Научная статья на тему 'MAHALLIY GAZKONDENSATLARNING TARKIBI VA XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILISH'

MAHALLIY GAZKONDENSATLARNING TARKIBI VA XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
83
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — P. S. Djavadov, O. B. Axmedova

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror va farmoyishlariga muvofiq “O‘zbekneftgaz” AJ ga Respublikaning Ustyurt, Buxoro-Xiva, Farg‘ona, Hisor va Markaziy Qizilqum regionlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun neft va gazga istiqbolli bir qator kon va maydonlar ajratilgan. Oʻzbekistonda 45 dan ortiq gazkondensat konlari mavjud boʻlib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan. Xususan, 2022 yilda kon va istiqbolli maydonlar hududida 5 ta yangi neft va gaz kondensat konlari ochildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY GAZKONDENSATLARNING TARKIBI VA XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MAHALLIY GAZKONDENSATLARNING TARKIBI VA XUSUSIYATLARINI

TADQIQ QILISH

P. S. Djavadov, O. B. Axmedova

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror va farmoyishlariga muvofiq "O'zbekneftgaz" AJ ga Respublikaning Ustyurt, Buxoro-Xiva, Farg'ona, Hisor va Markaziy Qizilqum regionlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun neft va gazga istiqbolli bir qator kon va maydonlar ajratilgan. O'zbekistonda 45 dan ortiq gazkondensat konlari mavjud bo'lib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan. Xususan, 2022 yilda kon va istiqbolli maydonlar hududida 5 ta yangi neft va gaz kondensat konlari ochildi.

Kondensatlar qanday holatda ekanligiga qarab beqaror (yetilmagan) va barqaror (yetilgan) kondensatlarga bo'linadi.

Beqaror kondensat deb, gazni kondensatdan ajratish (separatsiya) jarayoni davomida o'sha sharoit bosimi va haroratida ajralib chiqqan kondensatga aytiladi. U asosan yuqori (C5 va undan yuqori) uglevodorodlardan iborat bo'lib, ular standart sharoitlarda suyuqlik holatidadir. Ular tarkibida ba'zan butan va H2S bug'lari uchraydi. Amalda ishlatiladigan gazokondensat omili gazokondensat uyumlarining

"5

ta'rifini ifodalashda qo'l keladi. Olinayotgan gazdan ajralishi mumkin bo'lgan 1 m kondensat bilan o'lchanadigan bu ko'rsatkich aksariyat 1500-25000 m / m atrofida o'zgaradi.

Barqaror kondensatlar deb, maxsus kondensat ajratib oluvchi asbob-uskunalarda ajratib olingan tayyor holdagi mahsulotga aytiladi. Yetilgan kondensat faqat penten va undan yuqori uglevodorodlardan tashkil topgan bo'ladi. Bunday kondensatlarni yetilmagan kondensatlardan oladi. Qatlam ichida boshlangan kondensat harakati, to u kondensat ajratuvchi asbob-uskunalarga borguncha juda murakkab jarayonlardan o'tadi.

"5

Bunda uning qaynash darajasi 40°-200 °S orasida, molekular massasi 90-160 g\sm o'rtasida bo'ladi. O'z tarkibidagi kondensat miqdoriga qarab gazokondensat konlari

-5 -5

kam kondensatga ega bo'lgan (150 sm \ m gacha), o'rtacha miqdordagi kondensatga ega (150-300 sm \ m) hamda eng yuqori kondensatga ega (600 sm \m dan yuqori) turkumlarga bo'linadi. Kondensatsiyaning boshlanish bosimi kondensat konlarining eng muhim ko'rsatkichidir. Agar qazib chiqarish jarayonida gazokondensat konlarining bosimi kamayib borsa, natijada gazdan ajralib chiqib, qatlam g'ovaklarida cho'kib qoladi. U qatlamga suyuqlik sifatida shimilib ketib, shunday qimmatli xom ashyoning

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

yo'qolishiga sabab bo'ladi. Shunga yo'l qo'ymaslik uchun gazokondensat konlari bilan ishlashning dastlabki davrida uni harmonlama yaxshilab tadqiq qilish lozim bo'ladi.

Gaz kondensati tabiiy gazni qayta ishlash natijasida og'ir uglevodorodlarni ajratib olish natijasida hosil bo'lgan mahsulot bo'lib hisoblanadi. Uning o'rtacha zichligi 0,715

-5

- 0,735 g/sm ni tashkil qiladi. Gaz kondensatining sifati TSt 39.0-02:2004 tarmoq standarti talablariga asosan nazorat qilinadi. Gaz kondensati neftni qayta ishlash zavodlariga jo'natiladi.

Hozirgi vaqtda qator gazni qayta ishlash qurilmalari foydalanishga topshirilgan (Mubarak, Kokdumaloq va boshqa), bu qurilmalar yordamida gazokondensat neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi va undan motor yoqilg'isi ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda ishlab turgan gaz konlari gazokondensatlari o'ziga xos xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval.

O'zbekistondagi turli gaz konlari gazkondensatlari tavsifi

Gaz koni Harorat, oS Fizik xossasi Uglevodorodlar tarkibi, % Bog'langan oltingugurt miqdori, % Rangi, I/n

Quyi harorat fuqor n20 D d420 ,g/sm3 Parafinlar Naftenlar Arenlar

Ko'kdumoloq 45 385 1,4392 768 62,1 29,1 12,0 0,2-0,3 28

Sho'rtan 35 260 1,4358 740 47,0 26,0 27,0 0,08-0,1 12

Muborak (shimoliy) 40 350 1,4274 738 62,1 29,2 14,5 0,15-0,3 19

Muborak (janubiy) 45 355 1,4281 735 58,0 32,0 10,0 0,15-0,5 20

Uchqir 40 360 1,4486 787 39,1 36,7 24,2 0.1-0,5 25

Gazli 45 370 1,4460 765 45 23 29,0 0,2-0,6 30

Qandim 50 380 1,4486 787 39,1 36,7 24,2 0,25-0,6 30

Boshqa qolgan konlar jami 55 390 1,4675 810 47,5 40,8 16,7 0,3-0,5 35

* -kondensat miqdori, ming tonna hisobida

Tadqiqotlardan ma'lumki, hamma o'rganilgan gazkondensatlarining asosiy qismi (benzin (ligroin) fraksiyani (100-200 0S) yoki C7 - Ci8 tarkibli uglevodorodlar tashkil qiladi, kondensatda yengil (100 0S gacha) fraksiya miqdori 10 % gacha keskin oshadi. Ba'zi kondensatlar benzol gomologlari (20-30 % gacha) yuqoriligi va siklogeksan gomologlari (20-25 % gacha) yuqoriligi bilan farq qiladi. Boshqasida esa - bu uglevodorodlar miqdori kamligi va siklopentan gomologlari miqdori yuqoriligi bilan tavsiflanadi.

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, turli konlardan olinadigan gazokondensatlar fizik-kimyoviy xossalari va uglevodorodlar tarkibi ham sifati ham chiqimi bo'yicha farq qiladi. Hamma kondensatlar quyilish harorati pastligi (-60 0C kam) va alangalanish harorati (-25 0C) bilan tavsiflanadi, hamda gazokondensatlar fraktsion tarkibi bilan farq

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

qiladi. Gazkondensatlarning uglevodorodlar tarkibini o'rganib, ularni ikki guruhga bo'lish mumkin:

- aromatik uglevodorodlarga boy kondensatlar (Gazli, Uchqir);

- yuqori parafinli aromatik uglevodorodlari kam bo'lgan kondensatlar (Janubiy Muborak).

Engil gaz kondensatlari Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda qaynay boshlaydi, bu o'z navbatida ichki yonuv dvigatellarini ta'minlash tizimida bor tiqinlarni paydo bo'lishiga moyillikni kuchaytiradi. Biroq maxsus tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zamonaviy ichki yonuv dvigatellarining ta'minlash tizimida bor tiqinlari hosil bo'ladigan harorat mashinalarning O'rta Osiyo sharoitlarida ishlaganida yuzaga keluvchi odatdagi qiymatdan biroz yuqori bo'lar ekan.

Gaz kondensatlari uncha yuqori bo'lmagan antidetonastion xususiyatlarga ega bo'lib, ularning oktan soni 54-58 oralig'ida bo'ladi. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning detonastiyaga chidamliligini zamonaviy ichki yonuv dvigatellar talab qilinadigan darajagacha oshirish mumkin. Bu holda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo'lgan talabni 50-60% kamaytiradi.

Og'ir gaz kondensatlari respublikamizning qator gaz konlaridan olinadi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, ularda dizel yoqilg'isiga qaraganda engil frakstiyalari ko'proq ekan. Quyidagi jadvalda og'ir gazkondensatlarining ba'zi xossalari dizel yonilg'isi bilan taqqoslangan.

2-jadval

Og'ir gazkondensatlarining fizik - kimyoviy xossalari

Ko'rsatgichlar Gaz kondensatlari GOST 302-82 bo'yicha

I II III yozgi dizel yonilg'isi

Setan soni 43 53 52 Kamida 45

Frakstiya tarkibi, 0C

Boshlang'ich qaynash 103 111 140 -

harorati

50% qaynash harorati 151 201 208 280 dan past

Oxiri qaynash harorati 282 350 345 360 dan past

20 0C dagi kinematik 1,2 1,7 2,1 3,0.......6,0

qovushqoqligi mm /s

Oltingugurt miqdori, % 0,02 0,02 0,02 ko'pi bilan 0,2%

umumiy

Merkaptanli 0,0001 0,0001 0,0001 ko'pi bilan 0,01%

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Tadqiqotlar xulosasiga ko'ra, gazkondensatlarining qovushqoqligi benzinlarnikiga yaqin bo'lganligi uchun ichki yonuv dvigatellarini ta'minlash tizimini konstruktiv jihatdan o'zgartirish talab qilinadi. Maxsus tajribalar engil gaz kondensatlarining etarli darajada barqaror ekanligini hamda ularni saqlash paytida yo'qotishlar yuqori ekanligini ko'rsatdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Akhmedova, O. B., & Boboqulov, F. B. (2021). Analysis of the effectiveness of methyldiethanolamine absorbent in the purification of gases. In International scientific-practical online conference" Innovative solutions to current problems in the field of organometallic high-molecular compounds." Tashkent May (Vol. 28, pp. 211-213).

2. Baxronovna, A. O., & Zafar o'g'li, R. Z. (2021, November). GAZLARINI TOZALASHDA QO'LLANILADIGAN ABSORBENT-METILDIETANOLAMIN OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH. In KONFERENSIYa-SIMPOZIUM (p. 252).

3. Akramova, Z. N., & Axmedova, O. B. (2021). Gazni tayyorlash jarayonida ishlatiladigan past haroratli separator. Science and Education, 2(11), 400-407.

4. Axmedova, O. B., & Boltayev, S. S. (2021, November). To study the effect of local demulsifier for oil desalination and dehydration process. Low temperature separator used in gas preparation process. In V International Conference-Symposium on" Chemical technology and anotechnology-research in the field of chemistry of high-molecular compounds and organic substances and composite materials-problems and solutions." Tashkent.

5. Babamuratov, B. E., & Ubaydullayeva, N. (2022). NEFT VA GAZ ZAXIRALARI VA RESURSLARINI BAHOLASH. Eurasian Journal of Academic Research, 2(11), 167-171.

6. Abdulloyev, H. R., & Safarov, J. A. O. G. L. (2022). Surgil konidagi 43-quduqdan olingan kondensatning fizikkimyoviy xossalarini o'rganish. Science and Education, 3(11), 385-390.

7. Toshboyev S. O. O. G. L., & G'Aybullayev S. A. (2022). Tabiiy gazlardagi keraksiz komponentlarni gazning tovarlik xususiyatlariga ta'siri. Science and Education, 3 (3), 206-213.

8. Behruz To'Ymurodovich Salomatov, Murodillo Zoirovich Komilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA'SIRI. Scientific progress, 3 (1), 71-78.

9. Фазлиддин Мустаким Угли Каромов, Нилуфар Илёс Кизи Шокирова, & Саиджон Абдусалимович Гайбуллаев (2022). ПОЛИМЕРЛАР САНОАТИНИНГ

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ХАЛК ХУЖАЛИГИДА КУЛЛАНИЛИШ ХЩАТИНИНГ ТАДЛИЛИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (3), 83-93.

10. Jamshidbek Alisherovich Umarov, Murodillo Zoirovich Komilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI. Scientific progress, 3 (3), 593-599.

11. O'Lmas Niyoz O'G'Li Namozov, Qayum Karimovich Jumayev, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). GAZLARNI QURITISH USULLARI VA JARAYON PARAMETRLARI. Scientific progress, 3 (3), 602-611.

12. Farhod Kamolovich Davronov, Sadulla G'Aybullayevich Toshev, Ozoda Baxronovna Axmedova, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). GIDROGENLOVCHI KATALIZATORLAR MODIFIKATSIYALOVCHI QO'SHIMCHALARINING TASHUVCHILAR VA FAOL KATALIZATOR MARKAZLARI STURKTURASIGA TA'SIRI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (5), 561-571.

13. Shahzodjon Hayot O'G'Li Yaxyoyev, Ozoda Baxronovna Axmedova, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). GAZLARNI GLIKOLLI QURITISH JARAYONINING ISHCHI PARAMETRLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (5), 543-552.

14. Mirshod Ismatovich Isroilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Piroliz jarayonining neft-gazkimyo sanoatidagi ahamiyati. Science and Education, 3 (2), 349-358.

15. Gaybullaev S.A. ANALYSIS OF THE CONDITIONS FOR THE FORMATION OF GAS HYDRATES DURING THE TRANSPORTATION AND PROCESSING OF HYDROCARBON GAS, AND THE PREVENTION OF HYDRATE FORMATION // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2022. 7(100).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.