Научная статья на тему 'MAJBURIY MEHNATGA JALB ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA'

MAJBURIY MEHNATGA JALB ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Javobgarlik / me'yoriy-huquqiy hujjatlar / jinoiy / qonun / jinoyat kodeksi / shaxs / jarima / qamoq / Responsibility / regulations / criminal / law / Criminal Code / person / fine / imprisonment.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Muradov Sunnatullo Abdurasulovich

Ushbu maqolada Majburiy mehnatga jalb etganlik uchun javobgarlik, bu boradagi rivijlangan davlatlarning qonunchiligi va uni amalga oshirish amaliyoti qiyosiy-huquqiy tahlil qilinob, milliy qonunchiligimizni takomillashtirish uchun mavjud ijobiy (ilg'or) tajribani umumlashtirish va tahlil qilish, uni o’'z me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi bilan solishtirgan holda maqbul tajribalarni qonunchilikka kiritish zarurligi ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESPONSIBILITY FOR FORCED LABOR: NATIONAL AND FOREIGN EXPERIENCE

This article will provide a comparative legal analysis of liability for forced labor, the legislation of developed countries in this regard and the practice of its implementation, the need for generalization and analysis of the existing positive (best) experience in improving our national legislation, including optimal experience in legislation in comparison with the system of normative legal acts.

Текст научной работы на тему «MAJBURIY MEHNATGA JALB ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Щ /

i V

Уг\гл

Я-,. ' I г [■■

I " Ï yj

ч i 'JmH

LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES

à^A «..l в®.!»»»»""

ARTICLE INFO

RESPONSIBILITY FOR FORCED LABOR: NATIONAL AND FOREIGN EXPERIENCE Muradov Sunnatullo Abdurasulovich

Graduate student of the Academy of Law Enforcement Agencies of the

Republic of Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.11546760

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024

KEYWORDS Responsibility, regulations, criminal, law, Criminal Code, person, fine, imprisonment.

This article will provide a comparative legal analysis of liability for forced labor, the legislation of developed countries in this regard and the practice of its implementation, the need for generalization and analysis of the existing positive (best) experience in improving our national legislation, including optimal experience in legislation in comparison with the system of normative legal acts.

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ПРИНУЖДЕНИЕ К ПРИНУДИТЕЛЬНОМУ ТРУДУ: НАЦИОНАЛЬНЫЙ И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ

Мурадов Суннатулло Абдурасулович

Слушатель магистратуры Академии правоохранительных органов Республики

Узбекистан https://doi.org/10.5281/zenodo.11546760

ARTICLE INFO

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

Ответственность, нормативные акты, уголовное, закон,

Уголовный кодекс, лицо, штраф, тюремное

заключение.

ABSTRACT

В данной статье будет проведен сравнительно-правовой анализ ответственности за привлечение к принудительному труду, законодательства развитых стран в этом отношении и практики его реализации, выявлена необходимость обобщения и анализа имеющегося положительного (передового) опыта совершенствования нашего национального

законодательства, включения в законодательство оптимального опыта в сравнении с системой нормативных правовых актов.

MAJBURIY MEHNATGA JALB ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK: MILLIY VA

XORIJIY TAJRIBA

Muradov Sunnatullo Abdurasulovich

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11546760 ARTICLE INFO ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024

Ushbu maqolada Majburiy mehnatga jalb etganlik uchun javobgarlik, bu boradagi rivijlangan davlatlarning qonunchiligi va uni amalga oshirish amaliyoti qiyosiy-huquqiy tahlil qilinob, milliy qonunchiligimizni takomillashtirish uchun mavjud ijobiy (ilg'or) tajribani umumlashtirish va tahlil qilish, uni o"z me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi bilan solishtirgan holda maqbul tajribalarni qonunchilikka kiritish zarurligi ochib beriladi

KEYWORDS

Javobgarlik, me'yoriy-

huquqiy hujjatlar, jinoiy, qonun, jinoyat kodeksi, shaxs, jarima, qamoq

Majburiy mehnatni yo'qotish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar orasida dolzarb masala bunday noqonuniy qilmishdan foydalanadigan shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, ularni aniqlash va ta'qib qilish bo'yicha tuzilmalarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, majburiy mehnatdan foydalanganlik uchun javobgarlik masalasiga oid xalqaro va mintaqaviy hujjatlar hamda xorijiy mamlakatlarining qonunchiligini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Ko'pincha qonunchilikni va uni amalga oshirish amaliyotini takomillashtirish uchun mavjud ijobiy (ilg'or) tajribani umumlashtirish va tahlil qilish, uni o'z me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi bilan solishtirgan holda maqbul tajribalarni qonunchilikka kiritish imkonini beradigan qiyosiy huquqiy tadqiqotlarga o'tkazishni taqazo qiladi.

Dunyoda majburiy mehnatdan foydalanishning barcha shakllari va turlari taqiqlanishiga qaramasdan uning jabrdiydalarining ko'pchiligi zaruriy ko'mak olishdan mahrum bo'lib, ushbu jinoyatni sodir etayotgan shaxslarning aksaryati jazosiz qolmoqda. Shuning uchun, nafaqat jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qiluvchi va aybdorlarni jazolovchi, balki ehtimoliy huquqbuzarlarni qonunlarni buzishga bo'lgan intilishlaridan saqlovchi kuchli va samarali mexanizmni joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. Rossiyalik olim A.Prisekin majburiy mehnatning barcha jabrdiydalarini aniqlash, himoya qilish, qayta tiklash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini qayd etadi1. XMTning 29-sonli konvensiyasining 25-moddasida2 "Zo'raki yoki majburiy mehnatga noqonuniy jalb qilish jinoiy tartibda ta'qib qilinadi hamda ushbu Konvensiyani ratiflkatsiya qiladigan Tashkilotning har bir a'zosi qonunda ko'rsatilgan sanksiyalarning chinakam samaradorligini va ularga qat'iy rioya qilinishini ta'minlashi shart" deb belgilangan. XMT Ekspertlar qo'mitasining qayd etishicha, jarima yoki qisqa muddatli qamoq jazosini qo'llashni nazarda tutuvchi sanksiyalar huquqbuzarlikning jiddiyligiga mutanosib kelmaydi va uni sodir etishdan tiyish xususiyatiga ega emas. Bunday hollarda, Ekspertlar qo'mitasi tegishli hukumatlarga vaziyatni to'g'rilash uchun zarur choralarni ko'rishni tavsiya qiladi. Ekspertlar qo'mitasi bir necha marotaba qonuniylikka rioya qilishni ta'minlash choralarini mustahkamlashning zarurligini ta'kidladi va ushbu yo'nalishda a'zo davlatlar tomonidan amalga oshirilgan choralar to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishni so'radi3.

1 Prisekin A. Prinuditelnbiy trud kak forma sovremennogo rabstva. Jurnal "Zakon i pravo", 05-2020, S.54, DOI: 10.24411/2073-33132020-10212

2 https://lex.uz/docs/-2741082

3 Strengthening action to end forced labour. International Labour Conference. 103rd Session, 2014. International Labour Office, Geneva

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

XMTning Bolalar mehnatining og'ir shakllarini taqiqlash va yo'q qilishga doir shoshilinch choralar to'g'risidagi 182- konvensiyasi (7-modda, 1-band) davlatlardan ushbu Konvensiyani amalga oshiruvchi qoidalarning samarali qo'llanilishi va ularga rioya etilishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan barcha choralarni ko'rishni talab qiladi4

Birinchi o'rindagi vazifa majburiy mehnat va u bilan bog'liq holatlarning aniq turlarini taqiqlash samarali jinoiy sanksiyalar bilan birgalikda olib borilishini ta'minlashdan iborat.

Majburiy mehnatni taqiqlash yoki erkin mehnat to'g'risidagi umumiy qoidalar bunday amaliyotlardan foydalanayotgan shaxslarni jazoga tortish uchun yetarli bo'lmasligi mumkin. Vakolatli sudlar tomonidan samarali jinoiy jazo choralarining qo'llanilishi uchun imkoniyatni ta'minlash maqsadida jazoga tortilayotgan huquqbuzarlik qonunda aniq belgilanishi va milliy sharoitlarga moslashtirilishi kerak.

Bu borada qozog'istonlik olima S.Aljankulovaning hozirgi vaqtda ko'pgina mamlakatlarning milliy qonun hujjatlarida majburiy mehnat elementlari sifatida tan olinadigan turli huquqbuzarliklar uchun aniq tushunchani shakllantirishning murakkabligi sababli majburiy mehnat jinoyat sifatida sud tartibida kamdan kam hollarda ta'qib qilinayotganligi5 to'g'risidagi fikrlari ahamiyatlidir.

Samarali jinoiy, mehnat va fuqarolik qonunchiligi majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha kelgusi siyosiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos yaratadi hamda asosan quyidagilarni nazarda tutishi lozim: xalqaro standartlarning maqsadlari va prinsiplarini milliy qonunchilikka singdirish; majburiy mehnatning barcha shakllariga qarshi kurash bo'yicha milliy harakat rejalarining prinsiplari, maqsadlari va ustuvor yo'nalishlarini belgilash; milliy harakat rejalarini amalga oshirish uchun mexanizmni shakllantirish; aniq huquq va majburiyatlarni belgilash; majburiy mehnat jabrdiydalari uchun kafolatlarni taqdim etuvchi qonunchilikni ishlab chiqish; mazkur jarayonning barcha ishtirokchilari o'rtasida umumiy tushunishga erishish; shikoyatlar va surishtiruvlar uchun asos va protseduralarni ta'minlash; huquqbuzarlar uchun jinoiy jazolarni belgilash

Aksariyat mamlakatlarda majburiy mehnatning ba'zi shakllarini qamrab olgan huquqiy baza mavjud bo'lsada, ko'pgina davlatlarda qonunlar majburiy mehnatda aybdor bo'lgan shaxslarni samarali ta'qib qilishga imkon bermaydi va jabrdiydalarning hammasi uchun ham odil sudlovga murojaat qilish imkonini ta'minlamaydi. XMTning qayd etishicha, har bir davlat qonunchilikdagi bo'shliqlarni imkon qadar bartaraf etish uchun majburiy mehnat to'g'risidagi yangi ma'lumotlarni inobatga olgan holda o'zining qonunchiligini doimiy ravishda sinchkovlik bilan tahlil qilib borishi lozim6

2017 yil Peruda qabul qilingan 1323-sonli qonunchilik dekretida majburiy mehnat shaxsni ish haqi to'lanishi yoki to'lanmasligidan qat'iy nazar biron-bir vositalar bilan va uning ixtiyoriga zid ravishda ish yoki xizmatni bajarishga majburlanishdan iborat bo'lgan jinoyat

https://www.ilo.org/sites/default/files/wcmsp5/groups/public/@ed_norm/@relconf/documents/meetingdocument/ wcms_217752.pdf

4 BOLALAR MEHNATINING ENG YOMON SHAKLLARI TO'G'RISIDAGI 182-SON-KONVENSIYA// https://lex.uz/docs/1584624

5 Алжанкулова С. А. Некоторые проблемные аспекты противодействия торговле людьми с целью принудительного труда //Евразийская интеграция: экономика, право, политика. - 2012. - №. 11. - С. 100-104.

6 Eliminating Forced Labour, Handbook for Parliamentarians No. 30, ILO ISBN: 978-92-2-133746-1 (Print), 978-92-2133747-8 (Web PDF), Original version: English, © Inter-Parliamentary Union. 2019

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

sifatida ta'riflanadi. Qonun mazkur jinoyat uchun olti yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko'zda tutuvchi jazo chorasini belgilaydi7

Rivojlangan mamlakatlarda majburiy mehnat muammolari asosan odam savdosi to'g'risidagi qonunchilik doirasida ko'rib chiqiladi. Xususan, 2000 yilda AQSHda qabul qilingan Odam savdosi jabrdiydalarini himoya qilish to'g'risidagi qonunga muvofiq, jinoyatlarning yangi turlari belgilangan va majburiy mehnat hamda qullik, erksiz sharoitdagi mehnat yoki majburiy mehnat maqsadlaridagi odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlar uchun, shuningdek bunday faoliyat bilan shug'ullanishga suiqasd qilish uchun jazo choralari kuchaytirilgan.

2003 yilda Braziliyada majburiy mehnat va undan foylanayotgan shaxslarning jazolanmay qolishiga qarshi kurashish uchun jiddiy choralar qabul qilinadi. Mamlakat Jinoyat kodeksiga "insonni qullikka o'xshash sharoitlarda tahqirlaganlik" konsepsiyasini kiritish maqsadida o'zgartirishlar kiritiladi. Ushbu konsepsiya shaxsni mehnatga yoki ish kunining haddan tashqari davom etishiga majburlash, yoxud shaxsni chidab bo'lmaydigan sharoitlarda ishlashga majburlash, yoxud ish beruvchi yoki uning vakili oldida qarzdorligi sababli shaxsning harakatlanish erkinligini cheklash kabi holatlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksiga muvofiq, ishchilarni harakatlanish vositalaridan foydalanishga, ularning shaxsiy hujjatlari yoki mol-mulkini ushlab turishga, ularga nisbatan doimiy kuzatishni o'rnatishga qaratilgan choralar orqali ish joyida ushlab turilgan shaxslar ham ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq jazoga tortiladi8

Ayrim mamlakatlarning (Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston, Belorus Respublikasi, Gruziya) jinoyat qonunchiligi tahlili shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik hollarda "shaxsni o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra ishni bajarishdan voz kecholmasligi holatida uning mehnatidan foydalanganlik" uchun jinoiy jazo belgilangan. Rossiya Federatsiyasi, Qirg'iziston va Belorus Respublikasi jinoyat qonunchiligida mehnatdan bu tarzda foydalanish qullik mehnati deb nomlangan. Mazkur holatda esa, shaxsni mehnatidan majburiy foydalanganlik uchun javobgarlikka tortiladigan sub'yektlar doirasi keng belgilangan.

Ba'zi mamlakatlarda majburiy mehnat uchun mehnat qonunchiligiga asosan qo'llaniladigan sanksiyalar jarima yoki juda qisqa muddatli qamoq jazosidan iborat. Biroq, ayrim mamlakatlarda jiddiy jazo choralari ham belgilangan. Masalan, Mavritaniyada qullik uchun jinoiy javobgarlikka tortish va qullikka o'xshash amaliyot uchun jazolash to'g'risidagi 2007/048- sonli qonunda bunday jinoyat uchun besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 500.000 dan 1 milliongacha mavritaniya ugiyasi (tahminan 12500 dan 25000 AQSH dollar) miqdorida jarima to'lash nazarda tutilgan. Ushbu qonunga asosan qullik bilan bog'liq jinoyatlar uchun qamoq jazosining muddati ikki baravarga oshiriladi va bunday turdagi jinoyatlarni ko'rib chiquvchi hay'at sudlari tashkil etiladi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining majburiy mehnat jabrdiydalari nomidan shikoyatlar berishiga imkon

7 Eliminating Forced Labour, Handbook for Parliamentarians No. 30, ILO ISBN: 978-92-2-133746-1 (Print), 978-92-2133747-8 (Web PDF), Original version:English, © Inter-Parliamentary Union. 2019

8 Codigo Penal Brasil

https://www.worldcomplianceassociation.com/componentes/editor/ckfinder/userfiles/files/CP.pdf

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

beruvchi, shuningdek ularga yetkazilgan zararni qoplash huquqini belgilovchi muhim qoidalar mustahkamlandi9.

Filippinda odam savdosi bilan bog'liq harakatlar uchun yigirma yil ozodlikdan mahrum qilish va katta miqdordagi jarimalar bilan jazolanadi. Shuningdek, kuchaytirilgan sanksiyalar ham ko'zda tutilgan bo'lib, ushbu sanksiyalar jinoiy xatti-harakatlar bolalarga nisbatan, og'ir jismoniy shikastlanishlar bilan, davlat xizmatchilari ishtirokida va boshqa holatlarda sodir etilsa, qo'llanilishi belgilangan10

AQSH qonunchiligida majburiy mehnatdan foydalanayotgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik ko'zda tutilgan bo'lib, bunda jinoyat uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Buyuk Britaniyaning 2015 yilda kuchga kirgan "Zamonaviy qullik to'g'risida"gi qonunida esa umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan11.

Bugungi kunda O'zbekiston va rivojlangan xorij davlatlarida olib borilayotgan huquqiy islohotlar mehnat munosabatlari sohasiga ham ta'sir ko'rsatdi. Turli davlatlarning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda juda ko'p o'xshashliklar mavjud, ammo milliy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa omillar sababli barcha davlatlar bu borada etarlicha o'ziga xos xususiyatlariga ega.

Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga to'liq barham berish sohasida rivojlangan davlatlar qonunchiligiga yangi normalarni kiritib bormoqda misol uchun Rossiya Jinoyat kodeksining 127.2 moddasi (Qul mehnatidan foydalanish)ga ko'ra o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra ishlarni (xizmatlarni)bajarishdan bosh tortish imkoni bo'lmagan shaxsning mehnatidan foydalanish besh yil muddatga majburiy mehnat yoki shu middatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu moddaning ikkinchi qismi "b" bandiga ko'ra shaxs o'zining xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etsa besh yil muddatga majburiy mehnat yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki o'n besh yilgacha muayyan lavozimlarda ishlashdan mahrum qilinadi. Uchinchi qismida esa ushbu jinoyat o'limga, jabrlanuvchining sog'lig'iga jiddiy zarar etkazsa yoki boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelsa sakkiz yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bir qatorda bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Qozog'istonda majburiy mehnat taqiqlanadi. Majburiy mehnatga faqat sud qarori bilan yoki favqulodda yoki harbiy holat sharoitida yo'l qo'yiladi. Majburiy mehnat deganda har qanday jazo tahdidi ostidagi shaxsdan talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmat tushuniladi12. Qozog'iston Jinoyat kodeksining 3, 125 - 126, 128 va 135 moddalarida kvalifikatsiya qiluvchi holat sifatida qo'llaniladigan "ekspluatatsiya" tushunchasi kiritilgan13.

9 Eliminating Forced Labour, Handbook for Parliamentarians No. 30, ILO ISBN: 978-92-2-133746-1 (Print), 978-92-2133747-8 (Web PDF), Original version: English, © Inter-Parliamentary Union 2019

10 Strengthening action to end forced labour. International Labour Conference. 103rd Session, 2014. International Labour Office, Geneva // https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/—ed_norm/— relconf/documents/meetingdocument/wcms_217752.pdf

11 Присекин А. Принудительный труд как форма современного рабства. Журнал "Закон и право", 05-2020, С.53, DOI: 10.24411/2073-3313-2020-10212

12 Трудовой кодекс Республики Казахстан ст. 7. https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1500000414

13 Уголовный кодекс Республики Казахстан https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000226

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Qozog'istondagi kabi Germaniya jinoyat kodeksida ham "ekspluatatsiya" tushunchasi mavjud bo'lib § 233-moddasi Mehnatni ekspluatatsiya qilishga bag'ishlangan, shuningdek, § 232b moddasiga ko'ra Yigirma bir yoshga to'lmagan, shaxsning shaxsiy yoki iqtisodiy ahvoli yoki chet davlatda bo'lishi bilan bog'liq nochorligidan foydalangan har qanday shaxs olti oydan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Moddaga ko'ra shahsni ekspluatatsiya qilish, noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish, qarz qulliga aylantirish, tilanchilik qilishga majburlash yoki shunga o'hshash harakatlarni sodir etish bir yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi 14.

Shu kabi Turkmaniston jinoyat kodeksining15 128-moddasi Odam savdosida ham "ekspluatatsiya" tushunchasi mavjud. Ushbu moddada shaxsni ekspluatatsiya qilish deganda shaxsni majburiy mehnatga yoki xizmatga jalb qilish, qullik yoki qullika o'xshash holatda saqlash va boshqa shakllar tushuniladi.

Azarbayjan Jinoyat kodeksida ham 144-moddasi (Odam savdosi)da "ekspluatatsiya" tushunchasi mavjud va "Insonni ekspluatatsiya qilish" deganda majburiy mehnat (xizmatlar), jinsiy ekspluatatsiya, qullik, qullikka o'xshash odatlar va ulardan kelib chiqadigan qullik holati, inson organlari va to'qimalarini noqonuniy olib qo'yish, odam ustidan noqonuniy biotibbiyot tadqiqotlarini o'tkazish, ayolni surrogat sifatida ishlatish, noqonuniy, shu jumladan jinoiy faoliyatga jalb qilish tushuniladi. 144-2-moddasi (Majburiy mehnat)da Tahdid, zo'ravonlik yoki zo'ravonlik tahdidi bilan tegishli ishlarni bajarishga (xizmat ko ' rsatishga) majburlash, shuningdek, shaxsning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maxsus holatlardan tashqari erkinligini cheklash to'rt yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Moddaning 2.5 bandiga ko'ra ushbu qilmishni aybdor shaxs o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etsa yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Turkiya Respublikasi Jinoyat kodeksining 249-moddasida ko'ra Agar hukumat amaldori yoki boshqa shaxs qonun va qoidalarda belgilangan va ijtimoiy zarur deb topilgan davlat xizmatlaridan tashqari har qanday majburiy ishlarda odamlardan foydalansa, aybdor shaxsdan ishlarda foydalanilgan odamlar foydasiga to'lov undiriladi va mansabdor shaxs lavozimni egallash huquqidan vaqtincha mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qirg'iziston jinoyat kodeksining16 170-moddasida shaxsning mehnatidan majburiy foydalanish, agar shaxs o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra ishlarni (xizmatlarni) bajarishdan bosh torta olmasa, uch yildan olti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Moddaning ikkinchi qismi 5 bandiga ko'ra ushbu jinoyatni shaxs o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etsa mol-mulki musodara qilinib yoki musodara qilinmasdan olti yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Belarusya Jinoyat kodeksining 1811, 182 va 187-moddalarida kvalifikatsiya qiluvchi holat sifatida qo'llaniladigan "ekspluatatsiya" tushunchasi mavjud bo'lib, Kodeksga ko'ra ekspluatatsiya deganda, agar shaxs o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra (xizmatlar), shu jumladan qullik yoki qullikka o'xshash urf-odatlarni bajarishdan bosh tortolmasa, (shu

14 yro^oBHbm KogeKC https://www.gesetze-im-internet.de/stgb/BJNR001270871.html

15 https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31295286&doc_id2=31295286#pos=180;-109&pos2=1538;-98

16 https://cbd.minjust.gov.kg/112309/edition/3548/ru

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

jumladan jinsiy harakatlar, surrogatlik, odamdan organlar va (yoki) to'qimalarni olib qo'yishga) noqonuniy majburlash tushuniladi. Kodeksning 1811-moddasi (Qul mehnatidan foydalanish)ga ko'ra qul mehnatidan foydalanish yoki shaxsni ekspluatatsiya qilishning boshqa shakli ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hindiston jinoyat kodeksining 374-moddasida Noqonuniy majburiy mehnat. — Kimki biror shaxsni uning irodasiga zid ravishda mehnat qilishga qonunga xilof ravishda majbur qilsa, bir yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima yoki har ikkalasi bilan jazolanadi deb belgilangan.

Yoki, Peru davlatining 1323-sonli qonunchilik dekretida majburiy mehnat shaxsni ish haqi to'lanishi yoki to'lanmasligidan qat'iy nazar biron-bir vositalar bilan va uning ixtiyoriga zid ravishda ish yoki xizmatni bajarishga majburlanishdan iborat bo'lgan harakat jinoyat sifatida ta'riflanadi. Qonun mazkur jinoyat uchun olti yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko'zda tutuvchi jazo chorasini belgilaydi17.

Benin qonunchiligida esa, majburiy mehnat - shaxsdan biror-bir tarzda jazolash bilan tahdid qilish orqali, ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda bajarishga o'zining roziligini bermagan ish yoki xizmatni talab qilish hisoblanadi. Kamerun qonunchiligiga ko'ra, "erksiz va majburiy mehnat" tushunchasi bajarilishi/ko'rsatilishi fuqarodan jazolash tahdidi bilan talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni, ya'ni fuqaro ixtiyoriy ravishda bajarish/ko'rsatishga rozi bo'lmagan ish yoki xizmatni anglatadi18.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Hindiston va Pokistonda tegishlicha 1976 va 1992 yillarda qabul qilingan qonunlarga asosan "qarzdorlik asosidagi mehnat tizimi" tugatilib, qarzdorlik asorati sharoitidagi ishchilarning to'lanmagan qarzdorligi bekor qilingan va ularning ish beruvchilariga nisbatan jazo choralari belgilangan19. Hindistonda ta'kidlangan qonunga muvofiq, boshqa shaxsni qarzdorlik asorati shaklida mehnatga majburlagan har qanday shaxsga nisbatan uch yilgacha bo'lga muddatga ozodlikdan mahrum qilish va 2000 hind rupiyasi miqdorida jarima to'lash tarzidagi jazo belgilangan.

Pokistonda esa, xuddi shunday jinoyat uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 50000 pokiston rupiyasidan kam bo'lmagan miqdorda jarima to'lash yoki ushbu ikkita jazo chorasini birgalikda qo'llash ko'zda tutilgan.

Shuningdek, rivojlangan davlatlarning mehnat qonunchiligida ham bir qator yangi normalar kiritilmoqda.

Misol uchun, Avstraliya davlati Parlamenti 2024 yil 12 fevral kuni "Dam olish kunlarida hodimlar rahbarlarining telefon qo'ng'iroqlari xatlariga va sms habarnimalariga javob bermaslik huquqi"ni beruvchi qonunni imzoladi20.

17 Eliminating Forced Labour, Handbook for Parliamentarians No. 30, ILO ISBN: 978-92-2-133746-1 (Print), 978-92-2133747-8 (Web PDF), Original version: English, © Inter-Parliamentary Union. 2019

18 Database of national labour, social security and related human rights legislation of Cameroon // https://www.ilo.org/dyn/natlex/natlex4.listResults?p lang=en&p country=CMR&p classification=01.08

19 Strengthening action to end forced labour. International Labour Conference. 103rd Session, 2014. International Labour Office, Geneva //https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/—ed_norm/— relconf/documents/meetingdocument/wcms_217752.pdf.

20 https://www.canberratimes.com.au/story/8517628/right-to-disconnect-laws-pass-federal-parliament/ ( saytga tashrif buyurildi 03.04.2024, 20:11)

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Qonunga ko'ra agar xodim tegishli tashkilotga uning rahbari tomonidan har kuni hattoki dam olish kunlarida ham aloqa bog'lagani to'g'risida habar bersa tashkilot rahbari 18 ming dollargacha bo'lgan miqdorida jarimaga tortilishi belgilab qo'yilgan

Germaniyada eng kam ish haqi soatlik ish haqiga asoslanadi. 2022-yilning 1-yanvaridan Germaniyada qonun bilan belgilangan eng kam ish haqi soatiga 9,82 yevroni tashkil etdi, 2022-yilning 1-iyulidan 10,45 yevroga, 2022-yilning 1-iyulidan esa soatiga 12 yevroga oshirildi. Ushbu davlatning mehnat qonunchiligida kunlik ish vaqti 10 soatdan, haftalik ish vaqti esa 60 soatdan oshmasligi kerak21.

Qozog'istonda 2023 yil 1 iyuldan to'rt kunlik ish haftasi joriy qilindi. Qaror mamlakat Mehnat kodeksiga "Qozog'iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ijtimoiy ta'minot masalalari bo'yicha o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni bilan kiritilgan22.

Shu o'rinda, ko'plab mamlakatlarda majburiy mehnatni taqiqlovchi qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lsa-da, bunday noqonuniy amaliyotdan foydalanish davom etayotganligini ta'kidlash lozim. Bu esa bir qancha omillarga bog'liq. Kambag'allik, aholi sonining oshishi, ishsizlik, byurokratik tizim, korrupsiya, xabardorlikning kamligi - bularning bari majburiy mehnatga yo'l qo'yadigan omillar hisoblanadi. Bangladeshlik olim I.F.Tropa Yagona jamoaviy urinish mamlakatdan majburiy mehnatning oldini olishi mumkin ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, kambag'allikni tugatish, savodxonlik darajasini oshirish, ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini ko'paytirish, ish joyida kamsitishlarga qarshi kurash kabilar orqali jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirish mumkin23.

Hulosa, umuman olganda, majburiy mehnatni taqiqlovchi qat'iy qonunchilikning mavjudligi muhim preventiv rol o'ynaydi, chunki u jabrdiydalarga shikoyat qilish imkonini beradi va ehtimoliy jinoyatchilarni sezilarli darajada tiyib turish ta'siriga ega. Shu bilan birga, sanksiyalar zaruriy ta'sir darajasiga ega bo'lmasa va sodir etilgan jinoyatning og'irligiga mutanosib bo'lmasa (masalan, jarima undirish yoki qisqa muddatli qamoq jazosi tayinlash to'g'risida hukm chiqarilsa), yoki qonun zarur darajada ijro qilinmasa, bunday tiyib turish samarali bo'lmaydi

1) Majburiy mehnatni tugatishga oid qabul qilingan xalqaro shartnomalarning huquqiy tabiati, qamrovi, yuridik majburiyligi kabi xususiyatlarini inobatga olgan holda, quyidagi asoslarda tasniflash maqsadga muvofiq hisoblanadi: "qattiq huquq" va "yumshoq huquq" normalari, universal va mintaqaviy hujjatlar, umumiy va maxsus shartnomalar.

2) Majburiy mehnatni tugatishga oid xalqaro standartlarning asosiy talablaridan biri davlatlarning majburiy mehnat uchun qonunchilikda jinoiy jazo choralarini belgilash, ularning haqiqatdan ham yetarli bo'lishini va ularga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tahlili aksariyat davlatlarda majburiy mehnatdan foydalanganlik uchun og'ir jinoiy jazo choralari (uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish, katta miqdorda jarima to'lash, yetkazilgan zararni qoplash, mol-mulkni musodara qilish kabi) belgilanganligi haqida xulosa qilishga imkon beradi.

21 https://novostide.de/novosti/2022/trudovoe-pravo-v-germanii-7-samyh-vazhnyh-pravil/ ( saytga tashrif buyurildi 03.04.2024, 20:01)

22 https://news.mail.ru/politics/56786134/

23 Tropa I.F. (2021). Forced labor and the legal issues: in the context of Bangladesh, Asian J. Soc. Sci.Leg. Stud., 3(3), 85-88.https://doi.org/10.34104/ajssls.021.085088

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

3) Xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tahlili asosida ishchining mehnat huquqlari buziladigan, ish haqi berilmaydigan va ish vaqtining belgilangan me'yoriga rioya qilinmaydigan, uning hayoti va sog'lig'iga zarar yetmaydigan holatlar bilan birga amalga oshiriladigan majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik; shaxsga nisbatan jismoniy kuch ishlatiladigan, kuch ishlatish bilan tahdid qilinadigan, sog'lig'i va hayotiga zarar yetkaziladigan, uning erki va harakatlanishi cheklanadigan, hujjatlari olib qo'yiladigan, shaxsni qarzdorlik asoratiga soladigan majburiy mehnatga jalb qilinish holatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi yuzasidan xulosaga kelindi.

References:

1. Трудовой кодекс Республики Казахстан ст. 7. https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1500000414

2. Уголовный кодекс Республики Казахстан https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000226

3. Уголовный кодекс https://www.gesetze-im-internet.de/stgb/BJNR001270871.html

4. BOLALAR MEHNATINING ENG YOMON SHAKLLARI TO'G'RISIDAGI 182-SON-KONVENSIYA// https://lex.uz/docs/1584624

5. Алжанкулова С. А. Некоторые проблемные аспекты противодействия торговле людьми с целью принудительного труда //Евразийская интеграция: экономика, право, политика. - 2012. - №. 11. - С. 100-104.

6. Tropa I.F. (2021). Forced labor and the legal issues: in the context of Bangladesh, Asian J. Soc. Sci.Leg. Stud., 3(3), 85-88.https://doi.org/10.34104/ajssls.021.085088

7. Присекин А. Принудительный труд как форма современного рабства. Журнал "Закон и право", 05-2020, С.53, DOI: 10.24411/2073-3313-2020-10212

8. Алжанкулова С. А. Некоторые проблемные аспекты противодействия торговле людьми с целью принудительного труда //Евразийская интеграция: экономика, право, политика. - 2012. - №. 11. - С. 100-104. https://lex.uz/docs/-2741082

9. Strengthening action to end forced labour. International Labour Conference. 103rd Session, 2014. International Labour Office, Geneva https://www.ilo.org/sites/default/files/wcmsp5/groups/public/0ed_norm/0relconf/docu ments/meetingdocument/wcms_217752.pdf

10. Eliminating Forced Labour, Handbook for Parliamentarians No. 30, ILO ISBN: 978-92-2133746-1 (Print), 978-92-2-133747-8 (Web PDF), Original version: English, © InterParliamentary Union. 2019

11. Eliminating Forced Labour, Handbook for Parliamentarians No. 30, ILO ISBN: 978-92-2133746-1 (Print), 978-92-2-133747-8 (Web PDF), Original version:English, © InterParliamentary Union. 2019

12. Codigo Penal Brasil https://www.worldcomplianceassociation.com/componentes/editor/ckfinder/userfiles/files /CP.pdf

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

13. Eliminating Forced Labour, Handbook for Parliamentarians No. 30, ILO ISBN: 978-92-2133746-1 (Print), 978-92-2-133747-8 (Web PDF), Original version: English, © InterParliamentary Union 2019

14. Strengthening action to end forced labour. International Labour Conference. 103rd Session, 2014. International Labour Office, Geneva // https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---ed_norm/---relconf/documents/meetingdocument/wcms_217752.pdf

15. https://cbd.minjust.gov.kg/112309/edition/3548/ru

16. https://www.canberratimes.com.au/story/8517628/right-to-disconnect-laws-pass-federal-parliament/ ( saytga tashrif buyurildi 03.04.2024, 20:11)

17. https://novostide.de/novosti/2022/trudovoe-pravo-v-germanii-7-samyh-vazhnyh-pravil/ ( saytga tashrif buyurildi 03.04.2024, 20:01)

18. https://news.mail.ru/politics/56786134/

19. Eliminating Forced Labour, Handbook for Parliamentarians No. 30, ILO ISBN: 978-92-2133746-1 (Print), 978-92-2-133747-8 (Web PDF), Original version: English, © InterParliamentary Union. 2019

20. Database of national labour, social security and related human rights legislation of Cameroon // https://www.ilo.org/dyn/natlex/natlex4.listResults?p_lang=en&p_country=CMR&p_ classification=01.08

21. Strengthening action to end forced labour. International Labour Conference. 103rd Session, 2014. International Labour Office, Geneva //https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---ed_norm/---relconf/documents/meetingdocument/wcms_217752.pdf.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.