Научная статья на тему 'MADANIYAT VA SAN‘AT MENEJMENTI VA UNING ZAMONAVIY KO‘RINISHLARI'

MADANIYAT VA SAN‘AT MENEJMENTI VA UNING ZAMONAVIY KO‘RINISHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
296
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / madaniyat / menejment / ilmiy yondoshuv

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umid Todjidinovich Todjidinov

San’at boshqaruvida qo‘llanilayotgan amaliy boshqaruv usullarini o‘rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish. San’at boshqaruvida kreativlik yutuqlarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvning yangi texnologik mexanizmlarini o‘rganish asosida Respublikamizdagi barcha san’at muassasalari faoliyatini to‘g‘ri boshqarishga yordam beruvchi tavsiyalarni ishlab chiqish. Tanlangan mavzu nazariy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lsada, maqola yozish davomida faqatgina nazariya bilan cheklanib qolmaslikka, qo‘yilgan masalaning amaliy ahamiyatiga ham jiddiy e’tibor berildi. Zero har qanday nazariy fikrdan maqsad amaliy holatni yaxshilash, erishilgan natijaning darajasini sifat jihatidan bir qadar oshirishdir. Mazkur tadqiqot davomida art menejment sohasining ilg‘or tajriba va tavsiyalaridan keng foydalanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT VA SAN‘AT MENEJMENTI VA UNING ZAMONAVIY KO‘RINISHLARI»

MADANIYAT VA SAN'AT MENEJMENTI VA UNING ZAMONAVIY

KO'RINISHLARI

Umid Todjidinovich Todjidinov [email protected] O'zDSMI

Annotatsiya: San'at boshqaruvida qo'llanilayotgan amaliy boshqaruv usullarini o'rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish. San'at boshqaruvida kreativlik yutuqlarini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvning yangi texnologik mexanizmlarini o'rganish asosida Respublikamizdagi barcha san'at muassasalari faoliyatini to'g'ri boshqarishga yordam beruvchi tavsiyalarni ishlab chiqish. Tanlangan mavzu nazariy muammolarga bag'ishlangan bo'lsada, maqola yozish davomida faqatgina nazariya bilan cheklanib qolmaslikka, qo'yilgan masalaning amaliy ahamiyatiga ham jiddiy e'tibor berildi. Zero har qanday nazariy fikrdan maqsad - amaliy holatni yaxshilash, erishilgan natijaning darajasini sifat jihatidan bir qadar oshirishdir. Mazkur tadqiqot davomida art menejment sohasining ilg'or tajriba va tavsiyalaridan keng foydalanildi.

Kalit so'zlar: san'at, madaniyat, menejment, ilmiy yondoshuv

SCIENTIFIC APPROACHES TO ART AND CULTURAL MANAGEMENT AND ITS MODERN CLASSIFICATION

Umid Todjidinovich Todjidinov [email protected] UzSIAC

Abstract: To study, generalize, draw conclusions about the practical management methods used in art management. Adaptation of creative achievements in art management to the conditions of Uzbekistan, the development of recommendations to help manage the activities of all art institutions in the country on the basis of the study of new technological mechanisms of management. Although the chosen topic is devoted to theoretical problems, during the writing of the article, serious attention was paid not only to the theory, but also to the practical significance of the problem. After all, the goal of any theoretical idea is to improve the practical situation, to increase the level of the achieved result in terms of quality. The study made extensive use of best practices and recommendations in the field of art management.

Keywords: art, culture, management, scientific approach

San'at va madaniyat sohasi menejmenti mamlakatimizda aholi turli tabaqalari vakillarini badiiy, estetik, ahloqiy, ijtimoiy-siyosiy, yo'nalishlarda tarbiyalash, odamlarning ma'naviy, ijodiy faolligini tashkil etish, barkamol insonni shakllantirishdagi o'rni va roli kattadir. Madaniyat va san'at sohasidagi o'zgarishlar, xususan madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va san'at saroylari, muzeylar, madaniyat va istirohat bog'lari, mahalla guzarlari, axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, rassomlik galeriyalari orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Sobiq sho'rolar davrida bu faoliyat madaniy-oqartuv ishi nomi bilan yuritilar, ularning asosiy ish mazmuni totalitar tuzum mafkurasining badiiy vositalar orqali aholining eng quyi qatlamlariga qadar yetib borishi uchun xizmat qilar edi. O'sha davrdagi klub muassasalariga odamlar deyarli kirishmas, badiiy havaskorlik ijodiyoti nomiga tashkil etilar edi. Qishloq joylaridagi kutubxonalarning eshiklariga qulf solib qo'yilgan bo'lib, ulardagi kitoblar soni 3-5 mingdan oshmas, ular ham asosan siyosiy adabiyotlardan iborat edi.

Menejment-bu inglizcha so'z bo'lib, ingliz tilining Oksford lug'atida berilgan ta'rifga binoan u:

• boshqaruv hokimiyati va san'ati;

• resurslarni boshqarish bo'yicha a'loxida moxirlik va ma'muriy ko'nikmalar tushuniladi.

Madaniyat va san'at sohasi menejmenti esa madaniyat va san'at muassasalridagi jarayonlarni va personallarni boshqarish demaktir.

Madaniyat va san'at sohasi tarixi qadimiydir. Uning tub ildizlari insoniyatning ilk uyushuvlari davriga borib taqaladi. Ilk uyushuv shakllari ilmiy adabiyotlarda tosh, bronza, temir davrlarida tarkib topganligi talqin etiladi. Bu davrda odamlarning madaniy ijtimoiylashuvi hayotni ta'minlash, uning barqaror davomiyligini belgilash zaruratidan yuzaga kelgan. Hayotning moddiy tomonlarini ta'minlash uchun odamlar bir-birlariga ov qilish, baliq tutish, ekin ekish, teskari insni o'ziga jalb etishga erishishni turli o'yinlar, mashqlar tarzida o'rganib borganlar. O'rgatish uzluksiz, doimiy davom etgan. O'rgatish uzluksizligi va doimiyligi ta'limning alohida soha sifatida shakllanishiga sabab bo'lgan. Demak, madaniyat sohasi faoliyatini ta'limning asosi deyish mumkin.

"Menejer" tushunchasi O'zbekiston Milliy entsiklopediyasida quyidagicha izohlanadi:

"Menejer" (inglizcha - boshqaruvchi):

1. Korxona va kompaniya egalari bo'lmagan, maxsus tayyorgarlik ko'rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini biluvchi malakali mutaxassis, yollanma boshqaruvchi;

2. Rivojlangan mamlakatlarda kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo'lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar,

mudir, ma'muriy boshqaruvchi, rahbar xodim;

3. Obligatsiya zayomlarini chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida o'tkazish bilan shug'ullanuvchi bank sindikatlari guruhlarining rahbar ishtirokchisi.

Madaniyat va san'at menejmenti xaqida ikki yo'nalishda so'z ketadi. Birinchidan, keng ma'noda inson yashash sharoiti uslublari ijtimoiy vokelik sifatida shaxs ijtimoiylashuviga taalluqli bo'lmagan holda va ijtimoiy hodisa tizimiga oid fikrlar: madaniyat va san'at moddiy va ma'naviy muhitni ifodalaydi, insonni shakllanishi va yuksalishiga imkon yaratadi. Ikkinchidan, tor ma'noda, jamiyat hayotidagi aniq doiraga oid fikrlar: (madaniyat va san'at doirasi). Madaniy -tarixiy merosni saqlash va ulardan foydalanishni qamrab oladi (muzey, kutubxona, arxiv ishlari, milliy va mahalliy an'analar, bayramlar va boshqalar). Badiiy ta'lim va bolalar ijodiyoti, san'at, ijodiy (badiiylikka uyg'un) faoliyat, kontsert faoliyati, bo'sh vaqtda ko'ngilochar ishlarni tashkillashtirish, havaskorlik, etnografik san'at va hunar, shuningdek, ularni ta'minlab beruvchi faoliyat (madaniyat iqtisodiyoti, moliyalashtirish, boshqaruv, axborot, kasbiy faoliyatga tayyorlash va qayta tayyorlash). Madaniyat doirasidagi faoliyat turli rasmiy idoralar (davlat, munitsipal, xususiy, jamoat tashkilotlari va h.k.),shuningdek, ayrim odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Bundan so'ng ularning barchasi qisqa qilib firmalar deb ataladi.

Hozirgi globallashuv jarayoni mehnat mentalitetiga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. "Keyingi vaqtlarda tashkilot madaniyati degan termin ilmiy muomalaga ham kiritildi. Ushbu masala bo'yicha tadqiqot olib borayotgan taniqli sotsiolog M. Bekmurodovning fikricha, tashkilot madaniyatimuassasaning nafaqat ishchanlik xususiyatini ifodalaydi, balki tashkilotga xos bo'lgan madaniyatning har bir xodim xatti-charakatlarida aks etishi, shaxsning fe'l-atvorlari motivi darajasiga yuksalishini nazarda tutadi. Tashkilot madaniyati xodimlar tomonidan o'z-o'zicha o'zlashtirilmaydi, balki rejali asoslarda izchillik bilan mutaxassislar ongi, ruhiyatiga singdirib boriladi".

Hozirgi kunda madaniyat va san'at doirasi istalgan firma faoliyatiga tegishlidir (nafaqat madaniyat doirasiga), shuningdek, ulardagi menedjmentlarga ham. Madaniyat ishlarida ko'rinadiki, zamonaviy menedjment (bu haqda kuyiroq to'liq aytib o'tiladi), nafakat o'z ijtimoiy-madaniy kontekstlariga, ijtimoiy doiradagi firmalariga yanada ko'proq bog'lik bo'ladi, balki o'zi ham yangi ko'rinishdagi ijtimoiy-madaniy texnologiya jihatlarini ham o'zlashtirib oladi. Buning ustiga, har bir firma aniq bir madaniyat tashuvchisiga aylanadi (bu haqda ham alohida suxbatlashamiz). Madaniyat doirasi-zamonaviy menedjment ham o'zidagi bor xususiyatlarga asoslanib, madaniyat doirasidagi muassasalar bilan juda muhim hamkorlik olib boradi: homiylikning keng yoyilishi, xayriya, jamoatchilik o'rtasidagi turli aloqalar (Public relations), bularsiz xech bir amal yuzaga chikmaydi.

Madaniyat va san'at sohasi menejmentining dastlabki ko'rinishlaridagi faoliyati

hisoblangan Madaniyat va san'at sohasi menejmentining yuqori bosqichi odamlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qo'shimcha kasblar, hunarlarni o'rganish, qiziqishlar asosidagi klublar, to'garaklarda faoliyat yuritish singari mashg'ulliklar tarzida amal qila boshladi.

Shuningdek, madaniyat va san'at sohasi menejmenti turmush tarzini bezash, an'ana va urf-odatlarni o'tkazish, diniy marosimlarni, tabiat va rasmiy bayramlarni nishonlash shaklida ham namoyon bo'la bordi. Shu tariqa madaniyat va san'at sohasi menejmentining odamlar hayotida mustahkam joylashganligining asosiy omillari oydinlashdi. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Tabiat kuchlaridan qo'rquv asosidagi uyushuv ehtiyoji;

2. Uyushuvning doimiyligini ta'minlash uchun intilish, ya'ni, guruh qabila, urug' liderlari tomonidan muayyan diniy marosimlarni so'zsiz bajarilishining talab etilganligi;

3. Boshqa qabila, urug'lar tahdididan himoyalanishdan iborat ijtimoiy ehtiyoj;

4. Qabila, urug' doirasida amal qilib kelayotgan hayot tarzini, uning davomiyligini ta'minlash maqsadida turli hunarlar (ov qilish, jang qilish, ekin ekish va h.k.)ni yosh avlodga o'rgatib borish zarurati;

5. Naslni davom ettirish zaruratidan kelib chiquvchi ijtimoiy ehtiyoj hamda teskari jinsdan rohat qilish ishtiyoqi;

6. Bo'sh vaqtni qiziqarli o'tkazish xohishidan iborat madaniy ehtiyoj;

7. Odamlarni favqulodda vaziyatlarda yalpi safarbar qila olishga erishish zarurati;

8. Odamlarni o'zaro ahilligi, totuv turmush tarzini ta'minlash uchun ularni biror bir mashg'ulot turi bilan band etib turishdan iborat ijtimoiy ehtiyoj;

9. San'at turlaridan zavq olish, go'zallikka intilish, nafis narsalarni yaratishdan iborat ma'naviy ehtiyoj;

10. Yoshlarni maqsadli tarbiyalash uchun muayyan idellarga yo'naltiruvchi sog'lom raqobat ruhini yaratishdan iborat jamiyat ehtiyoji;

11. Yoshlarni keng dunyoqarash va chuqur bilimli qilib hayotga tayyorlash uchun ularga qo'shimcha bilim va hunarlar berish zarurati;

12. Jamiyatdagi an'ana, marosim, bayram, urf-odatlarning o'tkazilishini ma'lum tartibotlar asosida muvofiqlashtirib borishdan iborat ijtimoiy ehtiyojlar shular jumlasidandir.

Ijtimoiy -madaniy faoliyat shu omillar asosida o'zining asosiy funktsiyalariga ega bo'ldi. Bu funktsiya, ya'ni vazifalar quyidagilardir:

- uzluksizlik;

- davomiylik;

- foydalilik;

- me'yoriylik;

- xavfsizlik;

- go'zallikka oshuftalik;

- ma'naviy o'zlikni saqlab turuvchilik;

- shaxsni va jamoani rivojlantiruvchilik;

- estetik saviya, didni tarbiyalovchilik;

- ta'lim, san'at, fan, ishlab chiqarish va boshqa turli xizmat sohalari oldidagi faoliyatlar hamda vazifalarni ixtiyoriy tarzda jamoaviy yoki individual shakllarda rivojlantiruvchilik.

Sho'rolar davrida ijtimoiy -madaniy faoliyat funktsiyalari muayyan darajada o'zgartirilib, kommunistik mafkuraga to'la moslashtirildi. Uning nomi madaniy-oqartuv ishi deb atala boshlandi. Madaniy-oqartuv ishi tarkibiga kutubxonalar, klublar, muzeylar, madaniyat va istirohat bog'lari kiritildi. Xalqning ming yillar mobaynidagi an'anaviy ijtimoiy -madaniy muassasalari bo'lgan choyxonalar, guzarlar, bog'lar, nodavlat tashkilotlar, diniy muassasalar, shuningdek, milliy va ijtimoiy uyushganlik shakllari bo'lgan odamlarning ko'ngilli uyushmalari, to'ylar, marosim va an'analar, urf -odatlar bu tarkibdan chetda qoldi.

Bir makon va zamon muhitida xalq turmush tarzi o'zgacha, sovetlarning madaniy- oqartuv ishi o'zgacha tarzda amal qila boshladi. Madaniy-oqartuv ishida ommaviylik tamoyili ishlamadi. Shuningdek bu faoliyat odamlarning milliy ruxiga begona ish va mashg'ulotlar tarzida amal qilib keldi. Shunga qaramay sho'rolarning klub va kutubxona muassasalari partiya qarorlari hamda mustabid hokimiyat yo'riqnomalarini aholining eng quyi bo'g'inlarigacha yetkazish ommani siyosiy-mafkuraviy ta'sir doirasida mustaxkam ushlab turishda muayyan rol o'ynaydi.

Sho'rolar davri madaniy-oqartuv ishi mazmuni quyidagilardan iborat edi:

1. Aholi dunyoqarashining uzluksiz boshqarib turish;

2. Ruxsat etilgan havaskorlik to'garaklariga aholini jalb etish;

3. Hukmron kommunistik partiya g'oyalarini targ'ib etish;

Shunday qilib, sho'rolar davriga xos bo'lgan xususiyatlar qo'yidagilardan iborat

- Barcha sohalarda yakka hukmronlik qilish mavjud edi.

- Tadbirkorlik, tijorat ishlari sikuvga olingan edi.

- Ijtimoiy hayotda dinning roli past edi.

- Jamoat tashkilotlarining faoliyati sust edi.

- Xalqaro hamjamiyatlar bilan aloqa deyarli yo'q edi.

- Milliy madaniy

- Ma'naviy merosga hurmat sun'iy pasaytirilgan edi.

- Odamlar dunyoda nima bo'layotganini bilmas edilar.

- Ayollar ijtimoiy hayotda kam ishtirok etar edilar.

- Yoshlar jamiyatda xal kiluvchi kuch emas edilar.

Bugungi kunda madaniyat va san'at sohasi menejmenti xodimi:

Odamlarning ijtimoiy-madaniy extiyojlari asosidagi takliflarni shakllantiruvchilik;

1. Aholini turli ijtimoiy jamolarga uyushtiruvchilik;

2. Aholi dunyokarashini maksadli boyituvchilik;

3. Aholi iste'dodlarini aniqlovchilik va tarbiyalovchilik;

4. Milliy qadriyatlarini tiklashga xizmat qiluvchilik maqomlariga ega bo'ldi.

Istiqlolga erishganimizdan so'ng madaniyat va san'at sohasi menejmenti tubdan

o'zgardi. Bu sohada tub tarkibiy o'zgarishlar tadrijiy tarzda amalga oshirilmoqda. Mazkur o'zgarishlar natijasida ijtimoiy-madaniy faoliyatning asosiy ish funktsiyalari tarkib toptirildi. Ular quyidagilar:

1. O'zbekistonni mustaqil rivojlanishini ta'minlovchi besh asosiy tamoyilning hayotdan mustahkam o'rin olishiga ko'maklashish;

2. Aholi turli qatlamlarida mamlakatimizda yuz berayotgan o'zgarishlar jarayoniga bevosita dahldorlikni shakllantirish;

3. Hech kimdan kam bo'lmagan shaxs, jamiyat va davlatni shakllantirishga faol ko'maklashish;

4. Jamiyatda hushyorlik sezgirlik ogohlikni ta'minlashda aholini faol qatnashtirish;

5. Odamlarni sho'rolar davridagi kabi noiloj emas, balki, dildan xohlab yakdil birlashuviga xizmat qilish;

6. Aholini bunyodkorlik faoliyatlariga yo'naltirish;

7. Aholini madaniyat, san'at, texnika, hunarmandchilik va sport mashg'ulotlari, klublari, to'garaklariga to'liq qamrov tamoyili asosida keng jalb etilishiga erishish;

8. Odamlarda milliy an'analar, urf-odatlar, qadimiy bayramlarimizga ehtirom fazilatini tarkib toptirish orqali milliy o'zlikni anglashga ko'maklashish;

9. Aholi turli tabaqalari vakillarida istiqlol ramzlari, bayramlari, ideallariga sadoqat, fidoiylik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilish ;

10. Odamlarda badiiy estetik didning yuqori darajada shaklanishiga xizmat qilish;

11. Axolida oila muqaddasligi qadriyatining mustahkamlanishiga faol xizmat qilish;

12. "Maktab-oila-mahalla" hamkorligini ta'minlash orqali ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirishga erishish;

13. Turli ijtimoiy harakatlar, nodavlat tashkilotlar, partiyalar, milliy -madaniy markazlar bilan faol hamkorlikni yo'lga qo'yish;

14. "Zamonamiz qahramoni" obrazini hududdagi real shaxslar timsolida yaratish orqali ibrat omilini keng targ'ib etish;

15. Har bir insonga xos bo'lgan iste'dodni aniqlash yo'lida doimiy faoliyat olib borish va ularning xududiy intellektual salohiyat haritasini ishlab chiqish;

15. Jamiyatdagi ijobiy o'zgarishlarni reklama qilish orqali yoshlarda faol bunyodkorlik fazilatlarini shakllantirish;

16. Hududning ijtimoiy-madaniy rivojlanish imkoniyatlari bo'yicha asoslangan amaliy prognozlar yaratish ishlarini olib borish;

17. Istiqlol yillarida shu tariqa madaniyat va san'at sohasi menejmenti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha isloxotlarning uzviy bo'g'iniga aylandi.

Bugungi kunda madaniyat va san'at sohasi menejmenti kasbining sohibi quyidagi sohalarda ishlashlari mumkin:

1. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi muassasalarda; (madaniyat va aholi dam olish markazlari, klublar, muzeylar, parklar)

2. Turli ijtimoiy harakatlar, partiyalar, nodavlat tashkilotlarda, qo'shma korxonalarda;

3. Ijtimoiy va tijorat reklama muassasalarida;

4. Mahalliy hokimiyat tuzilmalarida, mahalla bo'g'inlarida;

5. Ommaviy axborot vositalarida, radio va televidenieda;

6. Sotsiologik markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlarida;

7. Milliy-madaniy markazlarda;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Kontsert tashkilotlarida; (san'at menejeri prodyusser)

9. Milliy-madaniy merosni saqlash va uni targ'ib etuvchi muassasalarda;

10. Pedagogik faoliyatlarni tashkil etishda;

San'at sohasi boshqaruvi kasbining imkoniyat doirasi keng bo'lib, bozor munosabatlarining talab va taklif tamoyili talablari asosida erkin faoliyatlarni yo'lga qo'yishga yo'naltirilgandir.

San'at sohasi boshqaruvining tamoyillari bir-biridan alohida holda mavjud bulmaydi, ular yaxlit tizimni tashkil etadi va ularning har biri bo'sh vaqt sharoitida ommaning madaniyat va san'at sohasi menejmentiida yagona jarayonning ajralmas qismini ifodalaydi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning tamoyillari madaniyat va san'at sohasi menejmentining mavjud konuniyatlarini aks ettiradi va barchasi birgalikda ijtimoiy-madaniy ishlarning harakteri, mazmuni va shakllarini belgilaydi. Bu tamoyillardan birining bo'lmasligi umumiy bir butunlikning buzulishiga olib keladi.

San'at sohasi boshqaruvi aholining dam olishini tashkil kilish, ommaga axborot va bilim berish, ommani xavaskorlik ijodiyotiga jalb kilish kabi vazifalarni ham bajaradi.

Demak, madaniy-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda ijtimoiy-madaniy faoliyatning o'ziga xos tashkiliy xususiyatlariga murojaat etish muhim urin tutadi. Chunki har xil madaniyat va san'at sohasi menejmenti shaklini tashkil kilishda bu vazifalardan birdek foydalanila bermaydi. Ba'zi shakllarda ko'prok axborot beriladi, ba'zilari, asosan, dam olish uchun xizmat qiladi, boshqalari ko'prok madaniy-ijodiy

jarayonga qatnashtirishga yordam beradi.

Xulosa: Madaniyat va san'at sohasi faoliyatidagi tadbirlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri u bir marta tashkil qilinib, asosan, bir marta namoyish qilinadi. Agar spektakllar, kinofilmlar tayyorlanganidan so'ng yuzlab marta namoyish qilinsa, ijtimoiy-madaniy muassasalardagi tadbirlar, asosan, takroran qo'yilmaydi. Madaniyat va san'at sohasi menejmenti tadbirlarining deyarli hammasi xuddi shu xususiyatga ega. Faqat badiiy targ'ibot-tashviqot jamoalari, ba'zi mavzuli kontsert dasturlari bir marta tayyorlanib, har xil joylarda bir necha marta namoyish etilishi mumkin. Ular ma'lum vaqt mobaynida (masalan, ma'lum mavsumda, ish jarayonida, ya'ni paxta, g'alla yig'im- terimida...) bir necha marta namoyish qilinishi mumkin. Lekin ma'lum muddatdan so'ng, albatta boshqa yangi dastur tuzishga tayyorgarlik ko'riladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2016.

2. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish to'g'risidagi Harakatlar strategiyasi" O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. -2017-yil.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi "Madaniyat va san'at sohasida davlatxususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratish chora-tadbirlari To'g'risida"gi PQ-3892-sonli qarori 2017-yil 16-oktyabr, PQ-3325- son.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasini

5. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirishdir. -Toshkent.: O'zbekiston, 2010.

6. Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish -yorug' kelajagimizning asosiy omilidir.-Toshkent.: O'zbekiston, 2014.

7. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

8. EonTaSoeBa Y. HyTK caHtaraHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba eHHMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

9. YCMOHOB m. CAX,HA^A TAm^H ^HÉOArA AKTÉPHHHr MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

10. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

11. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE

//International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. -№. Conference. - C. 4-4.

12. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.