Научная статья на тему 'LOYIHAVIY TA’LIM ASOSIDA YOSH TIL O’RGANUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH'

LOYIHAVIY TA’LIM ASOSIDA YOSH TIL O’RGANUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
loyiha ishi / loyihaviy ta'lim / kreativ fikrlash / ingliz tilini o'qitish / amaliyot.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Azizbek Xayrullo O’G’Li Baxriddinov

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga loyihaviy ta'lim vositasida ingliz tilini o'qitish va bu orqali ularning kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish yoritiladi. Loyihaga asoslangan o'qitish metodikasi yordamida sinfdagi yuz beradigan qiyinchiliklarni kreativ fikrlash yordamida muhokama qilinadi va o'quvchilar loyiha ishlarida faol ishtirok etishi natijasida yuz beradigan foydalar izohlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LOYIHAVIY TA’LIM ASOSIDA YOSH TIL O’RGANUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH»

LOYIHAVIY TA'LIM ASOSIDA YOSH TIL O'RGANUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH

Azizbek Xayrullo o'g'li Baxriddinov

Namangan davlat universiteti doktoranti

ANNOTATSIYA

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga loyihaviy ta'lim vositasida ingliz tilini o'qitish va bu orqali ularning kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish yoritiladi. Loyihaga asoslangan o'qitish metodikasi yordamida sinfdagi yuz beradigan qiyinchiliklarni kreativ fikrlash yordamida muhokama qilinadi va o'quvchilar loyiha ishlarida faol ishtirok etishi natijasida yuz beradigan foydalar izohlanadi.

Kalit so'zlar: loyiha ishi, loyihaviy ta'lim, kreativ fikrlash, ingliz tilini o'qitish, amaliyot.

Jahonda ta'lim islohotining o'zgarishi pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuvlarni amaliyotga faol joriy etishni taqozo etmoqda. Ta'lim jarayonida loyihaviy ta'lim vositasida o'qitish metodikasi modulini takomillashtirish o'quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs etib tarbiyalash, ularning kasbiy malakasini rivojlantirish, nutqiy, lingvistik, pragmatik kompetensiyalarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, ta'lim forumi (World Education Forum) va Lissabon Konvensiyalari malakali ijodkor kadrlar tayyorlashning innovatsion yo'nalishlarini belgilashda muhim o'rin tutadi. Bu borada Bolonya jarayoni doirasida o'qitishning faol va interfaol shakllari variativligini ta'minlash, zamonaviy yondashuvlar asosida oliy ta'lim muassasasi o'quvchiining ijodkorligini rivojlantirish, nutqini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Loyiha ishi va kreativlik ta'limda uzviy bog'liq bo'lib, unda o'quvchilarga yangicha metod, ya'ni jahon andozalariga mos tushadigan tarzda darslar olib borishni taqozo etadi.

Loyihaviy ta'lim deganda o'quv jarayonini tajribaviylik asosda amalga oshirilishi, "bajarish orqali o'rganish" pedagogik tamoyili asosida darsni tashkil etish tushuniladi. Bu usul orqali o'quvchilar ma'lum topshiriqni tajribadan o'tkazgandan so'ng yoki yangi ishlarni amalga oshirgandan so'ng bilimga ega bo'ladilar.

Tadqiqotchilar tomonidan tajribaviy o'rganish nafaqat bilim olishga, balki fikrlash tarzini o'zgartirishga va munosabatlarni o'zgartirishga qaratilgan tajribadan foydalanish va qayta ishlash deb ta'riflanadi. Tajribali ta'limda o'quvchilar "o'zlari

524

o'rganayotgan narsalarini "tajriba qilish" imkonini beruvchi aniq faoliyatda" va "ushbu faoliyat haqida mulohaza yuritish imkoniyati"da ishtirok etadilar, chunki "o'rganish - bu bilim yaratiladigan jarayondir.

Tajribani o'zgartirish orqali" loyihaga asoslangan ta'lim vositasida kreativlikni oshirish - hozirgi jahon metodologik standartlariga javob beradigan hamda barcha fanlar bo'ylab keng tarqalgan ta'limga innovatsion yondashuvdir.

Ilmiy manbalarda ko'rsatilishicha, shu bilan birga, o'zimiz tomonimizdan olib borilayotgan tajriba ishlarimiz davomida loyihaga asoslangan ta'lim (LAT)ni boshlang'ich sinflarda o'quvchilarining ingliz tilini o'zlashtirishi bilan bir vaqtda ijodkorlikni ham o'rganishlari samarali ekanligini ko'rsatmoqda.

Shu o'rinda biz loyihaviy ta'limga asoslangan o'qitishning asosiy xususiyatlarini izohlashga harakat qilamiz. LAT ning amaliy tomoni yordamida o'quchilarning ichki imkoniyatlarini ochish, bir masala yuzasidan turli fikrlarni jamlash, guruhdagi sheriklar bilan birgalikda ishlash, motivatsiya va faol o'rganishni rag'batlantirishda LAT afzalliklari, shuningdek, maktab darajasidagi o'qitish va o'qitishda LATni tatbiq etishdagi muammolar ham ko'zga tashlanib boradi.

LATni qabul qilish va boshlang'ich darajada ingliz tilini o'qitish va o'rganishda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan munosabat bilan bog'liq yondashuvlarini ko'rib chiqamiz. Dastlab Kalabzova Milenaning LAT yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar haqidagi qarashlariga to'xtalib o'tamiz. Bular:

- o'quvchilar tengdoshlari oldida ingliz tilida gapirishdan qo'rqishadi yoki xijolat qilishadi. Shuning uchun ular ingliz tilida gapirish o'rniga o'zlarining ona tillaridan foydalanishadi. Bu, asosan, jamoaviy ish paytida sodir bo'lishi mumkin. Shu bois, Kalabzova bu holatga e'tibor bermaslikni maslahat beradi. U bu ularning kamchiliklari deb qaralishi maqsadga muvofiqligini, lekin bu haqda tashvishlanishga hojat yo'qligini ta'kidlaydi va tabiiy hodisa sifatida qarashga chorlaydi.

O'quvchilar uchun foydali deb hisoblanadigan ingliz tilidagi turli materiallar, o'quvchilar uchun foydali bo'lgan tarjima faoliyatiga oid turli manba materiallari ularga ingliz tilida ko'plab mashq qilish natijasida samarali ko'nikmalarni beradi.

Ba'zi o'qituvchilar past o'zlashtiruvchi o'quvchilar ustidan nazoratni yo'qotish va o'quvchilar berilgan topshiriqlarni bajarmasliklari LAT ning kamchiligi deb hisoblashlari mumkin. Yana shunga o'xshash boshqa kamchiliklar sinfxonada yuzaga kelishi mumkin. Biroq, o'qituvchining LAT ga to'g'ri munosabati, sinfga muntazam tayyorgarlik va ishga mas'uliyatli yondashuvi o'quvchilarni faollashtiradi. O'quvchilar qiziqarli usullar yordamida o'qituvchi

525

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlililiB

tomonidan berilgan topshiriqlarni hamkorlikda o'rganishga, ya'ni guruhlar kesimida ishlash yoki mustaqil ravishda shug'ullanishga qodir bo'lishadi.

Yana bir muammo boshlang'ich sinf o'quvchilarida tilini tuzatish bilan bog'liq jarayon davomida ular qilishlari kerak bo'lgan til xatolarining soni. Tilning aniqligi, ravonlik sohalari va ularning potentsial muvozanatini muntazam hisobga olib borilganda bu muammo ham yechiladi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda kreativlik nafaqat ingliz tilini, shu bilan birga, boshqa fanlarni ham yaxshi o'zlashtirishga imkon yaratadi. Bunga biz bolalarning mental arifmetika va Pisa xalqaro dasturlaridagi natijalarini misol qilib ko'rsata olamiz.

Loyihaviy ta'lim vositasida ingliz tilini o'rganish til o'rganuvchi boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy fikrlashini oshirish hamda kelajakda o'z vatanlarining rivojlanishiga hissa qo'shadigan yetuk kadr bo'lishiga yordam beradi. Loyihaga asoslangan ta'lim bir mavzuga har xil yondashishga chorlaydi. O'quvchilarning kreativ barkamolligini ta'minlaydi va real hayotda ham undan unumli foydalana olishlari uchun zamin yaratadi.

REFERENCES:

1. Milena Kalabzova (2015) The application of project based learning in the English classrooms. Plzen 2015.

2. Sobirova, M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423

3. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) OI:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.

4. Sobirova, M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-111.html -P.36-39.

5. Sobirova, M. (2022). In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip-linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 - 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. - P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

April 23-24, 2024

https://cspu.uz/ International Scientific and Practical Conference

526

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

6. Sobirova, M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( DOI:10.15863/TAS Published: 18.12.2020.

7. Sobirova, M.Y. (2023). The role of educational tools in anthropocentric relationship education. European Journal of Education and Applied Psychology 2023, No 4. https://doi. org/10.29013/EJEAP-23-4-52-58

8. Sobirova, M. (2023). Обучение языковым явлениям на основе анализа текста. "Этнокультурный и социолингвистический аспекты в теории и практике преподавания языков в негуманитарных вузах" mavzusidagi Ill xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Минск, 30 март 2023 й., - B. 299-302. https://rep.bntu.by/handle/data/130394

9. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. https://www.int-jecse.net /abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756 /INTJECSE/V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages.

10. Sobirova, M. & Shermatova, D. (2021). Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) СКОПУС 52885295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.

11. Sobirova, M. (2021). The use of integrated technology in the teaching of humanism in language education. POLISH SCIENCE JOURNAL (ISSUE 1(34) -Warsaw: Sp. z o. o. "iScience", 2021. Part 3 - 234 p. https://sciencecentrum.pl/wp-content/ uploads/2021/01/PQLISH%20 SCIENCE%20JQURNAL%20 %E2% 84%9634%20-%203%20%28web%29.pdf стр. 98-105

12. Sobirova, M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( DOI:10.15863/TAS Published: 18.12.2020.

13. Sobirova,M.Y. (2019). About the history of speech culture and art of oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42657439

14. Karieva, M. A. (2016). Research remedies against illegal copying and cracking software. Molodoy uchenbiy, (2), 84-85.

527

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.