Научная статья на тему 'M.KОSHG‘АRIY NАZАRIYALАRINING NАMАNGАN QIPCHОQ SHEVALАRIDАGI KO‘RINISHLАRI'

M.KОSHG‘АRIY NАZАRIYALАRINING NАMАNGАN QIPCHОQ SHEVALАRIDАGI KO‘RINISHLАRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qаdimgi turkiy til / o‘zbеk diаlеktlаri / lаhjа vа sheva / fоnеtik hоdisаlаr / fоnеtik vаriаntlаr / lisоniy fоnеtik vа fоnоlоgik hоdisаlаr. / ancient Turkic language / Uzbek dialects / dialect and dialect / phonetic phenomena / phonetic variants / linguistic phonetic and phonological phenomena.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dаrvishаliyеvа M.R.

Mаqоlаdа ХI аsr vа undаn аvvаlgi turkiy tillаrdаgi fоnеtik hоdisаlаr bugungi o‘zbеk tili va shevalаrigа qiyоsаn tаhlilgа tоrtilgаn. M.Kоshg‘аriy nаzаriyalаrining Nаmаngаn qipchоq shevalаridаgi ko‘rinishlаri misollarni tahlilga tortish orqali ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPEARANCES OF M. KOSHGARI'S THEORIES IN EXEMPLARY KIPCHOK LANGUAGES

The article analyzes phonetic phenomena in the Turkic languages of the 11th century and earlier in comparison with today's Uzbek language and dialects. Based on the analysis of examples, the manifestations of M. Koshgari’s theory in the Namangan Kipchak dialects are revealed.

Текст научной работы на тему «M.KОSHG‘АRIY NАZАRIYALАRINING NАMАNGАN QIPCHОQ SHEVALАRIDАGI KO‘RINISHLАRI»

Darvishaliyeva M.R. Namangan davlat universiteti lingvistika (o'zbek tili)

yo'nalishi magistranti

M.KOSHG'ARIY NAZARIYALARINING NAMANGAN QIPCHOQ SHEVALARIDAGI KO'RINISHLARI

Annotatsiya. Maqolada XI asr va undan avvalgi turkiy tillardagi fonetik hodisalar bugungi o'zbek tili va shevalariga qiyosan tahlilga tortilgan. M.Koshg'ariy nazariyalarining Namangan qipchoq shevalaridagi ko'rinishlari misollarni tahlilga tortish orqali ochib berilgan.

Kalit so'zlar: qadimgi turkiy til, o'zbek dialektlari, lahja va sheva, fonetik hodisalar, fonetik variantlar, lisoniy fonetik va fonologik hodisalar.

Darvishaliyeva M.R. graduate student

Namangan State University Linguistics (Uzbek language)

APPEARANCES OF M. KOSHGARI'S THEORIES IN EXEMPLARY

KIPCHOK LANGUAGES

Annotation. The article analyzes phonetic phenomena in the Turkic languages of the 11th century and earlier in comparison with today's Uzbek language and dialects. Based on the analysis of examples, the manifestations of M. Koshgari's theory in the Namangan Kipchak dialects are revealed.

Key words: ancient Turkic language, Uzbek dialects, dialect and dialect, phonetic phenomena, phonetic variants, linguistic phonetic and phonological phenomena.

Tildagi o'zgarishlar, xoh u adabiy til, xoh sheva bo'lsin, birdaniga emas, balki asta-sekinlik bilan uzoq davr davomida sodir bo'lishi ma'lum jarayondir. Dastlab onda-sonda uchraydigan fonetik hodisalar, fonetik variantlar, yonma-yon qo'llanishlar asta-sekin qonuniyatga aylanadi.

Har bir taraqqiyot davri uchun xos bo'lgan fonetik xususiyatlar va ularning ildizlari, butunlay o'zgarib ketmagan jihatlari Namangan qipchoq shevalarining undoshlar tizimida ham saqlanib qolgan.

Ma'lumki, qadimgi turkiy til undoshlarining qattiqligi (yo'g'onligi) va yumshoqligi (ingichkaligi) bilan eski turkiy va hozirgi o'zbek tilidan keskin farqlangan.

Eski turkiy tilda q va k, g' va g kabi ikki juft undosh orasidagina qattiq-yumshoqlik farqi saqlanib qolgan xolos. Boshqa undoshlarda bunday holat

sezilmaydi1. Biroq Namangan qipchoq shevalariga eski turkiy tilning ilk taraqqiyot davrlaridagi undoshlar tahlilga2 asoslangan holda fikr yuritsak, ng undoshining yumshoqlik va qattiqlik jihatini ko'ramiz.

ng - shevada chuqur til orqa sonor tovushi Namangan qipchoq shevalari fonetik-fonologik tizimida Koshg'ariy davri tili fonetik-fonologik strukturasidagi ayrim unsurlarini saqlab qolgan. Mingbuloq tumani Gurtepa, Oltinko'l, Mulkobod, Uzuntepa, Qumqishloq (Mingbuloq tumani) qishloqlari shevasida til o'rta va chuqur til orqa sonorligi bilan farqlanadi. Barcha o'zbek shevalari va adabiy tilda bo'lganidek, faqat so'zning o'rtasi va oxirida keladi: [mengdysm] menga ham, [ysngittd] hozir, [ong] oling, [keng] keling, [song] soling, [bong] bo'la qoling, [tongngi] tang'imoq kabi.

Namangan viloyati qipchoq dialektal arealida XI asr turkiy til davridagi kabi3 yumshoqlik va qattiqlik fonologik belgilari, ma'no farqlashni yuzaga keltiradi: [nymongfg'p] nima uchun, nima sababdan - sabab ravishi so'rog'i, [nymongd] nimaga - ot turkumi so'rog'i. [bozorg'o nymong(g'o) boroson?] Bozorga nima uchun (nima olishga) borasan? [byn' nymongd soloy?] Buni nimaga solay? kabi.

Bugungi kunda bu holat faqat ayrim so'zlar miqyosidagina Koshg'ariy davri tili xususiyatlarini o'zida saqlab qolmoqda. Shevada qadimgi tipik jarayonligi susayib, asta-sekinlik bilan tillar integramyasi tufayli tugab bormoqda.

Turkologlar tomonidan ng undoshining urchishi, tarixiy taraqqiyoti murakkab masala ekanligini4 ta'kidlangan. Namangan qipchoq shevalarida turli hollarda n tovushi sifatida saqlanganligi, y va g' tovushlariga aylanganligi hamda asliday qo'llanishini ko'rishimiz mumkin.

XI asr tildagi ydlbing so'zidagi ng undoshi yolbin tarzida n ga aylangan: [yolbin] alanga, [ydlngbz] so'zida g' ga o'zgargan: [yolgbz] yolg'iz, [songdk] so'zida y undoshiga o'zgarganligini ko'rishimiz mumkin: [syydk] suyak kabi. Mazkur shevada ng undoshi o'zining tarixiy aslini ko'p so'zlar-da saqlab qolgan: [onggbir*-cho'ngqur]5 notekis, [engdk] engak: ruscha podborodok, [ongdy//o 'ng] qulay, [yngyqon] rangi o'chgan kabi.

1 Неъматов X,. Узбек тили тирихий фонетикаси. - Тошкент: Укитувчи. - 1992.

2 Кошгарий М. Девону лугот-ит турк. - Тошкент: 1960. I том. - Б. 218.

3 Кошгарий М. Девону лугот-ит турк. - Тошкент, 1963. I том -Б. 110.

4 Малов С.Е. Памятники древней тюркской письменности. - М.: Наука, 1951. - С.11; Шербак А. М. Грамматика староузбекского языка. - М. - Л., 1962; Сравнительная фонетика тюрского языка. - Л., 1970; Решетов В.В, Шоабдурахмонов Ш. Узбек диалектологияси. -Тошкент, 1978; Шоабдурахмонов Ш. Узбек шевалари ва уларнинг хасида умумий маълумот. Узбек халк шевалари лугати. - Тошкент: Фан, 1962;Абдуллаев Ф.А. Узбек тилининг Хоразм шевалари. - Тошкент, 1961.

* Mahmud Qoshg'ariy ongur so'zi g'or - chuqurlik ma'nosida qo'llanishini takidlagan. Namangan qipchoq shevalarida bu so 'z faqat notekis yo 'l ma'nosida ishlatiladi.

5 Кошгарий М. Девону лугот-ит турк. - Тошкент, 1963. I том -Б. 110.

Bundan tashqari, xalq jonli tilida, ayrim turkiy adabiy tillarda ng undoshi v tarzida qo'llanishi yoki umuman tushib qolishi mumkinligi haqida fikrlar bor6. Biroq Namangan qipchoq shevalarida ng undoshining v undoshiga aylangan holatlari yoki umuman tushib qolishi uchramaydi. Chunki bu shevada ng undoshining alohida o'rni juda keng va ahamiyatli lisoniy-fonologik imkoniyatlari borligi kuzatiladi.

SHunisi xarakterliki, Namangan viloyati qipchoq shevalarida, huddi XI asr turkiy til davridagi kabi, bu undosh so'z, o'zak tarkibidagi unlilarning qattiq, yumshoqligigi va o'zidan keyin kelgan undosh tovushlarning artikulyaцion o'rniga ko'ra uch xil poziцiyada talaffuz etiladi: a) o'zakdagi unlilar yumshoq, til oldi unlilari bo'lsa, ng undoshi nihoyat yumshoqlashib, til oldi tomon siljiydi. Til uchi egilib pastki tishga, egilgan joyi bilan yuqori tanglayning old tomoniga tegadi: [ekkzng] ekdiring, [byzyng] buzing, [s'yn'ngch'] singling-chi kabi; b) o'zakning tarkibida til orqa unlilari bo'lsa, orqaga siljiydi, til orqa undoshidek talaffuz etiladi: [nonungunguzdon berung] noningizdan bering, [yang kept'] hozir kelibdi, [bungo] bunga kabi; v) o'zak tarkibida til orqa unlilari bo'lib, [ng] undoshidan so'ng [ g',q ] chuqur, [ g ] sayoz til orqa tovushi kelsa, nisbatan orqaga siljib, chuqur til orqa tovushidek talaffuz etiladi, burunlashish kuchayadi. [ng] ham, [g'] undoshi ham sof ng, g' undoshlaridek talaffuz qilinmaydi: [yolongg'och] yalang'och, [omog'ongu] olmagan-ku, [bo'mog'ongu] bo'lmaganku, [buqunglog'on] bilqillagan, yumshoq, [ungqullog'on] inqillagan.

Namangan viloyati qipchoq shevalarida [ng] undoshi qator undoshlarga nisbatan turg'un bo'lsada, sporadik o'zgarishga yuz tutadi: [ng>y]: [siynim] singlim, [ko'ynum] ko'nglim, [syydk] so'ngak kabi. Lekin bular Toshkent tip shevalaridagidek yoki qarluq lahjalari kabi keng tarqalgan emas.

Namangan viloyati qipchoq shevalarida chuqur til orqa x fonemasi bo'g'iz undoshi h undoshi kabi talaffuz qilinadi. Qipchoq shevalarida x (qattiq) va h (yumshoq) undoshlarining fonematik belgilari yo'q, ma'no farqlanmaydi.

H - sirg'aluvchi, jarangsiz bo'g'iz undoshi. Talaffuzda boshqa umumo'zbek shevalaridagidan farq qilmaydi. Dialektal areal qipchoq shevalarida h undoshi so'zning istalgan pozimyasida, chuqur til orqa x o'rnida ishlatiladi: [hdyit] hayit, [hdmmd] hamma, [boho] baho, [ohmoq] ahmoq, [doroh] daraxt, [yhlo] uxlamoq (uyqi) kabi. Lekin so'z boshida ishlatilish darajasi shevalararo bir xil emas.

Namangan viloyati qipchoq shevalarida h so'z boshida kelganda "y" lovchilarda

nemischa (ich) tarzida talaffuz etiladi, "j"lovchilarda tushib qoladi:

[hdngdmd// dngdmd] hangoma, [hdrdkdt//drdkdt] harakat, [hdptydk//dpt 'ydk] haftiyak, [heppo//eppd] semiz, [hsmpiys/^mp 'yd] hanafiya kabi.

6 Дмитриев Н. Фонетические закономерности начала и конца тюркского слова. ИСГТЯ. I. -С. 271; Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. - Л., 1970. - С.97; Неъматов X,. Узбек тили тарихий фонетикаси.- Тошкент: У^итувчи, 1992. - Б. 61- 66.

Namangan viloyati qipchoq shevalari hududiga mansub "y" lovchi qipchoq shevalarida (Mingbuloq tumanidagi Baland Gurtepa, Gurtepa, O'rtaqishloq, Uzuntepa, O'zgarish, Mulkobod, Etak, Qoryontoq, Do'msa, Qo'shqishloq, Sho'rsuv, Terak, Dovduq kabi qishloqlarda) o'zbek tilining boshqa shevalarida uchramaydigan, turkiy bashqir, xakas tillariga xos ayrim fonetik xususiyatlar kuzatiladi:

a) s>h tovushlari almashuvi: Praga lingvistik maktabining fonologik konnepniyasi bo'yicha, bir xil fonning qurshovida erkin almashinish munosabatida bo'lgan ikki tovushning biri o'rnida ikkinchisining kelishi ma'noga ta'sir etmasa, bu tovushlar bir fonemaning ikki varianti hisoblanadi. Odatda erkin almashinish munosabatida muayyan belgisiga ko'ra o'zaro yaqin bo'lgan tovushlar bo'ladi. Lekin ma'lum umumiy belgiga ega bo'lmagan tovushlar bunday munosabatga kirishmaydi.

SHunisi xarakterliki, Namangan qipchoq shevalarida akustik-artikulyanion jihatdan umumiylikka ega bo'lmagan tovushlarda ham o'zaro erkin almashish distribuniyasi kuzatiladi. Xususan, s undoshi lokallik belgisiga ko'ra ham, akustik belgisiga ko'ra ham, artikulyanion usuliga ko'ra ham bo'g'iz undoshi h ga o'xshamaydi. SHunday bo'lishiga qaramasdan, so'zning turli poziniyalarida bu tovushlarning o'zaro ma'noga ta'sir etmagan holda erkin almashinishi kuzatiladi. Masalan, so'zning anlaut poziniyasida: [homsohp'yoz] sarimsoqpiyoz, [heskonmmd] seskanma, [hnchdldk] sinchalak, [hdy'-hdrdkdt] sa'y-harakat, [hyp-kyp] suf-kuf, [hYhchelpdk] suqchelpak: kinna, suq kirganga tandirda pishirib beriladigan maxsus non turi kabi.

Ko'rinadiki, anlautda s undoshining h undoshiga almashinishi mazkur undoshdan keyin kelgan unlilarning keng-torlik, lablanish-lablanmaslik belgilariga bog'liq emas. S va h undoshlarining keng unlilar oldida ham, tor unlilar oldida ham, lablangan va lablanmagan unlilar oldida ham almashinishi kuzatiladi.

Shevadagi s>h undoshlarining yana bir xarakterli xususiyati shundaki, bu fonetik o'zgarish morfemik birliklarning moddiy shakliga ham ta'sir qiladi. Xususan, unli bilan tugagan asos qismga uchinchi shaxs egalik qo'shimchasi -h' shaklida qo'shiladi: [епэ+h'] onasi, [oto+h'] otasi, [bolo+h'] bolasi, o'zlashma so'zlarda: [mohm+h'] mashinasi, [so'mkd+h'// hemkd+h'] sumkasi, [mohnd+h'] mashinasi. Namangan qipchoq shevalarida so'z oxirida h undoshining s undoshi o'rnida qo'llanmaydi.

Ma'lumki, rus va boshqa Ovropa tillaridan o'zlashgan so'zlarning boshida bir bo'g'in tarkibida kelgan ikki va undan ortiq undoshlarni talaffuz qilish qiyinligi tufayli, og'zaki nutqda talaffuz qulayligini ta'minlash uchun bunday leksema nomemalari fonetik tuzilishi turkiy nomemalari fonetik arxitektonikasiga moslashtiriladi. Natijada ana shunday o'zlashma leksemalarning fakultativ varianti vujudga keladi.

Namangan viloyati qipchoq shevalarida h undoshi sh, ch va hatto, ba'zan t undoshi bilan ham ana shunday munosabatga kirisha oladi.

Mаsаlаn: sh>h: [hoqbir-hYqir] shаqir-shuqur, [hbilpbiq] shilpiq, [hmdr] shimаrmоq, [h 'shshd] shishа, [holvbiroms] shаlvirаmоq, [hshirms] shishirmоq, [hynddychd] shundаyligichа, [homg'olot] shаmg'аlаt, [hynchd] shunchа, [hynchslik] shunchalik, [mohnoqo//mdhmqd] тапа shunаqа, [mshindsy] тапа shundаy, [mdh 'nchd] mаnа shunchа; ch>h: [hohchoymo] chаqchаymа, [hdkdngldmd] chаkаnglаmа, [hbingqbirmo] chinqirmа, [hirommo] chirаnmа, [hmr'lmd] chimirilma, [hekkdld] cho'kkаlа, [huvvos] chuvvоs, [hul-chuli] chuli-chuli, [hdkdm-hYkdm] chаkаnа-chukаnа, [hslkdsh-hulkssh] chа1kаsh-chu1kаsh, [hdnggdk] changak: i1mоq, ilgich kаbi.

Hudud sheva1аridа so'z охiridаgi sh va ch undоshi o'rnidа h undоshining qo'llanishi kuzatilmaydi.

Ayrim hо11arda til оШ^ jarangsiz t undоshi ham bo'g'iz, sirg'aluvchi h undоshiga almashadi: [o'hlot] o'tlat, [qdhnd] qatnamоq, [ihtivdr] itqib у^ог, irg'itmоq kabi.

Ko'rinadiki, Namangan qipctoq shevalarida h undоshi juda faо1 qo'llanadi va turli pоziцiya1arda s, ch, sh, t undоsЫari o'rnida almashinib kе1a о1adi. Bu esa sheva vakillarining M.Kоshg'ariy mansub bo'lgan turkiy sheva bilan gеnеtik bоg'1iq1igi haqidagi хu1оsa1ar kе1ib chiqishiga turtki bo'ladi. Chunki u o'zini unli bilan bоsЫangan so'zlar о1diga h undоshini оrttirib qo'llaydigan uruqqa mansubligini ko'rsatgan edi7.

Mahmud Kоshg'ariyning "Dеvоnu 1ug'оt-it turk" asaridagi fo^ti^ fоnо1оgik nazariyalar bilan hоzirgi o'zbеk tili va Namangan qipchоq shevalari ayrim undоsЫarini qiyoslash shuni ko'rsatadiki, tariхiy jihatdan undоsЫar kеskin o'zgarishlarga uchramagan. Undоsh1arga оid o'zgarishlar, asоsan, yangi undоsЫarni o'zlashtirish va tovush almashinishlari bilan chеgara1anadi, bu esa til tariхining asl ko'rinishi - shevalarda undоsh1ar unlilardan ko'ra barqarar bo'lgan dеb хu1оsa chiqarishga imton bеradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Неъматов Д. Узбек тили тирихий фонетикаси. - Тошкент: Укитувчи. -1992.

2. Кошгарий М. Девону лугот-ит турк. - Тошкент: 1960. I том. - Б. 218.

3. Кошгарий М. Девону лугот-ит турк. - Тошкент, 1963. I том -Б. 110.

4. Малов С.Е. Памятники древней тюркской письменности. - М.: Наука, 1951. - С.11; Шербак А. М. Грамматика староузбекского языка. - М. - Л., 1962; Сравнительная фонетика тюрского языка. - Л., 1970; Решетов В.В, Шоабдурахмонов Ш. Узбек диалектологияси. -Тошкент, 1978; Шоабдурахмонов Ш. Узбек шевалари ва уларнинг хдкида умумий маълумот. Узбек хал; шевалари лугати. - Тошкент: Фан, 1962; Абдуллаев Ф.А. Узбек тилининг Хоразм шевалари. - Тошкент, 1961. Mahmud Qoshg'ariy ongur so'zi g'or - chuqurlik ma'nosida qo'llanishini ta'kidlagan. Namangan qipchoq shevalarida bu so 'z faqat notekisyo 'l ma'nosida ishlatiladi.

7 Кошгарий М. Девону лугот-ит турк. - Тошкент, 1963. I том -Б. 17.

5. Кошгарий М. Девону лугот-ит турк. - Тошкент, 1963. I том -Б. 110.

6. Дмитриев Н. Фонетические закономерности начала и конца тюркского слова. ИСГТЯ. I. -С. 271; Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. - Л., 1970. - С.97; Неъматов X,. Узбек тили тарихий фонетикаси.-Тошкент: Укитувчи, 1992. - Б. 61- 66.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.