Научная статья на тему 'MA’MUNIYLAR DAVRIDA “DOR –UL HIKMA VA MAORIF” (MA’MUN AKADEMIYASI)DA FAOLIYAT YURITGAN ALLOMALAR'

MA’MUNIYLAR DAVRIDA “DOR –UL HIKMA VA MAORIF” (MA’MUN AKADEMIYASI)DA FAOLIYAT YURITGAN ALLOMALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
761
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ma’mun akademiyasi / alloma / uyg‘onish davri / Gurganch / nodir qo‘lyozmalar / tabobat / fiqh / astranomiya. / Ma’mun akademy / scientists / Renaissance / Gurganch / rare manuscripts / medicine / jurisprudence / astronomy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — R. Otaboyev

Bu maqola Xorazmshoh Ma’muniylar davrida “Dor –ul hikma va maorif”da ilmiy faoliyat olib borgan allomalar ismlari va faoliyat jarayonlarining tahliliga bag’ishlangan. Shuningdek, akademiya olimlaring dunyo ilm-faniga qo’shgan hissasi yoritib berilgan. Maqola yakunida muallifning keng ilmiylika asoslangan xulosaviy fikr-mulohazalari keltirilgan va tadqiqot mohiyatini ochishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarga murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTISTS WHO WORKED AT "DAR-UL HIKMA VA MA'ARIF" (MA'MUN ACADEMY) DURING THE PERIOD OF MA'MUNIS

This article is devoted to the analysis of the names and processes of the scholars who carried out scientific activities in "Dar-ul hikma wa ma'arif" during the time of Khorezmshah Ma'munis. Also, the contribution of the scientists of the academy to world science is highlighted. At the end of the article, the author's concluding comments based on extensive scientific research are given and references are made to scientific sources that serve to reveal the essence of the research.

Текст научной работы на тему «MA’MUNIYLAR DAVRIDA “DOR –UL HIKMA VA MAORIF” (MA’MUN AKADEMIYASI)DA FAOLIYAT YURITGAN ALLOMALAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MA'MUNIYLAR DAVRIDA "DOR -UL HIKMA VA MAORIF" (MA'MUN AKADEMIYASI)DA FAOLIYAT YURITGAN ALLOMALAR Otaboyev Rahmonbek Maqsudovich

Urganch davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7036697

Annotatsiya. Bu maqola Xorazmshoh Ma'muniylar davrida "Dor -ul hikma va maorif'da ilmiy faoliyat olib borgan allomalar ismlari va faoliyat jarayonlarining tahliliga bag'ishlangan. Shuningdek, akademiya olimlaring dunyo ilm-faniga qo 'shgan hissasi yoritib berilgan. Maqola yakunida muallifning keng ilmiylika asoslangan xulosaviy fikr-mulohazalari keltirilgan va tadqiqot mohiyatini ochishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarga murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: Ma'mun akademiyasi, alloma, uyg'onish davri, Gurganch, nodir qo'lyozmalar, tabobat, fiqh, astranomiya.

УЧЕНЫЕ, РАБОТАВШИЕ В «ДАР-УЛЬ ХИКМА ВА МААРИФ» (АКАДЕМИИ

МАМУНА) В ЭПОХУ МАМУНА

Аннотация. Данная статья посвящена анализу имен и процессов деятельности ученых, которые осуществляли научную деятельность в «Дар-ул хикма ва ма'риф» во времена хорезмшахов Мамуни. Также отмечен вклад ученых академии в мировую науку. В конце статьи даются заключительные комментарии автора, основанные на обширном научном исследовании, и приводятся ссылки на научные источники, служащие для раскрытия сути исследования.

Ключевые слова: Академия Мамуна, ученый, Ренессанс, Гурганч, редкие рукописи, медицина, юриспруденция, астрономия.

SCIENTISTS WHO WORKED AT "DAR-UL HIKMA VA MA'ARIF" (MA'MUN ACADEMY) DURING THE PERIOD OF MA'MUNIS

Abstract. This article is devoted to the analysis of the names and processes of the scholars who carried out scientific activities in "Dar-ul hikma wa ma'arif during the time of Khorezmshah Ma'munis. Also, the contribution of the scientists of the academy to world science is highlighted. At the end of the article, the author's concluding comments based on extensive scientific research are given and references are made to scientific sources that serve to reveal the essence of the research.

Keywords: Ma'mun akademy, scientists, Renaissance, Gurganch, rare manuscripts, medicine, jurisprudence, astronomy.

KIRISH

O'rta Osiyoda tarixida ilm-fan eng taraqqiy etgan davrlar IX-XII va XIV-XV asrlar hisoblanadi. Bu asrlar O'zbekiston tarixida 1-Uyg'onsh davri va 2-Uyg'onish davri sifatida nom qoldirdi. Aslini olganda bu davrlarda butun dunyo ilm-fani rivojiga katta hissa qo'shildi. Ayniqsa Xorazmshoh Ma'muniylar davrida Xorazmda tashkil etilgan akademiyada o'z davrining yetuk allomalari to'plandi.

Xorazmshoh Ali ibn Ma'mun davrida poytaxt Gurganjni ma'rifat markaziga aylantirdi. Bu yerga nafaqat Xorazmdan, shuningdek, Sharqning boshqa yerlaridan mashhur olim va ulamolar kela boshladi. Ali ibn Ma'mun farmoni bilan shoh saroyi yaqinida yirik kutubxona ochilib, nodir qo'lyozmalar to'plandi. Abu Rayhon Beruniy va uning ustozi, o'z davrining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ptolemeyi degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan Abu Nasr ibn Iroq (Xorazmshoh Ma'munning yaqin qarindoshi) shohning topshirig'iga binoan yetuk olim va ulomalarga maktublar yo'llab, ularni poytaxt Gurganjga taklif qildi. Natijada Samarqand, Buxoro, Poykant, Termiz, Nishopur, Balx, Marv va hatto Iroqdan o'z davrining mashhur olim-u fuzolalar Gurganjga keldi. Gurganj tez orada nafaqat ma'muriy va iqtisodiy, balki ilm-fan markaziga aylandi. Xorazmshoh Ali Ibn Ma'mun olimlarni har jihatdan qo'llab-quvvatlab, ularga g'amxo'rlik ko'rsatdi.

Ma'mun akademiyasida yuqorida nomlari ko'rsatilgan buyuk allomalardan tashqari fanning turli sohalarida o'z davrining yetuk olimlaridan bo'lgan quyidagi buyuk siymolar ham barakali ijod qilganlar. Bular: Abu Saxl Iso ibn Yahyo al-Masihiy al-Jurjoniy, Abulxayr ibn Hammor Hasan ibn Sivor ibn Bobo ibn Bahrom , Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq, al-Ja'diy, Abu Said Ahmad ibn Muhammad ibn Iroq, Ahmad Ma'suriy, al-Xoroji, al-Hamdamiy, Abul Hakim Muhammad ibn Hamdakiy, Abul Hakim Muhammad ibn Abuldakim ibn Abdumalik as-Soliq al-Xorazmiy as-Qosiy, Abu Muhammad Hamid ibn al-Xidral al-Xo'jandiy Abu Mansur Abdumalik ibn as-Saolibiy, Abu Abdulloh al-Biyan Naysa-Buri, Ahmad ibn Muxammad as-Suxayliy al-Xorazmiy, Ahmad ibn Muhammad as- Saxriy Abu Said Ahmad ibn Muhammad ibn Miskovayx, Umar Isfaxoniy Is'hoq, ibn Ahmad al-Buxoriy, Abu Abdulloh ibn Ibrohim anHasan ibn Xoris al-Xibubiy al-Xorazmiy, Zayniddin Jurjoniy, Abdulkarim Zirg'oliy, Abu Abdulloh al-Vazir, Abdul Hasan Ma'mun, Abu Muhammad al-Xorazmiy, Abduavval ibn Abdusamadiy, Abu Azoq ibn Baxnim, Abusaid Shabibiy, al-Xarojiy, al-Xamdiki, Ahmad Ma'suriy, Abu Muhammad Rakkoshiy, Abu Abdulloh ibn Hamid al-Xorazmiy, Abu Bakr Muhammad al-Xorazmiy, Kamariy va boshqa olimlar edi. Ular fanning matematika, astronomiya, psixologiya, falsafa, mantiq, tibbiyot, tarix, tilshunoslik, fiqh, geografiya, geodeziya, topografiya, mexanika kabi fanlar bilan shug'ullanib, ularning kelajakda jahon miqyosida rivojlanishiga zamin yaratganlar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

1004-yil boshlarida Xorazmshohlar poytaxti Gurganjda "Dor-ul hikma va maorif" yoki boshqa bir manbalarda "Majlisi ulamo" nomi bilan atalgan yirik ilmiy markaz shakllandi. Olimlarning bafurja ilmiy faoliyat ko'rsatishlari uchun barcha sharoitlarga ega bo'lgan maxsus bino qurildi. Akademiya tarkibida ulkan kutubxona, madrasa, tarjimonlar va xattotlar maktabi ham faoliyat ko'rsatgan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi Platon akademiyasi va Bag'doddagi "Bayt-ul hikma" akademiyasidagi an'analar davom ettirilib, ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan. Ayniqsa, hayotiy zarur bo'lgan ilmlar-matematika, astronomiya, fizika, geometriya, geodeziya, kimyo, tibbiyot, tarix, falsafa, biologiya, huquqshunoslik, dinshunoslik, mantiq, adabiyot fanlari o'rganilgan. Yunon olimlaridan Platon, Aristotel, Ptolemey, yurtimiz olimlaridan al-Xorazmiy, al-Forobiy, al-Farg'oniy va boshqa olimlarning asarlari tadqiq qilingan. Kutubxonada arab, fors, hind, yunon va boshqa tillarda bitilgan noyob qo'lyozmalarni o'rganish, ularni tarjima qilish hamda yangidan kitob holatiga keltirish ishlari jadal olib borilgan. Buyuk olim va tashkilotchi al-Beruniy "Hikmatlar uyi"ga boshliq etib tayinlangan.

TADQIQOT NATIJALARI

Bu davr Xorazm olimlari o'zlarining serbaraka ijodlari bilan jahon fanining ilg'or namoyandalari saflaridan o'rin olganlar va mashhur bo'lganlar. Fikrimizning isboti sifatida Ma'mun akademiyasining qator olimlarini ko'rsatishimiz mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Abu Nasr ibn Iroq al-Ja'diy (X asr—1034) astranomiyaga oid ilmiy asarlari tufayli «Batlimusi as — Soniy» («ikkinchi Ptolemey») degan faxriy nom olgan.

Abdulxayr ibn Hammor (1041 — 1048) mantiq, falsafadan tashqari, tabobatda ham juda mashhur bo'lgani uchun «Buqroti as-Soniy» ( ikkinchi Gippokrat) unomiga sazovor bo'lgan.

Abu Sahl al-Masihiy al-Jurjoniy (970 — 1011) tabib, Beruniy va Ibn Sinoning ustozi bo'lgan. Fanning ko'p sohalarida barakali ijod qilib, jahon faniga salmoqli hissa qo'shgan va dunyo olimlari tomonidan ustoz sifatida tan olingan

Abu Mansur Abdul Malik ibn Muhammad as Saolibiy (961 — 1028) Ma'mun akademiyasining ko'zga ko'ringan olimlaridan bo'lgan. U tarix sohassh\a barakali ijod qilgan.

Akademiyaning rahbari va tashkilotchisi bo'lmish xorazmlik qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning serbaraka ijodi har qanaqa tahsinga sazovordir. U o'zining ilmiy qarashlari va kashfiyotlari bilan o'z zamondoshlaridan qariyb 500 yil ilgarilab ketdi. U o'z davri fanining ko'pgina sohalari bo'yicha ijod qilib, avlodlarga o'lmas asarlar qoldirgan. MUHOKAMA

Tarixiy manbalarda Xorazm Ma'mun Akademiyasida yuzdan ortiq olimlar faoliyat yuritgan. Ularning bir necha yuzdan ortiq shogirdlari ham shu akademiyada faoliyat yuritgan. Lekin afsuski, ularning barchasi haqidagi ma'lumotlar bizgacha yetib kelmagan. Shunday bo'lsada, yuqorida Ma'mun akademiyasi olimlarining 30nafardan ziyodrog'i ismini sanab o'tdik. XULOSA

Xulosa qilib aytganda «Donishmandlar uyi» ga Sharqning barcha viloyatlaridan olimlar, faylasuflar, adib va shoirlar yig'ildilar. Ular o'z vatanlaridagina emas, butun xalifalik mamlakatlarida ma'lum va mashhur allomalar edi. Ular keyinchalik Xorazm Ma'mun Akademiyasining faxr-iftixori bo'lib tanildilar. O'zlarining beboha asarlari bilan nafaqat Sharq va Yevropa, balki jaxon fani rivojiga ulkan hissa qo'shdilar. Xorazm Ma'mun Akademiyasi deyarli 14 yil faoliyat ko'rsatdi. Lekin shunga qaramay, ilm-fan va madaniyat xazinasini qimmatbaho asarlar bilan boyitdi, jahon sivilizatsiyasini jadal rivojlanishiga katta hissa qo'shdi, ko'plab buyuk siymolarni tarbiyaladi.rixda "Ma'mun Akademiyasi" nomi bilan mashhur bo'ldi.

REFERENCES

1. Sa'dullaev A., Satliqov A. Xorazm Ma'mun akademiyasining tarixiy ildizlari. — Nukus: Qoraqalpog'iston, 2005. -B 50-75.

2. R. Shamsiddinov, Sh. Karimov, «Vatan tarixi» 1-kitob. - Toshkent - 2010, «Sharq», B— 228.

3. Matniyozov M. Xorazm tarixi. - Urganch: Xorazm, 2005. -B.45.

4. Mahmudov M. Xorazmshoh Ma'mun akademiyasi. - Toshkent: TMI, 2005. - B.60.

5. Н. Норкулов. «Беруний ва Хоразм». Тошкент. «Фан», 1979. -B.25.

6. Azimboy Sadullaev. «Xorazm Ma'mun Akademiyasi». Xiva 2000 y.

7. Ozod Masharipov. «Xorazmnoma». 2-qism, Urganch «Xorazm» 2007. -B. 103

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.