Научная статья на тему 'MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING “PADARKUSH” DRAMASI TAHLILI'

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING “PADARKUSH” DRAMASI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
24719
868
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadid / ijtimoiy-siyosiy / demokratik / dramaturg / publisist / jamoat arbobi / Samarqand / Boy / Toshmurod / Domla / Ziyoli / Tangriqul / Artun / ma’rifatparvar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dildora Shokir Qizi Yorbulova

Ushbu maqolada jadid adabiyotining yirik vakillaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi tahlil qilinadi. Undagi badiiy obrazlar izohga tortiladi. Hozirgi kundagi sharqona odatlarimiz bilan o‘zaro solishtiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING “PADARKUSH” DRAMASI TAHLILI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING "PADARKUSH" DRAMASI TAHLILI

Dildora Shokir qizi Yorbulova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti O'zbek tili va adabiyoti 3-kurs talabasi

Ushbu maqolada jadid adabiyotining yirik vakillaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush" dramasi tahlil qilinadi. Undagi badiiy obrazlar izohga tortiladi. Hozirgi kundagi sharqona odatlarimiz bilan o'zaro solishtiriladi.

Tayanch so'zlar: jadid, ijtimoiy-siyosiy, demokratik, dramaturg, publisist, jamoat arbobi, Samarqand, Boy, Toshmurod, Domla, Ziyoli, Tangriqul, Artun, ma'rifatparvar.

Kirish. "Jadid" arabcha so'z bo'lib, "yangi" degan ma'noni anglatadi. Shuning uchun ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg'ul bo'lgan taraqqiyparvar, ilg'or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda "jadid" degan nomga musharraf bo'ldilar. Ularning harakati esa jadidchilik deb nomlandi. Bu harakatning paydo bo'lishi bevosita o'sha davrdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog'liq bo'ldi. " Jadidchilik g'oylari erta bahorning shiddatli shamollari singari po'panak bosib, biljirab ketgan o'rt asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha ochib tashlanadi. Xusuan, jadidlarimiz millatning yashamog'I, taraqqiy topmog'i uchun, birinchi navbatda , ozod, mustaqil bo'lmog'I lozimligini anglab yetdilar va keng xalqni uyg'otishga alohida e'tibor berdilar" [1, 4]. Jadid adabiyotimiz vakillaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiydir.

Asosiy qism. Taniqli dramaturt, publicist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiy Samarqandda tug'ilgan. Behbudiy Ahmad Yassaviy avlodidan, qozixonada qozi, mufti darajasigacha ko'tariilgan. Behbudiy 1911-yilda "Padarkush" dramasini yozdi. Bu birinchi o'zbek dramasi edi. Drama tuzilishi 3 parda, 4 manzaradan iborat. Milliy fojiaga asoslangan bu asarni dastlab nashr qilish biroz cheklanadi. Bunga esa o'sha zamondagi davlat tuzumi sabab bo'lgan. Asar mazmuni o'qimagan va johil farzandning o'z otasini o'ldirishi haqida edi. Padarkush so'zining ma'nosi "ota qotili" degan ma'noni beradi.

Dramada Boy, uning o'g'li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo'lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dramaturg ilgari surgan ma'rifatparvarlik g'oyasi shu obrazlarning o'zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo'ladi. Behbudiy Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo'lgan, ammo farzand tarbiyasi va ilmiga e'tibor bermagan

ANNOTATSIYA

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

kimsa sifatida aks ettiradi. Dramadagi boyning eng katta xatosi Ziyoli va Domlaning gapiga quloq solmaganligidadir. Asardagi domla va Ziyolining hayot yo'llari bir-biriga yaqin. Dramada ikki obraz xususiyatlari bir-biriga qarama-qarshi qo'yiladi. Domla va Ziyoli Boy, Toshmurod, Tangriqul, Toshmurod, Artun obrazlariga qarama-qarshi zidlangan tarzda ifodalanadi. Dramatik asar voqealarini o'zaro ziddiyat shakllantiradi. Bu vaziyatni ilmlilar va ilmsizlar o'rtasidagi kurash bilan izohlanadi.

Adabiyotlar va metodologiya. Ushbu asar 1911-yilda yozilgan. Oradan ikki yil o'tgach, ushbu asar kitob holatda chop etiladi. "Turon truppasi 1914-1916 yillarda bu spektakl bilan butun Farg'ona vodiysini aylanib chiqdi. "Padarkush" Turkistonni junbushga keltirgan qirg'inbarot inqilob yillarda ham sahnada tushmadi. Bir tomondan, millatni ma'rifat va taraqqiyot sari undashda buyuk rol o'ynagan bo'lsa, ikkinchi yoqdan professional o'zbek teatri va dramachiligining maydonga kelishi hamda taraqqiyotida muhim xizmat qildi"[2, 166].

Xulosa. Biz bir narsani yodimizdan chiqarmasligimiz kerak, mehnat-mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erisha olmaysiz. Qachonki o'qib bilim olsak, shundagina hayot yo'limiz saodatli, umrimiz oxirigacha rohat-farog'atda o'tadi. Shuni ham unutmaslik kerakki , farzandlar aynan ota-onasidan o'rnak oladi. Bu hayotiy hikmatni Mahmudxo'ja Behbudiy tengdoshimiz Toshmurod misolida bizga buni yetqazmoqchi bo'lgan, albatta. Xulosa qilib aytganda, «Padarkush» dramasi ana shunday ilm-ma'rifatga targ'ib va tashviq qilish e'tiboridan juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

1. Begali Qosimov. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik:.T - Ma'naviyat, 2002

2. Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug'bek Dolimov, Sunnat Axmedov. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti:.T - Ma'naviyat, 2004

3. https://hozir.org

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.