Научная статья на тему 'MA`NODOSH SO`ZLARNI O‟QITISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI'

MA`NODOSH SO`ZLARNI O‟QITISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2950
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinonimik qator / dominanta / ideografik sinonim / kontekstual sinonim / ideografik sinonim / nutqiy sinonim / синонимический ряд / доминанта / идеографический синоним / контекстный синоним / идеографический синоним / речевой синоним

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Erkin Mamatkarimovich Soliev, Muhayyo Toirovna Soliyeva

Maqolada ma`nodosh so‟zlar va ularning sinonimik qatorlarda dominantasini aniqlash tavsifi, shuningdek ularning nutq jarayonida ta`sirchanlik darajasi yoritilgan. Nutqimizdagi so‟zlarning ma`no sinonimlari va nutqiy sinonimlarning salbiy va ijobiy bo‟yoqdorligi ahamiyatiga ham alohida misollar bilan to‟xtalib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье описывается определение слов-синонимов и их доминирование в синонимичных рядах, а также уровень их влияния на речевой процесс. Также на специальных примерах рассматривается значение синонимов слов в нашей речи и значение отрицательной и положительной окраски речевых синонимов.

Текст научной работы на тему «MA`NODOSH SO`ZLARNI O‟QITISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI»

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-628-632

MANODOSH SOZLARNI O'QITISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI

Erkin Mamatkarimovich Soliev

O'zbekiston Milliy universiteti doktoranti

Muhayyo Toirovna Soliyeva

Jizzax politexnika institute "Xorijiy tillar" kafedrasi katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada manodosh so'zlar va ularning sinonimik qatorlarda dominantasini aniqlash tavsifi, shuningdek ularning nutq jarayonida tasirchanlik darajasi yoritilgan. Nutqimizdagi so'zlarning mano sinonimlari va nutqiy sinonimlarning salbiy va ijobiy bo'yoqdorligi ahamiyatiga ham alohida misollar bilan to'xtalib o4ilgan.

Kalit so'zlar: sinonimik qator, dominanta, ideografik sinonim, kontekstual sinonim, ideografik sinonim, nutqiy sinonim;

АННОТАЦИЯ

В статье описывается определение слов-синонимов и их доминирование в синонимичных рядах, а также уровень их влияния на речевой процесс. Также на специальных примерах рассматривается значение синонимов слов в нашей речи и значение отрицательной и положительной окраски речевых синонимов.

Ключевые слова: синонимический ряд, доминанта, идеографический синоним, контекстный синоним, идеографический синоним, речевой синоним;

ABSTRACT

The article describes the definition of synonymous words and their dominance in synonymous rows, as well as the level of their influence on the speech process. Also, on special examples, the meaning of synonyms of words in our speech and the meaning of negative and positive coloring of speech synonyms are considered.

Keywords: synonymic series, dominant, ideographic synonym, contextual synonym, ideographic synonym, speech synonym;

Ayni damda mamlakatimizda xalqaro munosabatlar jadal olib borilayotgaan bir paytda, xorijiy tillarni mukammal o rganish muhim masala bo'lib qoldi.

Chet tillarni o'rganish uslublarini mukammalashtirish va

April, 2023

628

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-628-632

ularning saviyasini tobora oshirish ishlari avj olmoqda. Xorijiy tillarni o'rganuvchidan tilni o'rganish mobaynida faqatgina zaruriy so'zlarni yod olishgina emas, balki uning manodoshlari-yu, qarama-qarshi manolarini ham e'tiborga olish talab etiladi. Chet tilini qiyoslash metodi orqali yani ona tili bilan taqqoslagan holda o'rganish anchagina samarali hisoblanadi. Shu o'rinda, sinonimlar va ularning ikki tilda yani ingliz va o'zbek tillarida tasniflanishiga to'xtalib o'tish joizdir.

Sinonimlar (ma'nodosh so'rlar) - grekcha synonymos yoki synonymon "bir nomli" degan ma'noni bildirib, shakli har xil, ammo ma'nosi bir-biriga yaqin so zlar sinonim deyiladi. Boshqacha aytilganda, bir predmet belgisi shaxs, voqea bir necha nomda aytilishidir: odam - inson - kishi - bashar. Sinonim so'zlar bir xil predmetlarni (ovqat, osh, taom), predmetning bir xil belgisini (mehnatkash,ishchan, harakatchan, tirishqoq), bir xildagi harakatni (avaylamoq,asramoq, saqlamoq) bildiradi. Sinonimlarning leksik (katta, ulug', buyuk, gigant), frazeologik (terisiga sig'madi -boshi osmonga yetdi), morfologik (-yap,-moqda: boryapti - bormoqda),sintaktik (Ona bolasiga qayg'urdi -Ona bolam deb qayg'urdi) kabi turlari mavjud. Ma'no jihatdan yaqin bo'lgan so'z va ibora ham o'zaro sinonim bo'ladi (xursand -do'ppisini osmonga otdi).

Bir ma'no atrofida uyushayotgan so'zlar sinonimik qator deyiladi: chiroyli, go'zal, suluv, zebo kabi so'zlar bir sinonimik qatorni tashkil etadi. Shu qatordagi chiroyli so'zi dominanta bo'ladi. Ya'ni bu qatordagi ma'nosi betaraf bo'lgan, ko'p qo'llanadigan so'z asosiy (dominanta) deb ataladi. Ko'p ma'noli so'z!ar ko'chma ma'nosida boshqa so'zlar bilan sinonim bo'lishi mumkin: o'qishni bitirmoq -o'qishni tugatmoq; ishni bitirmoq - ishni bajarmoq; sotib bitirmoq - sotib yo'qotmoq.

Sinonim so'zlar nutqning jozibali va ta'sirli bo'lishiga yordam beradi. Ular bir xil so'z turkumi doirasida bo'ladi: hayoli, andishali, oriyatli, iboli (sifat), yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, oraz, jamol (ot), gapirdi, so'zladi (fe'l). Sinonimik qatorda so'zlar bo'yoqli yoki bo'yoqsiz bo'lishi mumkin. Xunuk bo'yoqsiz, badbashara bo'yoqli. Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, ruxsor, liqo sinonimik qatorda ijobiy bo'yoqli so'z chehra, ruxsor bo'lsa, bashara, turq esa salbiy bo'yoqli so'zdir. Ma'nodosh so'zlar guruhi (qatori) uchun hos bo'lgan umumiy va xususiy ma'nolarni farqlash kerak. Umumiy ma'no(denotative meaning) ma'nodosh so'zlar qatoridagi barcha so'zlar uchun xos bo'lgan ma'nodir. Masalan , kishi, inson, odam so'zlar qatori uchun "ongli mavjudot" ,oz, kam so'zlari uchun "me'yoriga yetmagan " kabi ma'nolar umumiy ma'nolar bo'lib hisoblanadi. Xususiy ma'no (connotative meaning)ma'nodosh so'zlar

qatoridagi har bir so'z uchungina xos bo'lgan ma'nolardir.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-628-632

O'zbek tili va ingliz tili lug'at tuzilishini qiyoslaydigan bo'lsak bir qancha farq va noo'xshashliklarga duch kelishimiz mumkun. So'ziarni ikki tildagi semantik maydonlari, sinonimik qatorlari va tematik guruhlari , antonomik juftliklari ikki tilda ham to'liq o'rganilmagandir. Ma'nodosh so'zlar soni jihatidan ham talaygina farqlar ko'zga tashlanadi. Ingliz tilidagi "blow" so'zi semantik maydonida o'zbek tilida 6ta s'oz (urish ,zarba,zarb, urilish,taqillatish, tepish ), ingliz tilida esa 20dan o rtiq (blow, smack, slap, whack, poke, dig , rap, knock, stroke ,etc). Ikki tilning sinonimik qatorlari bir-biridan o'zinning tarkibidagi so'zlari va konotativ (xususiy) ma'nolari bilan farqlanadi. Masalan ,ingliz tilida "recollection" sc'zi sinonimik qatori 8ta so'zdan (recollection , reminiscene, commeration, memorial, mind, souvenir, momento, token), o'zbek tilida esa 6 ta (xotira, es, esdalik, hayol, taassurot). Shuningdek, sinonimlarning quyidagi turlari mavjud:

1. Ma'no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma'no jihatlari bilan farqlanadi. Masalan,achchiqlanmoq, g'azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari "g'azabi kelmoq"ma'nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma'noni ifodalash darajasi bir xil emas, u "achchiqlanmoq"dan "g'azablanmoq"qa, "g'azablanmoq"dan esa "qahrlanmoq"qa qarab kuchayib boradi. Ingliz tilida:

To ascent - to mount - to climb To happen - to occur - to befall - to chance Look - appearance - complexion - countenance

Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlaming leksik ma'nosi ijobiy yoki salbiy bo'yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo'Iadi, ayni shu uslubiy semalar sinonimlaming uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma'no -"ovoz chiqarmay miyig' ida kulish" hodisasini nomlash bor, ammo shu ma'no jilmaymoq leksemasida bir oz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa bir oz salbiy bo'yoq bilan qoplangan, bu salbiy bo'yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yana-da ortib boradi. Ingiliz tilida esa so'zlashuv uslubining turli uslublariga aloqadordir.

farqlanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha ozgina leksemasi nutqning barcha ko'rinishlarida (adabiy nutqda xam, so'zlashuv nutqida ham) qo'llana

olgani holda, picha, xiyol, jinday, qittay, jichcha

Nutqiy sinonimlar - nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o'zaro

leksemalari faqat so'zlashuv nutqiga xoslangandir. Ingliz tilida:

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-628-632

• lift - elevator

• Queue - line

• Autumn - fall

2. KontekstuaI sinoniimiya - til birligi sifatida o'zaro sinonim bo'lmagan leksemalaming ma'Ium kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so'ziarining leksik ma'nolari bir xil emas: chinni «idish-tovoq». Ingliz tilida:

• tasteless - dull

• Active - curious

• Curious - responsive

Masalan:"Clever "so'zini yoshi katta kishilar tomonidan (bright),''brainy" so'zini esa ziyoli kishilar tomonidan qo'llanilmaydi, "intellegent" so'zning konnotativ ma'nosi,"clever" stilistik bo'yoqli ma'nodoshi hisobianadi. Taqqoslanayotgan tillardagi so'zlarning sinonimik qatorlarining xususiyatlarini tadqiq qilayolganda yuqoridagi muhim jihatlarni hisobga olishimiz maqsadga muvofiqdir.

birliklar doirasida, balki frazeologik birliklar orasida ham juda ommalashgan.

frazeologik sinonimiya deyladi. Frazeologik birliklar ba'zan so'zlar bilan ham sinonim bo'lib keladi. Leksik frazeologik sinonimiyada frazemada o'z ma'no qirrasiga ko'ra, uslubiy bahosiga ko'ra o'z sinonimi bo'lgan leksemadan keskin farq qiladi. Nimanidir frazema bilan anglatish, odatda leksemaga qaraganda ta'sirchan bo'ladi. Masalan, (big) with child, in a delicate , in a condition, in the family way frazemalariayni bir ma'noni - (pregnant) og'iroyoqni anglatadi. Leksik frazeologik sinonimiyada leksema dominant hisoblanadi.

Frazelogik sinonimiya ham uch jihatdan baholanadi:

1. Ma'no qirrasi jihatidan;

2. Uslubiy baho jihatidan;

3. Matniy xoslanish jihatidan;

Frazeologik sinonimlar ko'pincha ma'no sinonimlari bo'ladi, frazeologik sinonimiyada uslubiy baho bo'rtib turadi. Aslida ham, frazeologik birliklar xuddi shu maqsadda voqelikni nomlashda uni o'tkir baholab berish uchun ijobiy yoki salbiy munosabatni yaqqol ifodalash uchun yaratiladi. Masalan, Make a mountain out of a molehill -Pashshadan fil yasamoq kabi

Nutqimizda faol sodir bo'ladigan sinonimlik hodisasi nafaqat leksik

Frazemalarning ayni bir ma'noni anglatishi asosida guruhlanishi

iboralarimizda uslubiy baho juda kuchli ifodalangan.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-628-632

Frazeologik sinonimlar matniy xoslanish jihatidan u qadar rang-barang emas: asosan, so'zlashuv matniga va qisman boshqa matn ko'rinishlariga xoslangan bo'ladi. Masalan, resign one's being or life frazemasi badiiy matnga, go to ones last resting place, join the great majority the frazemalari so'zlashuv matniga xos. Bularning hammasi o'lmoq (to die) ma'nosini anglatadi.

Yuqorida ingliz va o'zbek tillarida keng qo'llaniladigan leksik frazeologik yoki frazeologik sinonimlar tahlil qilib chiqildi va ularning o'zaro o'xshash va farqli jihatlari ko'rsatildi. Unga ko'ra, har ikkala tilda ham nutqni boy va ta'sirchanligini ta'minlovchi frazeoogik birliklarning sinonimlari mavjud bo'lib, ulardan voqelikning obrazliligini va unga bo'lgan munosabatni ifoda etishda, shuningdek emotsional-ekpressivlikni ko'rsatish maqsadida foydalaniladi. Ingliz tilidan o'zbek tiliga frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonida asosan ularning to'liq, qisman yoki ma'no jihatdan muqobilini topa bilish kerak.

Ingliz tilida ko'rib chiqilgan frazeologik birliklarning sinonimlari soni jihatidan o'zbek tilidagilariga nisbatan ancha ko'pligi, bu sohada ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilganligidan dalolatdir.

REFERENCES

1. Ona tili.M.A.Hamroyev,T.:2008,26

2. Ingliz va o'zbek tiliarining chog'ishtirma lingivistikasi. O'.Q.Yusupov, T.2013,22-23

3. English word.Arnold, p77-197

4. Хозирги узбек адабий тили, Т.: 1980

5. Хозирги узбек адабий тили, Т.; 1966

6. М.Мирзаев ва бошкалар. Узбек тили.Т.: 1978

7. Х-Неъматов, Р.Расулов. Узбек тили сиетемлексикологияси асослари,- Т.: 1995.

8. SH.Oriljonova O'zbek tilida lug'aviy graduonimiya. NDA Т.: 1996 .

9. Узбек тили лексикологияси, Т.: 1981

10. Ona tili.M.A.Hamroyev,T.:2008,26

11. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). NOTIQLIK SAN'ATI O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4490

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.