Научная статья на тему 'MA`NAVIY TARAQQIYOT – BUYUK KELAJAK KAFOLATI.'

MA`NAVIY TARAQQIYOT – BUYUK KELAJAK KAFOLATI. Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
468
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bilim / ishonch / tarbiya / mehnat / maqsad. / knowledge / confidence / upbring / work / target

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Shomirzayeva, Maftuna Shavkatovna, Xoltojiyev, Sherali Xusanboyevich

Har bir yurtning asosiy kuchi bu bilimli, aqliy jihatdan yuksalgan va yuksalayotgan, kelajakka ishonch bilan olg`a qadam bosa tashlaydigan, katta maqsadlarni mo`ljal qilayotgan, vatan ravnaqi uchun hissa qo’shayotgan yoshlar hisoblanadi. Bu shunchalik katta kuchki, bu kuch qanday yo’naltirilsa kelajak xuddi shu yo’l orqali ravnaq topadi. Go`yoki biz bugun ekkan daraxt ertaga o’z mevasini beradi. Uni qanday parvarish qilishimiz esa o’zimizga bog’liqdir. Samarali mehnat shirin natija beradi. Kerakli natijalarga erishish uchun tarbiya, yaxshi parvarish va, e’tibor lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FIVE IMPORTANT INITIATIVES A STRONG FOUNDATION FOR THE FUTURE

The main strength of any country is the young people who are rising and rising spiritually and mentally, who can look to the future with confidence, who are trying to reach great heights, who are trying to contribute to development and prosperity of the country. It is such a huge force that the future will develop in the same way as the country directs this power. If we look at the example of a tree, the tree we planted today will bear fruit tomorrow. How we plant it, how we take care of it, and how we get the fruit tomorrow depends on us. The right choice, good care and attention are needed to achieve the desired results.

Текст научной работы на тему «MA`NAVIY TARAQQIYOT – BUYUK KELAJAK KAFOLATI.»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MANAVIY TARAQQIYOT - BUYUK KELAJAK KAFOLATI.

Shomirzayeva Maftuna Shavkatovna Xoltojiyev Sherali Xusanboyevich

Farg'ona davlat universiteti, Sanatshunoslik fakulteti, tasviriy sanat va muhandislik yo'nalishi

Har bir yurtning asosiy kuchi bu bilimli, aqliy jihatdan yuksalgan va yuksalayotgan, kelajakka ishonch bilan olg^a qadam bosa tashlaydigan, katta maqsadlarni moljal qilayotgan, vatan ravnaqi uchun hissa qo'shayotgan yoshlar hisoblanadi. Bu shunchalik katta kuchki, bu kuch qanday yo 'naltirilsa kelajak xuddi shu yo 'l orqali ravnaq topadi. Go^yoki biz bugun ekkan daraxt ertaga o 'z mevasini beradi. Uni qanday parvarish qilishimiz esa o'zimizga bog'liqdir. Samarali mehnat shirin natija beradi. Kerakli natijalarga erishish uchun tarbiya, yaxshi parvarish va, e'tibor lozim.

Kalit so'zlar: bilim, ishonch, tarbiya, mehnat, maqsad.

FIVE IMPORTANT INITIATIVES - A STRONG FOUNDATION FOR THE

FUTURE Shomirzayeva Maftuna Shavkatovna Xoltojiyev Sherali Xusanboyevich

Fergana regional branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture

The main strength of any country is the young people who are rising and rising spiritually and mentally, who can look to the future with confidence, who are trying to reach great heights, who are trying to contribute to development and prosperity of the country. It is such a huge force that the future will develop in the same way as the country directs this power. If we look at the example of a tree, the tree we planted today will bear fruit tomorrow. How we plant it, how we take care of it, and how we get the fruit tomorrow depends on us. The right choice, good care and attention are needed to achieve the desired results.

Keywords: knowledge, confidence, upbring, work, target

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Vatan kelajagi uchun shu yurtning yoshlari bilimli bolmogi lozim. Yoshlarning bilimi yurt keljagiga poydevor hisoblanadi. Biz poydevorni qanchalik mustahkam qilsak, u shunchalik chidamli, har qanday vaziyatga chidamli, yillar o'tsada o'z mavqeini yo'qotmaydi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan o'tkazilayitgan islohotlar, farmon va farmoyishlar shu poydevorni imkon qadar mustahkamlash uchun qilinayotgan harakatlardir. Bugungi kunda global maydonda kechayotgan tahlikali jarayonlarga nisbatan marifiy immunitetga ega bo'lgan, ma'naviy va jismoniy barkamol yoshlargina qarshi tura oladi.

Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Fitrat "Bu dunyo kurash maydonidir. Sog'lom tan, o'tkir aql va yaxshi ahloq bu maydon qurolidir" deb aytganlarida yuz karra haq edilar. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni tashkil etish mamlakatimizda dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo'ladi. Turli ziddiyatlar, urushlar ko'payib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o'zi ko'rsatib turibdi.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yettita ustuvor yo'nalishi bo'yicha Tarraqiyot strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo'lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo'lga qo'yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo'lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko'lamli bo'lib, o'z dolzarbligini saqlab qolaveradi.

Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 19-mart kuni 5 ta muhim tashabbusini ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan.

Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o'rtasida kompiyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

To'rtinchi tashabbus - yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.

Beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi. Onalar tetapoya qilishni boshlayotgan go'daklarini suyib erkalash barobarida badantarbiya (sport) bilan shug'ullanishga, rasm chizishga, san'atga oshno etishga, uydagi mayda-chuyda ishlarga qo'l solishga o'rgatadi. Hozirgi davr go'daklari mobil telefoni, ya'ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ko'z uzmasdan ulg'ayayotganlari ham bor gap. Bularning barchasi kichkintoylar dunyoqarashini shunga yarasha shakllantirmoqda, fikrlashga o'rgatmoqda. Shu tariqa kamolga yetayotgan o'g'il-qizlar hayotda munosib o'rnini topishidan umidvormiz.

Prezidentimiz aytganlaridek: Biz Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun -yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan so'zlarini ko'p bora esga olamiz. Biroq unga e'tibor qilish u yoqda tursin, ko'p hollarda bu da'vatning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib ham berolmaymiz. Boshqacha aytganda, ushbu tizimning sifati bugungi va ertangi hayotimiz darajasini belgilashi kerak. Bu borada milliy ta'lim-tarbiya tizimini shakllantirishda bir omil borki, uni ro'yobga chiqarish uchun faqat istak, mablag', vaqtning o'zi kifoya emas1. Oiladagi bu tarbiya maktabda izchil davom ettirish uchun nima qilmoq kerak? Bu savolga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus g'oyasidan aniq javob topamiz. Bu tashabbuslar zamirida qanchalik ezgu maqsadlar mujassam ekanini uning mohiyatini to'g'ri tushunganlar teran his etadi.

Xo'sh bu borada bugungi kunga qadar qanday ishlar qilindi va ular biz uchun qanday imkonyatlarni vujudga keltirdi?

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o'rin tutadi.

Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir".

Besh tashabbus asosida qilingan ishlar butun O'zbekiston bo'yicha yaxshi ko'rsatkichlarga va yutuqlarga erishdi. Bunga ko'plab jarayonlarni misol qilib ko'rsatshimiz mumkin. Mazkur 5 tashabbusning 1 yilligi munosabati bilan Xalq

1 SH. Mirziyaev Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari."Maktab ta'limni rivojlantirish biz uchun umummilliy maqsadga, umumxal harakatiga aylanishi zarur". O'zbekiston.NMIU, 2020yil. 148 b.

976

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ta'limi vazirligi tomonidan har bir yo'nalish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar xususida to'xtalib o'tamiz.

Bugungi kunda Respublikamizda 9942 ta umumta'lim maktablari faoliyat yuritayotgan bo'lsa, ularda 6 milliondan ortiq o'quvchilar ta'lim olmoqda. Shuni ta'kidlashimiz joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus respublikadagi barcha ta'lim muassasalarigacha kirib bordi. Xususan, ta'lim muassasalarining 2,9 million nafar o'quvchilari to'garaklarga jalb qilindi.

Jumladan, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan birinchi tashabbus doirasida 779 563 nafar o'quvchilar to'garaklarda ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, maktablarda 2108 ta havaskor yoshlar teatr studiyalari tashkil etilib, 198 698 nafar o'quvchilar jalb etildi.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida esa, umumta'lim maktablarining 1,1 milliondan ortiq o'quvchilari sport to'garaklariga qatnashmoqda. Shuningdek, mazkur yo'nalish doirasida tashkil etilgan turli sport musobaqalariga o'quvchilar faol ishtirok etmoqda va barcha ta'lim muassasalari qamrab olindi va bu davom etmoqda.

Shuningdek, AQSHning "One-on-one basketball" kompaniyasining "Harlem globetrotters" jamoasining T.E.A.M.up dasturi asosida 3 ming nafar o'quvchilar uchun mahorat saboqlari tashkil etildi.

Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo'lib, ushbu tashabbus doirasida shu kunga qadar 444 607 nafar o'quvchilarimiz to'garaklarga jalb qilindi.

Shu bilan bir qatorda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida "Intech Robotics" MCHJ va "Innovative Service" MCHJ kompaniyalari bilan "Barkamol avlod" respublika o'lkashunoslik va ekologiya markazida RoboCraft robototexnika kurslari hamda "Barkamol avlod" respublika texnik ijodiyot markazida Robotrek injenerkonstruktor, robototexnika to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilib, 520 nafar o'quvchiyoshlar jalb etildi.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan to'rtinchi tashabbus doirasida tashkil etilgan kitobxonlik klubiga 264 ming o'quvchilar a'zo bo'ldi. Qolaversa, respublikamizda tashkil etilgan "Book challenge" doirasida 600 mingdan ortiq kitoblar umumta'lim maktablariga sovg'a qilindi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutilgan beshinchi tashabbus doirasida o'quvchi-qizlarning jamiyatdagi faolligi oshirish, ma'naviyatini yana-da yuksaltirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish, ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida jamoatchilik asosida ta'lim muassasalarida "Qizlarjon" klublari tashkil etildi va unda 377 762 nafar o'quvchi-qizlar a'zo bo'ldi. Klub yetakchilari tomonidan "Tengdosh-tengdoshga" shiori ostida olib borilayotgan targ'ibot va tushuntirish ishlariga alohida e'tibor qaratilib, har bir qiz ilg'or o'quvchilar safida yurishga, o'qishda, jamoat ishlarida faol bo'lishga intilmoqda.

Shu o'rinda alohida e'tirof etish joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ta'lim muassasalari va o'quvchi-yoshlar orasida keng targ'ib qilishda mahalliy hokimliklar tomonidan ham 45,1 mlrd. so'm homiylik mablag'lari ajratildi.

Hozirda beshta muhim tashabbus doirasida yurtimiz umumta'lim maktablarida tashkil etilgan turli to'garaklar namunali faoliyat olib borish bilan bir qatorda, o'zining natijasini bermoqda.

Jumladan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ham to'rtinchi tashabbus - aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish masalalari bo'yicha mas'ul tashkilot sifatida jarayonda faol ishtirokchiga aylanadi. Markazda quyidagi yo'nalishlarda amaliy ishlar olib borish yo'lga qo'yildi:

1) tegishli tashkilotlar mas'ulligi va hamkorligida 1 oy muddatda mazmun va mohiyat nuqtayi nazaridan milliy ruhimiz, shonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib bo'lgan harbiy qasamyodning yangi matni bo'yicha taklif tayyorlash;

2) Xalq ta'limi vazirligi mas'ulligida Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda an'anaviy tarzda bir yilda ikki marotaba, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va 2-sentabr-Bilimlar kunida mamlakatimiz bo'ylab o'tkaziladigan "Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida aksiya tashkil qilish;

3) Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi mas'ul tashkilot sifatida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda, bir yilda bir martta 9 fevral - buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning tavallud kunida e'lon qilinadigan "Bu yilda o'qilishi zarur bo'lgan 100 ta kitob" ro'yxatini tuzib chiqish, ushbu kitoblarning yil davomida tele va radioefirlarda o'qib borilishi, el tanigan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ziyolilar orqali barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng tashviqotini tashkil qilish;

4) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas'ulligida Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda jahon va o'zbek adabiyoti, tariximiz va qadriyatlarimiz bilan bog'liq sara asarlar, shuningdek, islom dini tarixi, islom dinining asl mazmun -mohiyati va yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqida hikoya qiluvchi ixchamlashtirilgan matnlarni chop etish va audiokitoblar tayyorlashni ta'minlash;

5) Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi mas'ul tashkilot sifatida Yoshlar ittifoqi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda yoshlarni ma'naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni yot g'oyalar ta'siridan himoya qilish hamda kitobxonlikka keng jalb etishga qaratilgan ta'sirchan, tizimli, maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bugungi kunda ham mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilib, zarur chora-tadbirlar belgilanib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Olis va chekka qishloqlarda engil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va suniy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun er ajratish zarurligi takidlandi. Bunday tadbirkorlarga Ozmilliybank tomonidan "Yoshlar - kelajagimiz" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va tartibli qat'iy munosabat barcha soha vakillarini, shuningdek, keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlarni yanada sergaklantirib, daxldorlik hissi va mas'ulligini oshirmoqda. Oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o'zaro qo'llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga undamoqda.

Xulosa o'rnida shuni takidlab o'tmoqchiman. Bu ko'rsatkichlar shunchaki raqamlardan iborat ma'lumotlar emas, bu ko'rsatkichlar rivojlanish uchun, ulkan davlat uchun harakatning raqamlar orqali ko'rinishidir. Bu islohotlar bizga har bir oila o'z farzandini tarbiyalash vaqtida o'sayotgan, fikr yuritayotgan, harakatchan, intiluvchan farzandi uchun ham ruham ham jismonan yordam bersa, yurtimiz ham shu farzandning kelajagi uchun barcha ishni qilishga tayyorlini ko'rsatadi.

Oila tarbiyasining mantiqiy davomi hisoblangan ana shu 5 tashabbusni to'laqonli amalga oshirish uchun nima qilmoq kerak? Televizor, radio yoki gazeta orqali faqat targ'ib-tashviq qilish bilan amalda kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yurtboshimizning "Farzandlarimizni o'zimiz asramasak, o'zimiz avaylamasak, o'zimiz tarbiyalamasak, birov chetdan kelib bu ishni biz uchun bajarib bermaydi. Shu sababli har bir ofitser ta'sirchan shakl va usullardan foydalanib, adashgan yoshlarni to'g'riyo'lga qaytarishni harbiy xizmat kabi o'zining muhum burchi deb bilishi kerak2" degan so'zlari biz uchun bir shior bo'lmog'i lozim.

Shu vatanda yashovchi har qanday shaxs o'z farzandiga, yaqinlariga, mahalla va hatto begona bola tarbiyasiga ham befarq bo'lmasligi darkor . Bir insondan butun bir jamiyat paydo bo'ladi. Agar biz birgina o'sayotgan yosh avlodning kelajagi uchun, hayoti uchun qo'limizdan kelgan yordamni ayamasak, biz butun bir jamiyatga yordam bergan bo'lamiz. "Tashabbus faqat keng quloch yoyaversin" degan purma'no so'zlar bejiz aytilmagan. Yurtboshimizning yoshlar kelajagiga qaratilgan 5 tashabbusi to abad farzandlarimizga qanot baxsh etaveradi.

REFERENCES

1. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

2. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

3. Qurbonova, B., & Yuldashev, I. (2022). MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN'AT TURLARIGA BO 'LGAN E'TIBOR. Research Focus, 7(2), 248-253.

4. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). The Role Of Historical Monuments In The Development Of Central Asian Architecture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5.

5. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

6. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 1(2), 296-300.

7. Курбанова, Б. М., Юнусал^в, М., & Арз^ва, Н. (2022). ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: АКВАРЕЛЬ, МАСЛО И ГУАШЬ. Research Focus, 1(2), 319-325.

2 SH. Mirziyoev Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari."Harbiy - vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish-dolzarb vazifamizdir". O'zbekiston.NMIU, 2020yil. 141 b

980

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Курбонова, Б., Ахмедова, Н., & Юлдашев, И. (2022). РАНГТАСВИР ТЕХНИКАСИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ. Research Focus, 7(2), 231237.

9. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

10. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

11. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.

12. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). ТАЬАВАЬАК MUSTАQIL TА'LIMIDА АХBОRОT TЕХNОLОGIYАLАRINING CHIZMACHILIK FANIDAGI O'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 110-114.

13. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

14. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

15. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL

16. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

17. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛОКИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

18. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 7(2), 296-300.

19. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., Murodjon, K., & Makhpuzakhon, A. (2021). Drawing Tools And Design Elements In Geometric Drawing. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 72(10).

20. CynaftMaHOBa, C., OMOHOB, & At3aM:«:0H0B, A. (2022). Annmep HaBOHH acapnapngaH 6agHHH ohhh TatnHM Myaccacanapnga TacBHpHH caHtaTHH y^HTHm ^apaeHHga ^oftganaHHmHHHr 3apypnaTH. Research Focus, 7(2), 272-277.

21. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

22. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.

23. A'zamjonov, A., & Hamdamov, K. H. (2022). TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI BILAN BOG'LIQLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 71-77.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.