foydalanib kelinmoqda.

Kalit so'zlari: geografiya, Abu Rayhon Beruniy, Al Farg'oniy, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek, Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda umumiy o'rta ta'lim maktablarida milliy qadriyatlarimizni va buyuk qomusiy olimlarimizning ijodini hamda ularning dunyo fani taraqqiyotiga qo'shgan buyuk hissalarini o'rganishga katta e'tibor berib kelinmoqda.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha fanlar qatori geografiya kursini o'qitishda ham buyuk olimlarimizdan Abu Rayhon Beruniy, Al Farg'oniy, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek, Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy va boshqalarninig geografiya fani hamda boshqa fanlar rivojiga hissa qo'shish maqsadida qilgan ilmiy ishlaridan keng ko'lamda foydalanib kelinmoqda.

Dars jarayonlarida o'quvchilarga milliylikni singdirib borishni, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalarni har bir zamonaviy fan o'qituvchisi oz oldiga maqsad qilib qo'ymog'i zarur. Bunda esa har qaysi mavzuni o'tishda ana shu fanning hattoki mavzuning tarixiy ildizlariga chuqur qilgan holda talim-tarbiya jarayonini

Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir asarlari anchagina; uning astronomiya va boshqa sohalarga bag'ishlangan kitoblarida ham geografik ma'lumotlar ko'p. U Ptolemey "Geografiya"sida qisqacha sharh ham yozgan. Beruniyning ko'pgina asarlari hozirgacha yetib kelmagan. Ammo hozirgi kungacha qolgan va geografiya fani poydevori bo'lgan

Surayyo Abdusalomovna Haydarova

Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, katta o'qituvchi

Nilufar Erkinova

Jizzax davlat pedagogika universiteti surayyo.uz@mail.ru

ANNOTATSIYA

https://tma.uz/

asarlari quyidagilar hisoblanadi:

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

"Osori boqiya" ("Al-osor al boqiya va al-qurun al-holiya", "Kartografiya" ("Tastih as suvar va tabtih al quvar"), "Geodeziya" ("Kitobu tahdidi nihoyat al amakin li tas'hih masofat al masokin" , "Hindiston" ("Kitobi fi tahqiqi molil hind min maqola Maqbula fil aql au marzula" "Hindlarga maxsus narsalarni tushuntirish kitobi") , "Al-Tafhum (at-Tafhum li avoili sinoat at -tanjim" - "Nujum san'atining avvalini tushuntirish", ya'ni "astronomiya ilmidan boshlang'ich ma'lumotlar"),

"Qonuni Mas'udiy" (al-Qonun al - Mas'udiy fil haya' van hujum" , "Minerologiya" ("Kitob al-jamohur fi-ma'rifat al-javohir" - "Javharlarni tanish uchun jam kitob"), "Saydana" ("Kitob as-saydana fit-tibb" - Dorivor o'ismliklar haqida kitob").

Geografiya ta'limida Beruniy ijodida ko'plab mavzularda to'xtalib o'tish mumkin. A.R.Beruniy ilmiy izlanishlari qamrovi jihatidan juda kengdir. Geografiya ta limida 5-9 sinflarda hech ikkilanmay Beruniy ijodidan ma lum mavzularda foydalanishimiz mumkin.

Beruniy o'z zamonasining eng yetuk fan arbobi ko'rinishida o'quvchi ko'z oldida gavdalantira olish o'qituvchilarning asosiy vazifalaridan biriga aylanmog'i lozimdir.

Ayniqsa, 5 - sinf Tabiiy geogrfiya kirish kursida Beruniy ijodidan har qaysi mavzuda to'xtalib o'tilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Dastlabki geografik bilimlar ayni mana shu sinfdan boshlab berila boshlaydi. Birgina iqlimga oid mavzuda, tuproq hosil bo'lishi mavzularida alloma ijodidan to'laligicha foydalanish mumkin.

6-sinf Materik va Okeanlar tabiiy geogrfaiyasi fanini o'qitishda esa iqlim mintaqalari, dunyo haritasi, aholining kelib chiqish manzillari, quruqlik va suvlik qismlarining kashf etilishiga oid mavzularda Beruniyning asarlaridan foydalanib ta'lim berilsa, ayniqsa hozirgi xarita va globuslar geografik nomlar bilan solishtirilgan holda tushuntirilsa o'quvchilar xotirasida muhrlanib qoladi.

7-sinfda O'rta osiyo tabiiy geografiyasi va O'zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o'qitishda esa Beruniy bunyod etgan O'rta Osiyo xaritasi shimoliy yarim shar globusi, Qizilqum va Qoraqum cho'li, joy nomlari, ularnig m'anosi va mohiyati kabi ilmiy merosidan foydalanish o'quvchilarni geografiya faniga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi.

Maktab geografiya kursini o'qitishda Abu Rayhon Beruniy ijodidan foydalanishning smaralarini sanab o'tish mumkin:

- Maktabda barcha fanlar qatori geografiya kursini o'qitishda buyuk allomalarimizning ijodiy faoliyatlaridan foydalanish o'quvchilarning ajdodlarimizning ilmiy merosini

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

30

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishda muhim rol o'ynaydi;

- geografiya darslarida malum mavzularni o'qitishda A.R.Beruniy ijodidan unumli foydalanish uchun shu fan o'qituvchisi olimning ijodiy faoliyati haqida yetarlicha bilim va ma'lumotlarga ega bolishi zarur;

- geografiya kursini o'qitishda A.R.Beruniy asarlaridan o'z o'rnida malum oldindan tuzilgan reja asosida foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun geografiya kursidan dastur ishlab chiqilayotganda va shu dastur asosida darsliklar ishlab chiqilayotganda boshqa buyuk allomalar qatori Beruniy asarlaridagi geografiya faniga ta'lluqli ma'lumotlardan o'z o'rnida unumli foydalanilsa, geografiya fani rivojiga ijobiy ta'sir qilgan bo'lar edi.

Agar maktabda geografiya kursini o'qitishda Beruniy ijodidan o'z o'rnida foydalanilsa, o'quvchilarning shu fanni Davlat Talim standartlari talablari darajasida o'zlashtirishlariga zamin yaratadi va geografiya fani naqadar qadimiy, boy fan ekanligi haqida o'quvchilarda to'la malumot hosil bo'lar edi.

Bundan tashqari o'quvchilarni vatanparvarlik, ajdodlar meroslridan faxrlanish, milliy qadriyatlarimizni avaylab asrsh, kelgusi avlodlarimizga o'z aslicha etkazish ruhida tarbiyalashimizga yordam beradi deb hisoblash mumkin.

REFERENCES

1. Haydarova, S. (2021). GEOGRAFIYA DARSLARIDA ELEKTRON TAQDIMOTLARDAN FOYDALANISH. Журнал Естественных Наук, 7(1).

2. Haydarova, S. (2021). Geografiyani O'qitishda Kompetensiyaviy Yondashuvning Tatbiq Etishning O 'Quvchi Psixologiyasi Bilan Bog 'Liq Jihatlari. Журнал Естественных Наук, 7(1).

3. Haydarova, S. (2021). GEOGRAFIYA FANI O 'QITUVCHISI KOMPETENTLIGI VA UNING ZAMONAVIY TALABLARI. Журнал Естественных Наук, 7(1).

4. Haydarova, S. (2021). Фанни Компетенциявий Ёндошув Aсосида Уцитишнинг Уцувчи Ёш Психологик Хусусиятларига Боглиц Жихдтлари. Журнал Естественных

5. Haydarova, S. (2021). O'QUVCHILARNING GEOGRAFIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA PEDAGOGIC-PSIXOLOGIK YONDOSHUV. Журнал Естественных Наук, 1(3).

6. Усаров, Ж. Э., & Хдйдарова, С. (2021). Фанни Компетенциявий Ёндошув Асосида Уцитишнинг Уцувчи Ёш Психологик Хусусиятларига Боглиц Жихдтлари. Science And Education, 2(Special Issue 1), 266-275.

Наук, 7(1).

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.