Научная статья на тему 'MAISHIY CHIQINDILARNI TASHISH VA QAYTA ISHLASH AHAMIYATI'

MAISHIY CHIQINDILARNI TASHISH VA QAYTA ISHLASH AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xizmat / xizmat ko’rsatish / servish / kommunal / kommunal xizmat / maishiy chiqindi / utilizatsiya / qayta tayyorlash / strategik maqsad. / услуга / обслуживание / коммунальное предприятие / коммунальная услуга / бытовые отходы / утилизация / переработка / стратегическая цель.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bоbоqulоv S.B., Imomov B.M.

Ushbu maqolada mualliflar Samarqand viloyatida maishiy chiqindilarni tashish, utilizatsiya qilish, qayta tayyorlash va soha faoliyati iqtisodiy ahamiyatini yoritishga qaratilgan tadqiqotlar olib brogan. Shuningdek maqolada maishiy chiqindi kommunal xizmat ko’rsatishni rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данных статьях рассматривается вопрос о том, как загружать, утилизировать, перерабатывать и повышать производственноэкономическую эффективность бытовой электроэнергетики в Самаркандской области. В статье имеются предложения и рекомендации по совершенствованию оказания услуг по утилизации бытовых отходов. Аннотация. В данных статьях рассматривается вопрос о том, как загружать, утилизировать, перерабатывать и повышать производственно-экономическую эффективность бытовой электроэнергетики в Самаркандской области. В статье содержатся предложения и рекомендации по совершенствованию оказания услуг по утилизации бытовых отходов.

Текст научной работы на тему «MAISHIY CHIQINDILARNI TASHISH VA QAYTA ISHLASH AHAMIYATI»

I. TARMOQLAR VA SOHALAR IQTISODIYOTI MAISHIY CHIQINDILARNI TASHISH VA QAYTA ISHLASH AHAMIYATI

Boboqulov S.B.

Sаmаrqаnd iqtisоdiyоt vа servis instituti dоtsent v.b. (PhD)

ferdu www@meil.ru, +998941891989

Imomov B.M.

"Uzmetkombinat"AJ "Samarkand IKM" filiali buxgalteri +998933495155, samvtorchermet@mail.ru

Anotatsiya. Ushbu maqolada mualliflar Samarqand viloyatida maishiy chiqindilarni tashish, utilizatsiya qilish, qayta tayyorlash va soha faoliyati iqtisodiy ahamiyatini yoritishga qaratilgan tadqiqotlar olib brogan. Shuningdek maqolada maishiy chiqindi kommunal xizmat ko'rsatishni rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: xizmat, xizmat ko'rsatish, servish, kommunal, kommunal xizmat, maishiy chiqindi, utilizatsiya, qayta tayyorlash, strategik maqsad.

Аннотация. В данных статьях рассматривается вопрос о том, как загружать, утилизировать, перерабатывать и повышать производственно-экономическую эффективность бытовой электроэнергетики в Самаркандской области. В статье имеются предложения и рекомендации по совершенствованию оказания услуг по утилизации бытовых отходов. Аннотация. В данных статьях рассматривается вопрос о том, как загружать, утилизировать, перерабатывать и повышать производственно-экономическую эффективность бытовой электроэнергетики в Самаркандской области. В статье содержатся предложения и рекомендации по совершенствованию оказания услуг по утилизации бытовых отходов.

Ключевые слова: услуга, обслуживание, коммунальное предприятие, коммунальная услуга, бытовые отходы, утилизация, переработка, стратегическая цель.

Annotation. These articles discuss how to load, dispose of, recycle and increase industrial economic efficiency of household power in Samarkand region. In the article, there are suggestions and recommendations for improving the provision of household waste utility services. Annotation. These articles discuss how to load, dispose of, recycle and increase industrial economic efficiency of household power in Samarkand region. The article contains suggestions and recommendations for improving the provision of household waste utility services.

Key words: service, servicing, utility, utility service, household waste, disposal, reprocessing, strategic goal.

Kirish. Dunyo sanoati jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda shunga mos holda iqtisodiy rivojlanishning asosiy maqsadi sifatida iqtisodiy o'sish, aholini ish bilan

bandligini ta'minlash, aholi turmush darajasini yuksaltirish hamda insonlarni cheksiz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan jarayonlar majmui hisoblanadi. Shunga mos ravishda Jahon banki O'zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o'sishga ega mamlakatga aylanadi. Xususan, Jahon banki mamlakatimiz iqtisodiyoti o'sish sur'ati 2024 va 2025-yillar uchun mos ravishda 5,4 va 5,8 foizni tashkill etishi kutilmoqd [1]. deb prognoz qilmoqda. Bu bir tamondan ijobiy holat lekin ikkinchi tamondan muammolarni vujudga kelishini ham inobatga olish kerak. Muammolar sifatida sanoat tarmoqlari ishlab chiqarish natijasida ekologik zaralarning ham yildan-yilga ortib borishini ko'rishimiz mumkin. Bu albatta dolzarb muammolardan biri bo'lib, tabiatni asrash, ekologik muammolarni ta'sirini kamaytirish, jamiyatimizda paydo bo'ladigan maishiy chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish kabi jarayonlarga talab ortib boryotganligini ko'rishimiz mumkin.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tamonidan "...maishiy chiqindilarni yig'ishni 100 foizga, ularni qayta ishlash darajasini 2026-yilga qadar 21 foizdan 50 foizga yetkazish" [1]. kabi ustuvor maqsad belgilab berilganidan ham maishiy chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, maishiy chiqindi tabiiatda ko'paymaslikga qarshi choralar ko'rishni bugungi kunni zarurati ekanligini ko'rsatmoqda. Shuningdek, hozirgi sanoatlashgan asrda ishlab chiqarish keskin sur'atlarda rivojlanib borishi bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilar atrof-muhitni iflosnatirib qolmay, aholi salomatlikiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa raqamli iqtisodyotga o'tish sharoitida insonlar uchun global miqyosdagi dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Chiqindilarni tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning ahamiyati, o'rni, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini tadqiq etishda jaxonda va mamlakatimizda bir qator olimlar tadqiqoqtlar olib borgan bo'lib ularning asosiy e'tiborlari chiqndilarning vujudga kelishi, uni utilizatsiya qilishning an'anaviy usullarini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish kabi yo'nalishlarda tadqiqoqtlar olib borishgan. Ammo, maishiy chiqindilarni qayta ishlashning innovatsion yechimlari, xizmat ko'rsatish jarayonini raqamlashtirish masalalari, uning huquqiy asosisni takomillashtirish bo'yicha tadqiqoqtlar yetarlicha emasligi bilan belgilanadi. Xususan:

V.Yodgorov, D.Butunov "Uy-joy kommunal xo'jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi" nomli darsligida kommunal xo'jaligi tizimining predmeti, nazariy va amaliy masalalari, Respublikamiz uy-joy kommunal xo'jaligi sohasining tashkiliy tuzulmasi hamda faoliyatining iqtisodiy mexanizmi o'rganilgan. Darslikda bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikamizda uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarning va tarkibiy o'zgarishlarning pirovard maqsadlarini ochib berishga harakat qilingan [3].

S.Boboqulovning "Kommunal xizmat ko'rsatish tizimi samaradorligini oshirish usullari" nomli ilmiy maqolasida maqolada muallifning kommunal xo'jalik tizimi samaradorligini oshirish yo'llari, mexanizmlari, uni oshirishda tasir ko'rsatuvchi omillar to'g'risida fikrlar keltirilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab

chiqilgan. Shuningdek, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish bo'yicha fikrlari keltirilgan [4].

O.Q.Tobirov, V.V.Vahobjon o'g'lilarning "Chiqindi poligonlarini joylashtirish va unga ta'sir etuvchi omillar" nomli ilmiy maqolasida mualliflar chiqindilarni boshqarish va ularni joylashtirish masalalari ochib berilgan. Shahar va qishloq joylaridagi chiqindi turlari va ularning hajmi bo'yicha batafsil ma'lumot berilgan hamda chiqindi poligonlaridagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha xulosa va takliflar keltirgan [5].

Tadqiqoqt metodoligiyasi. Mazkur muammoni tadqiqoti jarayonida statistic va iqtisodiy tahlil, qiyoslash, guruhlash, tanlab kuzatish, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik, tizimli yondashuv, ilmiy abstraksiya hamda mantiqiy yondashuv usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Sanoat jadal rivojlanishining hozirgi davrida aholi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat natijasida aholi yashash joylarida maishiy chiqindilarning ko'payishi bugungi davrning muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu muammolarga yechim sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "binolar va inshootlar, shu jumladan, yo'llar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash yoki buzish ishlarida (keyingi o'rinlarda - qurilish ishlari) hosil bo'ladigan qurilish chiqindilari birinchi navbatda takroriy foydalanish, qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga yo'naltiriladi" degan vazifani belgilab berilgani atrof-muhitga maishiy chiqindilarni tarqalishini oldini oladi [2]. Biroq, birgina mamalakat rahnomasi tamonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarish bilan biz maqsadimizga erishib bo'lmasligini ko'rishimiz mumkin. Buning bir qator sabablari mavjudddir. Jumladan:

- raqamli iqtisodiyotga o'tish sharoitida ommaviy ishlab chiqarish jarayonining sanoatlashishi;

- aholining ko'payishi, shaharlarda vujudga kelayotgan urbanizatsiyalashuvning keskin ko'tarilishi;

- aholining yashash qulayligi ko'rsatkichlarini yuksalishi natijasida tovar, mahsulot va xizmatlarni ist'emol qilish darajasining ortishi

- maishiy chiqindilarni tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish poligonlarining zamon talablaridan kelib chiqib ishlamasligi va yetarli emasligi;

- soha faoliyati bilan mashg'ul bo'luvchi kadrlarning mavjud emasligi yoki ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirishning yetishmasligi [10];

- aholining maishiy chiqindini tashish kammunal xizmatlari bilan bo'g'liq bo'lgan bilim, ko'nikmasining hamda madaniyatini yetishmasligi;

- davlat muassasalarining maishiy chiqindilarni tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish, maishiy chiqindilar tashish kommunal xizmatlari narxining pastligi bilan bog'liq tashkiliy ishlarning yetarli emasligi;

- qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqib ketish bo'yicha xizmatlarning yetarli darajada ta'minlanmaganligi, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi infratuzilmaning qoniqarsiz holatda ekanligi, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarining sanitariya

talablari va ekologik me'yorlarga muvofiq kelmasligi kabi salbiy omillarning mavjudligi yuqoridan keltirilgan normativlarning amilyotga tadbiq etilishida salbiy ta'sir qilmoqda.

Bu jarayonlarni statistik ko'rsatkichlar negizida ham tahlil qilib fikrimiz tasdig'ini ko'rishimiz mumkin (1-rasm).

Sanoai irtahsufoifari 2022- yil yanvar-dbtabr 2023- yil yanvar-dekabr Farqi

Oqova suvlarni yo'qotish. transportirovka qilish va ishlov berish tho'yicha xizmatlar. nil rd.so'ru 376,9 403,3 26,4-

Ax.l c t o' ra larn i, tin dirgich-larni va septiklarni bo'shatish, tozal-ash va ishlov berish bo'yicha xizmatlar mln.so'm 517,0 422.2 - 94,a

Tcqimachilik chiqinílilari. t 16 231,6 19 691,5 3 4-59,9

(oigan yilning mos c'a i-ríga nobatan, % da*}

I » Iii

2019-y. 2020-y. 2021 -y. 2022-y. 2023-y.

j Axlat o'ralarni, tindirgichlarni va s-eptlklarni __ Oqova suvlami yo qolish.

bo'shatish, tozalasi va ishlov berish M transport r&vka qilish va ishlov bü"yicha xizmatlar ^ berish bo'yicha ^izjnatlar

* f&jjj si^Jj davT cjchun sanoat ish)ab -zhtqarish/ haymini hïsobfasfi jnetod/kasiga fco'ra

1-rasm. Suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish

[20].

Yuqorida keltirilgan 1-rasm ma'lumotlaridan kelib chiqib o'tgan yilning mos davriga nisbatan to'qimachilik chiqindilari 21,3 % ga, oqova suvlarni yo'qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo'yicha xizmatlarda 7,0 % ga ko'paydi. Shuningdek, axlat o'ralarni, tindirgichlarni va septiklarni bo'shatish, tozalash va ishlov berish bo'yicha xizmatlarda 18,3 % ga kamayish kuzatilgan.

Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, maishiy chiqindilarni tashish, qayta ishlash va utilizatsiya bo'yicha keltirilgan kamchiliklar tizim faoliyatini samarali yuritishga to'siq bo'layotganligini ko'rishimiz mumkin.

Bizningcha tizimda keltirilgan mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakat hududlar kesimi shart-sharoitlari, imkoniyatlaridan kelib chiqib maishiy chiqindilarni tashish, qayta ishlash, chiqindi poligonlarida sanitariya holatlarini yaxshilash va utilizatsiya qilish kabi xizmat ko'rsatish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtrish, qonunchilik bazasini mustaxkamlash, aholini xizmatdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, respublika sanoatlashish, aholini soni kesimidan kelib chiqib chiqindilarni 70 % qismini qayta ishlaydigan korxonalarni barpo etish hamda maishiy chiqindi ijtimoi-iqtisodiy munosabatlarini innovatsion, raqamli texnologiyalr bilan qaytadan modernizatsiya qilish orqali bartaraf etishimiz mumkin. Shundagina mamlakatimiz sanoati uchun yarim tayyor mahsulotlar ulushini ko'payishi, atrof-muhit tozaligini ta'minlanishi hamda aholi faravonligini yuksalishiga xizmat qilishi mumkin.

Xulosa va takliflar. Yuqoridan keltirilgan fikrlar, tahlillar va xulosalarimizdan kelib chiqib mamlakatimizda maishiy chiqindilarni tashish va qayta ishlashni mohiyatini to'laqonli tushinishimiz va xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalar keltirdik:

Birinchidan, maishiy chiqindilarni tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish maqsadida hududlar kesimida institutsional islohotlarni "davlat-tadbirkor-aholi" tuqtai nazaridan faoliyatini raqamli, innovatsion texnologiyalar yordamida soha xizmat ko'rsatishni takomillashtirish;

Ikkinchidan, aholining shahar va qishloq joylarda qattiq maishiy chiqindilarni to'plash, olib chiqib ketish bo'yicha xizmatlar bilan to'liq qamrab olinishini ta'minlashga yo'naltirilgan sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali hamda raqamlashtirilgan tizimini yaratish;

Uchuinchidan, poligonlarga ko'mish uchun yo'naltiriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini kamaytirish, ularni qayta ishlash tizizmini takomillashtirish, sanitariya va ekologik me'yorlar talablariga muvofiq keladigan zamonaviy qattiq maishiy chiqindi poligonlarini yaratish, shuningdek, mavjud poligonlarni yopish va rekultivatsiya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ko'rish;

To'rtinchidan, sanitariya jihatidan tozalash sohasida narxlar shakllanishini takomillashtirish, xizmat ko'rsatish tariflarni optimallashtirish hamda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish ob'yektlaridan muqobil energiya manbalari sifatida foydalanish kabi ustuvor vazifalarni amaliyotga tadbir etish.

FOYDALANILGANADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi, PF-60-son Farmoni. www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning "Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog'liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4845-son Qarori. Toshkent sh., 2020-yil 29-sentabr. www.lex.uz

3. В.Ёдгаров, Д.Бутунов "Уй-жой коммунал хужалиги икктисодиёти ва бошкаруви" Дарслик.Тошкент. "Ношир" нашриёти. 2012 йил, 127-бет.

4. Санжар Бобоцулов. Коммунал хизмат курсатиш тизими самарадорлигини ошириш усуллари. "Икктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2017 йил. https://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/8_S_Boboqulov.pdf

5. Tobirov O. Q., Vahobjon o'g'li V. V. Chiqindi poligonlarini joylashtirish va unga ta'sir etuvchi omillar //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2023. - Т. 3. - №. 12. - С. 71-78.

6. Boboqulov S. B. et al. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyoti sharoitida elektron biznesni rivojlantirish yo'llari // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. - 2023. -Т. 1. - №. 10. - С. 524-529.

7. A.N. Nizamov, S.K. Yuldashev, A.X. Jumayev, Sh.S. Sharifov, S.B. Boboqulov. Salary in the system of material incentives for workers of construction //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. - 2020. - Т. 12.

- №. 7. - P. 1925-1927.

8. Bobokulov S.B. Diversifying the service field under digitalization //American Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2022. - V. 11.

- ISSN Online: 2771-8948. - P. 218-224.

9. Bobokulov S. B. et al. Methods of increasing efficiency of the public utilities //International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development.

- 2019. - V. 1. - №. 1. - P. 7-10.

10. Boboqulov S.B. Kommunal xizmat ko'rsatishda xarajatlarni optimallashtirish // The innovation economy. - 2023. - Т. 1. - №. 2. - P. 92-100.

11. Бобокулов С. Б. Коммунал хизмат курсатиш сохдсининг хориж тажрибаси ва мамлакатимизда улардан фойдаланиш йуллари //Инновацион технологиялар. - 2022. - Т. 1. - №. 4 (48). - С. 116-120.

12. Бобокулов С. Б. Роль модернизации в повышении эффективности системы коммунальных услуг //Экономика и предпринимательство. - 2020. -№. 7. - С. 820-822.

13. Mirzaxodjayev A. B. Sharifov Sh //S., Boboqulov SB," MAKROIQTISODIYOT" o'quv qo'llanma. - 2021.

14. Boboqulov Sanjar Baxronkulovich, Qadamboyeva Dilso'z Doniyor Qizi Raqamli iqtisodiyoti sharoitida innovatsion texnologiyalar asosida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari // JMBM. 2023. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-iqtisodiyoti-sharoitida-innovatsion-texnologiyalar-asosida-tadbirkorlik-faoliyatini-rivoilantirish-istiqbollari (дата обращения: 10.01.2024).

15. Baxronkulovich Boboqulov Sanjar, Ortiqov Farmonboy Raxmon o'g'li, And Mexriddinov Fahriddin Asqar o'g'li. "O'zbekistonda axborot-texnologiyalarini rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy asoslari."Formation and Development of Pedagogical Creativity: International Scientific-Practical Conference (Belgium). Vol. 1. 2023.

16. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy

bazasi

17. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligi.

https://daryo.uz/2023/10/06/jahon-banki-ozbekistonning-yim-osishi-boyicha-prognozlarini-yaxshiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.